Toshkent shahridagi tmc instituti


Download 447.59 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi447.59 Kb.
#1210591
Bog'liq
Ta’limning milliy yo’naltirilganligi Baxtiyorov Javohir





TMC
Institute
Tashkentt



Toshkent shahridagi TMC instituti



Toshkent shahridagi TMC institute Pedagogika va Psixologiya yo‘nalishi 1 – bosqich talabasi Baxtiyorov Javohirning Milliy tarbiya asoslari fanidan yozgan



MUSTAQIL ISHI


Ta’limning milliy yo’naltirilganligi
Bugungi kunda ta’lim tizimi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan muhim sohalardan biri hisoblanadi. Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni jamiyatga kerakli va yetuk kadrlar tayyorlashdagi asosiy sohaga
aylantirish zarurligi barchamizga ma’lum.


Ta’lim tizimi O’zbekistonda boshqa davlatlar ta’lim tizimidan turli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, yurtimizda yo’lga qo’yilgan uzluksiz ta’lim barcha rivojlangan mamlakatlarni o’ziga jalb qilmoqda.
Pedagogik ta’lim klasteri: - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi yangi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni alohida tamoyil sifatida qayd etilgan.
Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy qismlaridan biri Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart sharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta’limning yutug’i shundaki unda hech bir yosh bo’sh qolmaydi. Ularning barchasi

ta’lim sohasiga qamrab olinadi. Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi.
Uzluksiz ta’lim quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim.
Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari quyidagilardan iborat: taʼlimning ustuvorligi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi;
Taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlat jamiyat tizimiga oʻtilishi.
Taʼlimning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochilishi va uning taʼlimga boʻlgan turli tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi.
Taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urf- odatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash.
Taʼlim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi.
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. Uzluksiz ta’lim tizimining imkoniyatlari va natijalri juda kengdir.
Uzluksiz ta’lim orqali yoshlarni bilimli va savodxon bo’lib yetishishlari, eng muhimi, jamiyat uchun kerakli kadr bo’lib yetishishlari asosiy maqsad qilib olingan. Uzluksiz ta’limning har bir bosqichi rivojlantiruvchi va orqaga qaytmasdir. Bu nima degani? Bu uzluksiz ta’lim orqali kadrlarni shakllantirishda barcha imkoniyat va xalqaro ta’lim standartlaridan foydalanishdir. Uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichi bu – bog’cha, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati tubdan isloh qilinib, ularning faoliyat jarayonlari xalqaro standartlatga mos ravishda yangilandi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida rus va ingliz tillarini o’rgatish tizimli ravishda yo’lga qo’yildi. Uzluksiz ta’limning keying bo’g’ini bu maktabdir. Maktab- umumiy o’rta ta’lim bosqichi. Ushbu bosqich hozirda 11 yilni tashkil etadi. Bunda bolalar dastlab 9
yilni maktabda o’rta maxsus ta’lim fanlari bilan o’z bilim va ko’nikmalarini rivojlantirib borishadi.
Keying 2yil esa o’quvchi yoshlar kasbga yo’naltirilgan holda ta’limni davom ettirishadi bunda 10-
11 sinflarni ixtiyoriy ravishda akademik litseylarda davom ettirihlari ham mumkin. Har bir jarayon davlat ta’lim standartlariga
mos ravishda olib boriladi. O’n bir yillik ta’limdan so’ng o’quvchi yoshlar oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishadi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’limni yetuk professoro’qituvchilar olib borishadi. Oily ta’lim ikki bosqichga bo’linadi: bakalavriatura va magistratura. Bakalavriaturada ta’lim jarayoni to’rt ylni tashkil etadi. Bunda har bir yil puxta o’ylangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Davlat
ta’lim standartlariga mos ravishda olib boriladi. To’rt yil mobaynida talaba yoshalar o’z soalari bo’yicha amaliy hamda nazariy bilimlarga ega bo’lishadi. Keyingi bosqich magistraturadir. Bu jarayon ikki yil davom etadi. Uzluksiz ta’limning keying bosqichlari ham shu tarzda davom ettiriladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har bir bosqich har bir jarayon o’zining xalqaro tajribaga tayanganligi va individual yondasha olishi bilan ajralib turadi. Bu kabi ta’limning uzluksizligi kadrlar tayyorlashning katta yutuqlaridan biridir.
Download 447.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling