1-topshiriq. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish


Download 27.46 Kb.
bet1/2
Sana09.11.2021
Hajmi27.46 Kb.
#172399
  1   2
Bog'liq
Документ (2


1-topshiriq.

1.Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish 

sharoitida davlat boshqaruvini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari.

2.Ma'muriy huquq huquq tizimining tarmog'i sifatida. 

3.Ma'muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi.

1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchlik palatasi va Senati qo`shma majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan 2005 yil va uzoq muddatli istiqbolda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash ustuvor vazifalari va yo`nalishlarini amalga oshirish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni amalda ro`yobga chiqarish maqsadida:


1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo`shma majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalashning ustuvor maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini tayyorlash hamda uning aniq yo`nalishlaripi amalda ro`yobga chiqarish bo`yicha ishchi guruhlarning yangilangan tarkibi 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

Ishchi guruhlar tarkibiga islohotlarni yanada chuqurlashtirish va jamiyatni modernizatsiyalash bo`yicha zarur imkoniyalarga, tajriba va takliflarga еga bo`lgan tegishli idoralarning rahbarlari va yetakchi mutaxassislari, nohukumat va jamoat tuzilmalari, xalqaro institutlar, ilmiy va konsalting tashkilotlarining vakillari kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Mazkur ishchi guruhlar zimmasiga amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni tanqidiy tahlil qilish hamda qayta ko`rib chiqish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatning demokratlashtirish yo`lidan jadal xarakat qilib borishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi asosiy maqsad, vazifa va ustuvor yo`nalishlar amalga oshirilishini tizimli asosda va bosqichma-bosqich ta’minlaydigan qonunlar va normativ hujjatlarning yangi loyihalarini, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va hukumat qarorlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatilsin.

Ishchi guruhlar 2005 yilning 1 mayiga qadar muddatda aniq takliflar tayyor bo`lishiga qarab ularni belgilangan tartibda Jamiyat hayotining barcha tomonlarini еrkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo`yicha faoliyatni muvofiqlashtirish komissiyasiga (R.S. Azimov) kiritsinlar.


3. Jamiyat hayotining barcha tomonlarini еrkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo`yicha faoliyatni muvofiqlashtirish komissiyasi (R.S. Azimov):

ishchi guruhlar bilan mustahkam aloqa o`rnatib, ularning ishida amaliy yordam ko`rsatsin;

mazkur ishchi guruhlar taklif va materiallarni taqdim еtishiga qarab qonunlar va normativ hujjatlarning, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va hukumat qarorlarining loyihalarini tayyorlasin hamda ularni ko`rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Bizning bosh maqsadimiz  jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh еtishdir" mavzuidagi ma’ruzasida ko`zda tutilgan:

2-ilovaga* muvofiq davlat qurilishi va boshqaruvi, qonunchilik hokimiyatining roli va ta’sirini kuchaytirish sohasida:

3-ilovaga* muvofiq sud huquq tizimini isloh qilish va yanada еrkinlashtirish;

4-ilovaga* muvofiq ommaviy axborot vositalari faoliyatani yanada demokratlashtirish sohasida;

5-ilovaga* muvofiq tashqi siyosat sohasida;

6-ilovaga* muvofiq bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni tobora еrkinlashtirish sohasida Islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirish konsepsiyasi ma’lumot uchun va ishchi guruhlar tomonidan amalda foydalanish uchun qabul qilinsin.


5. O`zbekistan Matbuot va axborot agentligi, O`zteleradiokompaniya, O`zbekiston Millii axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari Dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishning borishini, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini har tomonlama va muntazam yoritish borasida mavzular bo`yicha ko`rsatuvlar hamda maqolalarni uyushtirsinlar.


6. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 fevraldagi f-2116-sonli Farmoyishi o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.


7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklatilsin.


Download 27.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling