Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsevtik biotexnologiya


Download 24.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2024
Hajmi24.58 Kb.
#1838629
Bog'liq
1-mavzu



Toshkent farmatsevtika instituti 
Farmatsevtik biotexnologiya 
kafedrasi talabasi Abdurahimova 
Madinabonu 


Jismoniy tarbiya va
sport vositalari orqali
sog’lom turmush
tarzini shakllantirish




Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni 
mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda 
rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. 
Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi 
koʻrsatkichlardan biri. J. t.ning asosiy vositalari: jismoniy 
mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush 
gigiyenasi. J. t. aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n 
qoʻshib olib boriladi.


Jismoniy tarbiya tarixi

Ibtidoiy davrdan boshlab J. t.ga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u 
jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy 
harakatlarga oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud 
boʻlgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, 
chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish 
jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida J. 
t.ga eʼtibor yanada kuchaydi. Gumanistlar J. t.ni oʻquv dasturiga kiritishga 
uringanlar. J. t.ga oʻrta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi 
pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida karala boshlandi. J. J. Russo 
"Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan pedagogik risolasida J. t.ning 
bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini taʼkidlagan. 
18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʻlgan 
"insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar J. t.ning shakl va 
uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab 
dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, 
Buyuk Britaniya va b. mamlakatlarda J. t.ning milliy tizimlari tarkib topdi.



Sport (
fr.
desporter — „oʻynamoq“, „maza qilmoq“
[1]

qatnashuvchilarning
jismoniy
va/yoki
aqliy
qobiliyatlarini 
solishtirishga va/yoki zavqlanishga moʻljallangan, tayinli 
qoidalarga ega
faoliyat
turidir.

Sport (ing. sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, 
jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarni turli 
majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va 
oʻtkazish tizimi. Sportning maqsadi kishilarning sogʻligʻini 
mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport 
musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. 
Dastlabki sport musobaqalari Yunonistonda boʻlib oʻtgan. Xalqaro 
olimpiada qoʻmitasi tashkil qilinganidan keyin sport juda tez 
rivojlana boshladi. 1896-yilda 1-zamonaviy Olimpiada oʻyinlari 
oʻtkazildi.



Sport turlarining 2 asosiy guruhi mavjud: milliy sport turlari va xalqaro sport turlari. 
Milliy sport turlari har bir xalqning oʻziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam 
olish sharoiti asosida rivojlangan. Xalqaro sport turlari muayyan sharoitlarda 
musobaqalar oʻtkazishning umumlashtirilgan tizimlaridan iborat boʻlib, bunda 
musobaqa ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlarini, natijalarni hisobga olish va 
baholashni xalqaro miqyosda bir xil tartibga keltirish, yagona qoidalardan 
foydalanishga asoslangan maxsus cheklashlar nazarda tutiladi. Sport bilan 
shugʻullanishda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, xalqaro 
sport tashkilotlari tomonidan man etilgan vositalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Yuqori sport koʻrsatkichlariga erishish maqsadida stimulyatorlardan, doping 
moddalaridan, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi man etgan boshqa vositalardan 
foydalangan sportchi musobaqalardan chetlashtiriladi.



Inson salomatligini asrash va 
mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr 
ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarzi 
ekanligi bugun barchaga ayon haqiqat. 
Zero, har birimiz, eng avvalo, o‘z 
sog‘lig‘imizni o‘ylashimiz darkor. Ana shunda 
xotirjam va farovon hayot kechirgan, 
ko‘plab asoratli xastaliklarning oldini olgan 
bo‘lamiz.



Quyidagi sog‘lom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi siz-u bizga avvaldan 
ma’lum bo‘lgan, biroq hayotning mayda-chuyda tashvishlari bilan yodimizdan 
ko‘tarilgan va amalga oshira olmay qolgan tartiblarni yodga solsa ne ajab.

1. Sport.

2. To‘g‘ri ovqatlanish

3. Zararli odatlar.

4. Kun tartibi.

5. Ijobiy kayfiyat.

6. Toza havo.

7. Shaxsiy gigiyena


Soglom turmush tarzining 1-qoidasi bu

Sport — umrimiz oxiriga qadar sog‘lom hayot kechirishning asosiy shartlaridan. U 
yosh ham, joy ham, hattoki shart-sharoit ham tanlamaydi. Uning ko‘rinishlari, 
shakllari, usullari ko‘p. Yoga, pilates, piyoda yurish, yugurish, turnikka tortilish, 
otjimaniya, raqs, rafting, bodibilding, gimnastika, futbol va hokazo turlari bor. 
Istaganingizni tanlang, jismonan faol bo‘lsangiz kifoya. Har kuni emas, kunora 30-
60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli.
Kamroq o‘tirish va ko‘proq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz o‘tirib ishlashni 
taqozo etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffus qiling va bu vaqtda turli 
yengil mashqlarni bajarib, yelka, bel va oyoqlar chigilini yozing.


E'tiboringiz uchun rahmat


Foydalanilgan adabiyotlar
Ushbu maqolada sog’lomlashtirish texnologiyalarining 
mazmun mohiyati, maqsad, vazifalari hamda jismoniy tarbiya 
va sportda sog’lomlashtirish texnologiyalarining dolzarbligi, 
ahamiyati uning bugungi kunda sog’lom turmush tarzini 
shakllantirishda jismoniy sog’lomlashtirish funksiyalari ilmiy 
asoslab berilgan.

Document Outline


Download 24.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling