To’sinli qavatlararo yopmalarning konsturuktiv yechimlari. Pilitali qavatlararo yopmalarning konsturuktiv yechimlari. Montaj tarxlarini ishlab chiqish


Download 7.37 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi7.37 Kb.
#1464302
  1   2   3
Bog'liq
Pilita qavatlararo yopmalarning konsturuktiv yechimlari. Montaj -fayllar.org


Pilita qavatlararo yopmalarning konsturuktiv yechimlari. Montaj tarxlarini ishlab chiqish

To’sinli qavatlararo yopmalarning konsturuktiv yechimlari. Pilitali qavatlararo yopmalarning konsturuktiv yechimlari . Montaj tarxlarini ishlab chiqish.

Quyma temirbeton qovurg‘ali yopma plitasi 1- asosiy to‘sin; 2 - ikkinchi darajali to‘sin; 3 -plita.

Temirbeton qavatlararo ora yopmalar


  • Temirbeton qavatlararo ora yopmalar nisbatan mustahkam va chidamli hisoblanadi va shuning uchun ham hozirgi binokorlikda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Ular yaxlit, yig‘ma va yig‘ma yaxlit qilib yasaladi.

  • Eng oddiy ko‘rinishdagi yaxlit temirbeton qavatlararo ora yopmalar bir oraliqli yassi plitalardir. Ularning qalinligi va tashqi yuk hamda oraliqqa bog‘liq bo‘lib, 60-100 mm li qavatlararo orayopmalar xona tomonlari 3 m gacha bo‘lgan uylarda qo‘llaniladi. Katta oraliqli binolarda to‘sinli qavatlararo ora yopmalar ishlatilib, ular yig‘ma va yaxlit bo‘lishi mumkin. Misol uchun tomonlar o‘lchami 9x18m bo‘lgan xona yopilishi talab etilsa, u holda qadami 6 m bo‘lgan va uzunligi 9 m li uchta to‘sin ishlatiladi . Bular ustidan har 1,5-2 m masofada oralig‘i 6 m bo‘lgan ikkinchi darajali to‘sinlar o‘rnatiladi. Ularning ustidan qalinligi 60-100 mm bo‘lgan plitalar yotqiziladi. Shunday qilib, qovurg‘ali ora yopma konstruksiyasi hosil qilinadi. Bunda asosiy to‘sin balandligi taxminan oraliqning 112-116 qismiga, eni esa to‘sin oralig‘ining 18-112 qismiga teng qilib olinadi. Agarda bu ko‘rinishdagi ora yopmalar yaxlit (monolit) qilib quriladigan bo‘lsa, u holda qolip yasash, armatura ishlarini hamda beton qorishmasini yozish kabi ishlarni qisqa fursatda bajarishga to‘g‘ri keladi.

Agar asosiy va ikkinchi darajali to‘sin balandligi bir xil qilib qabul qilinsa, bunday yaxlit plita «kesson» ko‘rinishidagi ora yopma plitasi deb ataladi. Ularni qo‘llash asosan xona intereri yechimi talablariga bog‘liq bo‘ladi


Yig‘ma temirbeton qovurg‘ali ora yopma plitalari yaxlit qovurg‘ali ora yopma plitalariga nisbatan anchagina tejamlidir. Bunda xona ustiga mos tushadigan yaxlit ora yopma plitalari eng samaralidir. To‘sinli temirbeton ora yopmalarning maxsus turi bir yo‘nalishda va bir-biridan 300-1000 mm masofada joylashgan temirbeton to‘sinlar oralig‘iga gipsbeton yoki yengil beton plitalari (kovakli va kovaksiz) qo‘yilgan qavatlar ora yopmalardir

Download 7.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling