Abdulla Oripovning,,Onajon’’she’rining badiiy tasviri Xudoynazarova Xolida Ma’rufbek qizi


Download 15.71 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi15.71 Kb.
#1625418
Bog'liq
abdulla oripov (2)



Abdulla Oripovning ,,Onajon’’she’rining badiiy tasviri
Xudoynazarova Xolida Ma’rufbek qizi
Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti
universiteti “Òzbek tili ta‘lim fakulteti “2-bosqich talabasi
Xolidaxudoynazarova3@gmail
Tel:90 074 17 03
Anotatsiya:Ushbu maqola she’riyatni ,,Onajon ‘’deb ulug’lagan,ajib fazilatli,hayotni yuragi orqali ko’ruvchi,xalqimizning suyukli farzandi Abdulla Oripovning ,,Onajon she’riga’’ bag’ishlanadi
Kalit so’zlar:ona,alla,poetik yo’nalish,mundarija,fikr,e’tirof,she’riyat, ,,Italiya yulduzi’’
O’zbek she’yiyatiga o’tgan asrning 60-yillarida iliq esayotgan shabada kabi kirib kelgan,dastlabki she’rlaridan boshlab milliy she’riyatimizga poetik yo’nalishni olib kirgan,o’zbek xalqining suyukli, ardoqli va qadrli shoiri bu Abdulla Oripovdir.Shoirning ,,Bahor”,,,Tilla baliqcha’’, ,,Men nechun sevaman’’, ,,Qo’riqxona’’, ,,Genetika’’ kabi she’rlari kishilarning ruhiy olamidagi evrilishlar,fikr va harakater erkinligiga bo’lgan g’oyaviy mundarijasining belgilaridan biridir.Bu she’rlari ichida shoirning shunday bir ijod mahsuli borki,uning betakror va haqqoniy his-tuyg’ular,o’ziga xos jonli ohang , haqiyqiy-chin, butun umrlik so’nmas sevgi ushbu she’rda ifodalanadi.Shoir o’z she’rida haqiyqiy inson qalbiga ta’sir ko’rsatuvchi so’zlardan foydalanganligi,she’rning sirliligi,ta’sirchanligi,qiymati va mukammalligini ikki baravarga oshiradi.Bu shoirning betakror she’rlaridan biri “Onajondir”.
Dunyoda shoirman degan zot borki,ularning eng samiymiy,eng jozibali satrlari onalarga bag’ishlangan.Bu satrlar yuraklarga hayajon soladi.insonning eng aziz xotiralarini uyg’otadi.O’zbek she’riyatida ona haqida yozilgan she’rlar ko’p.Ularning eng hayajonlisini ustoz Abdulla Oripov yozgan.Dunyoda inson zoti borki, u uchun rostgo’ylik,samiymiylik va sevgi timsoli bu onadir.Ona – siz bilan bizni dunyoga keltirib ,asrab-avaylab voyaga yetkazibgina qolmasdan hamma vaqt quyosh yanglig’ hayotimizga nur ato etdilar,tunimizni yorug’,kunimiznu oydin qildilar.Qorong’ulikdan qo’rqqanimizda,bizning nurimizga aylanib, zulmatimizni yorug’ga aylantirgan kim?Kechasi uxlay olmasak,,uxlab qolgunimizcha boshimizni tizzasida ushlab turguvchi kim? Bu albatta bizning mushviq va beozor,mehri limmolim,jonkuyar onamizdir.Uning mehri shu qadar kuchliki,dunyodagi jamiyki go’zal kuy va navolar birlashsa ham, uning kuylagan allasi kabi quvonch va g’amli bo’la olmaydi. Bejizga O.de Balzak”Ona qalbi tubsizlikdir, uning tubida kechirim bor” deb aytmagan.Farzand butun umri davomida o’zi bilib yo bilmasdan qancha ayb ish qilmasin onalarimiz,albatta ularni kechiradi.Chunki, u ona.O’z hayotini xafv ostiga qo’yiq,bizni to’qqiz oy o’z bag’rida,butun umr yuragida asragan inson.Onalarimiz bizni yagona borimizcha qqbul qiluvchi insondir.Siz sog’misiz yoki betob,biror-bir qusurnigiz bordir yoki,unga egningizga nima kiyganingizning umuman ahamiyati yo’q.U uchun faqatgina joningiz sog’-omon bo’lib, qayerda bo’lsangiz ham tinch yursangiz shuning o’zi kifoya.Ahmad Lutfi Qozonchi aytganlaridek “Ona yer yuzida birdona va yagonadir”.Agar qibla bo’lmaganida sizni sajda qilgan bo’lardim onajon.
Ko’nglim ichra ming bitta havas
Orzularim bo’lmas nihoya,
Menga chinor umri kerakmas,
Sizning borligingiz menga kifoya.
Andulla Oripovning “Onajon” she’rida shu kabi bizning mehribonlarimiz haqidagi g’oyalar olg’a suriladi.Shoir ushbu she’rini o’qir ekansiz,inson butun tanasini titroq bosadi,bir lahzagina bo’lsa ham men onamsiz qanday yashayman,degan fikr hayolidan o’tadi vas hu yerda onalarimizni qanchalik xurmat qilishimiz,e’zozlab,ardoqlab yashashimiz kerak ekanligini tushunib yetadi.Shunday ekan har birimiz mehribonlarimizni ko’z qorachig’imizdek asraylik.Ularni qadriga yetaylik.
Ona bor dunyoda yashash boshqacha,
Onaning mehri-yu tafti boshqacha.
Kirsak hamki, xatto tòqson yoshgacha,
Ona bor hayotda yashash boshqacha.
Onalarimiz haqida yozilgan kòplab betakror she‘rlarni òqidim.Lekin, bular ichida eng sevib, mehr berib, qadrlab òqiganim Abdulla Oripovning “Onajon “she‘ridir.Dunyoda shoirman degan inson borki, qalbidagi eng qaynoq,mehrga tòlgan sòzlarini onajonlarimizga baģishlaydi.Ushbu she’rni òqir ekansiz, yuz-ming marta onalarimizni qanchalik xurmat qilib,qadrlashimiz kerak ekanligini tushunib yetamiz.Shoir ushbu she‘rga boshqacha yònalishda,noodatiy nazar bilan boqadi.Balki shuning uchun ham ushbu shoirga va uning she‘rlariga mehrim boshqachadir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1)“She’riyat” O’zME birinchi jild Toshkent 2020-yil
2)”O’gay ona” Ahmad lutfi Qozonchi Toshkent 2018-yil
3)uchildiz.uz
4.www.k.h-davron.uz
5).minikar.ru
Download 15.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling