Toshkent moliya instituti 3-mavzu. Klassik davrgacha bo‘lgan qadimgi iqtisodiy ta’limotlar ma’ruzachi kalandarov r. Reja


Download 232.25 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi232.25 Kb.
#142886
Bog'liq
3 Классик давргача бўлган қадимги 031120153718


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

3-MAVZU. KLASSIK DAVRGACHA BO‘LGAN QADIMGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR

MA’RUZACHI KALANDAROV R.

Reja:
  • Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar.
  • Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari.
  • Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar.

  • 4. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar.

Iqtisodiy fikrlarning paydo bo’lishi va shakllanishi yozuv bilan bevosita bog’liq. Yozuv qachon paydo bo’lgan? Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan to’rt ming yil oldin o’sha davrning madaniyat o’chog’i hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi grek tarixchilari hozirgi Iroqdagi Dajla va Frot daryolarning oralig’idagi joylarni «Mesopotamiya» deb atagan. Bu grekcha so’z bo’lib, «ikki daryo oralig’i» ma’nosini bildiradi. Dastlabki yozuv ijod qilingandan keyin, Misr va Qadimgi Sharqdagi xalqlar tarix tiliga kira boshladi. Demak, o’sha davrdan, ya’ni Qadimgi Dunyo – quldorlik davridan boshlab dastlabki iqtisodiy fikrlar shakllana boshladi.

  • Iqtisodiy fikrlarning paydo bo’lishi va shakllanishi yozuv bilan bevosita bog’liq. Yozuv qachon paydo bo’lgan? Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan to’rt ming yil oldin o’sha davrning madaniyat o’chog’i hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi grek tarixchilari hozirgi Iroqdagi Dajla va Frot daryolarning oralig’idagi joylarni «Mesopotamiya» deb atagan. Bu grekcha so’z bo’lib, «ikki daryo oralig’i» ma’nosini bildiradi. Dastlabki yozuv ijod qilingandan keyin, Misr va Qadimgi Sharqdagi xalqlar tarix tiliga kira boshladi. Demak, o’sha davrdan, ya’ni Qadimgi Dunyo – quldorlik davridan boshlab dastlabki iqtisodiy fikrlar shakllana boshladi.

Xammurapi podshohi qonunlari

Qadimgi Bobildagi iqtisodiy masalalar podshoh Xammurapi

qonunlarida aks ettirilgan
  • Hukmron sinflar mulkini qattiq himoya qilish zarurligi to‘g‘risida qayd etilgan.
  • Bahoni tashkil etish va tovar-pul munosabatlarining u yoki bu tomonlari tahlil qilingan. Sudxo‘rlik ko‘lami «tartibga solinib» turilgan: pul ssudasi bo‘yicha foiz normasi dastlabki miqdorning 20 foizidan, natural ssuda bo‘yicha – 33 foizdan oshmasligi kerak.
  • Yollanma mehnat va bajarilgan ish uchun pul to‘lovlari miqdori reglamentlashtirilgan.
  • Yer yuzida adolat qaror topishi uchun, farovon hayot uchun kurashuvchi jasur, pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g‘oyasi ilgari suriladi;
  • Markaziy Osiyoda o‘troq turmush tarzining afzalliklari ko‘rsatiladi;
  • dehqonchilikni rivojlantirish, quruq va bo‘sh yerlarni o‘zlashtirib, ularni jamoa o‘rtasida adolatli taqsimlash savobli ish deb hisoblanadi;
  • chorvachilikni rivojlantirishga ahamiyat beriladi;
  • turli tabiiy ofatlarga qarshi oziq-ovqatlar zaxirasini barpo qilish qo‘llab-quvvatlanadi;
  • yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish og‘ir gunoh hisoblanadi.

“Avesto”dagi iqtisodiy fikrlar

«Avesto»da tasvirlangan ilk davlatchilik asoslarining vujudga kelish davrlari ko‘rinishlari

Birinchi davr

Ikkinchi davr

Uchinchi davr

Eng qadimgi davr bo‘lib, bunda adolat va insoniy baxt-saodat hukmron bo‘lgan.

Yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o‘rtasidagi adolat uchun kurash davom etgan.

Aql-idrok va adolat tantana qilib, dehqon-lar badavlat, davlatning siyosiy va qonun-chilik tizimini mustahkam bulishi uchun yaxshilik ta’limini va sadoqatini amalga oshiruvchi hokimlar hukm yuritgan.

“Avesto”dagi miloddan avvalgi VII-VI asrlarda davlat va uning hududiy boshqaruv tizimi

Uy egasi


Qishloq

Oqsoqollar kengashi

Nmanapati

Uy–qo‘rg‘on jamoasi

Qishloq jamoasi oqsoqoli

Bir necha qishloq jamoalari

Hanjmana

Vispati


Boshqaruv tartibi

«Avesto» tushunchalari

Viloyatlar hokimi

Viloyatlar hukmdori

Viloyat (bir necha tuman)

Viloyatlar

Mamlakat (qabilalar ittifoqi)

Mamlakat hukmdori va oqsoqollar kengashi

Dax’yupati

Daxiyusastar

Kavi, dax’yupati

“Avesto”dagi miloddan avvalgi VII-VI asrlarda xususiy mulk turlari

 

Xususiy mulk



Uy-joy

Ekin yerlari

Oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari va anjomlari

Chorva

Ishlab chiqarish vositalari va qurollari, barcha ro‘zg‘or va shaxsiy buyumlar

“Avesto”da moddiy boyliklar yaratish eng yaxshi amal deb targ‘ib qilinadi. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish asosi bo‘lgan ekin maydonlarini, chorva hayvonlarini ko‘paytirish va asrashga da’vat qilinadi va bu borada zarur tavsiyalar beriladi.

Boylik va xususiy mulk ma’nosini anglatadigan “gayta” atamasi “Avesto”da asosan mulkdor kishilarning moddiy ahvoli va farovonligini ta’riflashda ko‘p ishlatilgan.



Qadimgi Hindistondagi “Manu qonunlari”

(miloddan avvalgi IV-III asrlar)

Asosiy g‘oya:

Ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo‘ysunish institutlarining mavjudligi ko‘rsatiladi.



Qadimgi Hindistondagi iqtisodiy fikrlar

Hindistondagi iqtisodiy g‘oyalarni aks ettiruvchi qadimiy yodgorlik “Artxashastra” qadimiy va muhim tarixiy yodgorlik hisoblanib, u Chandragupta I podshohligi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan.

“Artxashastra” dagi asosiy g‘oyalar (m.a. IV asr)
  • dehqon, hunarmand mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi;
  • davlat bozor bahosini tartibga solib turishi lozim;
  • sug‘orish tizimlarini qurish hosilning manbai hisoblanadi;
  • davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o‘rnashtirish ishlarini amalga oshirishi lozimligi ko‘rsatiladi;
  • podshoh to‘rtta ilmni bilishi zarurligi, ularning biri iqtisodiyot ekani ta’kidlanadi;
  • iqtisodiyot dehqonchilik, chorvachilik va savdo faoliyatlari tarzida ko‘rib chiqiladi;
  • mamlakatda o‘z davridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, dehqonchilik asosiy soha hisoblangan.

Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy qarashlar

1.5. Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy qarashlar

Konfutsiy(miloddan avvalgi 551 y.)

Asosiy vakil va oqimlar

Men-Szi (miloddan avvalgi 372-229 yy.)

Syun-Szi (miloddan avvalgi 313-238 y.)

Legistlar (qonuniy) oqimi (miloddan avvalgi 351 yy.)

Guan-Szi (miloddan avvalgi IV asr)

“Daosizm” (aynan yo’l) (miloddan avvalgi IV asr)
  • Patriarxal munosabatlarni reglamentlashtirish davlat tuzumini mustahkamlashga xizmat qiladi. Davlat-bu katta oila, podsho esa “xalqlarning otasi” deyiladi.
  • “Buyuk jamoa mulki” (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki) ajratib ko‘rsatiladi va xususiy mulk ustunligi ko‘rsatib beriladi.
  • Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat to‘g‘risida fikr yuritiladi va aqliy mehnat bilan yuqori tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa oddiy kishilar shug‘ullanishi kerak deb ko‘rsatiladi.
  • Mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi fikrlar ilgari suriladi.
  • Davlatning bahoni tartiblab turishi zarurligiga alohida e’tibor beradi.

Konfutsiyning asosiy g‘oyalari

Men-Szi
  • davlatda asosiysi xalq, hukmdor esa oxirgi o‘rinda turadi;
  • Xitoy jamoasining “boshqaruvchilar va boshqariladiganlar”ga bo‘linishini qo‘llab-quvvatlaydi;
  • oddiy xalq hukmron qatlamlarni boqishi kerak deb hisoblaydi;
  • boylikning nisbatan tekis taqsimlanishi, soliqlarning me’yorida bo‘lishi, dehqonchilik ishlarida hamma o‘z vazifasini bajarishi zarur deyiladi.

asosiy g‘oyalari

Syun-Szi (miloddan avvalgi )

asosiy g‘oyalari
  • davlatning boyishi tarafdori bo‘lgan;
  • qonunga amal qilgan holda boylikka intilgan kishilarni qo‘llab-quvvatlagan;
  • mehnat taqsimoti zarurligi g‘oyasi ilgari surilgan;
  • davlatning iqtisodiy siyosati 3 ta asosiy tamoyilga asoslanishi kerakligi ta’kidlanadi:

  • - xarajatlarni iqtisod qilish;

    - xalq farovonligini ta’minlash;

    - ortiqcha mahsulot zaxiralariga ega bo‘lish zarurligi.

Legistlar (qonuniy) oqimi (miloddan avvalgi 351 yy.)

asosiy g‘oyalari
  • Davlatlarning birlashgan yagona davlat bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan;
  • qishloq xo‘jaligi va dehqonchilik munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan;
  • don masalasi davlatning eng bosh masalasi deb hisoblangan;
  • davlat ravnaqi uchun ikki masala hal etish zarurligi ko‘rsatilgan:

  • -don masalasi;

    -urush (yon-atrofdagi yerlarni bosib olish);


  • qonun yo‘li bilan yig‘ilgan don miqdoriga bog‘liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi;
  • qonun yo‘li bilan turli “ishyoqmaslar”ni “yerga qaytarish”, ya’ni dehqonchilik bilan shug‘ullanishga, mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo‘llash zarurligi ta’kidlanadi.

Guan-Szi

(miloddan avvalgi IV asrlar)
  • Xo‘jalikni davlat tomonidan tartibga solishning tizimlari ancha mukammal bayon etilgan;
  • tovar-pul munosabatlarini cheklashga intilmasdan, bu munosabatlarni o‘rganib, undan xo‘jalikni barqarorlashtirishda ma’lum mexanizm sifatida foydalanish taklif etilgan;
  • xalq xo‘jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish g‘oyasi ilgari surilgan;
  • yer maydonlari nisbatan tekis taqsimlanishi zarur, dehqonlarni ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq tizimi sharoitga qarab (yer unumiga bog‘liq ravishda) bo‘lishi taklif etilgan;
  • yer va suv (tog‘ va dengiz) larni davlat ixtiyoriga o‘tkazish va ulardan daromad yo‘lida foydalanish, baholarni tartibga solish yo‘llari haqidagi g‘oyalar ilgari surilgan.

asosiy g‘oyalari
  • Mamlakat tomonidan taqiqlovchi qonunlarga amal qilmaslikni taklif etgan, aynan qonunlarni haddan tashqari ko‘pligi xalqni kambag‘allashuviga olib kelishini ta‘kidlagan;
  • insoniyat avvalgi majburiyatlaridan voz kechishi, oddiy tabiiy hayotga qaytishi, ya’ni inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangi mehnat qurollaridan foydalanmasligi zarurligi ta’kidlangan.

“Daosizm” (aynan yo’l) (miloddan avvalgi IV asr)

Lyao-Szi


asoschisi

Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta’limotlar

Qadimgi Gretsiya (Yunoniston)da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakliga aylangan edi. Yunonistondagi dastlabki iqtisodiy g‘oyalar Gomer va Gesiad asarlarida ilgari surilgan.



Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar

(miloddan avvalgi 8-7 asrlar)

namoyondalari

Gomer

Gesiad

Iliada


Odisseya

Mehnat qonunlari

Iqtisodiyotning natural xo‘jalik konsepsiyasi ilgari surilgan.

  • Dehqonchilik munosabatlari ulug‘langan;
  • Qullar mehnatidan foydalanish ko’rsatilgan.

Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy g‘oyalarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan shakllanishiga o‘sha davr namoyondalaridan Ksenofont, Platon, Aristotellarning iqtisodiy qarashlari katta ta’sir ko‘rsatdi.

Xususan, «Ekonomiya» so‘zi («oykonomiya»: «oykos»-uy, xo‘jalik va «nomos» - qonun, qoida) tom ma’noda uy xo‘jaligi to‘g‘risida qoida mazmuniga ega bo‘lib, Ksenofontning maxsus asarinining sarlavhasi bo‘lgan.



Ksenofont

(mil. avv. 430-355 y.)

Iqtisodiyotga oid asosiy asarlari



“Daromadlar to’g‘risida”

“Ekonomiks”

Asosiy iqtisodiy g‘oyalari
  • Afinaning iqtisodiy holatini yaxshiliash yo‘llari ko‘rsatib beriladi:

  • - Afinaga keladigan xorijiy kishilardan olinadigan soliqlarni ko‘paytirish va ularning Afinaga kelishini rag‘batlantirish;

    - kumush qazib olishni kengaytirish;

    - qullar savdosini tashkil etish.

  • Iqtisodiy ta’limotlar tarixida birinchilardan bo‘lib mehnat taqsimoti va uning mahsulot sifatini yaxshilashi to‘g‘risida fikr yuritadi;
  • Natural xo‘jalikning ustunligini qo‘llab-quvvatlaydi, chunki u ancha adolatli hisoblanadi va insonning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratib beradi
  • Mahsulotlar foydaliligi va almashuv qiymati to‘g‘risidagi tushunchalarni ilgari suradi.

farovonlik manbai

qishloq xo‘jaligi

dehqonchilik

Ksenofont fikricha

“Davlat”


“Qonunlar”

Ksenofontning Iqtisodiyotga oid asosiy asarlari

Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari
  • Kishilar o‘rtasidagi tengsizlikni tabiatdan deb hisoblaydi.
  • Mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi o‘tmishdoshlarining g‘oyasini rivojlantirdi (Platon fikri bo‘yicha, har xil ehtiyojlarni qondirish uchun turli turdagi tovarlarning bo‘lishi taqozo etiladi).
  • Shahar xo‘jaligi to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldi.
  • Dehqonchilikni iqtisodiyotdagi bosh tarmoq deb hisobladi.
  • Savdoga ijobiy munosabatda bo‘ldi, bilan shug‘ullanishini (Platon bo‘yicha, savdo bilan faqat quyi sinflar shug‘ullanishi kerak).
  • Pulning mohiyatini tahlil qilgach, uning ikki funksiyasi – tovarlar qimmati o‘lchovi va muomala vositasi – funksiyalarini ko‘rsatib berdi.
  • Ideal davlat to‘g‘risida ta’limot yaratadi, undagi kishilar uch toifaga bo‘lib ko‘rsatiladi:

  • - faylasuflar;

    - harbiylar;

    - yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar (faylasuflar, harbiylar davlatning boshqaruv apparatini tashkil etadi, butun jamiyatni bosh-qaradi; uchinchi toifa kishilar xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanadi).


Aristotel (Arastu)

(miloddan avvalgi 384-322 yillar)

Iqtisodiyotga oid asosiy asarlari

“Nikomaxov etikasi”

“Давлат”


“Siyosat”

Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari
  • barcha xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari yashash vosi-talaridan foydalanish va boylik topish nuqtai nazardan tahlil qilinadi;
  • eng muhim ehtiyojlarni qondirish va boylik topish usullari to‘g‘risida fikr yuritiladi;
  • ekonomika, xrematistika tushunchalari ilgari suriladi:

  • - ekonomika – bu eng muhim ehtiyojlarni qondirish uchun bo‘ladigan dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdoda band bo‘lgan kishilarning faoliyati;

    - xrematistika – bu yirik savdo yo‘li bilan boylik topish.



Qadimgi Rimda iqtisodiy g‘oyalarni ilgari surgan asosiy vakillar
  • Mark Portsiy Katon (mil.av. 234-149 y.),
  • Mark Terensiy Varron (mil.av.116-27 y.),
  • Lyutsiy Yuniy Moderat Kolumella (1 asr mil.av.),
  • aka-uka Tiberiy (mil.av. 162-133 y.) va Gay (mil.av. 153-121 y.) Grakxlar

Mark Portsiy Katon

(mil.av. 234-149 y.)


  • Katon ishlab chiqarishni tashkil etishni ayirboshlashni yaxshilashga bog‘lab, iqtisodiy ta’limotlar tarixida birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarish samaradorligi muammosini ilgari suradi;
  • Katonning fikricha, xo‘jalikni samarali yuritish uchun barcha ishlab chiqarish omillaridan unumli foydalanish kerak, bunday omillarga u mehnat, yer va uni ishlash vositalarini kiritadi;
  • ortiqcha qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotishni tashkil etish to‘g‘risida fikr yuritadi;
  • qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan mahsu-lotlarni sotib olish zarur, deb hisoblaydi;
  • zaytun yog‘ini eng foydali mahsulot, deb qaraydi.

asosiy asari

«Dehqonchilik»

undagi asosiy g‘oyalari
  • xalq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq deb hisoblaydi;
  • tovar-pul munosabatlaridan ancha keng foydalanish zarurligi g‘oyasi ilgari suriladi;
  • bozor sharoitida, ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirish foydali deb qaraladi;
  • har bir xo‘jalikning o‘zini o‘zi ta’minlash g‘oyasi ilgari suriladi.

asosiy asari

«Qishloq xo’jaligi to’g‘risida»



iqtisodiy qarashlari
  • qullar mehnatining samarasizligini dalillar bilan isbotlab beradi;
  • erkin mayda ishlab chiqarishning afzalligini ko‘rsatib beradi (qullar mehnatiga nisbatan);
  • yerlarni ijaraga berishni taklif qiladi, bunda yerni emas, balki undan foydalanish huquqini sotish kerakligini ko‘rsatib o‘tadi, chunki yer umumxalq mulki hisoblanadi;
  • qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaarishining ekstensiv turidan intensiv turiga o‘tish to‘risida gapiradi, buning uchun:

  • - yerni sun’iy o‘g‘itlashni taklif qiladi;

    - agrotexnik tajribalarni o‘tkazishni zarur deb hisoblaydi.



Lyutsiy Yuniy Moderat Kolumella (miloddan avvalgi I asrlar)

asosiy iqtisodiy fikrlari



Aka-uka Tiberiy va Gay Grakx

(mil.av. 153-121 y.)

Qadimgi Rimda dehqonlar qo‘lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar1 vujudga kela boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yersiz bo‘lib qoldilar. Bunday holatning paydo bo‘lishi, ya’ni yirik yer egalari – patritsiylar va dehqon – plebeylar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi va aka-uka Grakxlarning agrar islohotlariga sabab bo‘ldi.


  • yerga egalikni qoralab, xonavayron bo‘lgan mayda dehqonlarni himoya qilib chiqadi;
  • patritsiy yer mulkini cheklash va agrar masalalarni yechish maq-sadida qonun qabul qilishni taklif etadi (m.a. 133 y.).
  • bu qonunga ko‘ra fuqarolar 500 (125 ga) yuger yerga egalik qi-lishlari, shuningdek, har bir oila 1000 yugerdan ortiq yerga egalik qilishlarini man etish ko‘zda tutiladi.

asosiy iqtisodiy fikrlari

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 232.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling