Toshkent davlat stomatologiya instituti


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
Sana26.10.2020
Hajmi1.74 Mb.
#137004
Bog'liq
Qollanma


 

 



TOSHKENT DAVLAT STOMATOLOGIYA INSTITUTI

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent davlat stomatologiya institutining MOODLE 

platformasi asosidagi virtual tizimlarida ishlash 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Vohidov U.N., Fazilova L.A., Nurmatova F.B. 

 

Тoshkent – 2020 



 

 

Ushbu  o’quv  qo’llanma  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim 



vazirining  2020  yil  27  martdagi  233-sonli  buyrug’i  ijrosini  ta’minlash  maqsadida 

Toshkent  davlat  stomatologiya  institutining  virtual  ta’lim  tizimida  tahsil  olayotgan 

talabalar uchun qo’llanma sifatida mo’ljallangan. 

Moodle  -  bu  kurslarni  boshqarish  tizimi,  shuningdek,  o’qishni  boshqarish  tizimi 

yoki virtual o’quv muhiti sifatida ham tanilgan. Bu inglizcha qisqartma bo’lib, Modular 

Object-Oriented Dynamic Learning Environment so’zlaridan  olingan  Modulli  ob’ektga 

yo’naltirilgan  dinamik  o’rganish  muhitidir.  Bu  onlayn  o’qitish  uchun  saytlar  yaratish 

imkoniyatini  beradigan  bepul  veb-ilova  bo’lib  u  asosan  o’qituvchilar  va  talabalar 

o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlarni  tashkil  etishga  qaratilgan  bepul  o’qitish  menejmenti 

tizimidir, garchi u an’anaviy masofaviy o’qitish kurslarini tashkil qilish uchun ham mos 

bo’lsa-da, kunduzgi oqitish tizimini ham ta’minlaydi. 



Moodle - kurslarni boshqarish tizimi, shuningdek, o’qishni boshqarish tizimi yoki 

virtual  o’quv  muhiti  sifatida  ham  tanilgan.  Bu  inglizcha  qisqartma  bo’lib,  Modulli 

ob’ektga  yo’naltirilgan  dinamik  o’rganish  muhitidir.  Shu  bilan  birga  u  onlayn  o’qitish 

uchun  saytlar  yaratish  imkoniyatini  beradigan  bepul  veb-ilova  bo’lib,  asosan 

o’qituvchilar  va  talabalar  o’rtasidagi  o’zaro  munosabatlarni  tashkil  etishga  qaratilgan 

bepul  o’qitish  menejmenti  tizimidir.  Garchi  u  an’anaviy  masofaviy  o’qitish  kurslarini 

tashkil  qilish  uchun  ham  mos  bo’lsa-da,  kunduzgi  o’qitish  tizimida  ham  muvaffaqiyat 

qozonib kelmoqda. 

Moodle-dan foydalanib, o’qituvchi kurslar yaratishi, ularni matn shaklida tarkibiy 

qismlar,  yordamchi  fayllar,  prezentatsiyalar,  anketalar,  testlar  va  boshqalar  bilan 

to’ldirishi  mumkin.  Moodle-dan  foydalanish  uchun  har  qanday  veb-brauzerga  ega 

bo’lish  kifoya,  bu  esa  o’qituvchiga  ham,  talabalarga  ham  ushbu  o’quv  muhitidan 

foydalanishni  qulay  qiladi.  Talabalarni  topshiriqlarni  bajarish  natijalariga  ko’ra, 

o’qituvchi  baholar  va  sharhlar  berishi  mumkin.  Shunday  qilib,  Moodle  o’quv 

materiallarini  yaratish  va  o’quv  jarayonining  ishtirokchilari  o’rtasidagi  o’zaro 

bog’lianishni ta’minlaydigan markazdir. 

Modle  ko’plab  ishlab  chiquvchilar  tomonidan  yaratilgan  va  o’nlab  tillarga,  shu 

jumladan rus tiliga ham tarjima qilingan. 

 

 

 



Tuzuvchilar: 

 

U.N.Vohidov - 

TDSI  ta’lim  sifatini  nazorat  qilish  bo’lim  boshlig’i  

tibbiyot fanlari doktori,  

L.F.Fazilova -  

TDSI  biofizika  va  tibbiyotda  axborot  texnologiyalari 

kafedrasi o’qituvchisi  

F.B.Nurmatova- 

TDSI  biofizika  va  tibbiyotda  axborot  texnologiyalari 

kafedrasi mudiri 



 

 



Yaxshi  mutaxassis  (sobiq  talaba)  mehnat  bozorida  talabga  ega  bo’lishi  uchun 

uning umumiy va kasbiy mahoratini shakllantirish kerak. Yangi avlod standartlari qabul 

qilinishi  bilan  hozirgi  bitiruvchilarga  va  ta’limning  axborot  texnologiyalariga 

qo’yiladigan talablar sezilarli darajada o’zgardi.  

Ishlab chiqilgan ish dasturiga muvofiq har bir modulli blok davlat ta’lim standarti 

talablariga  muvofiq  talaba  egallashi  kerak  bo’lgan  asosiy  bilim  va  ko’nikmalarni 

belgilaydi.  Modulli  o’qitish  jarayonida  talabalar  bilim  va  ko’nikmalarini  baholashning 

reyting tizimi ko’pincha nazorat turlaridan biri sifatida qo’llaniladi. 

Majburiy  element  bu  har  bir  modulni  o’rganish  natijalariga  ko’ra  talabalarning 

ball  oladigan  reyting  tizimidir.  Modulli  ta’limning  asosi  o’quv  moduli  bo’lib, 

quyidagilarni o’z ichiga oladi: to’liq ma’lumot bloki; talabalar harakatlarining maqsadli 

dasturi; 

muvaffaqiyatli 

amalga 


oshirish 

bo’yicha 

o’qituvchining 

tavsiyalari 

(ko’rsatmalari). Modulli texnologiya mashg’ulotning  mazmuni, assimilyatsiya darajasi, 

mustaqillik  darajasi,  o’qitish  usullari,  nazorat  qilish  va  o’zini  o’zi  boshqarish  usullari 

bo’yicha  mashg’ulotlarni  individuallashtirishni  ta’minlaydi.  IT  texnologiyalari  asosida 

taklif  etilayotgan  modulli  o’qitishning  boshqa  o’quv  tizimlaridan  tubdan  farqlari 

quyidagilardan  iborat:  o’qitish  mazmuni  maqsadga  muvofiq  assimilyatsiya  qilinadigan 

to’liq  mustaqil  komplekslarda  keltirilgan.  Maqsad  talaba  uchun  individual  ravishda 

shakllantiriladi  va  nafaqat  o’rganilayotgan  materialning  turi  va  hajmini,  balki  uni 

o’zlashtirish  darajasini  ham  aniqlaydi.  Bundan  tashqari,  o’quv  jarayonida  talaba 

tizimdan  muammoni  hal  qilish  kursini  oqilona  qurish  bo’yicha  tavsiyalar  va 

ko’rsatmalar  olishi  mumkin.  Talaba  maksimal  vaqt  o’z  ustida  ishlaydi,  maqsadlarni 

belgilashni,  o’z-o’zini  rejalashtirishni,  o’z  ishini  tashkil  qilishni  va  o’zini  nazorat 

qilishni o’rganadi. 

 

 

 



 

 

Moodle  platformasida  ishlash  uchun  talabaga  qo’llanma  

 

 

Mundarija:



 

1. Platforma tizimiga ulanish va kirish ....................................................................... 5 

2. Interfeysning tarkibiy qismlari ............................................................................... 8 

3. “Mening kurslarim” bo’limida ishlash tartibi. ...................................................... 10 

4. O’quv materiallari bilan ishlash - Moodle manbalari............................................ 11 

5. Bajarilgan topshiriq natijasini o’qituvchiga tekshirish uchun yuborish ................. 12 

6. Moodle tizimidagi o’zaro aloqa qilish funksiyasi (o’zaro ta’sir) .......................... 17 

 

 



 

 

Moodle  sodda  va  tushunarli  platformadir.  Moodle  muhitida  ishlash  uchun  siz 



asosiy kompyuter ko’nikmalariga va mantiqiy fikrlashga ega bo’lishingiz kerak.

 

 



1. Platforma tizimiga ulanish va kirish  

Moodle  platformasida  masofaviy  o’qitish  tizimiga  (Дистанционного 

Обучения- MО’) kirish uchun siz  login (kirish uchun berilgan nom)  va parolni 

olishingiz kerak. O’zingiz o’rnatgan veb-brauzerni oching: 

(1-rasm). 

 

 



1-rasm. Tizimga kirish uchun veb-brauzerni tanlash. 

 

         Ulanish uchun tizimga kiring, " Вход" blokining tegishli maydonlariga 



foydalanuvchi nomi va parolni kiritishingiz kerak 

(2-4-rasmlarga qarang). 

 

 

2-rasm. Tizimning «Вход» bo’limiga kirish. 



 

 



3-rasm. Login va parolni kiritish. 

 

 



4-rasm. Tizimning «Вход» bo’limiga o’tish. 

 

 



 

Siz  yuqori  o’ng  burchakdagi  ochiladigan  menyuda  interfeys  tilini  (rus  /  ingliz  / 

o’zbek)  tanlashingiz  mumkin 

(5-rasmga  qarang)

.  Xuddi  shu  tarzda,  siz  Moodle 

tizimining istalgan sahifasida joylashgan interfeys tilini o’zgartirishingiz mumkin. 

 

login 


parol 

 

 



5-rasm. Tizimda ishlash uchun tilni tanlash. 

 

 



Bunda  siz  tanlagan  til    bilan  Moodle  platformasida  masofaviy  o’qitish  tizimi  

(MO’) sahifasi ochiladi 

(6-rasmga qarang).

 

 



                  

   


___

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-rasm. Tizimga kirish oynasi.  

 

 



Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarni to’ldirishi kerak 

(7-rasm).

 

 

7-rasm. Tizimning «О пользователе» (foydalanuvchi haqida ma’lumot) bo’limi



 

 

 



Moodle  platformasida  masofaviy  o’qitish  (MO’)  tizimida  ishlash  uchun 

brauzeringizda  cookie-fayllari  yoqilgan  bo’lishi  kerak.  Mozilla  Firefox  brauzeri 

Moodle bilan ishlash uchun eng mos keluvchi brauzer hisoblanadi.  Agar sizda ushbu 

brauzer  bo’lmasa,  uni  quyidagi  manzildan  bepul  yuklab  olishingiz  mumkin: 

http://www.mozilla-europe.org/en/firefox/

 

Agar tizimga kira olmasangiz, ma’muriyatga (adminga) murojaat qiling.



 

 

2. Interfeysning tarkibiy qismlari 



 

Moodle  sahifalarining  aksariyati  uchta  ustundan  iborat.  Chap  ustunda  bloklar  deb 

ataladigan  va  odatda  ma’muriy  xarakterga  ega bo’lgan  kichik  bloklar  mavjud.  O’ng 

ustunda  axborot  (informatsiya)  xarakterli  bloklar,  o’rtada  esa  o’quv  materiallari  va 

ishchi vositalar mavjud. 

(8-rasm).

 


 

 



8-rasm. Shaxsiy ma’lumotlar «Личный кабинет» bo’limining umumiy tuzilishi. 

 

Har  bir  Moodle  sahifasining  yuqori  qismida  gorizontal  boshqaruv  paneli  mavjud. 



Bu  panel  sizning  kursingizni  aniqlaydi  va  sichqonchani  kurs  nomiga  bosish  orqali 

kursning  istalgan  sahifasidan  kursning  asosiy  sahifasiga  qaytish  imkoniyatini 

berilgan. 

(9-rasm). 

 

 

9-rasm. Gorizontal boshqaruv paneli. 



 

 

 

10 

 

3. “Mening kurslarim” bo’limida ishlash tartibi.  

Moodle  tizimiga  kirgandan so’ng  siz  ro’yxatdan  o’tgan  kurslarga  kirish  huquqiga 

ega  bo’lasiz.  Ular  Moodle  bosh  sahifasining  chap  ustunida  "Mening  kurslarim"  deb 

nom  bilan  ketma-ket  joylashtirilgan.  Qisqa  kurslar  nomi  ustida  kursorni  olib 

borganingizda,  uning  to’liq  nomi  yozilgan  holatda  markaziy  oynada  paydo  bo’ladi. 

Siz kurs nomini bosish orqali kursga kirishingiz mumkin bo’ladi. 

(10-rasm).

 

 

 



10rasm. Tizimning “Mening kurslarim” bo’limi («Мои курсы»). 

 

Kurs  sahifasidagi  dars  materiallari  (manbalar  va  interfaol  metodlar,  o’quv 



qo’llanmalar, darsliklar) markaziy ustunda joylashgan bir yoki bir nechta bo’limlarga 

bo’lingan. Ushbu bo’limlar “Mavzular” deb nomlanadi. 

(11-rasm). 

 

11-rasm. “Mavzular” bo’limining ko’rinishi.  



 

mavzular 



11 

 

Har  bir  mavzuga  tegishli  qo’shimcha  materiallar  mavjud  bo’lib,  ular  har  xil 



formatlarda bo’lishi mumkin. (masalan: *.pdf, *.doc, *ppt, *.xls va boshqalar)  

(12-rasm). 

 

12-rasm. Kurs uchun qo’shimcha ma’lumotlar. 

 

4. O’quv materiallari bilan ishlash - Moodle manbalari 

Ko’pgina  kurslarda  o’qituvchi  tomonidan  yuklab  olingan  ma’lum  miqdordagi 

o’quv  materiallari  mavjud  yoki  o’qituvchi  ular  uchun  boshqa  manbalarga  havola 

(ссылка)  beradi. Ushbu material o’quv faoliyati uchun asos sifatida ishlatiladi.  

Kursning  o’quv  resurslari  sahifasida  veb-sahifalar  bo’lishi                      har  xil  matnli 

ma’lumotlar   , MS Office hujjatlari ( 

), Open Office hujjatlari ( 



,  ,   , va 

boshqalar),  RTF-fayllar 

,  PDF-fayllar 

,  rasmlar  joylashgan  bo’lishi  mumkin. 

Аrxivlangan  fayl  va  papkalar 

  hamda  o’quv  materiallarining  qismlari  bo’lishi 

mumkin. 

Kurs  uchun  o’quv  resurslarining  eng  keng  tarqalgan  formatlaridan  biri  bu  *.pdf 

formatidir.  *.pdf  fayllarini  ochish  uchun  sizga  Adobe  Acrobat  Reader  dasturi  kerak 

bo’ladi,  kompyuteringizda  bu  dastur  bo’lmasa,  uni  Internet  sahifalaridagi  quyidagi  

saytidan yuklab olishingiz mumkin  

(

http://www.adobe.com/products/acrobat/readstep2.html



). 

 

O’quv  kursi  materiallari  bilan  ishlash  hamda  topshiriq  natijalarini  jo’natishingiz 



uchun  siz  ularni  avval  kompyuteringizda  saqlashingiz  kerak:  yoborish  uchun 

tayyorlangan faylni tanlang va paydo bo’lgan oynada esa "Saqlash" tugmasini bosing. 

Kurs materiallarini kompyuteringizga saqlab qo’yib keyin esa bu fayllarni ochib, siz 

ular bilan ishlashingiz mumkin 

(13-rasm). 

topshiriq 

Internet tarmog’idan videodars 

testlar 


12 

 

 



 

13-rasm. Topshiriqni yuklab olish jarayoni. 

 

5. Bajarilgan topshiriq natijasini o’qituvchiga tekshirish uchun yuborish 



 

Topshiriqni  yuborish  kursining  interfaol  elementi  talabalarga  tugallangan  nazorat 

topshirig’ini  o’qituvchiga  tekshirish  uchun  yuborish  imkonini  beradi  bu  esa  

o’qituvchiga  bajarilgan  ishlarni  ko’rish  va  baho  berish  imkoniyatini  yaratadi. 

O’qituvchi  ishlarni  bajarish  muddatini,  baholash  mezonlarini  ko’rsatishi  mumkin. 

Tugallangan  har  bir  topshiriq  natijasi  fayl  shaklida  tekshirish  uchun  o’qituvchiga 

yuborilishi  kerak.  Buning  uchun  avval  kompyuteringizda  topshiriq  natijasini  fayl 

shaklida  saqlashingiz  kerak,  so’ngra  "  Vazifani  yuborish"  («Отправить  Задание»)   

oynasidagi  "Tekshirish  uchun  tugallangan  vazifalarni  yuborish"  («Отправка 

выполненных заданий для проверки») havolasini bosing. 

(14-rasm).

 

 



7-topshiriqni yuklab olish 

13 

 

 



14-rasm. Topshiriq natijasini o’qituvchiga yuborish.  

 

"Vazifani  yuborish"  («Отправить  Задание»)  havolasini  bosganingizda, 



yuboriladigan  faylga  bo’lgan  talablar  va  faylni  serverga  yuklash  tugmasi  bo’lgan 

sahifa ochiladi. 

(15-rasm). 

 

15.rasm. 



14 

 

 

"Faylni  tanlash"  («Выберите  файл»)  tugmachasini  bosganingizda,  chap  ustunda 

"yuklab  olish  fayli"  («загрузить  файл»)  havolasini  tanlash  kerak  bo’lgan  oyna 

ochiladi,  shundan  so’ng  kompyuteringizni  mahalliy  diskidan  faylni  tanlash  uchun 

"Ko’rish" («Обзор») oynasi paydo bo’ladi. 

(16-rasm).

 

 



16-rasm. Kompyuterning mahalliy diskidan faylni tanlash bo’limi. 

 

  O’o’qituvchi  qaysi  topshiriqni  yuborganimizni  bilishi  uchun  "Saqlash" 



maydoniga biz topshiriqning nomini (raqamini) yozamiz 

(17-rasm)

 

 

17-rasm. Faylni yuklash imkoniyatini beruvchi sahifaning ko’rinishi.  



 

7-topshiriqni tanlaymiz 

7-topshiriq deb 

yozing 


15 

 

Topshiriq  natijasini  yuborishdan  avval  quyidagi  talablar  bajarilganligiga 



ishonch hosil qiling:

 

 



1.  Topshiriqlar yuborish uchun ular MS Word formatidagi fayllar yoki ZIP, RAR 

formatidagi siqilgan fayllar bo’lishi kerak. 

2.  Agar  siz  bir  nechta  fayllarni  yubormoqchi  bo’lsangiz,  ularni  hammasini  1  ta 

fayln ko’rinishida yuborishingiz ucnun arxivlash tavsiya etiladi. 

3.  Fayl  hajmi  o’qituvchi  tomonidan  belgilangan  me’yordan  oshmasligi  kerak  

(2Мб).  

 

Agar  yuborish  paytida  xatolik  yuzaga  kelsa,  "Hisobotni  tahrirlash"  («Редактировать 



отчёт»)  -ni  tanlang  va  faylni  o’chiring 

(см.рис.18)

.  Agar  siz  yana  fayl  qo’shishingiz 

kerak bo’lsa, unda yana boshqa faylni tanlang va qo’shing 

(19-rasm)

 



 

18-rasm.

 


16 

 

 



19-rasm. 

 

Topshiriqni  natijasi  qilib  tayyorlangan  faylni  yuborishda  oxirgi  qadam  bu 

"O’zgarishlarni saqlash" («Сохранить изменения») tugmachasini bosish hisoblanadi, 

shundan  so’ng  faylingiz  serverda  saqlanadi 

(20-rasm).

  “Bekor  qilish”  («Отмена»)  

tugmachasi esa hamma o’zgarishlaringizni beko qiladi.  

 

 

20-rasm. Natijalarnng “ahvolini” ko’rish («Состояние ответов»).



17 

 

6. Moodle tizimidagi o’zaro aloqa qilish funksiyasi (o’zaro ta’sir) 

 

Tizimda  talabalar  o’zlari  bilan  bir  qatorda  o’qituvchilar  bilan  aloqa  qilishlariga 



imkon beradigan asosiy vositalar quyidagilar: 



Forum  (форум): 

(dasturning  asosiy  sahifasida  barcha  talabalar  uchun  umumiy, 

shuningdek turli xil shaxsiy forumlar);  

 

Elektron  pochta  (электронная  почта)



biriktirilgan  fayllarni  o’qituvchi  bilan 

almashish (har bir kursning ichida);

 



Chat (чат)

shaxsiy xabarlar.

 

 

O’qituvchi  va  talabalar  bilan  o’zaro  aloqa  har  bir  kurs  uchun  alohida  amalga 



oshiriladi.  

Toshkent davlat stomatologiya institutining MOODLE platformasi 

asosidagi virtual tizimlarida ishlash 

QR – kodi

 

  

 

MOODLE platformasi asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti  virtual 

ta’liminingmobil versiyasining ko’rinishi: 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

18 

 

 



Xulosa 

 

Ushbu qisqa qo’llanmada LMS Moodle-ning barcha xususiyatlarini tasvirlab 

bo’lmaydi. Bizning maqsadimiz sizni ushbu tizim bilan tanishtirish va MOODLE 

platformasida qanday ro’yxatdan o’tishni  hamda  topshiriq natijalarini 

o’qituvchiga yuborishni ko’rsatish edi. Umid qilamizki, siz o’qishida allaqachon 

Moodle virtual tizimidan foydalanishni boshlagan talabalar safiga qo’shilasiz. 

 

 

 

O’qishingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz! 

 

 

 

 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling