Assalomu alaykum, Aziz yurtdoshlar ! Hurmatli deputatlar, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!
Download 53.69 Kb.
|
Zafar Mirzayevning yangi yil oldi nutqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nasirov Maxmud Shukurullayevich
Halq iste’moli mollari ishlab chiqarish, Yakkabog‘ tumani (122%), Shahrisabz shahri (113%) va Kasbi tumanida (105%) oshgan bо‘lsa, Muborak tumani (98%)da о‘tgan yilga nisbatan kamayish kuzatildi.
Xuddi shunday, xizmat kо‘rsatishda Dehqonobod (110%), Nishon (106%) va Kasbi (105%) tumanlarida kо‘rsatkichlar yuqori bо‘lgan bо‘lsa, Shahrisabz shahri (101%) hamda Shahrisabz (102%) va Yakkabog‘ (101%) tumanlarida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmadi.
Xususan, sanoat sohasida 148 ta (508 mlrd.sо‘m), xizmat kо‘rsatishda 406 ta (615 mlrd.sо‘m), qishloq xо‘jaligida 255 ta (385 mlrd.sо‘m) loyihalar ishga tushdi. Loyihalar hisobidan 7 540 ta yangi ish о‘rinlari yaratildi va 75 mlrd.sо‘mlik qо‘shimcha soliq bazasi yaratildi. Iqtisodiyotga 1 mlrd. 9 mln.dollar xorijiy, shundan 256 mln. dollar (22%) tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi, о‘tgan yilga nisbatan 103 mln.dollarga oshdi. Masalan, tadbirkor Nasirov Maxmud Shukurullayevich tomonidan 167 mlrd.sо‘m investitsiya evaziga yiliga 7,5 ming tonna aralash ip kalava, 1 ming tonna xom trikotaj mato ishlab chiqarish quvvatiga ega "SHAHRISABZ TEXTILE" MCHJ korxonasi ishga tushirilib, 270 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi. Xuddi shunday, "SHAKHRISABZ SILK PRODUCTION" MCHJ tomonidan yiliga 1 ming tonna pillani qayta ishlab 350 tonna ipak tolasi ishlab chiqarish bо‘yicha 50 mlrd.sо‘mlik loyihani amalga oshirib 250 ta ish о‘rni yaratgan tadbirkorlarga minnatdorchilik bildiramiz (Asadov Sherzod Ilxamovich).
Qarshi shahridagi “Bes elektroniks sistem” MCHJda zamonaviy televizorlar (49 va 55 dyumli), Qarshi tumanidagi “Promaks” MCHJda tо‘lov terminallari kabi import о‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan bir qatorda, Shahrisabz shahar, Koson, Kasbi, Mirishkor tumanlarida birorta mahalliylashtirish loyihalari mavjud emas. Bundan tashqari, viloyatda ishlab chiqarilishi mumkin bо‘lgan kafel va yog‘och qirrindili plitalar (DSP) ham chetdan import qilinmoqda. Mavjud 10 ta kichik sanoat zonasida (29,2 gektar) joylashtirilgan 67 ta loyihadan, 45 tasi ishga tushirilib 27 mlrd.sо‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va 475 ta ish о‘rinlari yaratildi. Shuning bilan birga Chiroqchi erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish 2019 yilda boshlangan bо‘lsada, bugungi kunga qadar birorta arzirli loyiha taklif etilmagan, ish boshlanmagan. Yoki, kichik sanoat zonalarida 62 ta lotlar hanuzgacha loyiha tashabbuskorlariga berilmagan. Sanoat zonalaridagi, Kitob tumanida 3 ta, Qarshi tumanida 2 ta, Shahrisabz shaharda 1 ta korxona 1 yildan buyon faoliyatini tо‘xtatgan. Natijada 9,1 mlrd.sо‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilmadi, 24,3 mln.sо‘mlik soliq tushmadi, 54 ta ish о‘rni yaratilmadi. Lot ajratib berilganiga bir yildan oshgan bо‘lishiga qaramay 103 mlrd.sо‘mlik 15 ta loyihalar ishga tushurilmaganligi natijasida 235 ta ish о‘rni yaratilmasdan qoldi.
3. Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mustahkam huquqiy asos yaratildi.Jahon tajribasidan ma’lumki, kambag‘allikni qisqartirishning yagona yо‘li – tadbirkorlikni rivojlantirish! Pandemiyaning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini yumshatish, ularni qо‘llab-quvvatlash maqsadida Hurmatli Prezidentimizning 20 ga yaqin Farmon va Qarorlari qabul qilindi. Natijada, viloyat tadbirkorlari quyidagilarga ega bо‘ldi: - soliq imtiyozlari evaziga 8 984 ta kichik biznes subyektlari ixtiyoriga 228 mlrd.sо‘m, 3 675 ta YATTlarga 1,8 mlrd.sо‘m mablag‘ qoldi; Download 53.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling