Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiya fakulteti sanoat farmatsiya yo’nalishi 102-b guruh talabasi alijonova marjonaning falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 1.08 Mb.
|
falsafa 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- Oila, Fitratninng talqinida, uch muhim komponentdan iborat
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI farmatsiya 101-b guruh Oqboyev UmrzoqMavzu:
Reja:Oila asari haqidaOila asari haqida«Oila» asarida oilaviy xayotning islohotidan bahs yuritilib, adib najot yo‘llarini axtaradi. Fitratning oilaga nisbatan qarashlari zaminini Qur'onda shu masala bo‘yicha olg‘a surilgan fikr va g‘oyalar tashkil etadi. Shuning uchun xam bu kitob o‘z vaqtida taraqqiyparvar yoshlar tomonidan samimiy qarshi olingan. Oila asosini to‘g‘ri qurmasdan va yosh avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini tarqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas. Oxir oqibatda millat taqdiri uning oilasining xolatiga bog‘liq. Bu g‘oya Fitrat asarida o‘z ifodasini topgan: “Xar bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik anashu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat xam shuncha kuchli va muazzam bo‘ladiOila, Fitratninng talqinida, uch muhim komponentdan iborat:
Qizig‘i shundaki, ingliz va belgiyalik millatlar o‘rtasida ilmu-amal va sa'y xarakatda farq yo‘q.Unda shavkatu shon va izzat bobida shuncha farq qaerdan? Bu savolning javobini xar ikkala millatning umumiy sonidan topsa bo‘ladi, ya'ni ingliz milatining axolisi 44 ming, belgiyaliklar esa 7,5 mingga yetadi. Shuning uchun xam ingliz millatining umumiy sa'y-xarakati va amali belgiyalikning sa'y-xarakati va amalidan bir necha marotaba unumlidir. Ingliz millatining kuchi va izzati, e'tibori xam ana shu sa'y va amallarinning natijasidir. Shundan kelib chiqib, Ovropa xukmdorlari o‘z millatlarining sonini ko‘paytirishga xarakat qiladilar. Ovropa olimi o‘z xalqining nufuziga putur yetsa,: “Ey! Mamlakatimizning sharafi va e'tibori qolmayapti, Millatimiz nest-nobud bo‘ladi. Sharafimizni, vatan va millatimizni himoya qilish uchun farzand yetishtiringiz,”- deya dod soladi”. Ko‘ramizki, oila va farzand masalasi erkak yo ayolning xususiy masalasi emas. Farzand nafaqat ota-ona xayotining davomi balki ayni paytda millatning xam, iqtidori, obro‘ va e'tiborini belgilaydigan zanjir xalqasidir. Millat esa vatan, mamlakatning yuragi, demak, millat son jihatidan qanchalik ko‘p bo‘lsa u yashayotgan vatanining xam kuch-kudrati shu qadar ziyod bulishi tabiiy. Oila masalasi: 1) Millat. 2) Mamlakat. 3) Kishilik jamiyati, degan uchlikni ta'minlab turuvchi muxim bir xalqadir O’tmishdagi hol-ahvollarni bilgan donolarga ma’lumkim, bizning ota-bobolarimiz har bobda, ayniqsa, ilm va ma’rifatda olam ahli uchun ibrat va namuna bo’lganlar. Ularning ilmu ma’rifatlari «qiylu qol»ning takrori va hoshiyaxonligi bo’lmay, balki ular har bir ilmning asosiy mohiyatini yaxshi bilib, undan yaxshigina istifoda va iste’mol qilardilar. Ular tezda malaka va mahoratga ega bo’lib, mo»tabar kitoblarning ta’lif va tasnifiga qodir bo’lganlar. Ba’zilari o’nta, yigirmata va hatto yuz adad kitob tasnif qilganlar. Ularning ko’pi (jahon) ilmi xazinasini to’ldirgan. Mualliflar esa asarlarini valine’matlari bo’lmish asr podshohlari nomiga ham hadya qilardilar. Shu bahona bilan ular mamlakat va millatlarini ilmiy asarlari bilan bahramand etib, o’z navbatida, katta mukofotga loyiq bo’lardilar ham podshohlari nomini yaxshilik bilan kelajak uchun qoldirib, ularning mukofotlari shukrini bajo keltirardilar. Borib-borib zamon o’zgardi, sa’yu harakatlar, ilmga bo’lgan intilishlar susayib, talqinchilikka aylandi, «ijod qilmoq» (degan tushuncha) zararli va aloqasiz manzumalar chordevorida qolib ketdi. Fazl arboblari ham podshoh nomiga biror-bir yolg’on qasida yozib peshkash qilmoqdan boshqa bir hunar topmadilar. Agarda ellik yilda biron-bir qalam sohibi chiqqan bo’lsa ham, u yo «Taz-kirat ush-shuaro» («Shoirlar zikri») yoki devon yozgan bo’lib chiqardiki, asarini o’qigan odam na diniga va na dunyosiga foyda olardi2. Mamlakatimizda bunday tushkunlik davr uzoq muddat davom etdi. Xudoga shukurkim, hazrati podshohi amir Sayyid Muhammad Olimxon davrida Buxoro mamlakati xalqi ham ro’znomalar orqali olam ahvolidan xabardor bo’lib, shuni bildiki, boshqa mamlakatlarda yilida bir-ikki kitob yozib xalqqa manfaat keltiradigan minglab yozuvchi olimlar yashar ekanlar. Shul sababdan Buxoro sohibi qalamlari ham harakatga kelib, tirishqoqliklarini ko’rsatib, ikki-uchta foydali kitob yozib nashr qildilar. Banda shularning eng kamtarinlaridan biri bo’laman. Bu navbat ham ushbu axloqiya majmuasini tartib berib, «Rahbari najot» («Najot yo’li») deb nomladim deya sozlarini yakunlaydi Abdurauf Fitrat Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling