Топшириқ Амалий машғулот №1


Download 22.58 Kb.
Sana07.09.2020
Hajmi22.58 Kb.
#128807
Bog'liq
Топшириқ Амалий машғулот


Топшириқ Амалий машғулот № 1:

1.Нерв системасининг филогенези ҳақида тушунча беринг. Суюқлик, тўрсимон, тугунли ва найсимон тузилишга эга нерв системалари.

Suyuqlikka ega bolgan nerv sistemasi yoq.Sodda hayvonlarda(masalan amyoba,nursimonlar)hujayrasidan ajralmalar chiqarish yoli bilan tashqi muxitni birmucha sezadi.Gidra va kovakichlilarda bolsa nerv hujayralar tolalari orqali tutashib nerv torini hosil qiladi.Shu nerv sistemasidan boshlab reflex paydo boladi.masalan gidra noqulay sharoitda yumoloqlanadi.Tugunli nerv sistemasi Togarak chuvalchanglardan to hasharotlargacha bolgan hayvonlarda mavjud.lekin ularda nerv tugunlari umumiy tasirni sezmasdan, faqat shu tugn joylashgan sohadagi tasirlarni qabul qiladi va shuunga mos javob qaytaradi.Naysimon tuzulishli nerv sistemasi eng taraqqiy etkan nerv tuzulmasi bolib xordallilar tipiga hosdir.Odamning ham nerv sistemasi naysimon tuzulishlidir.dastlab faqat naysimon bolib tuzilan bolsa keyinchalik undan boshmiya ham hosil boladi.

2.Инсонда нерв системасининг такомиллашуви қандай омил ва сабабларга боғлиқ бўлган.

Insonlarning nerv tizimini takomillashuviga sabablar juda ham kop.Inson hayvonlardan (boshqa primat azolari ga nisbatan)farqli olaroq ochiq joylarda yashashga otgan.Bu esa yashashni birmuncha qiyinlashtiradi.Bu esa abatta odamlarni koproq harakat qilishga,aqlini ishlatishda va ishning yengilroq usulini oylab topishga undaydi.Bu esa unda ong paydo bolishiga olib keluvch omil hisoblanadi.Ikkinchi tomondan aqlli mehnat tufayli inson “inson” darajasiga yetgan.ongning mavjudligi esa miya yarimshararida oz aksini toadi.yarimsharlarda burmalar kopligidan nerv hujayraar ham miqdori kop bolishi tabiiy.nerv hujayralarininh kop va turli tumanligi esa odamda turli xildagi reflekslar paydo bolishga imkon yaratadi.Shuni aytib otish lozimki odamdamiya hajmi kattalashishi bilan kalla suyagi(miya qutisi.lekin jagning zaiflashuvi va kichiklashuvi sodir bolgan) ham kattalashgan.

3.Орқа миянинг ташқи тузилишини тушунтиринг. Унинг узунлиги, сегментлари, жойлашган жойи, эгатлари ва тизимчалари.

Orqa miya orqaga tomoniga biroz yassilashgan, kondalang kesimi keng slindr shaklidagi tizimchasimon a’zo. U umurqa kanalida joylashgan. birinchi umurtqa pastki teshigi chekkasida bosh miyaga ulanadi.U boshmiyaning 2% ogirik qismini tashkil etadi.(ogirligi 34-38 gr ni tashkil etadi.U 1-2 bel umurtqasida konus shaklida tugaydi(konus medullaris)pastki qismiga ip shaklida davom etadi. Ipning boshlangich qismi tarkibida nerv to'qimasi mavjud. Uzunligi o'rta hisobda 43 sm aniqrogi erkaklarda 45, ayollarda 41-42 sm.uning boyin va Bel-dumgaza sohalari kengaygan. Orqa miyada egatlar mavjud bolib, oldingi yuzasidagi oldingi o'rta yorig'--fissura mediana anterior ,orqa yuzasidagi orqa o'rta egat --sulcus medianus posterior uni ikkita teng bo'lakka ajratadi. Orqa miyaning har bir bo'lagi oldingi yon egat--sulcus anterolateralis va orqa yon egat--sulcus posterolateralis vositasida uchta: oldingi, o'rta va orqa tizimchalarga ajraladi.Yon egatlardan orqa miya nervlarining oldingi va orqa ildizlari tarqaldi. Orqa miyaning ikki juft (ikkita oldingi, ikkita orqadagi) ildizlari o'rtasidagi qismi segment deb ataladi. Orqa miyada 31 ta: 8 bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1 ta dum segmentlari tafovut qilinadi. Oldingi tizimcha--funiculus anterior oldingi yon egat bilan oldingi o'rta yoriq markazida joylashgan.Orqa tizimcha--funiculus posterior bolsa orqa yon egatlar bilan orqa o'rta egat o'rtasida joylashgan. Yon tizimcha--funiculus lateralis esa oldingi va orqa yon egatlar o'rtasidagi oq moddadan iborat.

4.Орқа миянинг оқ моддаси қандай тузилишга ва вазифага эга. Унда жойлашган эгат ва тизимчалар ҳақида тушунча беринг.(Нега модда оқ тусда?).

Orqa miyaning oq moddasi neyron o'simtalaridan iborat bo'lib, kapalaksimon kulrang moddani (nerv hujayralarini)orab turadi.Ular orqa miyaning o'tkazuv yo'llarini hosil qiladi.Ular orqali retseptorladagi impullsni assossativ neyronga va aksincha assossativ neyrondan effektor neyronga impulslar otkaziladi.U nerv tolalaridan tashkil topganligi uchun ham oqtusda.

5.Орқа миянинг кулранг моддасининг тузилиши. Унда қандай шохчалар фарқланади.(Нега модда кулранг тусда?).

Oq moddaning ichida kapalok yoki H shaklidagi kulrang modda bolib,u neyronlardan tashkil topgan.Shuning u kulrang tusda. Neyronlar markaziy kanalning o'ng va chap tomonlarida bir xil joylashgan kulrang ustunlar --columnae griseae hosil qiladi. Bu ustunlar esa kanal oldi orqa qismidan bitishmalar orqali birikadi. Kulrang ustunlarning oldingi qismida oldingi ustun orqa qismida orqa ustun mavjud.Ustunlarning ortasida markaziy kanal bolib bu kanal nerv nai qoldigidir.Va bu kanal ichida orqa miya suyuqligi oqib turadi.

6.Нерв системасининг морфо-функционал бирлиги – нейроннинг (нейроцит) тузилиши. Аксон ва дендрит ҳақида тушунча беринг.

Neyronlar nerv tizimining asosiy qismini tashkil etadi. Ular shakli ,bajaradigan vazifasi,osimtalar soni va boshqa xususiyatiga qarab har xil boladi. Tuzilishi, vazifasi va aloqasiga qarab neyronlar sezuvchi yoki retseptor, oraliq yoki assotsiativ va harakatlantiruvchi yoki effektor neyronlarga bo'linadi. Akson yoki neyrit deb ataladigan tola uzun hisoblanadi lekin bitta neyronda faqat bittaginadiruning vazifasi retseptrni oraliq neyron bilan va aksincha oraliqni effektor bilan boglashga (impuls otkazishga )xizmat qiladi.Dentrit yoki kalta osimta bir neyronda koplap uchraydi.Uning funksiyasi ham kop bolib masalan,retseptorlik neyronlarni boglash va/h. Nerv tizimimizda neyronar sinapslar vositasida qo'shiladi. Bitta neyronning oxirgi tolalari juda ko'p (10000) neyron bilan qo'shilishi mumkin.

7.Орқа миянинг кулранг моддасида нейронларнинг вазифасига кўра жойлашувини тушунтириgнг. Сезувчи, оралиқ ва ҳаракатлантирувчи нейронлар.

Sezuvchi neyronlarni dendritlarining uchlarida qabul qiluvchi apparat- retseptor joylashgan. Retseptor ta’simi qabul qilib, uni nerv impulsiga aylantiradi.Reteptorlar uch xil boladi:

Ekstoretseptor-tashqi muxitdan tasir qabul qiluvchi(teri,sezgi organlari,ogiz burun shilliq pardalari.

Introretseptorlar- ichki muxitdagi kimyoviy va taktil tasirni sezuvchi retseptorlar

Proprioretseptorlar- muskul, pay,tog’ay,boylam va bo’gim xaltasi kabi organlardan tasr qabul qilib oladi.



Oraliq yoki assossiativ neyron qo'zg'alishini sezuvchi neyrondan harakat neyroniga o'tkazib beradi. Bu neyronlar markaziy nerv tizimida joylashgan. Effektor yoki harakatlantiruvchi neyronlaming tanalari markaziy nerv tizimida yoki vegetativ tugunlarda joylashgan. Ulaming aksonlari ish bajaruvchi a’zolarga (ko'ndalang targ'il va silliq mushaklar va bezlarga) boradi va ish bajariladi(muskul qisqaradi,bez sekret ajratadi va/h). Tibbiyotda (Nevropatologiyada) bu qonuniyatlardan foydalaniladi.Masalan tizza refleksi orqali orqa miyaning javob reksiyasi aniqlanadi.

219-B guruh talabasi Ro’ziyev Ikromjon
Download 22.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling