Milliy non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 1.79 Mb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1505914
  1   2
Bog'liq
Milliy non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi

Milliy non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi.


Non sanoati — oziq-ovqat sanoati tarmogʻi. Nonning turli navlarini, buxanka, bulka va teshikkulcha, par-hez, diabetik va shifobaxsh non turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Oʻzbekis-tonda novvoylik kadimiy tarixga va boy anʼanalarga ega.Non deyarli har bir oilada tayyorla-nishiga qaramay shaharlar va yirik qishloqlarda yirik novvoyxonalar aholining yopilgan nonga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlashda muhim mavqeda turgan. Novvoylik kasbhunarning bir turi sifatida rivojlangan. 1929-yilda Samarqand va Toshkent shahrida dastlabki non pishiradigan sanoat korxonalari qurilgach, novvoychilik ozik,-ovqat sanoati tarmogʻiga aylandi. Keyingi yillarda Qoʻqon (1930), Qarshi (1936), Termiz (1940), Buxoro (1946), Urganch (1955), Namangan (1961) kabi yirik shahar hamda shaharcha, tuman markazlari, yirik qishloqlarda non zavodlari, novvoyxonalar qurildi.
Oʻzbekistonda Non sanoati yevropacha non xillarini ishlab chiqaradigan non zavodlari va novvoyxonalarni qurish yoʻnalishida rivojlandi. 1960—85 yillarda Toshkent, Jizzax, Nukus, Angren kabi shaharlarda katta (100 t/sutka) va oʻrta (30 t/sutka) quvvatga ega boʻlgan 15 ta non zavodi kurilib ishga tushirildi. Non sanoati korxonalarida milliy nonlarni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan pechlar (Bruver-Salixov, Danko-Semyonov pechlari) oʻrnatildi. Toshkent, Samarqand va Fargʻona shaharlaridagi non pishirish korxonalari tubdan qayta qurildi. Zamonaviy xamir tayyorlov agregatlarining oʻrnatilishi, uzluksiz xamir taqsimlovchi tizimlar, un va yordamchi mahsulotlarni (tuz, xa-mirturush suti, shakar, yogʻ) idishsiz saqlash qurilmalarining barpo etilishi Non sanoatining rivojlanishiga yordam berdi.

Non Sanoati


Shuningdek, obi non ishlab chikaruvchi sexlar yiriklashtirilib, savdo doʻkonlariga ega boʻlgan yangi sexlar qurildi. 1986-yil non korxonalarining umumiy quvvati 1886,7 t/sutka non mahsulotlarini tashkil etdi (milliy nonlar hissasi 18% boʻldi). 1987-yil non korxonalari respublika Oziq-ovqat sanoati vazirligidan Don mahsulotlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgach, firma doʻkonlariga ega boʻlgan kichik novvoyxonalar tizimini tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi. Non sanoati korxonalarida non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mah-sulotlari ishlab chikarila boshladi. 1988-yilda mamlakatda 29 ta yirik non zavodlari ishladi.
Respublika mustaqillikka erishganidan soʻng, ayniqsa, shahar aholisini non bilan barqaror taʼminlash maq-sadida Non sanoati korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlash, non turlarini koʻpaytirish yoʻnalishlarida muhim ishlar amalga oshirildi. Daha va guzarlarda kichik non korxonalari ishga tushirildi. 1995-yilda "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibida 4 non ishlab chiqarish birlashmasi (Toshkent, Yangiyoʻl, Fargʻona, Qarshi), 21 non zavodi ishladi va bir sutkada 1300 t dan ziyod non mah-sulotlari ishlab chiqarildi.
"Oʻzdonmahsulot" tizimida har biri sutkada 3 t dan 120 t gacha non ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan 200 dan ortiq non zavodlari va kichik novvoyxonalar faoliyat koʻrsatadi (2003). Ularda dunyodagi eng ilgʻor "Vinkler" (Germaniya) va "Ekmasan" (Turkiya) kabi firmalarning zamonaviy jihozlari oʻrnatilgan. Hozirgi "Tansiq non" (Toshkent), "Buxoro non", "Samarqand non", "Nukus non", "Rizq" (Andijon), "Qarshi non" aksiyadorlik jamiyatlari tizimdagi yirik non zavodlari hisoblanadi. Non ishlab chiqarish korxonalari faqatgina yirik shaharlarda emas, balki qishloq joylarida ham rivojlangan. Ayni paytda "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida 844 ta non ishlab chiqarish sexlari, 3 mingga yakin tandir (novvoyxona) va kichik korxonalar bor. Ular tomonidan bir yilda 160 ming t non mahsulotlari tayyorlandi (2002). Oʻzbekiston Non sanoati korxonalarida 300 xildan koʻproq non ishlab chiqariladi.
Eng avval non ishlab chiqarishning barcha jarayonlari qo‘lda bajariladigan kichik novvoyxonalar tashkil qilindi. Xamir qorish, xamirni b o iak lash va nonni pishirish jarayonini mexanizatsiyalashtirish natijasida, Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mashina va pechlar bilan jihozlangan kichik va yirik novvoylik korxonalar tashkil topa boshladi. 0 ‘zbekistonda X X asrning boshlarida bunday korxonalar avvalo shaharlarda (Toshkent, Samarqand, Farg‘ona kabi) tashkil topdi. Bu shaharlarda milliy non mahsulotlari bilan bir qatorda yevropacha non turlari va navlari ham layyorlana boshlandi.
1925-yilda novvoylikni tubdan qayta jihozlash, novvoylik korxonalarini qurish va jihozlar ishlab chiqaruvchi mashinasozlik bazasini yaratish to ‘g‘risida qaror qabul qilindi. 30-yillarga kelib hamma katta shaharlarda, shu jum ladan 0 ‘zbekistonning viloyat markazlarida ham, mashina va pechlar bilan jihozlangan novvoylik korxonalari mavjud edi. Keyinchalik mexanizatsiyalashtirilgan novvoyxonalar barcha tuman markazlarida faoliyat ko ‘rsata boshladi.
Hammaga m a’lumki, yangi pishgan nonda uning barcha xususiyatlari: nafisligi, t a ’mi va yoqimli hidi yaqqol ko‘rinib turadi.Bunday non ishtaha bilan yeyiladi, ovqat hazm qilishda oshqozon shirasi ta’siriga tez uchraydi va yaxshi hazm bo‘ladi. Shuning uchun keyingi vaqtlarda respublikamiz aholi shaharchalarida Vinkler Ekmasan firmalari mashina va pechlari bilan jihozlangan m exanizatsiyalashtirilgan kichik novvoyxonalar vujudga keldi.
Bu novvoyxonalar keng assortimentdagi non mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, aholiga issiq non mahsulotlari yetkazib beruvchi do‘kon bilan ham ta’minlangan. Bu novvoyxonalarning soni yildan yilga ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ta’kidlash mumkinki, 0‘zbekistonning shahar va qishloqlarida tashkil topgan novvoylik tarmog‘i, respublika aholisini non mahsulotlari bilan ta’minlashga qodirdir. Non-bulka mahsulotlari orasida o‘zbek milliy nonlari alohida o‘rin egallaydi. 0‘zbek nonlarining ko‘p navlari yumaloq shakliga ega bo’lib,o ‘rtasi ingichka va chetlari qalin bo‘ladi.
0‘zbek nonlari faqatgina Respublika hududidagina emas balki undan tashqarida ham yoqimli xushta’m m ahsulot sifatida iste’mol qilinadi. Shuni alohida qayd etish mumkinki, usta novvoy tomonidan oddiy retseptura asosida, tandirda yopilgan non haqiqiy tansiq taomdir. 0‘zbek nonlarini tayyorlashda mahalliy ustalarimiz katta yutuqlarga erishganlar. Respublikamizda hozirgi vaqtda 200 ga yaqin novvoylik korxonalarida non mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ularning aksariyati kichikkorxonalar bo‘lib, 100 dan ortig‘i xorijiy asbob uskunalari bilanjihozlangan. Iste’molchilar talabini yangi yopilgan non mahsulotlari bilan ta ’minlash maqsadida kichik nonvoyxonalar do ‘kon bilan birlashtirilgan bo‘lib, aholi zich joylashgan hududlarda joylashgan
Non mahsulotlari assortim entini mukammallashtirish aholi tomonidan ko‘p iste’mol qilinadigan non turlari hisobidan boiishi kerak. Shu bilan birga aholining turli qatlamlari uchun nonlarning yangi navlarini yaratib borish kerak. Bular bolalar uchun, davolash profilaktika maqsadlari uchun mahalliy xom ashyodan foydalanib (ikkilamchi sut mahsulotlari meva-sabzavot sharbatlari, pyurelari, kukunlari va boshqalar) insonlar talabi, respublika iqlim sharoitlarini hisobga olib, non mahsulotlari ishlab chiqarishdir.
Aholini non mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, texnologik jihozlardan unumli foydalanish va non sanoatiga yangi mashina va uskunalarni jalb qilish bilan bog’liq. Respublikamiz iqtisodiy mustaqilligining bugungi bosqichida, eng avval korxonalarda o‘rnatilgan jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ularni foydalanish muddatini uzaytiruvchi zamonaviy profilaktika va ta’mirlashni amalga oshirish lozim. Shu bilan birga eskirgan jihozlarni rivojlangan xorij mamlakatlarida ishlab chiqarilgan kamxarj jihozlar bilan almashtirishni yo‘lga qo‘yish lozim.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling