Toshkent viloyati hokimi Mirzayev Zoyir Toyirovichga Nusxasi: Toshkent viloyati prokurori Raximov Shavkatjon Jo’rayevichga


Download 15.03 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.03 Kb.
#1494815
Bog'liq
Prokurorga


Toshkent viloyati hokimi Mirzayev Zoyir Toyirovichga
Nusxasi: Toshkent viloyati prokurori
Raximov Shavkatjon Jo’rayevichga

Bo’ka tumani Kiyikchi MFY Gulzor ko’chasi 10 uyda yashovchi fuqaro Sobirova Fotima Nemat qizidan


Ariza
Arizamni qisqacha ma’zmuni shundan iboratki men xozirgi kunda yuqorida ko’rsatilgan manzilda yashayman, 2019 yil ayrim sabablarga ko’ra turmushim buzildi va ota-onam qarmog’iga qaytib keldim Muxtaram Prezidentimizning 2021 yil 23 noyabrdagi PQ-20 sonli qarorlari bilan 10 yil muddatga Bo’ka tumani Kiyikchi MFY xududida joylashgan 0.50 gektar yer maydoni dexqon xo’jaligini yuritish uchun “E-auksion” dasturi orqali yutib oldim hamda tuman hokimligi bilan 2022 yil 17 iyun kuni 320246/123-22-sonli shartnoma imzoladim hamda yutib olgan yer maydonimga ekish uchun borganimda shu maxallada yashovchi bir necha fuqarolar bir necha yildan buyon ushbu yer maydonidan foydalanib kelishar ekan. Ushbu fuqarolardan yutib olgan yer maydonimni bo’shatishni so’raganimda bu yerni umumman bo’shatmasliklarini qayerga borsam boraverishimni ushbu yer maydoni ularga kalxo’z vaqtida ajratilganligi bu yerdan umumman foydalana olmasligim yer maydonnini oladigan bo’lsam xam xech narsa ololmasligimni takidlashdi, xa mayli dep fuqarolar ekib olishgan makkayini olishsa yer maydonnini bo’shatib berishar dep kutdim natija bo’lmadi so’ng oldingi viloyat prokuroriga yozdim ishchi gurux o’rganishga keldi va yerni fuqarolar kuzda bo’shatishib berishini aytishdi . Kuz xam keldi fuqarolar ekkan makkaylarni yeg’ishtirib olishdi, bo’ldi yer meniki dep 2023 yil navro’z bayrami arafasida yer xaydatgani borganimda bir necha fuqarolar traktorni oldiga chiqib yerni xaydatmaysan bu yer bizniki deb xaydab yuborishdi mahalla rayisini xabari bor, profilaktika inspektorini xabari bor, oldingi viloyat prokuroriga yozgan murojaatim bo’yicha natija bo’lmadi, yerdan zo’ravonlik bilan boshqa fuqarolar foydalanmoqda yana do’q po’psa xam qilishmoqda oila a’zolarimga og’irligim tushmasligi hamda o’zimni o’zim band qilish uchun shu yerni olgandim.
Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda sizdan iltimos Bo’ka tumani Kiyikchi MFY xududidan yutib olgan yer maydonimga egalik qilishda va foydalanishimda yordam berishingizni hamda menga to’sqinlik qilayotgan fuqorolarga qonuniy chora ko’rishda amaliy yordam berishingizni so’rayman.
Ilova: Tuman hokimligi bilan 2022 yil 17 iyun kuni tuzgan 320246/123-22-sonli shartnoma va 15.06.2022 yilda tanlov g’olibi bo’lganligim to’g’risidagi bayonnoma.


23.03.2023 yil Sobirova Fotima Nemat qizi
Download 15.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling