Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-davolash ishi fakulteti
Download 133.17 Kb.
|
deadline 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: AVGUST VA ASSMAN PSIXOMETRLARIDA NAMLIKNI ANIQLASH Havo namligi
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 1-DAVOLASH ISHI FAKULTETI 109-B-gurux TALABASI Muhsinjonov Samandarning BIOFIZIKA fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Bajardi: Muhsinjonov Samandar Dotsent: Mavzu: AVGUST VA ASSMAN PSIXOMETRLARIDA NAMLIKNI ANIQLASH Havo namligi — havodagi suv bugʻi miqdori. Ob-havo va iqlimning asosiy xususiyatlaridan biri. Quyidagi koʻrsatkichlari bilan ifodalanadi: 1) havodagi suv bugʻlari elastikligi ye (parsial bosim) mm yoki mb da oʻlchanadi; 2) mutlaq namlik; 1 g/sm3hajmdagi havoda mavjud boʻlgan suv bugʻlari miqdori; g/m-’ bilan oʻlchanadi; 3) nisbiy namlik g — havo tarkibidagi suv bugʻi elastikligining xuddi shu temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elas-tikligiga nisbatini ifodalaydi, yaʼni g ~ u-100% ; % bilan ifodalanadi; 4) namlik yetishmovchiligi a1 — maʼlum temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elastikligi Ye bilan havo tarkibidagi mavjud suv bugʻi elastikligi ye ayirmasiga teng, yaʼni a"= YE—e; 5) shud-ring nuqtasi t — oʻzgarmas bosimda havo tarkibidagi suv bugʻlarining toʻyinguniga qadar sovitish uchun lo-zim boʻlgan temperatura. Psixrometr (yun. psychros — sovuq va ...metr) — havo namligi va temperaturasini anikdashda ishlatiladigan asbob. Oddiy P. 2 qoʻshaloq (quruq va namlangan) termometrlardan iborat. Quruq termometr havo temperaturasini kursatadi. Namlangani (hoʻl latta bilan oʻralgani) issiqlik qabul qilgich hisoblanadi. Termometrning simobli uchini hoʻl doka bilan oʻrab, suvli idishga solinadi. Hoʻl dokadan suv bugʻlanganda termometrdan issiqlik yoʻqolishi kuzatiladi. Shu tufayli quruq termometrga nisbatan namlangan termometrning temperaturasi doim past boʻladi. Ikkala termometrning temperaturalar farqiga koʻra, maxsus psixrometrik jadval, diagramma, nomogrammalar yordamida havo namligi hisoblanadi. P.ning stansion, aspiratsion va distansion xillari bor. Stansion P.ning termometrlari meteorologik budkaning maxsus shtativiga mahkamla-nadi. Aspiratsion P.ning termometrlari maxsus opravalarga oʻrnatiladi. Distansion P.da qarshilikli termometrlar, termistorlar, termoparalardan foydalaniladi. Download 133.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling