Assalomu alaykum, Aziz yurtdoshlar ! Hurmatli deputatlar, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!


Download 53.69 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi53.69 Kb.
#234923
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Zafar Mirzayevning yangi yil oldi nutqi


Sessiyada viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hududni 2020 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2021 yilgi rejalar yuzasidan deputatlar, viloyat aholisi va keng jamoatchilikka murojaat qildi.

Shu kuni murojaatdan sо‘ng matbuot anjumani ham tashkil etildi.



Assalomu alaykum, Aziz yurtdoshlar !

Hurmatli deputatlar, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!

Amalga oshirilgan ishlar, bajarilmagan kо‘rsatkichlar.

Og‘ir sinov va mashaqqatlar bilan kechgan 2020 yilni (Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili) yakunlab, yangi 2021 yilni qarshi olish arafasidamiz.

Bugun Sizlar bilan birgalikda yakunlanayotgan yilni sarhisob qilib, kelgusi yil uchun ustuvor yо‘nalish va vazifalarni belgilab olishimiz lozim.

1. Pandemiya bо‘lishiga qaramasdan, joriy yil 1 dekabr holatidagi iqtisodiy kо‘rsatkichlarni, о‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda:

Yalpi hududiy mahsulot 100,6 foizni, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 102,4 foizni, xizmat kо‘rsatish 102,5 foizni, qishloq xо‘jalik mahsulotlari yetishtirish 102,7 foizni, pudrat ishlari 103,1 foizni tashkil qilib, о‘sish ta’minlandi.

Lekin, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (99,7 %) va chakana savdo (97,5 %) hajmlari о‘tgan yilga nisbatan kamaydi.


Sanoat11 ta respublika tasarrufidagi yirik hamda 10 ta hududiy korxonalar tomonidan ishlab chiqarish hajmi 1,4 trln.sо‘mga kamaygan.

Chakana savdo. Pandemiya sababli ma’lum muddat bozorlar va savdo komplekslari о‘z faoilyatini tо‘xtatdi.

Aholi jon boshiga, halq iste’moli mollari ishlab chiqarish 26 ming sо‘mga, xizmatlar 270 ming sо‘mga, qishloq xо‘jaligi mahsulotlari 730 ming sо‘mga, pudrat ishlari 124 ming sо‘mga, markazlashmagan investitsiyalar hajmi 140 ming sо‘mga oshdi.

Aholining real daromadlari bir kishiga о‘rtacha mln. 987 ming sо‘mni tashkil qilib, 121 ming sо‘mga о‘sdi.



Sanoatda, Kasbi (120%), Qamashi (115%) va Chiroqchi (110%) tumanlarida yuqori о‘sish sur’atlari kuzatilgan bо‘lsa, Qarshi (74%) va Muborak (71%) tumanlarida pasayish bо‘ldi.


Download 53.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling