Toshkent shahar Yunusobod tumani 250-maktabning Direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig'ilishining 7-sonli bayonnomasi
Download 17.27 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.ESHITILDI
- QAROR QILADI: 1.Maktabda yillik ish rejasini bajarilishini nazorat qilish OIBDO Tilovqobilov Sh. va Ikromova D. zimmasiga yuklatilsin. 2.ESHITILDI
- QAROR QILADI
Toshkent shahar Yunusobod tumani 250-maktabning Direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig'ilishining 7-sonli BAYONNOMASI 01.02.2023 yil Rais: M.N.Salamova Kotiba: I.Qurbonova Qatnashdi: Maktab direktori: M.N.Salamova, MMIBDO’ R.X.Abduraimov, O’IBDO’ Sh.Tilovqobilov, D.F.Ikromova, D.Soatova Kun tartibi 1.Maktab yillik ish rejasining bajarilishi. Mas'ul xodim: MMIBDO’ R.X.Abduraimov 2. Yunusobod tumani Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasining mehnat kodeksini tasdiqlash to’g’risida"gi O'RQ-798-sonli Qonuni doirasida huquqiy targ'ibot etish Mas'ul xodim: maktab direktori M.N.Salamova 1.ESHITILDI: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan MMIBDO' R.X.Abduraimov so'zga chiqdi. U o'z so'zida Davlat ta'lim standartlari asosida yillik ish reja asosida dars mavzulari taqsimlanishi, shu bo'yicha o'tilishi shart.Shuning uchun yillik ish rejani har bir o'qituvchi avgust oyidan tasdiqlatishi lozim. Har bir o'qituvchi dars jarayonidastoli ustida yillik ish rejasi,kundalik ish rejasi turishi kerak. Shu hujjatlar kundalik.com sanalari bir xil bo'lishi lozim. O'qituvchi shu yillik reja asosida berilgan mavzularni o'tishi kerak. Yuqoridagi ko'rilgan masala yuzasidan Pedagogik kengash QAROR QILADI: 1.Maktabda yillik ish rejasini bajarilishini nazorat qilish O'IBDO' Tilovqobilov Sh. va Ikromova D. zimmasiga yuklatilsin. 2.ESHITILDI: Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan maktab direktori M.N.Salamova so'zga chiqdi. O'z nutqlarida O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasining mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida"gi O'RQ-798-sonli Qonuni doirasida tushuntirish ishlari olib bordilar Bunga ko'ra jamoa shartnomasi imzolangan kundan e'tiboran yoki jamoa shartnomasida belgilangan kundan e'tiboran kuchga kiradi va shartnomada nazarda tutilgan muddat ichida, biroq ko'pi bilan 3 yil amal qiladi. Ish beruvchi jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin 10 kundan kechiktirmay xodimlarni jamoa shartnomasi bilan imzo qo'ydirib tanishtirishi shart. Ishga qabul qilishga yo'l qo'yiladigan yosh: Madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek professional sportchilar bilan ota- onaning har ikkisining (ota-ona o'rnini bosuvchi shaxsning) roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan, sog'lig'iga va ma'naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro etishda (ko’rgazmaga qo’yishda) ishtirok etish uchun 15 yoshga to'lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yo'l qo'yiladi. Dastlabki sinov muddati 3 oydan, tashkilotlarning rahbarlari va ularning o'rinbosarlari, bosh buxgalterlar hamda tashkilotlar alohida bo'linmalarining rahbarlari uchun esa 6 oydan oshmasligi kerak. Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to'g'ri kelganda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko'chiriladi (masalan, yakshanba dam olish kuni 1 sentabrga to’g’ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko'chiriladi). Dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari Prezident Farmoni bilan boshqa kunlarga ko'chirilishi Yillik asosiy asosiy mehnat ta'tilining eng kam miqdori 21 kalendar kunni tashkil etadi. Amaldagi tartibga ko'ra 15 ish kunidan kam bo'lmasligi lozim. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar kun bo'lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til beriladi. Xodimlarga bitta tashkilotda ishlagan har 5 yil uchun 2 kalendar kun, biroq jami 8 kalendar kundan kop bolmagan har yilgi qo'shimcha mehnat ta'tili beriladi. mumkin. Yuqoridagi ko'rilgan masala yuzasidan Pedagogik kengash QAROR QILADI: 1. O’zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasining mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida"gi O'RQ-798-sonli Qonuni bilan tanishib chiqilsin. Maktab direktori: M.N.Salamova Kotiba: I.Qurbonova Download 17.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling