Toshkent viloyati O’rta chirchiq tumani 9-umumta’lim maktabi Biologiya fani o’qituvchisi Islomova Xurshidaning


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2020
Hajmi1.39 Mb.
#100876
Bog'liq
qqb bio


Toshkent viloyati O’rta chirchiq tumani

9-umumta’lim maktabi  Biologiya fani o’qituvchisi 

Islomova Xurshidaning 

8-sinf o’quvchilari uchun masofaviy ta’lim jarayonidan

VIDEOROLIK

Mavzu :

Eshitish organi (eshitish analizatori).

R E J A :

Eshitish analizatorining ahamiyati.

Eshitish organi – quloqning tuzilishi

.

Eshitish organining funksiyasi

.

Eshitish organi gigiyenasi

.

Quloqning ahamiyati

• Eshitishning ahamiyati shundan iboratki, 

odam 

hayotdagi ba'zi voqealarni ko'rgandagiga 

nisbatan, ularning mazmunini eshitganida 

to'liqroq tushuncha oladi. Masalan, odam 

biror spektaklni televizordan ovozsiz 

tomosha qilganda olgan tushunchasiga 

nisbatan shu spektaklning mazmunini 

radio orqali eshitganida to'liqroq 

tushunchaga ega bo'ladi.

Quloqning tuzilishi

Quloqning tuzilishi

• Eshitish organi bo'lgan quloq bosh suyagining chakka 

qismida joylashgan. U uch qismdan: 



tashqi, o'rta va ichki 

quloqdan

iborat 


Tashqi quloq  

- quloq suprasi va tashqi eshitish yo’lidan 

iborat. Tashqi quloq yo’lining oxirida biriktiruvchi 

to’qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog’ora 

parda bo’lib, u tashqi quloq yo’lini o’rta quloq 

bo’shlig’idan ajratib turadi.



O'rta quloq   



bo'shlig'i Yevstaxiy naychasi yordamida burun-

halqumga tutashgan. O'rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket 

birikkan 

uchta eshitish suyakchalari (bolg'acha, 

sandon, uzangi) 

tovush to'lqinlari ta'sirida nog'ora pardada 

hosil bo'lgan tebranishni ichki quloqqa o'tkazadi.

Ichkiquloq



bo'shliq va yarim doira kanalchalar

sistemasidan, ya'ni

suyak labirintdan

iborat. Suyak

labirintning ichida

parda labirint

joylashgan, ular

orasidagi torgina bo'shliqda

perilimfa

suyuqligi

bo'ladi. Parda labirintning ichida

esa

endolimfa suyuqligi

bo'ladi. Suyak labirintda

chig'anoq bo'lib, uning ichida tovushni sezuvchi

hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan.

• Suyak labirintning

dahliz va yarimdoira kanalchalar

deb ataluvchi qismidagi xaltasimon

tuzilmalarda odam tanasining fazodagi

muvozanatini ta'minlovchi

vestibular 

analizator retseptorlari

joylashgan.

Eshitish organinig funksiyasi

• Yuqorida aytilgan 

tashqi, o'rta va ichki 

quloq

ning har biri o'ziga xos funksiyani 

bajaradi. Quloq suprasi tovush to'lqinlarini 

to'plash va uni quloqning tashqi yo'liga 

yo'naltirish vazifasini o'taydi.

• Tashqi quloq yo'li 

tovush to'lqinlarini 

nog'ora parda tomon o'tkazadi. Tovush 

nog'ora pardani tebrantiradi, uning 

tebranishi eshitish suyakchalari orqali ichki 

quloqning chig'anog'i hamda yarim doira 

kanalchalardagi perilimfa va endolimfa 

suyuqliklarini to'lqinlantiradi. Ularning 

to'lqinlanishi chig'anoq ichidagi eshitish 

retseptorlarini qo'zg'atadi.



• Retseptorlarning qo'zg'alishi eshitish nervi 

tolasi orqali miya ko'prigi, o'rta miyada 

joylashgan po'stloqosti eshitish markaziga, 

undan esa bosh miya yarimsharlari 

po'stlog'ining chakka qismida joylashgan 

oliy eshitish markaziga borib, uni 

qo'zg'atadi. Bu markazda joylashgan nerv 

hujayralarida tovush ta'siri analiz va sintez 

qilinib, uning mazmuni aniqlanadi.


Eshitish  gigienasi 

Eshitish  gigienasi 

Eshitish  gigienasi 

Eshitish  gigienasi 

Eshitishorgani gigiyenasi.

• Odam eshitish organining yaxshi rivojlanishi, sog'lom bo'lishi

uchun quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilishi zarur:

• yashash, o'qish, ishlash va jamoat joylarida tinchlikni saqlash; 

• ikki-uch qavat bint, yupqa sochiq uchini namlab tashqi quloq

yo'lini har 2-3 kunda artib tozalash; 

• tashqi quloq, burun, og'iz, tomoqni shamollashdan ehtiyot

qilish.


Yangi mavzuni mustahkamlash:

•Eshitishning odam hayotidagi 

ahamiyati qanday?

•Quloq necha qismdan iborat?

•Eshitish organining sog’lom bo’lishi 

uchun nima qilish kerak?



Uyga vazifa

Yangi mavzuni o’qib,  mavzu asosida 

5 tadan test savollari tuzish va savollarga 

og’zaki javob berishga tayyorlanish



Document Outline

  • Toshkent viloyati O’rta chirchiq tumani 9-umumta’lim maktabi  Biologiya fani o’qituvchisi Islomova Xurshidaning 
  • Mavzu : Eshitish organi (eshitish analizatori).
  • Слайд номер 3
  • Quloqning ahamiyati
  • Слайд номер 5
  • Quloqning tuzilishi
  • Quloqning tuzilishi
  • Слайд номер 8
  • Слайд номер 9
  • Слайд номер 10
  • Слайд номер 11
  • Слайд номер 12
  • Слайд номер 13
  • Слайд номер 14
  • Слайд номер 15
  • Слайд номер 16
  • Слайд номер 17
  • Слайд номер 18
  • Слайд номер 19
  • Слайд номер 20
  • Слайд номер 21
  • Слайд номер 22

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling