Toshkent Moliya Instituti Moliya va moliya tehnologiyasi yo’nalishi mmt-96k-2 talabasi Olimov Abdulborining Mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi iste’mol, jamg’arish va investitsiya funksiyalari reja


Download 388.66 Kb.
bet1/5
Sana24.04.2023
Hajmi388.66 Kb.
#1395300
  1   2   3   4   5
Bog'liq
abdulbori


Toshkent Moliya Instituti Moliya va moliya tehnologiyasi yo’nalishi MMT-96k-2 talabasi Olimov Abdulborining Mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


ISTE’MOL, JAMG’ARISH VA INVESTITSIYA FUNKSIYALARI


Reja:

1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari.


2. Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik.
3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi.
4. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli.

Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir. Koʻpchilik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar Investitsiyani qarz deb tushunadi. Davlat qarzi hisoblab chiqilganda Investiitsiyalar hisobga olinmaydi.
1.Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari.
Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YAIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Iste’mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi.
J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari, yanada aniqrog’i tasarrufidagi daromad deb hisoblaydi
Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi. YA’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi.

Download 388.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling