Toshkent arxitektura qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti Qiymat injiniringi va kochmas mulk ekispertiezasi


Download 0.74 Mb.
Sana15.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1774981
Bog'liq
Ma\'rupov Ibroxim

Toshkent arxitektura qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti

Qiymat injiniringi va kochmas mulk ekispertiezasi

110_20 guruh talabasi Ma’rupov Ibroxim

Qurilish jarayonlari va bino inshootlarini barpo

etish texnalogiyasi fanidam

mustaqil ish

Omborlarda konstruktsiyalarni taxlashga qoyiladigan talablar REJA: 1. konstruksiyalar turlari. 2. monolit temirbeton konstruktsiyasi. 3. Temirbeton konstruksiyalarining ketma ketligi.


konstruksiyalar turlari— bino va inshootlarning asosiy qismlari. Koʻtaruvchi, toʻsuvchi, koʻtaruvchi-toʻsuvchi va yopuvchi kabi turlarga boʻlinadi. Arka, ferma va rama shartli ravishda koʻtaruvchi; devor va yopmalarning panellari, gumbaz va boshqa toʻsuvchi, koʻtaruvchi va yopuvchi Qurilish konstruksiyalari hisoblanadi. Qurilish konstruksiyalarining tekis (balka, ferma, rama) va fazoviy (gumbaz va boshqalar) xillari bor. Qurilish konstruksiyalari beton va temir-beton, metall, plastmassa, yogʻoch va gʻishtdan ishlanadi.
Qurilishda beton va temir-beton konstruksiyalar keng tarqalgan. Gidro-texnika inshootlari, yoʻllar, aero-dromlar, rezervuarlar qurishda yaxlit temir-beton ishlatiladi. Maxsus beton va temirbeton yuqori va past temperaturalar yoki kimyoviy agressiv muhitlar taʼsi-rida boʻladigan inshootlarni qurishda qoʻllaniladi. Metall konstruksiyalar, asosan, koʻp qavatli bino va inshootlarning sinchlari, sexlar, katta hajmli rezervuarlar, koʻpriklar qurishda ishlatiladi.
Konstruksiya (lot. constructs -tuzilish, qurilish) — 1) mashina, inshoot yoki oʻzel va detallarning tuzilish sxemasi, shuningdek, mashina, inshoot, oʻzellar hamda ularning detallari. K. da kerakli qism va elementlarining shakli hamda oʻzaro joylashishi, ularni biriktirish usullari, oʻzaro taʼsiri va kanday materiallardan yasalishi hisobga olinadi; 2) ilmiy yoki badiiy asarlarning tuzilishi (qarang Kompozitsiya); 3) bir sintaktik birlikni tashqil qiluvchi soʻzlar birikmasi.
Temirbeton konstruksiyalar — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari. Tayyorlanish usuliga koʻra, monolit (yaxlit), yigʻma va yigʻmakuyma xillari boʻladi. Temirbeton konstruksiyalar k. yangi paydo boʻlgan davrlarda (19-asr oxiri, 20-asr boshlari) monolit varianti kengtarkaldi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ham paydo boʻla boshladi. Endilikda qurilishni yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. siz tasavvur etib boʻlmaydi.
Monolit Temirbeton konstruksiyalar k. poydevorlar, gidrotexnika va melioratsiya inshootlari, rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa, zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qoʻl keladi, chunki poydevor, ustun, toʻsin va yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini taʼminlaydi.
Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ixtisoslashgan zdlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi.
Metall va yogʻoch konstruksiyalarga nisbatan yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, toʻsinlar, ferma elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti toʻsinlari, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik oʻrni panellari, sarbasta (tepadon), deraza osti plitalari va boshqa ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va boshqa ishlab chiqariladi.
Gidrotexnika inshootlari uchun qobiq plitalar; qishloq xoʻjaligi qurilishi uchun ustunlar, toʻsinlar, turli xil plitalar, molxonalar hamda issiqxonalar, yem saqlanadigan transheyalar uchun kerakli detallar, quduqlar uchun xalkalar va boshqa ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari bosim ostida yoki bosimsiz ishlaydigan temirbeton quvurlar, elektr va aloqa simlari uchun temirbeton ustunlar ham tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarning aksariyati standart oʻlchamlarda bajariladi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. uchun betonning mustahkamligi yuqori boʻlgan turlari (V20— V40)dan foydalaniladi.
Odamzod o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida, qurilish uchun turli qurilish materiallaridan foydalangan. Biroq bugungi kungacha eng ishonchli inshootlardan biri bo‘lib temir -betondan qurilgan yaxlit imoratlar hisoblanadi. Monolit qurilish texnologiyasi tasodifan kashf etildi, XIX asrning 60-yillarida fransuz Jozef Mone o‘zining dala hovlisini armatura bilan beton bortlardan foydalangan holda qurar ekan. XX va XXI asrning tutashgan nuqtasida esa g‘ishtli uylar o‘z o‘rnini, yomg‘irdan so‘ng qo‘ziqorinlar kabi o‘sib chiqqan, panelli uylarga bo‘shatdi. Ushbu panelli uylar vaqt talabiga binoan, xonadonlarning narxi osmon bo‘lmagan holda, uylarni tez qurish kerak bo‘lgan paytda paydo bo‘ldi. Tabiiyki, vaqt o‘tishi bilan “tez, sifatli, ommabop” mashhur uchligida barcha tarkibiy qismlar muhim ekanligi hamda sifatda murosalarga yo‘l qo‘yish mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli, g‘ishtli va panelli uylar o‘rnini monolit uylar egalladi.
O‘zbekistonda monolit uylar ommaviy ravishda nisbatan yaqinda qurilishni boshladi. Shu paytdayoq, me’morchilik shakllarini yaratishda nihoyatda kamtarin bo‘lgan panelli uylar monolit uylarga birinchilikni berishi ma’lum edi. Bunda monolit qurilishning katta qismini, me’morning xayolini aslo cheklamaydigan yechimlar tashkil qiladi. Uylarning o‘zi ham yuqori darajali issiqlik, namlik o‘tkazmaydigan xususiyatlarga ega bo‘lib, tashqi ta’sirlarga bardoshli hisoblanadi.

Xulosa:

Aynan shu sababdan, yangi uylar bozori so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda monolit uylar bilan to‘lib bormoqda. First Development Group developerlik kompaniyasidan Parkent Plaza 3 turar joy majmuasining misolida bunday konstruksiyaning xususiyatlari nimada ekanligini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar.

  • Ijtimoiy tarmoq vikipediya pinterest arxiv uz Asqarov B. A., Nizomov Sh.R., Hobilov B. A. Temirbeton va tosh-gʻisht konstruksiyalari,

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling