Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 0.5 Mb.
Sana24.04.2020
Hajmi0.5 Mb.

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI


Bajardi : Murodova E’zoza

Mavzu:Talab va taklif nazariyasi.Bozor muvozanati

Reja:

  • Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.Talab qonuni
  • Taklif tushunchasi.Taklif tushunchasiga ta’sir qiluvchi omillar.Taklif qonuni
  • Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati
  • Iste’molchi xatti-xarakati nazariyasi

TALAB VA TAKLIF BOG’LIQLIGI

Talab tushuchasi

Ma’lum vaqt oralig’ida , narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini sotib olishga bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi

Talabga ta’sir qiluvchi omillar


Bozordagi iste’molchilar soni

Iste’molchining daromadlari

Kelajakda narx va tovarlarning o’zgarish ehtimoli

Bir-biriga bog’liq tovarlarning narxi



Iste’molchining didi

TALAB QONUNI

Tovar narxi va sotib olinayotgan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi

TALAB EGRI CHIZIG’I

Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o’rtasidagi teskari bog’liqlikni tasviriy aks ettiradi .Undagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo’lgan tovar miqdorini ko’rsatadi.

TAKLIF TUSHUNCHASI

Ma’lum vaqt oralig’ida narxlarning muayyan darjasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi.

Taklifga ta’sir qiluvchi omillar

  • Resurslarning narxi
  • Ishlab chiqarish texnologiyasi.
  • Soliq va subsidiyalar
  •  Boshqa tovarlarning narxi
  • Narx o‘zgarishining kutilishi
  • Bozordagi sotuvchilar soni

Taklif qonuni

Narx qancha yuqori bo‘lsa, taklif miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi, narx pasayishi bilan taklif miqdori ham kamayadi. Maxsulot narxi bilan uning taklifi o‘rtasidagi ushbu bog‘liqlik taklif qonuni deyiladi

TAKLIF EGRI CHIZIG’I

Taklif egri chizig’i narx darajasi va taklif miqdori o’rtasidagi to’g’ridan to’g’ri bog’liqlikni ko’rsatadi .

BOZOR MUNOSABATLARI

Bozorda sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot miqdorini va unga narx qanday belgilanishini aniqlash uchun talab va taklif tahlillarini birlashtirishimiz kerak. Muayyan narx va ishlab chiqarish hajmi talab va taklif nisbati orqali aniqlanadi. Talab va taklif  egri chiziqlarning kesish nuqtasi muvozanatli narx hamda muvozanatli ishlab chiqarish hajmini belgilab beradi va bu nuqtada mahsulotning ortiqligi yoki yetishmasligi bo‘lishi mumkin emas

Bozor munosabatlari

BOZOR MUVOZANATI

TALAB VA TAKLIF EGILUVCHANLIKLARI

Talabning daromad bo’yicha egiluvchanligi

Taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi

ISTE’MOLCHI XATTI-HARAKATI NAZARIYASI

Iste’molchi tomonidan o’zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasini baholanishi iste’molchining afzal ko’rishi deyiladi . Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi.

BEFARQLIK EGRI CHIZIG’I

Befarqlik egri chizig’I ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to’plamlari yig’indisini namoyon etadi . Ya’ni iste’molchi uchun befarqlik egri chizig’I da joylashgan tovarlar to’plamini tanlashda farq bo’lmaydi.

Iste’molchi o’zining daromadini shunday sarflash kerakki , daromad to’liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak , iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi –iqtisodiy tizimningb samarali va moslashuvchan dastagidir .Bozor mexanizmining o’ziga xos xususiyati shundaki , uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog’liqdir .Ayniqsa , narxning talab va taklif hajmiga ta’siri hamda ularning o’zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyatini belgilab beradi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling