Toshkent davlat yuridik universiteti “Xususiy huquq” fakulteti 4 kurs talabasi G’ulomjonov Saidahror Muhammadyusuf o‘g‘lining “Investitsiyaviy nizolarni sudda ko’rishning protsessual xususiyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi yuzasidan berilgan


Download 373.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi373.81 Kb.
#1556642
Bog'liq
taqriz (2)



Toshkent davlat yuridik universiteti “Xususiy huquq” fakulteti 4 kurs 
talabasi G’ulomjonov Saidahror Muhammadyusuf o‘g‘lining “Investitsiyaviy 
nizolarni sudda ko’rishning protsessual xususiyatlari” mavzusidagi bitiruv 
malakaviy ishi yuzasidan berilgan 
TAQRIZ 
G’ulomjonov Saidahror Muhammadyusuf o‘g‘li tomonidan “Investitsiyaviy 
nizolarni sudda ko’rishning protsessual xususiyatlari” mavzusidagi bitiruv 
malakaviy ishi dolzarb ahamiyatga ega mavzu hisoblanadi. Investitsion 
munosabatlar rivojlanib borar ekan, bu sohadagi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
nizolarni oldini olish mexanizmini ishlab chiqish ko’plab mamlakatlarning oldida 
turgan vazifasi hisoblanadi. Negaki, investitsiya barcha davlatlar iqtisodida muhim 
ro’l o’ynaydi. O‘zbekistonda ham investitsiya va ushbu faoliyatda yuzaga keladigan 
nizolarni hal etish tizimini rivojlantirish uchun say-harakatlarni kuzatishimiz 
mumkin. Lekin investitsiyaviy nizolarning sonini ortib borayotgani, bu borada 
O’zbekiston tajribasi kamligi ushbu sohani yanada chuqur o’rganib, xalqaro 
normalarni va chet el amaliyotini o’zlashtirishimizni talab etmoqda. Shu sababdan 
ham, talaba tomonidan dolzarb mavzu tanlanganligini e’tirof etish lozim. 
BMIni kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan
iborat. Bitiruv malakaviy ishining rejasi to‘g‘ri tuzilgan va ularning ketma-ketligi 
o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikka ega. 
BMIning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslanib, muammoning 
o‘rganilganlik darajasi tahlil qilingan, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ob’ekt va 
predmeti belgilangan hamda ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. 
BMIning birinchi bobi “Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda investitsiyaviy 
nizolarning umumiy tavsifi” deb nomlanib, mazkur bobda investitsiyaviy 
nizolarning tavsifi va mohiyati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tasnifi kabilar 
ifodalangan.
BMIning ikkinchi bobi “Investitsiyaviy nizolarning protsessual xususiyatlari” 
deb nomlanib, ushbu bobda yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda investitsion 


nizolarni hal etishda foydalaniladigan normalar va tajribalar hamda qonunchilikdagi 
muammo va kamchiliklari to‘g’risidagi huquqiy asoslari kabi masalalar yoritilgan.
BMIni tadqiq etish natijasida nazariy ahamiyatga ega xulosalar, shuningdek 
amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan takliflar ishlab chiqilgan. Bu taklif va tavsiyalar 
qonunchilikni takomillashtirishga qaratilishi bilan bir vaqtda amaliyotdagi kelib 
chiqayotgan muammolarni hal etishda ham ahamiyatlidir. 
Talaba mazkur bitiruv malakaviy ishida o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan 
mustaqil muloxaza yurita olish va taxlil qilish ko‘nikmalariga ega ekanligini 
namoish qila olgan. Taqdiqotchi mavzuga doir rus va ingliz tillardagi ko‘plab 
ma’lumotlardan unumli foydalanib, shu asosida muayyaan xulosalar chiqara 
olganligi e’tiborga loyiq.
Bildirilgan ijobiy fikrlar bilan bir qatorda, muayyaan kamchiliklar xam ko‘zga 
tashlanadi. Jumladan:
1. 
Ish o‘rinda olgan muyyan masalalar yuzsidan to‘xtalish jarayonida 
paragrflar mutanosibligiga e’tibor qaratish maqsadga muofiq bo‘lar edi; 
2. 
Kirish qismida dolzarblik ko‘payib ketgan, bitiruv malakaviy ishi qisqa 
va lo‘nda ifodalanishi kerak. 
Talaba G’ulomjonov Saidahror Muhammadyusuf o‘g‘li tomonidan 
“Investitsiyaviy nizolarni sudda ko’rishning protsessual xususiyatlari” mavzusidagi 
bitiruv malakaviy ishi talab darajasida yozilgan. Tadqiqot ishida ayrim juz’iy 
xarakterdagi kamchiliklar mavjud bo‘lib, ammo bu ishning mazmuni va umumiy 
saviyasiga ta’sir qilmagan va ushbu bitiruv malakaviy ishini ijobiy baholab, himoyaga 
tavsiya etaman. 
“Fuqarolik protsessual va iqtisodiy
protsessual huquqi” kafedrasi dotsenti,
fanlari bo’yicha falsafa doktori A.Haqberdiyev

Download 373.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling