Toshkent moliya inistituti soliq va soliqqa tortish yo’nalishi st-92 guruh talabasi ergashev javoxirbekning buxgalteriya hisobi fanidan tayorlagan taqdimoti


Download 0.83 Mb.
Sana27.10.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1728392
Bog'liq
Qo\'shilgan kapital hisobi 555

TOSHKENT MOLIYA INISTITUTI SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH YO’NALISHI ST-92 GURUH TALABASI ERGASHEV JAVOXIRBEKNING BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN TAYORLAGAN TAQDIMOTI


MAVZU
QO’SHILGAN KAPITAL HISOBI
QO’SHILGAN KAPITAL HISOBI
Qo‘shilgan kapital - bu tashkil etilayotgan xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadini ko‘zlab, kiritilgan va kiritilayotgan dastlabki mablag‘larning Respublikamiz yuqori tashkilotlari hamda bozor talablari asosida yuzaga kelgan mulk tafovutlarini, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag’dir.
Qo’shilgan kapital oddiy va imtiyozli aktsiyalarni sotishdan olingan summalarining nominal qymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar qiymatining yig’indisidan tashkil topadi.
Qo’shilgan kapital, aktsiyalarning nominal qiymatidan oshiqcha bahosi bo’yicha birinchi sotuvdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi. Bundan tashqari, qo’shilgan kapitalning tarkibida ustav kapitaliga qo’yilgan omonatlarni to’lashda hosil bo’ladigan kursdagi farqlarning summasi ham hisobga olinadi
Qo’shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagi
8410 – "Emissiya daromadlari"
8420 – "Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar" hisobvaraqlarida yuritiladi.
8410 – "Emissiya daromadlari" schyoti aktsiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan
Kelib tushgan summalar 8410 – "Emissiya daromadlari" schyotining krediti bo’yicha hisobga olinadi, xususiy aktsiyalarni sotib olishda va sotib olingan xususiy aktsiyalarni bekor qilishda kursdagi farqlarni qoplash uchun foydalanilganda ushbu muomalalar bu schyotning debeti bo’yicha hisobga olinadi
8420 – "Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar" schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida hosil bo’ladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun mo’ljallangan.
Valyuta va valyuta qiymatliklari hisobiga ustav kapitalini shakllantirish vaqtida ustav kapitaliga badal to’lash vaqtida amal qilingan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha baholanadi.
Valyuta va valyuta qiymatliklarini baholash va boshqa mulklarni ro’yxatdan o’tkazish vaqtida ta’sis hujjatlaridagi baholardan farq qilishi mumkin. Hosil bo’lgan bu kursdagi farqlar 8420 – "Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar" schyotida hisobga olinadi.
Baholardagi ijobiy farqlar, mulklar, valyuta va valyuta qiymatliklari schyotlarining debeti bo’yicha va 8420 – "Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar" schyoti krediti bo’yicha, salbiy farqlar esa teskari tartibda buxgalteriya provodkalari bo’yicha aks ettiriladi
. Baholardagi va kursdagi baholashning bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan ustav kapitalidagi ta’sischilar ulushining o’zgarmasligiga imkon beradi. Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo’lgan kursdagi farqlarning analitik hisobi, ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatining aktsiya egalari bilan hisoblashishdan tashqari, har bir ta’sischi bo’yicha yuritiladi.
8410 -“Emissiya daromadi” schyoti - aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Emissiya daromadi emitent tomonidan aksiyalar dastlabki egalariga aksiyalarning realizatsiya narxi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi farq sifatida joylashtirilganda (sotilganda ) yuzaga keladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt qayta ro’yxatdan o’tkazilgunga qadar o’zgarmasdan qolish lozim bo’lgan ustav kapitalidan farqli ularoq qo’shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida to’ldirilishi mumkin:
Emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatidan yuqori bahoda aktsiyalar birlamchi sotilishi holatida;
Kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitalini shakllantirish chog’ida;
Emission daromad yuqorida ko’rib o’tilgandek‚ aktsiyalar sotilish bahosi va nominal qiymatii o’rtasidagi tafovutni hisobga olingan hamda faqatgina birlamchi emissiya chog’ida aks ettiriladi.
Misol. 1000 so’mlik nominal qiymati bo’lgan aktsiyalar 1200 so’mdan sotilgan‚ quyidagi yozuvlar kayd etiladi:
5110‚ 5010 – pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlari debeti – 1200.
4610 – "Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzi" hisobvarag’i krediti – 1000
8410 – "Emission daromad" hisobvarag’i krediti – 200.
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling