Assalomu alaykum, Aziz yurtdoshlar ! Hurmatli deputatlar, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!
Download 53.69 Kb.
|
Zafar Mirzayevning yangi yil oldi nutqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ‘lovlari amalga oshirilgan
Yil yakuni bо‘yicha ham Shahrisabz shahar (64%) Qarshi tumani (73%) va Qarshi shahrida (90%) rejani bajarilmaslik havfi kutilmoqda.
2019 yilda yangi tashkil etilgan 4 234 ta korxonalar hisobiga 9 863 ta yangi ish о‘rni yaratildi va 202 mlrd. sо‘m soliq tо‘lovlari amalga oshirilgan. Ya’ni, bugungi kunda 1 ta yangi kichik biznes subyektiga о‘rtacha 48 mln.sо‘m soliq tо‘lovlari va 2,3 birlik yangi ish о‘rinlari tо‘g‘ri kelmoqda. Soliq summasining yuqori kо‘rsatkichi Qarshi shahar (142 mln. sо‘m) hamda Muborak (37 mln.sо‘m), Yakkabog‘ (34 mln.sо‘m), Koson (34 mln.sо‘m) tumanlariga tо‘g‘ri kelsa, past kо‘rsatkich Dehqonobod (8 mln.sо‘m), Kitob (16 mln.sо‘m), Shahrisabz (16 mln.sо‘m) tumanlari hamda Shahrisabz (14 mln.sо‘m) shahriga tо‘g‘ri keladi. Shuningdek, ish о‘rinlari yaratilishi Muborak (6,2 birlik), Yakkabog‘ (2,9), tumanlari hamda Qarshi (3,5) shahrida nisbatan yuqori bо‘lsa, Dehqonobod (1), Nishon (1,5), va Mirishkor (1,5) tumanlarida nisbatan past. Korxonalarning yashovchanlik kо‘rsatkichini oshirish bо‘yicha ishlar qoniqarli ahvolda emas. Mavjud korxonalarning 10-12 foizini faoliyat yuritmasligi iqtisodiyotda normal holat. Joriy yil 1 dekabr holatida 4 343 ta yoki rо‘yxatdan о‘tgan kichik biznes subyektlarining 17 foizi faoliyatsiz. Qamashi (26 %), Qarshi (25 %), Muborak (25 %) va G‘uzor (24%) tumanlarida faoliyatsiz subyektlarining ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Joriy yilning о‘tgan davrida esa 889 ta subyektning faoliyati tiklandi (faoliyatsizlarning 21 foizi). Jumladan, Qamashi tumanida 138 ta, Nishonda 62 ta, Chiroqchida 60 ta, Qarshi shahrida esa 136 ta korxona qayta ishga tushirilgan. Lekin, Qarshi (90 foizi tiklanmagan), Dehqonobod (88 foiz), Koson (85 foiz), tumanlarida bu yо‘nalishda ishlar yetarlicha tashkil etilmagan. О‘tgan 11 oyda Bosh vazir qabulxonalariga 6 176 ta murojaat kelib tushgan. Tadbirkorlar bildirgan muammo va masalalardan 94 foizini hal etilganligi, ularning aksariyati bо‘yicha yechim borligini kо‘rsatmoqda. Shunday bо‘lsada, tadbirkorlar murojaatlarida bо‘sh yer va bino ajratish, muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, kredit olish va garov ta’minoti, mansabdor shaxslarning harakati va harakatsizligi ustidan shikoyatlar asosiy о‘rinda qolmoqda. Misol uchun, tadbirkorlarni qiynayotgan asosiy muammo – yer masalasi bо‘yicha Yakkabog‘ (158 ta, murojaatlarni 37 foizi), Kasbi (131 ta, 28%), Qamashi (126 ta, 28%), Mirishkor (93 ta, 25%), Shahrisabz (109 ta, 24%), tumanlarida kо‘plab murojaatlar mavjud. Viloyat bо‘yicha xatlovda aniqlangan 3 174 ta yer uchaskasidan, 1 836 tasi yoki 58 foizi auksionga chiqarilgan. Auksionda chiqqan yerlarning esa 40 foizi (729 tasi) tadbirkorlarga sotilgan xolos. Masalan, Chiroqchi tumanida bor-yо‘g‘i 30 ta (15%), Dehqonbod tumanida 31 ta (21%), Mirishkor tumanida 46 ta (21%) yer uchaskalari sotilganligi tushunarsiz holat.
Download 53.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling