Tsz: Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish] Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; [okoz


Download 156.12 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2023
Hajmi156.12 Kb.
#1465414
  1   2
Bog'liq
250 15.11.2005




[OKOZ:

1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr ma’lumoti]

[TSZ:

1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;

2.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;

3.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
“Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 O‘rmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.03 Davlat o‘rmon kadastri]

[TSZ:

1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]

Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]

Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]

Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]

Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq davlat kadastrlarining shakllantirilishi va yuritilishi haqida 2006 va 2007-yillar iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga va Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-noyabr,
250-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-noyabrdagi
250-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Davlat o‘rmon kadastri “O‘rmon to‘g‘risida”, “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. Davlat o‘rmon kadastri — bu Davlat o‘rmon kadastri obyektlari, ularning jug‘rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
3. Davlat o‘rmon kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va o‘rmonlarning himoyalanganlik toifasini aniqlash maqsadida, o‘rmonlardan oqilona foydalanishni, qo‘riqlashni, muhofaza qilishni va qayta tiklashni tashkil etish, davlat o‘rmon fondi yerlari tuzilmasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar hujjatlarini yuritish va nazorat qilishning yagona tartibini belgilash uchun yuritiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha o‘rmonlar Davlat o‘rmon kadastrining obyektlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Davlat o‘rmon kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
6. Davlat o‘rmon kadastri o‘rmon munosabatlarini tartibga solish, o‘rmonlarni qo‘riqlash, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni tashkil etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o‘rmonlar to‘g‘risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
7. Quyidagilar Davlat o‘rmon kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha o‘rmonlarni to‘liq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qo‘llanish;
o‘rmonlar to‘g‘risidagi kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarining qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Davlat o‘rmon kadastrini yuritish Davlat o‘rmon kadastri obyektlarini taksatsiyalash, hisobga olish, baholashni o‘tkazish bilan ta’minlanadi hamda Davlat yer kadastri va Davlat binolar va inshootlar kadastri axborotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat o‘rmon kadastri obyektlariga taalluqli yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolatli organlar tomonidan, ko‘chmas mulkka huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Davlat yer kadastridan Davlat o‘rmon kadastriga beriladigan Davlat o‘rmon kadastri obyektlariga taalluqli yer uchastkalari to‘g‘risidagi yer-kadastr axborotlarida yerlarning maqsadli foydalanilishi bo‘yicha tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va zo‘riqtirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar), yerlarning miqdori va sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
11. Binolar va inshootlar davlat kadastridan Davlat o‘rmon kadastriga beriladigan Davlat o‘rmon kadastri obyektlariga taalluqli binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lishi kerak.
12. Davlat o‘rmon kadastrini yuritish qog‘oz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
13. Davlat o‘rmon kadastri obyektlari to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
14. Davlat o‘rmon kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Davlat o‘rmon kadastrini yuritishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Davlat o‘rmon kadastrini yuritish O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Davlat o‘rmon kadastri bo‘limi va ushbu qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari (o‘rmon xo‘jaliklari) tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritishni metodik ta’minlash O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Davlat o‘rmon kadastrini yuritish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Davlat o‘rmon kadastri bo‘limi:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Davlat o‘rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini ta’minlaydi;
ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, ma’lumotlar bazasining to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat qiladi;
Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat jihatidan holati, iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi joriy o‘zgarishlarni to‘playdi va tizimlashtiradi;
Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadi, tizimlashtirish va Davlat o‘rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun ma’lumotlar bazasini to‘ldiradi;
Davlat o‘rmon kadastri yangi obyektlarini hisobga qo‘yadi, ular to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini to‘playdi;
kadastr xodimlarini Davlat o‘rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitishni tashkil qiladi;
kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni Davlat o‘rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
Davlat o‘rmon kadastri yangi obyektlari to‘g‘risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini nazorat qiladi;
kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berishni amalga oshiradi;
Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili, belgilangan tartibda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidan tashqarida faoliyat ko‘rsatadigan Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining mulkdorlari, shuningdek boshqa huquqlar egalari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining vakolatli bo‘limiga Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek ularning holatidagi joriy o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etishi shart.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
III. Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
19. Davlat o‘rmon kadastrini yuritish Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining barcha turlarini ro‘yxatlashni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga olishni, shuningdek kadastr axborotlarini to‘plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o‘z ichiga oladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Davlat o‘rmon kadastri obyektlari ro‘yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
21. Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining barcha turlari boshlang‘ich ro‘yxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‘yxat natijalari bo‘yicha har bir obyekt uchun pasport tuziladi.
22. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Davlat o‘rmon kadastrining har bir obyekti bo‘yicha amalga oshiriladi.
Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarida kelgusida ro‘y beradigan o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
23. Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, texnologik, biologik va ekologik belgilari bo‘yicha tasnifini o‘z ichiga oladi, ularning tarkibi Davlat o‘rmon kadastrini yuritish bo‘yicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda, kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
Hujjati rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va Davlat o‘rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
231. Davlat o‘rmon kadastri avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimidan foydalanib yuritilishi va unda o‘rmon yerlarini hisobga olishda erni masofadan zondlash, multispektrial kosmik suratlardan foydalanish nazarda tutiladi.
Tematik qatlamlarni shakllantirishda vektorli obyektlarning (nuqtalar, chiziqlar va poligonlar) o‘zaro bog‘liqligi va yondoshligi ularning fazoviy joylashuvini inobatga olgan holda tasvirlanadi.
Davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha tematik qatlamlar atributiv ma’lumotlari quyidagilar asosida:
O‘rmon bo‘limlari tematik qatlami atributiv ma’lumotlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
O‘rmon kvartallari tematik qatlami atributiv ma’lumotlari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq;
O‘rmon bilan qoplangan yerlar tematik qatlami atributiv ma’lumotlari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq;
O‘rmon bilan qoplanmagan yerlar tematik qatlami atributiv ma’lumotlari ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakllantiriladi.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
24. Davlat o‘rmon kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyekt qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Davlat o‘rmon kadastri obyektlari to‘g‘risidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining Davlat o‘rmon kadastrini yuritishni amalga oshiruvchi rahbarlari javob beradilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish
SXEMASI

1. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Davlat o‘rmon kadastri obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdi.
2. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni oladi.
3. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasiga beradi.
4. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi so‘rovga ko‘ra Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasidan Davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha axborotlar olishi mumkin.
5. Davlat kadastrlari yagona tizimidan foydalanuvchilar so‘rovga ko‘ra Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasidan belgilangan tartibda Davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha kadastr axborotlari olishi mumkin.
* Kadastr axborotlarining harakat yo‘nalishlari stryelkalar bilan belgilangan.
(1-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
O‘rmon bo‘limlari tematik qatlami atributiv ma’lumotlari


Download 156.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling