Toshkent viloyati Parkent tumanidagi


Download 35.59 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi35.59 Kb.
#1153442
Bog'liq
3-sinf dars ishlanma


Toshkent viloyati


Parkent tumanidagi
11-IDUMning
tasviriy san’at o’qituvchisi
__________________________ning
2022-2023 o’quv yilida
tasviriy san’at fanidan o’tqazgan
bir soatlik
Dars ishlanmalari

2023 yil.


Sana
Mavzu: “O’zbekiston - mening Vatanim” mavzusida rasm ishlash.
Maqsad:
Ta’limiy: Badiiy faikr ifodasini kengaytirish, Kuzatuvchanlik va ko’z xotirasini takamillashtirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning Badiiy ijodiy qobiliyatlari, badiiy - estetik didlarini o’stirish, tasviriy malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, amaliy.
Dars jihozi: rasm daftari, oddiy qora qalam va bo’yoqlar, o’chirg’ich, “Mustaqillik maydoni” mavzysiga doir fotosuratlar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Yozgi ta’til vaqtidagi taasurotlari bilan o’rtoqlashish.
III. Yangi mavzu bayoni. O’qituvchi o’quvchilarga Vatanimiz O’zbekiston Respublikasi ekanligini, Vatanimiz 1991 – yil, 31 – avgustda mustaqillikka erishganini va 1- sentabr – mutaqillik kuni, deb e’lon qilinganligini eslatib o'tadi. O'zbekiston Respublikasi poytaxti -Toshkent shahridagi Mustaqillik maydonida qad rostlagan "Mustaqillik" yodgorligi uni tashkil etuvchi haykallar qanday ma'noni anglatishi haqida quyidagi savollar va darslikda tasvirlangan fotosuratlar asosida suhbat uyushtiriladi:
1. Darslikdagi fotosuratda tasviriy san'atga doir nimalami ko'rayapsiz Rasmdagi haykalda nimalar tasviri ishlangan.
2. Sharning qanday ramziy ma'nosi borligi haqida gapirib bering.
O'zbekiston ramzlaridan gerb ham bu yodgorlikdan o'rin olgan.
Ertangi kunidan xotirjam onalarning Vatan kelajagi bo'lmish farzandlar tarbiyasi bilan mashg'ul ekanliklari tasvirlangan.

  1. O'qituvchi bolalarga Mustaqillik yodgorligining tuzilishi, undagi shakllar, kompozitsiya elementlari yuzasidan ma'lumot beradi. Rasmda tasvirlangan yurtimiz tabiati haqida suhbat tashkil qilinadi.

  2. Amaliy mashg'ulot: "O'zbekiston - mening Vatanim" mavzusida rasm ishlash. Rasmni ishlashda o'quvchilar yaqinda bo'lib o'tgan Mustaqillik bayrami taassurotlaridan foydalanishlari tavsiya etiladi. Shu maqsadda o'quvchilaming bir nechtasidan bayram taassurotlari haqida so'zlab berishi so'raladi.

IV. Darsni mustahkamlash: O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida darslikdagi "Mustaqillik bayramida" rasmi va quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Bu rasmda qaysi bayram tasvirlangan?
• Rasmda 1 sentabr - Mustaqillik bayrami tasvirlangan.
2. Bayram, shodlik ko'rinishlari qanday ranglarda tasvirlanadi?
V. Uyga vazifa: "O'zbekiston - mening vatanim" mavzusidagi rasmni tugatish.
MRO’TIBO’____________
Sana
Mavzu: “Yoz – o’tdi soz!” mavzusida rasm ishlash.
Maqsad:
Ta’limiy: Tasviriy san'at asarlarini o'qishga o'rgatish.
Tarbiyaviy: Badiiy-ijodiy faollik va qobiliyatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Badiiy-estetik did va emotsional sezgirlikni rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik.
Dars jihozi: “ Yoz” manzaralari aks etgan rassomlar asrlari. .
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish va baholash.
II. Yangi mavzu bayoni. Yoz fasli va yozgi ta'til, uning o'ziga xos jihatlari haqida darslikdagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. O'quvchilar yoz haqidagi rassomlar asarlarining mazmuni bilan tanishtiriladi, o'quvchilaming yozgi dam olishdagi eng yorqin taassurotlari haqidagi hikoyalari tinglanadi. "Yoz - o'tdi soz" kompozitsiyasi uchun mazmun (on) tanlanadi. Tog', o'rmon, dengiz, shahar va qishloq manzaralarining ko'rinishlari aniq bir mazmunni berib, hayotiy ma'noni anglatsa, bunday asarlar manzara janriga tegishli bo'ladi.Uning tabiat manzarasi, shahar manzarasi, sanoat (industrial) manzarasi turlari bor. Mazkur dars orqali o'qituvchi o'quvchilarga kompozitsiyaning ma'nosini izohlashlariga yordam beradi. Narsalar rangi kuzatuvchidan uzoqlashgan sari xiralashib, ko'kimtir rangga kira borishi haqida ma'lumot beriladi. Kundalik hayotdagi go'zalliklami kashf qilishning shartlaridan biri kompozitsiyadagi qarama-qarshi elementlarning bir-biri bilan mutanosibligidir: Katta va kichik, uzoq.va yaqin, iliq va sovuq ranglar, nur va soya va boshqalar.

  1. O'qituvchi tomonidan darslikda berilgan tog'lar rasmini chizish bosqichlari, so'ngra yoz rasmini ishlash bosqichlari tushuntiriladi.

  2. Amaliy mashg'ulot: O'qituvchi tomonidan tog'lar rasmini chizish darslikda ko'rsatilgan bosqichlar bo'yicha o'rgatiladi. O'quvchilar mustaqil ravishda tog' manzarasi rasmini ishlaydilar.

IV. Darsni mustahkamlash:
O'tilgan mavzuni takrorlash uchun darslikdagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Tog'lar uzoqlashgan sari qanday rangda ko'rinadi?
• Tog'lar uzoqlashgan sari ko'kimtir bo'lib ko'rinadi.
2. Manzaraning qanday turlari bor?
• Manzaraning tabiat, shahar, sanoat manzarasi turlari bor.
3. Asarlarida tabiat manzaralari aks ettirilgan qaysi rassomlarni bilasiz?
• O. Tansiqboyev. N. Karaxan, A. Xaydarov, A. Abduraxmanovlar
asarlarida tabiat manzaralari aks etgan.

V. Uyga vazifa: “Yoz – o’tdi soz!” mavzusida rasmni tugatish.


Sana
Mavzu: Atlas matosida ranglar jilosi.
Maqsad:
Ta’limiy: Kuzatuvchanlik va ko'rish xotirasinf mustahkamlash.
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik did va emotsional sezgirlikni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni rasm ishlash malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik.
Dars jihozi: Turli atlas matolar namunalari va ular aks ettirilgan fotosuratlar, rasmlar.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.


2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o’tkazish.
II. Yangi mavzu bayoni. O'quvchilar bilan atrof-muhitdagi,
borliqdagi rang tuslarining boyligi va xilma-xilligi haqida atlas matolar
misolida suhbat uyushtiriladi. Suhbat jarayoinida darslikda berilgan
savollardan foydalanish lozim. Rang - biror narsa, predmetning
xususiyati bo'lib, inson uni ko'zi bilan ko'rib, aqli bilan idrok etadi.
Sizga ma'lumki rassomchilikda uchta asosiy rang bo'lib, ular - qizil, sariq, ko'k. Bu ranglar aralashmasidan boshqa ranglarni hosil qilish mumkin. Ular - yashil, zarg'aldoq, binafsha. Hosil bo'lgan oltita rangni yana o'zaro aralashtirib yana boshqa ranglar hosil qilinadi. Ranglarni aralashtirishning asosiy qoidasi rang halqasidir.Unga ko'ra ranglar hosil qilishning ikki usuli bor. Birinchisi ikki rangni aralashtirib yangi rang yaratish bo'lsa, ikkinchisi bir rangga suv qo'shish orqali yangi rang olishdir. Misol uchun, ko'k (zangori) va qizil ranglarni o'zaro aralashtirsak aniq tusga ega, toza binafsha rang hosil bo'ladi. Biron bo'yoq tarkibiga suvni oz yoki ko'proq qo'shish orqali uning tuslari hosil qilinishi, bunda ranglarning to'qdan och ko'rinishigacha bo'lgan bir talay tuslari hosil bo'lishi ham o'rgatiladi.
a) Nazariy ma'lumot:

Akvarelda rasmlar ishlash darslikda keltirilgan ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

  • Mo'yqalamdan foydalanish qoidalari bilan tanishtiriladi;

  • Guashning akvareldan farqi darslikdagi rasm orqali tushuntiriladi;

  • Darslikda keltirilgan atlas bezaklari, akvarelda ishlash bosqichlari bilan o'quvchilar tanishtiriladi. Bunda kamida to'rt xil rangdan foydalanish tavsiya etiladi.

IV. Darsni mustahkamlash:
1.Atlas matosida qanday ranglar ishtirok etadi?
V. Uyga vazifa: Atlas matosida ranglar jilosi mavzusidagi rasmni nihoyasiga yetkazish.
Sana
Mavzu: Yo'lsimon naqsh ishlash.
Maqsad:
Ta’limiy: Badiiy fikr doirasini kengaytirish, bilish faolligini oshirish.
Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik.
Dars jihozi: Yo'lsimon naqsh namunalari.
Darsning borishi:

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

Davomiyligi

3

5

20

10

7

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish.
II. Yangi mavzu bayoni. Darslikdagi milliy naqshlar haqidagi fotosurat, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. "Naqsh" -arabcha so'z bo'lib, tasvir, gul degan ma'noni anglatishi, unda o'simliklar, geometrik shakllar, qush, hayvon va boshqalaming ma'lum tartibda takrorlanishi va almashinib kelishidan hosil qilingan bezaklar naqsh deb atalishi o'quvchilar yodiga tushuriladi. O'quvchilarga naqshlardagi sir va ramzlar haqida ham ma'lumot beriladi. Har qanday naqshlarning elementlari tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan olinganligi haqida tushuncha beriladi. O'quvchilar naqsh namunalari va naqsh ustalari bilan tanishtiriladi.
O'quvchilarga kontrast ranglar haqida ma'lumot beriladi: ular qizil - yashil, sariq - binafsha, ko'k - zarg'aldoq yonma-yon turganda bu ranglar bir-birini yorqinroq, tiniqroq ko'rsatadi. Ranglaming bunday juftligi to'ldiruvchi yoki kontrast ranglar deyiladi. Darhaqiqat, ular bir-birini to'ldiradi va yorqinligini oshiradi. Inson ko'zi ajratadigan barcha ranglar ikki xil, ya'ni axromatik va xromatik ranglarga bo'linadi. Axromatik
O'quvchilar bilan birgalikda darslikda berilgan yo'lsimon naqsh namunalari ishlatilgan bezak gullari aniqlanadi: 1-rasmda - bitta bezak gulli, 2-rasmda - ikki xil rangdagi bitta bezak gulli, 3-rasmda - ikkita bezak gulli naqshlar tasvirlangan.

  • bitta bezak gulli, ikki xil rangdagi bitta bezak gulli, ikkita bezak gulli naqsh namunalarini chizish bosqichlari o'rgatiladi;

  • o'qituvchi tomonidan naqsh namunalarini chizish, unda naqsh asosi (foni) va bezak gullari kontrast ranglarda bo'yalishiga e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlanadi. Shu o'rinda'oq, kulrang va qora

IV. Darsni mustahkamlash:
1. Darslikda berilgan yo'lsimon naqshlar qaysi turga tegishli?
2. Naqsh asosi va bezak guli qanday ranglarga bo'yalgani ma'qul?
3. Kontrast ranglarni jufti-jufti bilan aytib bering.
V. Uyga vazifa: Yo'lsimon naqsh rasmini tugatib yangi naqshlarni chizish.
MRO’TIBO’ ____________


Download 35.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling