To’maris avlodiman Buyuk,dona bobomlarni ayting kim tanimaydi


Download 19.94 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi19.94 Kb.
#1039997
Bog'liq
2 5447174255487746510



To’maris avlodiman
Buyuk,dona bobomlarni ayting kim tanimaydi
Yurtimdagi tinchlikning kim qadriga yetmaydi
Xiva-yu Samarqandni ayting kimlar bilmaydi
Fahirlansa arzigudek O’zbekning farzandiman
Dunyoga dong’I ketgan To’maris avlodiman.

Madhiyasi yangraganda ilhomlanar shoirlari


Bayrog’I xilpiraganda to’lqinlanar shamollari
Gerbi bizning g’ururimiz tasvirlangan risq ro’zimiz
Ko’ksi g’ururga to’la O’zbekning farzandiman
Dunyoni lol qoldirgan To’maris avlodiman

Tuprog’ida bor sexr,yaxshilab berib mexr


Urug’ sepsang tuprog’iga,to’lar bag’ring gul lolaga
Kuylar aytib suvlar oqar,baliqlari raqisga tushar
Go’yoki jannatmakon O’zbekning farzandiman
Xalqim deya jonin bergan To’maris avlodiman.

>>ONAJONIM<<


Oqqushdek oppoq beozor beg’uborimsiz
Tunlari alla aytgan hush ovoz bulbulimsiz
Bizni deb yig’lamang,yo’q yig’lamang onajon
Siz mening ikki dunyo farishtamsiz farishtam

Xamisha yo’limiz kutarsiz xech uhlamay


Erkalarsiz:qoraqosh,ko’zmunchog’im aylanay
Bizni deya yig’lamang yo’q yig’lamang onajan
Shu kunlarga yetgazdingiz bizni xech ham charchamay

Sizdan bir umir minnatdordir qizingiz


Ilojini topibon oqlarman oq sutingiz
Bizni deya yig’lamang,yo’q yig’lamang onajon
Sizning qadringizga yetar bugun farzandlaringiz

Yagona iltijoim onamni asra Olloh


Duolar o’qiyman’’La illoha illoloh”
Biznideb yig’amang,yo’q yig’lamang onajon
Farzandlariz bahtiga bo’lgaysiz sog’-u omon

>>Aytchi ey inson<<


Ko’zlaringda yosh qo’lingda qurol
Seni bir o’q yo’q qiladi darhol
Aytchi sendan kim so’raydi axvol
O’zga yurtda baht topdingmi aytchi ey inson

Ota-Onang kutar seni bag’ri qon


Seni o’ziga tortar shu johil makon
Aytchi kimdan so’rab yeysan non
O’zga yurtda baht topdingmi aytchi ey inson

Vataningda bor-ku shuncha imkoniyat


Nega sen unga qilding xiyonat
Aytchi senda bormi zarra matonat
O’zga yurtda baht topdingmi aytchi ey inson

Ortingdan seni faqat dog’ qolar


Xech bo’lmasa ota-onangni o’yla
Ular seni deb isnotda qolar
O’zga yurtda baht topdingmi aytchi ey inson

Yiroq ketib Vatandan darbadarmisan


Ozgina vjdoning bormi o’ylanarmisan
Bir parcha qog’oz pulga aldanarmisan
Senda zarra g’urur bormi aytchi ey inson

Yuribsanda o’zingcha boyvatcha bo’lib


Undan ko’ra o’z yurtingda gadoyvatcha bo’l
Qancha norasiydalarning qonini to’kib
O’zga yurtda pul topdingmi aytchi ey inson
>>Sheriyatning sultoni<<
Sheriyatga bog’laganman dilimni
Undan o’zga olaolmas ko’nglimni
Ko’ksimga qo’yibon ikki qo’limni
Senga tazim aylay sheriyatning sultoni.

Sensan inson hayotining tarixi


Alishmasman qancha bo’lsa ham narxi
Ko’ksimga qo’yibon ikki qo’limni
Senga tazim aylay sheriyatning sultoni

Ko’rding qancha qiynoqlarni,tuxmatlarni


Ko’rding qancha alamlarni qasoslarni
Ko’ksimga qo’yib ikki qo’limni
Senga tazim aylay sheriyatning sultoni

Buyuk qilding Yassaviyni,Navoiyni


Mashhur qilding yosh chog’ida Ganjaviyni
Ko’ksimga qo’yibon ikki qo’limni
Senga tazim aylay sheriyatning sultoni

Sherlarimda yozadurman bobomlarni


Ular kuylab ketishgan bu navolarni
Ko’ksimga qo’yibon ikki qo’limni
Senga tazim aylay sheriyatning sultoni

>>PRIZIDENTIM<<


Osmonimni musaffo qilgan
Yurtimni tinch osuda qilgan
Bor-u yo’g’ini bizga bergan
Muhtaram birinchi prizidentim

Zimmangizda katta ishlar


Imonli fidoiy so’zlar
Yurtim deya yonib kuygan
Muhtaram birinchi prizidentim

Buyuk bobomlar kabi


Amir Temur singari
Tarihdan o’chmas nomingiz
Muhtaram birinchi prizidentim

>>GAR AYRILSAM NETARMAN<<


Onam yig’lar erta kech
Bildirmaslar menga xech
Qizig’i yo’q xech narsani
Dunyo g’ami mendan nari

Dunyo tordir ko’zlarimga


Onam ko’ngliga qarayman
To’ymasman hech so’zlariga
Gar ayrilsam netarman

Og’rinsam ham derman onam


Qiynalsam ham onam
Siz borsizki yo’q g’amhonam
Gar ayrilsam netarman

Yoshlik davrim ortga qaytmas


Xotiralab o’ylanaman
Umir daryo ortga oqmas
Gar ayrilsam netarman

Kerak emas tillolar


Kerak emas mol dunyolar
Butun boyligimdur onam
Gar ayrilsam netarman

Omadimsiz xar bir joyda


Chirog’imsiz yurgan yo’lda
Baht-u tahtim onam siz siz
Gar ayrilsam netarman

>>YANGI YIL<<


Derazamdan qarasam hammayoq oppoq
Ko’chada oppoq qor yog’ardi pir-pir
Dilda hayojonla aytmoqda bu til
Quvonchli onlar bu keldi yangi yil

Barcha xayajonlar kuylaydi kuylar


Umir o’tmoqda lek quvonar dillar
Xech aytganim qilmay jilmayar lablar
Yangiyil keldi deb hayojonlanar

Barcha quvonch, shodliklarga to’ladi bu kun


Unitilmas laxsalarga egadir bu kun
Niyatlar,tilaklarga to’ladi bu kun

Tilaklar ijobati keldi yangi yil

>>O’ZBEGIMNING BAHT YULDUZI<<
Xorazmning farzandi
Bog’otimning dilbandi
Dehqonobodning asal qandi
O’zbek qizi baht yulduziman

29-maktab o’quvchisi


Mehribondir maktabimning o’qituvchisi
Tengdoshlarim yetakchisi sardoriman
O’zbek qizi baxt yulduziman

To’marisman orin sotmagan


Adolatli qonun chiqargan
Dushmaniga sirin ochmagan
O’zbek qizi baxt yulduziman

Yosh bo’samhan mardonadurman


Bibihonim dek durdonadurman
Amir Temurdek fidoiy durman
O’zbek qizi baxt yulduziman

>>MATEMATIKA<<


Aql fanidir bu
Bosh qotirmami bu
Matematika fani
Charx qilar xotirani

Xayot bu mashaqqatli


Kim topqir va omadli
Xar joyda kerak aql
Bejizgamas bu naql

Barcha fanlar kaliti


Yolg’onmas-ku anig’i
Aqilningxam qiroli
Matematika fanidir

>>Qaxramonlar<<


Unitmaymiz unitolmaymiz
Aziz vatanimiz qaxramonlari
Unitmaymiz unitaolmaymiz
Jona-jon yurtimiz fidoilari

Buvijonim Bobojonim eslaymiz sizni


Axir siz tinchlikga elttinggiz bizni
Otajon-Onajon xurmat qilamiz sizni
Xotiralab yashaymiz xizmatingizni

Jonini fido qilgan o’z yurti uchun


Ko’z tikib kutayotgan farzandi uchun
Biz nimaham qildik Vatan uchun
Bobolarim ruxi yotgan chaman uchun

Ey do’stim tinchlikning qadriga yetaylik


Bobolarimiz ko’rsatgan yo’ldan yuraylik
Biz xam Vatanimizga sodiq bo’lib
Erkin va obod vatanga xizmat qilaylik.

>>TEMUR BOBOM<<


Temur bobom deydilar
Kuch adolatda.
Adolatli kelajakni
Biz quramiz albatta.

Ular biz uchun jonini


Fido qilgan.
Qancha dono bobomlar
Bu yo’lda xalok bo’lgan.

Sizdek dono inson


Xech qachon topilmas.
Befarq emasmiz biz
Loqayd xam emas.

Sizning qilgan jasoratingiz


Xech esdan chiqmas.
To xayot ekanmiz
Unitmaymiz biz sizni.
Xotiralab yashaymiz mangu jasoratingiz


Download 19.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling