Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlariga


Download 221.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi221.01 Kb.
#1615194
Bog'liq
BO36222804



02-06/BO36222804-sonli
2023-yil 31-may
Toshkent shahridagi oliy taʼlim
muassasalari rektorlari, filiallar
direktorlariga
Topshirqqa muvofiq, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi oliy
taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-
quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarini hal etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida
Respublikamizni barcha hududlarida “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz –
Vatan uchun!” shiori ostida talaba-yoshlar festivallari oʻtkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 2-iyun kuni soat 19:00da Toshkent shahridagi “Moviy gumbazlar”
istirohat bogʻida poytaxt oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari uchun “Tashabbusimiz,
iqtidorimiz, kuch-qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostida talaba-yoshlar festivali
tashkil etilmoqda.
Festival doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy
xizmatni
oʻtagan,
harbiy
qismlar
qoʻmondonliklari
tavsiyanomasi
bilan
poytaxt
oliy
taʼlim
muassasalarida
toʻlov-kontrakt
asosida
tahsil
olayotgan
387 nafar talaba-yoshlarga yillik toʻlov-kontrakt summasining 35 foizi jami
1 mlrd. 497 mln. 762 ming 512 soʻm miqdoridagi mablagʻ Davlat tomonidan moddiy
qoʻllab-quvvatlash tariqasida toʻlab berilganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni tantanali
topshirish marosimi hamda taniqli estrada yulduzlari, yosh ijodkorlar ishtirokida konsert
dasturi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Sizdan, mazkur festivalda rahbarligingizdagi oliy taʼlim
muassasasida tahsil olayotgan joriy yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yillik
toʻlov-kontrakt summasining 35 foizi moddiy qoʻllab-quvvatlash tariqasida toʻlab berilgan
talaba-yoshlarni, shuningdek, oliy taʼlim muassasasidagi Ittifoqning boshlangʻich
tashkiloti yetakchisi, Yoshlar kengashi aʼzolari, fakultetlar koordinatorlari, faol yoshlarni
ishtirok etishini taʼminlashda amaliy yordam berishingizni soʻraymiz.
Hurmat bilan,
Kengash raisi
Sh.Anvarov
Ijrochi: D.Yoqubjonov
Telefon: 90-944-44-74
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: BO36222804

Download 221.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling