Topshiriqlar 1
Download 25.5 Kb.
|
4-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL YECHISH UCHUN MISOLLAR 1.
TOPSHIRIQLAR 1. R radiusli doiraga teng tomonli uchburchak ichki chizilgan. Doiraga tavakkaliga tashlangan nuqtaning uchburchakka tushishi ehtimolligini toping. 2. [0,5] kesmadan tavakkaliga bitta nuqta tanlanadi. Shu nuqtadan kesmaning o‘ng oxirigacha bo‘lgan masofa 1.6 birlikdan oshmasligi ehtimolligini toping. 3. Ekilgan 100 dona urug`dan 78 tasi A navga, 12 tasi B navga va 10 tasi C navga tegishli.Har bir urug`ning unib chiqish imkoniyati bir xil bo`lsa, tasodifiy kuzatilayotgan unub chiqqan urug`ning : 1) A navga; 2) B navga; va 3) B yoki C navga tegishli bo`lish ehtimolini toping. 4. Yetishtirilgan maxsulot sifatini tekshirish maqsadida tasodifiy ravishda 1000 dona maxsulotning og`irligi o`lchab ko`rildi.Shulardan 987 tasi standart talabiga javob beradi.Maxsulotning standart talabiga javob berishi nisbiy chastotasi topilsin. MUSTAQIL YECHISH UCHUN MISOLLAR 1. Sharga kub ichki chizilgan. Nuqta tavakkaliga sharga tashlanadi. Nuqtaning kubga tushish ehtimolini toping. 2. R radiusli doiraga nuqta tashlanadi. Bu nuqta doiraga ichki chizilgan kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping. 3. R radiusli doiraga nuqta tavakkaliga tashlangan. Tashlangan nuqtaning doiraga ichki chizilgan muntazam uchburchak ichiga tushishi ehtimolini toping. 4. Tavakkaliga har biri 2 dan katta bo’lmagan ikkita x va y musbat son olinganda, bu sonlarning ko’paytmasi xy birdan katta bo’lmasligi, bo’linma esa ikkidan katta bo’lmasligi ehtimolini toping. 5. Kvadratga ichki doira chizilgan. Kvadratga tavakkaliga tashlangan nuqtaning doira ichiga tushishi ehtimolini toping. 6. Ikkita x va y haqiqiy son x<1, 0<y<1 tengsizliklarni qanoatlantiradigan qilib, tavakkaliga tanlanadi. x2 7. Parabola kvadratning pastki asosiga urinadi va uning yuqori uchlari orqali o’tadi. Kvadratga tavakkaliga tashlangan nuqtaning kvadratning yuqori tomoni va parabola bilan chegaralangan sohaga tushish ehtimolini toping. Download 25.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling