Tulshunoslik metodları. Bilish usullari Va tilshunoslik metodları

Download 254 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi254 Kb.
#1034092
Bog'liq
Tulshunoslik me-WPS Office

Tulshunoslik metodları. Bilish usullari Va tilshunoslik metodları
TILSHUNOSLIK METODLARI

Tilshunoslikda metodologiya, metod va metodika tu￾shuncha va terminlari farqlanadi. Metodologiya — (grekcha

methodos — bilish yo'llari, ilmi) qanday nazariya va prinsiplar

asosida ilmiy tadqiq qilish poydevorini yaratishdir.

Metod — har bir fan uchun xususiy va barcha fanlar uchun

umumiy bo‘lgan (masalan, qiyoslash metodi), manba’larni

to‘plash va tasnif qilish, ulardagi eng asosiy xususiyatlami

o‘rganish uchun tildagi barcha birliklar, sathlar va rivojlanish

jarayonlarini, o‘zgarishlami bilish va aniqlash uchun qo‘l￾lanadigan usiub va yo‘llar majmuidir. Metodika — ilmiy metod

natijasida aniqlanganlami amalda tadbiq etishdir. Shu mazmunda xorijiy tillarga o‘rgatish ham o‘z metodikasiga ega.

Ulami interaktiv metodika, taijima vositasida tilga o‘rgatish

metodikasi va hakozalar deb ataladi.

Endi tilning turli bosqichlarini o'iganishda qo‘llanadigan

metodlami izohlab chiqamiz.

Qiyosiy — tarixiy metod — XIX asr boshida taklif etilgan bu

metodning vazifasi qarindosh bo'lgan tillardagi qonuniyatlami

aniqlashdan iborat. Bu metod yordamida eng qadimiy qarindosh

tillardagi so‘zlar va ulaming shakllarini tiklash uchun harakat

qilingan (Tillaming geneologik tasnifiga qarang). Masalan,

“ikki” so‘zi lotincha duo, grekcha duo, uels tilida dau,

inglizcha two, islandcha tveir, datcha twee shaklida bo‘ladi.

Tarixiy metodni ko‘pincha qiyosiy tarixiy metoddan

farqlaydilar. Bizningcha bu ikki metodni biriashtirish mumkin.

Chunki tarixiy metod ham tilning har bir sathidagi o'zgarish￾lami o'rganadi. Bu ayniqsa so'zlar va ulaming shakllarini ichki

tiklashda koTinadi. Tarixiy tilshunoslikda ichki tiklash metodi

yordamida so‘z va ulaming shakllaridagi fonetik va semantik

o ‘xshashliklari aniqlanadi va ular bir o‘zakdan paydo bo'lganli￾gi taxmin qilinadi.

Tavsif qilish metodi tildagi turli hodisa va ma'lumotlami,

uning sathi va birliklarini izohlab beradi. Bu metod yordamida

turli tillarning fonetika va stilistikasi sharhlab beriladi.

Qiyosiy metod — tillaming qarindoshligini hisobga olmay,

ulardagi o'xshashlik (uni “izomorfizm” deyiladi) va farqlanish￾lami (uni “allomorfizm” deyiladi) aniqlaydi. Bu metodning

asosiy vazifasi ikki va undan ortiq tillaming sistema va stmk￾turasini turli til bosqichlari bo'yicha qiyoslashdir. Ba’zan bu

metodni qiyosiy-tipologik, chog‘ishtirma, kontrastiv, konfronta￾tiv nomlari bilan ataydilar. Aslida qiyosiy metod tillarni

tipologik oTganish metodining bir qismi hisoblanadi. Tillar

tipologiyasi o‘nlab va yuzlab tillami qiyoslaydi, qiyosiy-tipo￾logik metod ikki yoki uch tilni qiyoslash bilan chegaralanadi.

Qiyosiy tilshunoslik tillami tipologik oTganishdan farqlanib,

bir yo‘la nazariy va amaliy (lingvodidaktik) vazifalami qamrab

oladi'. Tillami qiyoslashda ulardagi kichik sistemada qanday

o ‘xshashlik va farqlar borligini tashqi jihatdan (unli va undoshlar soni, kelishiklar soni kabi) farqlarini topib, so‘ngra ulardagi

ichki o'xshash va farqli belgilar aniqlanadi. Odatda ikki tilni

qiyoslashni mantiqiy jihatdan binar qiyoslash deb ham yuritila￾di. Tillami qiyoslashda yaxshiroq o‘rganilgan tilni etalon

(andoza) qilib olib, unga to‘g‘ri keluvchi xususiyatlami ikkinchi

tilda topib tahlil qilinadi. Ba’zan esa biror tipologik belgini

qiyoslanayotgan tillarda aniqlashga harakat qilinadi'. Qiyoslash

metodi nazariy va amaliy jihatdan juda foydali bo‘Iib, u xorijiy

tillami o‘rganishning lisoniy asoslarini yaratishda katta ahami￾yatga ega.

Oppozitsiya — qarama-qarshi qo'yish, zidlov metodi tilda￾gi birliklaming paradigmatik tasnifi uchun qo‘llaniladi. Tildagi

barcha birliklar bir-birlariga qarama-qarshi bo‘lib, o‘zaro so‘z,

morfema, so‘z birliklari, turli grammatik konstruktsiyalami va

gaplami farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birlik￾lar o‘rtasidagi turli qarama-qarshiliklaming umumiy turlarini

aniqlash mumkin (bir o‘lchovli — a: b; ko‘p oMchovIi — a:

b:c:d: kabi). Bu zidlovlaming a'zolari o‘rtasidagi munosa￾batlami proportsional va vakkalanean. privativ (+ , — belgisi

bo‘yicha), pog‘onali (gradual) (masalan, |i-a|o‘rtada |e|ni

“sakrab” o‘tiladi, yoki qaratqich kelishigi bilan chiqish kelishi￾gi oppozitsiyasi o ‘rtasidagi boshqa kelishiklami tushirib

qoldirishga asoslangan), tene huauali (ekvipolent) oppozitsiya

(masalan, |p-t||t-k|bir hil belgili: portlovchi, jarangsiz) sifatida

qaraladi2.

Distributiv metodi (inglizcha distributsiya — taqsimot)

yordamida tildagi birlik va elementlaming qo‘llanish o‘rinlari va

holati tushuniladi. Tildagi biror unli tovushning distributsiyasi

uning so‘zning boshi, o‘rtasi va oxirida, urg‘uli yoki urg‘usiz

holatda, ochiq yoki yopiq bo‘g‘inda boMishini ko‘rsatadi. Biror

elementning umumiy distributsiyasi deganda, uning barcha

qo'llanish holatlari va boshqa elnmentlar bilan birikib kelishi

tushuniladi.

Odatda to‘rt turli distributsiya farqlanadi:

1. Ikki elementdan biri uchragan o‘rinda ikkinchisi

uchramasa, ular bir-birlariga nisbatan toMdiruvchi distributsiyada boMadi. Masalan, |p,t,k| undosh tovushlari unlilardan

oldin, ikki unii o‘rtasida so‘z oxirida kelganda, aspiratsiyali,

boshqa o‘rinIarda, undoshlar bilan yonma-yon kelsa, aspira￾tsiyasiz tovushlar hisoblanadi. Demak, aspiratsiyali|ph,th,kh|

tovushlar uchragan o'rinda aspiratsiyasiz |p,t,k| tovushlari

uchramaydi. Shu sababli bu tovushlar |p,t,k| fonemalarining ikki

turli allofonlari hisoblanadi.

2. Kontrast distributsiya go‘yo zidlovni eslatadi. Bir o'rinda

qo'llanib, ma'noni farqlashga xizmat qiluvchi elementlar kon￾trast distributsiya deyiladi: tok-pok-nok so'zlari boshidagi

undoshlar kontrast distributsiya bo‘lib, shu so‘zlami farqlaydi.

Bunday so'zlar minimal juftlikdagi so‘zlar deyiladi. So‘z

boshidagi |p,t,k| tovushlari fonemalaming allofonlaridir.

3. Erkin variatsiya. Bir xil o'rinda uchrasa ham ma'noni

farqlay olmaydigan elementlar erkin variatsiyada bo‘ladi.

Masalan, o‘zbek tilida |e| unlisi so‘z boshida ochiq (eshik, echki

kabi) va boshqa holatlarda yarim ochiq talaffuz etilishi uning

turli variatsiyalarini ko‘rsatadi. Bu distributsiya ba’zan

ekvivalent (muqobil) distributsiya deb ataladi.

4. Qisman ekvivalent distributsiya ikki turli element bir

o‘rinda ba'zan ishlatilishi, lekin ma'noni farqlay olmasligi bilan

izohlanadi. Masalan, “taroq” so‘zi |taroq| va |tarog‘|, “cholg‘u”

so‘zi |cholg‘u| va |chalg‘u| kabi talaffuz etilishi shu so'zlarning

ma’nolarini farqlamaydi. Aslida esa, talaffuzda almashilgan

tovushlaming har biri turli fonemalaming allofonlaridir.

Transformatsiya metodi tildagi elementlar va birliklaming

turli gaplarda boshqacha yo‘l bilan qayta tuzishda qoMlaniladi.

Tranformatsiyaning sintaksisdagi elementlami o‘zgartirishda

qoMlanuvchi oddiy turlari: o ‘rin almashtirish, qo‘shish, qisqar￾tirish va tushirib qoldirishdir. Bu metodni AQSH olimi Z.Xar￾ris taklif etgan va keyincha uni shogirdi N.Chomskiy alohida

ilmiy tadqiq etgan. Bu metod matematika va mantiqdagi ba’zi

tushuncha va tamoyillardan foydalanadi'.

Agar bir turdagi elementlarga ega boMgan ikki va undan

ortiq konstmktsiyalar bir xil o‘rinda uchrasalar, ulami transfor￾malar deyiladi. Masalan, quruvchilar Toshkentda juda ko‘p

chiroyli binolar qurdilar — gapida transformalar quyidagicha

bo‘lishi mumkin: Toshkentdagi juda ko‘p chiroyli binolar

quruvchilar tomonidan qurildi (passiv konstruktsiya). Juda ko‘p

Toshkentdagi chiroyli binolami quruvchilar qurdilar. Juda ko‘p

chiroyli binolami Toshkentda qumvchilar qurdilar va h.k.

Yuqoridagi tranformalar gapning biror ma'nosini o‘zgar￾tirishga ham xizmat qiladilar. Agar shu gap asosida dialog

tuzsak, undagi elementlar o‘z o‘mini o‘zgartiradi, tushib qoladi

va to‘ldiradi.

- Binolami kim qurgan?

- Toshkentdami?

- Ha, ulami quruvchilar qurgan.

- Ha, o‘sha chiroyli binolami...

Tranformatsiya metodi faqat sintaksisda emas, balki stilistik

transformatsiya shaklida ham qo'llanmoqda. Unda sintaktik

stilistika uchun eng zaruriy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Komponent tahlili metodi ko‘proq semantikada so'zlaming

ma'nolarini chuqurroq o‘rganishda qo'llanadi. Bunda so‘zlar￾ning ma’nolari ulaming farqlanuvchi semantik belgilari —

semalar yordamida tahlil qilinadi. Masalan, chelak va butilka

so‘zIarining sema tarkibini tahlil qilsak, chelak — aylana

shaklda, qo‘l ushlagichi bor, oyog‘i yo‘q, qopqog‘i bor yoki

yo‘q, bo'yni yo‘q idish bo‘lsa, butilka — oynadan qilingan,

suyuqlik solinuvchi, chuqur, qo‘l ushlagichi va oyog'i yo‘q idish

hisoblanadi. Komponent tahlil asosida tildagi so‘z turkum￾larining va hatto gap tarkibida ishtirok etgan bo‘laklaming

semantik belgilari aniqlanishi mumkin.

Maydon metodi. Bu metodni leksik-semantik maydon yoki

grammatik-leksik maydon' va ba’zan maydon nazariyasi2 deb

yuritishadi. Albatta, uning qo‘llanishiga ko‘ra nomini atash

mumkin. Jumladan, so‘zning barcha ma’nolarini aniqlashda

semantik maydon metodi qoMlanadi. Grammatikada turli so‘z

turkumlarining ma’nolari o‘rganilsa, ularni grammatik-leksik

maydon metodi yordamida o'rganiladi. Bunda eng ko‘p

qo‘llanuvchi leksik-grammatik birlikning m a’nosi uning,

yadrosi, kam qo‘llanuvchilari pereferiyasi deb nomlanadi.

Tilshunoslikda hali nom a'lum bo‘lgan tillarni ilmiy o'rganishda qoMlanuvchi “maydon tilshunosligi”'ni maydon

metodi bilan aralashtirmaslik kerak. Maydon tilshunosligi

o‘rganilayotgan til ona tili bo‘lgan shaxsni (uni odatda “infor￾mant” deyiladi) turli anketa va testlar yordamida savollarga

javob olish yo‘li bilan material to‘playdi, fonetik transkriptsiya

qo‘llaydi, tildagi asosiy fonologik, morfologik, sintaktik va lek￾sik xususiyatlami to‘plab tahlil qiladi, ba’zi taxminiy fikrlarini

keltiradi va zarur bo‘lsa taijimadan foydalanadi.

Maydon tilshunosligida qoMlanuvchi tamoyil va vositalar

tillami qadimiy o‘iganish yoMlarini eslatadi. Bu usullar qalam va

qog‘oz yordamida tilni biluvchi shaxslaming talafiuziga quloq

solib, ulardagi xususiyatlami aniqlashni yodga soladi. Tilni

o‘iganishda, umuman, kuzatish, tavsif qilish, qiyoslash, tajriba

(eksperiment) o‘tkazish, distributsiya, tranformatsiya, ma’no

maydonini aniqlash, xarita tuzish (til yoki shevaning tarqalgani

haqida — uni lingvogeografiya deyiladi), turli til birliklari,

elementlari va vositalarini statistik tekshirish yordamida qancha

va qayerda uchrashi metod va tamoyillari qo'llanadi.

Tilini o'rganish metodologiyasi VA metodları.

Metod grekcha methodos so‘zidan olingan bo‘lib, “tadqiqot”, “o‘rganish”
degan ma’noni anglatadi. U ob’ektiv borliqdagi predmet, hodisalarni, ya’ni
tadqiqot manbaini ilmiy tahlil qilish, o‘rganish orqali uning mohiyatini, tabiati,
tarkibiy qismlarini, muayyan o‘ziga xos xususiyatlarini topish, ochish, ular
haqida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarish usuli bo‘lib, muayyan fanga
xizmat qiladi va uning taraqqiyotini ta’minlaydi. Har bir fanning o‘z tadqiqot
usullari mavjud. Masalan, tabiiy fanlar, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, tilshunoslik
fanlarining metodlari bir-biridan katta farq qiladi. Tabiiy fanlar, tibbiyotda
eksperiment, qishloq xo‘jaligida amaliy tajriba ustuvorlik qilsa, tilshunoslikda
tahlildan foydalaniladi.
Bir fan doirasida ham turlicha metodlar va ularni qo‘llash usullari mavjud. Jumladan, tilshunoslik fani ham o‘zining qator ilmiy-tadqiqot metodlariga ega
bo‘lib, bu tilning ham ijtimoiy-tarixiy, ham ijtimoiy-psixik, ijtimoiy-fiziologik,
ham ijtimoiy-individual hodisa ekanligidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra lisoniy
tadqiqot metodlari turli-tumandir.
Jumladan, ona tilini tahlil qilish metodlari bilan chet tillarini tahlil qilish
metodlari, tilning sotsiologik jihatlarni o‘rganish usullari bilan nutq tovushlarini
tahlil qilish usullari bir-biridan katta farq qiladi. Har bir fanga oid tadqiqot
usullarini qo‘llashning muayyan yo‘l-yo‘riqlari mavjud bo‘lib, ular shu fanning ish
yuritish metodikasini tashkil etadi.
Demak, metod – bu bilish usuli bo‘lsa, metodika – bilish usulida
qo‘llanadigan yo‘l-yo‘riqdir. Ya’ni: tadqiqot ob’ektini tekshirish usuli, individual
ish olib borish metodlari, faktlarni yig‘ish, tahlil qilishni umumlashtirish
jarayonidir. Shundan kelib chiqib, tilshunoslikda ona tili metodikasi, chet tili
metodikasi, til sathlari, til va nutq, til va tafakkur masalalariga, kommunikativ
tilshunoslik yoki tilga kompetensiyaviy yondashuv metodlarini qo‘llashga
o‘rgatuvchi metodikalar mavjud. Ayni vaqtda ushbu metodlar bir-biridan farq
qilsa-da, ularning barchasi bir maqsadga, ya’ni mazkur lisoniy hodisalarning“sir”larini ochish va shu
asosda ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik xulosalar, falsafiymantiqiy umumlashmalar chiqarishga qaratilgan
bo‘ladi.
Demak, har bir fanning umumiy metodologiyasi ham mavjud bo‘lib,
metodologiya yunoncha methodos “tadqiqot usuli” va logos “ta’limot” so‘zlaridan
olingan hamda fanning tadqiqot usullari haqidagi ta’limotdir. Metodologiya bilish
faoliyati yo‘llari haqidagi ta’limot sifatida har qanday fan nazariyasi va
amaliyotida katta ahamiyatga ega. U tadqiqot manbaini qanday tushunish, uni
o‘rganishga qanday yondashish, qaysi usullarni qo‘llash, tadqiqot ob’ekti
yuzasidan umumiy nazariy, amaliy, mantiqiy yoki tavsifiy bilimlar hosil qilish
haqidagi ta’limot bo‘lib, umumilmiy va xususiy fanlar metodlari o‘rtasidagi uzviy
munosabatni ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda, bilish usullari ham
umumiy va xususiy bo‘ladi.
Umuman bilish usuli falsafiy tizimga xos bilish tamoyillarini ifodalab,
tabiat, jamiyat, tafakkurning umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot sanaladi.
Umumiy metodologiya falsafiy bilish metodining muayyan fan doirasida konkret
qo‘llanishi, xususiy metodologiya esa u yoki bu fan tarmog‘iga xos tadqiqot

metodlari haqidagi ta’limotdir. Umummetodologik tamoyillar turli fanlar bergan

ma’lumotlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi. Aytib o‘tilganidek, har bir
fanning o‘z maxsus tadqiqot usullari va ularga asoslangan umumilmiy
metodologiyasi ham mavjud (ijtimoiy fanlarning tahlilga asoslangan umumilmiy
metodologiyasi, tabiiy fanlarning tajribaga asoslangan umumilmiy metodologiyasi
kabi). Lekin ularning barchasi asosida kuzatish, idrok qilish, o‘rganish, tushunish,
anglash kabi bilish usullari yotadi.
Har bir tadqiqot ishi, albatta, dunyoni bilishga qaratiladi, biroq u fan
tarmog‘i xususiyatidan kelib chiqadigan umumilmiy metodologiyaga asoslanadi.
Shu bois har bir tadqiqotchi, avvalo, o‘z tadqiqot ishining umumilmiy
metodologiyasini va undan kelib chiqadigan tadqiqot metodlari belgilab olishi
kerak bo‘ladi. Buni quyidagi ierarxik bosqichlarda ko‘rsatish mumkin:
tadqiqot maqsadi – farazi – kutiladigan yangilik tadqiqot predmeti va ob’ektini tanlash tadqiqot
metodologiyasi va metodlarini tanlash.
Har bir metod esa o‘z ichida kuzatish, dalillarni to‘plash, ularni o‘rganish,
qiyoslash, chog‘ishtirish, fikrlarni umumlashtirish, anketa so‘rovnoma va tajribasinov o‘tkazish,
natijalarni statistik tahlil qilish, xulosalash kabi usullarni qamrab
oladi.
Demak, tadqiqot ishi tadqiqot maqsadini aniqlash va fan yo‘nalishiga mos
umumilmiy metodologiyani tanlashdan boshlanadi. Jumladan, tilshunoslik
sohasida ham tadqiqot ishining nazariy (filologik) yoki amaliy (metodik)
yo‘nalishda olib borilishi maqsadi tadqiqot ishining keyingi barcha bosqichlarini
belgilab beradi. Tadqiqot metodlarni tanlashda ham yana bir muhim jihatga e’tibor
qaratish zarur. Ma’lumki, til ijtimoiy-tarixiy hodisa, shundan kelib chiqib, tadqiqot
ishi diaxron yoki sinxron planda o‘rganilishi mumkin. Ularning har biri esa o‘z
tadqiqot metodlariga ega. Tilshunoslikning diaxron tadqiqot metodlari vaqt, zamon
belgisi, ya’ni qo‘llanishiga ko‘ra uzoq o‘tmish bilan bog‘lanishi bilan tavsiflanadi.
Ularga tasviriy, qiyosiy-tarixiy, chog‘ishtirish, tarixiy-qiyosiy, tipologik metodlari
kiradi.
TAVSIFIY METOD
Bu metod jahon tilshunosligining eng qadimiy va dastlabki yetakchi metodi
hisoblanib, qadimgi arab, yunon, hind, xitoy, rim tillariga oid yaratilgan asarlar –
grammatikalar mazkur metod asosida yaratilgan. Tavsifiy metod sinxron analiz

metodi bo‘lib, ob’ektni (matnni) turgan holatida berilgan ma’lumotlar asosida

o‘rganadi. Tavsifiy metod tomonidan olingan ma’lumotlar barcha metodlar uchun
tayanch nuqta hisoblanadi. Struktur metod ushbu metod xulosalariga tayanib ish
ko‘radi, qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan ob’ekt haqidagi izohni
tavsifiy metod beradi. Shu bois tavsifiy metod turli davrlarda turli lingvistik
maktablar va yo‘nalishlarga xizmat qilgan. Hozir ham boshqa metodlar bilan ish
olib borayotgan mutaxassislar turli tillarga oid darslik, qo‘llanmalar, monografik
tadqiqotlarni shu metod asosida yaratmoqdalar. Tavsifiy metodda tadqiq qilish jarayoni quyidagi 2
bosqichda olib boriladi
bosqich - komponent tahlil bo‘lib, unda matn gaplarga, gaplar so‘zlarga,
so‘zlar morfemalarga, morfemalar esa fonemalarga ajratilib tahlil qilinadi.
Komponent tahlil metodi so‘z ma’nosini tarkibiy qismlarga – komponentlar
(semalar)ga ajratish, har bir semaning so‘z ma’nosi - semema tarkibidagi
ahamiyati, o‘rni, imkonini aniqlash, ishlatilish doirasini belgilash bilan
shug‘ullanadi. Komponent tahlil qilish metodi orqali so‘z ma’nosi mantiqan
zaruriy bo‘laklarga – komponentlarga ajratiladi, ajratilgan bo‘laklarning har biri
alohida o‘rganilib, ularning so‘z ma’nosi tarkibidagi “quvvati”, nutqda qanday
vazifa bajarishi o‘rganiladi. Sema va sememalarning o‘zaro bog‘liqligi butun va
bo‘lak nuqtai nazaridan baholanadi.
II bosqich - kontekstual tahlilda komponent tahlil bosqichida olingan
ma’lumotlar muayyan guruhlarga umumlashtiriladi. Ushbu tahlillar til
birliklarining tildagi vazifasi, tuzilishi, qo‘llanishi kabilarni tavsiflashga, ilmiy
izohlashga, umumlashma xulosalar chiqarishga xizmat qiladi. Bunda ijtimoiysotsiologik, talaffuz-akustik,
fanlararo tahlil, distributiv tahlil usullaridan
foydalaniladi.
1. Ijtimoiy-sotsiologik usul so‘zlarni tematik guruhlash, lingvistikjug‘rofiy o‘rni, mavqei, me’yoriy-uslubiy
xususiyatlarni o‘rganadi.
2. Talaffuz-akustik usul orqali nutq tovushlarining talaffuz-eshitilish
xususiyatlari, fonetik hodisalar tahlili o‘rganiladi. Bunda ayniqsa eksperimentalfonetik tahlil metodi
muhim o‘rin tutadi.
Ushbu metodda nutq tovushlari, intonatsiya, pauza, ritm kabi fonetik
hodisalarni maxsus texnik vositalar, asboblar yordamida tadqiq qilinadi. Ushbu
metodda quyidagi usullardan foydalaniladi:
Somatik usul – gapirish-so‘zlash jarayonida fiziologik jarayonlarning

jismoniy harakatlari ifodasini o‘rganadi. Artikulyatsiya a’zolarini suratga olish,

nutq apparatining rentgen tasvirini tushirish, nafas olish jarayonini o‘lchash – bu
metodning usullari hisoblanadi
Pnevmatik usul – talaffuz jarayonidagi nutq a’zolari harakati, havo
oqimining og‘iz, burun va bo‘g‘iz bo‘shlig‘idagi harakati natijasida hosil
bo‘luvchi og‘iz, tovush va shovqinlarning o‘zgarishi aniqlanadi.
Elektroakustik usul – nutq faoliyatidagi tovushlarni, ularga xos turlicha
xususiyatlarni (masalan, cho‘ziqlik, qisqalik, baland-pastlik, ohangdorlik, shovqin
kabilarni) elektr tebranishlari nuqtai nazaridan tahlil qiladi, ular asosida
tavsiflaydi. Ushbu metod nutq tovushlarini nafaqat akustik, balki artikulyatsion
jihatdan ham aniq tavsiflash imkonini beradi.
3. Distributiv tahlil usulida til va nutq birliklari (fonema, morfema,
leksema, so‘z va so‘z birikmalari)ning joylashish o‘rni, oldinma-ketin kelishi,
o‘zaro bog‘lanishi va semantik-stilistik munosabatga kirishuvi o‘rganiladi. Bunday
tahlil tilshunoslikda deskriptiv yo‘nalish deb atalib, uning asosini distributsiya yoki
distributiv metod tashkil etadi.
Unda tillarni o‘rganish 2 bosqichda amalga oshiriladi:1) lingvistik birliklar
aniqlanadi; 2) ushbu birliklarning bir-biriga nisbatan distributsiyasi, joylashuvi
belgilanadi. Distributsiya lisoniy birliklarning nutqda qo‘llanish, joylashish o‘rni,
boshqa unsurlar bilan birika olish qobiliyati, ya’ni potensialdagi qurshovi bo‘lib,
uning morfologik, leksik-semantik, sintaktik turlari bor.
Morfologik distributsiya – bu bir so‘z turkumini boshqa so‘z turkumlari
bilan munosobatga kira olishidir (sifat va ot, ravish va fe’l, artikllar va ot va
hakozo). Bunda morfemalar aniqlanib, ularning aloqalari talqin qilinadi,
izohlanadi.
Leksik-semantik distributsiya – til elementlarining mano jihatidan o‘zaro
aloqa qilish qobiliyatidir.
Sintaktik distributsiya – gap bo‘lakarining bir-biriga nisbatan joylashuvi va
munosabatidir.
Tilda birliklarni qismlarga ma’noli qismlarga ajratish segmentatsiya deyiladi.
4. Valentlik tahlil usulida so‘zning nutq faoliyatidagi semantik-sintaktik,
funksional faolligini o‘rganish, uning ma’noga bog‘liq imkoniyatlarini yoritish

masalalari o‘rganiladi. Bunda so‘zning o‘z ma’nosi asosida boshqa so‘zlar bilan semantik munosabatga

kirishuvi, ularni o‘ziga biriktirish xususiyatlari o‘rganiladi,
so‘zlar orasidagi semantik munosabat bevosita sintaktik munosabatni yuzaga
keltirishi, ya’ni semantik sintagmalar sintaktik konstruksiyalarni hosil qilishi
aniqlanadi. Ushbu metod har bir so‘zda valentlik imkoni mavjud bo‘lishi va u
sintaktik aloqada yuzaga chiqishi, valentlikning nutqda – so‘zlar orasidagi turlicha
bog‘lanishlarda, ya’ni xususiyliklarda namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi.
QIYOSIY-TARIXIY METOD
XIX asrning 1-choragida yuzaga kelgan mazkur metod lingvistik metodlar
ichida eng faoli hisoblanib, unda o‘zaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning
birliklari (tovush, qo‘shimcha va so‘zlar) tarixiy jihatdan qiyoslanadi, ular
orasidagi o‘xshashliklar aniqlanib, ularning dastlabki tarixiy shakllarini tiklashga
harakat qilinadi. Bu vazifalar quyidagi usullar vositasida amalga oshiriladi:
qiyoslash uchun material to‘plash;
qiyoslanadigan birliklarni belgilash;
birliklar tarkibidagi o‘zgarishlar xronologiyasini aniqlash;
so‘z va morfemalarning qadimgi shakli va ma’nolarini tiklash.
tillarni qiyosiy o‘rganish va ularning bir-biriga qarindosh va qarindosh
emasligini aniqlash;
qarindosh deb tanilgan tillarni bir-biri bilan qiyoslab, ularning bobo tilini
tiklash.
Ushbu metod XIX asrning boshlarida paydo bo‘lgan deyilishiga qaramay, bu
yo‘nalish bilan olimlar oldinroq shug‘ullanishga kirishganlar. Unda qiyoslash
uchun dalillar faqat qarindosh tillardan - genetik tenglikka ega bo‘lgan
tillardangina olinadi. Masalan: ruscha svetok, polyakcha kwiatok “gul”; forscha
now, ruscha nov(ыy), nemischa neu, inglizcha new “yangi”; grekcha pater, patras,
lotincha pater, sanskritcha pitar, nemischa vater, forscha padar, ruscha papa,
hindcha “bobo”,”ota” demakdi CHOG‘ISHTIRISH VA TIPOLOGIK METOD
Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarni qiyoslash
chog‘ishtirish yoki qiyosiy-chog‘ishtirish metodi deb nomlanadi. Ushbu
metodda lingvistik hodisalarning tillararo o‘xshashliklari, umumiy va farqli
jihatlari tavsiflanadi, biroq bunda ularning tarixiga, kelib chiqishi, ya’ni genetik
jihatlariga, taraqqiyotiga asoslanilmaydi. Chog‘ishtirish metodi ayniqsa chet

tillarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi va nafaqat nazariy, balki amaliy maqsadlar

uchun ham xizmat qiladi. XVII-XVIII asrlardayoq yuzaga kelgan 2 tilli lug‘atlar,
tillar uchun umumiy grammatikalar, bir tildan 2-tilga tarjima qilish texnikasi va
nazariyasining yaratilishi ushbu metod asosida olib borilgan tadqiqotlar
natijalaridir. Bu metod bir tilda oddiy tasvirlash metodidan foydalanilganda yuzaga
chiqmagan xususiyatlarni ochib berishga yordam beradi.
Bu esa tillarning tarkibini chuqurroq o‘rganish va bilishga imkoniyat
yaratadi. Ikkinchi tomondan, chog‘ishtirish metodi lug‘atlar, qo‘llanmalar yaratish
kabi sof amaliy maqsadlarga xizmat qiladi. Ushbu metodni qo‘llash usullari
quyidagilardir:
so‘z va qo‘shimchalarni farqlash, qo‘shimchalarning birikishini tavsiflash;
shevalar va tillar orasidagi tovush almashinuvi va mos kelishlikni aniqlash;
adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va ularga o‘rgatish metodikasini
shakllantirish;
bir tilda ifodalangan ma’no yoki vazifa boshqa tilda qanday usul va vosita
bilan berilishini aniqlash;
bir tilli (izohli) va ko‘p tilli tarjima lug‘atlari tuzish.
Hozirgi kunda chet tillarni o‘rganish, tarjima nazariyasi va amaliyoti
bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, asosan, mazkur metod usullarini
qo‘llash vositasida amalga oshirilmoqda, shu bois bugungi kunda uning nazariy va
amaliy ahamiyati yanada ortdi.
Tipologik metod esa o‘zaro genetik bog‘liq va genetik bog‘liq bo‘lmagan
til oilalariga tegishli tillarni qiyoslash asosida o‘rganadi. Shu xususiyati bilan
ushbu metod faqat bir til oilasiga kiruvchi tillarni tadqiq qiluvchi qiyosiy-tarixiy metoddan farq qiladi.
Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki, bunda tillar
genetik jihatdan qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar tuzilishidagi
o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra qiyoslanadi, tillarning struktur-qurilish
xususiyatlari aniqlanadi, muayyan xulosalar chiqariladi. Tillarni tipologik
o‘rganishning quyidagi yondashuvlari mavjud: klassifikatsion-tasnifiy,
xarakterologik, belgili va ichki sistem yondashuvlar.
Klassifikatsion yondashuv tillarga tasnifiy yondashuv morfologik tasnif
sifatida o‘zak va qo‘shimchalar o‘zaro zid holda qiyoslab o‘rganiladi.
Xarakterologik yondashuv orqali qiyoslanayotgan har bir tilning

tuzilishiga, ya’ni o‘ziga xos muhim, xarakterli xususiyatlari, jihatlari

aniqlanadi hamda shu orqali tilga baho beriladi.
Belgili yondashuv tillarga muayyan belgi-xususiyatlar (masalan, fonetik,
morfologik kabi) jihatidan yondashuv bo‘lib, bunda til sathlari tipologiyasi
(fonetik tipologiya, leksik tipologiya kabilar) yaratiladi.
Ichki sistem yondashuvda muayyan tildagi muayyan hodisalar (fonetik,
leksik va b.) orasidagi o‘zaro munosabatlar, aloqalar o‘rganiladi va tadqiq
qilinadi.
STRUKTURAL TAHLIL METODLARI
Strukturalizm (ingl. structural so‘zidan olingan) bo‘lib, tilni o‘zaro
bog‘langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi
hisoblanadi. Ushbu metod til va nutq birliklari, ushbu birliklarning o‘xshash va
noo‘xshash jihatlari, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash bilan
shug‘ullanadi. Struktual tilshunoslik uchun tilning ichki qurilishi, til tarkibini
tashkil etuvchi tarkibiy qismlar orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalar, ya’ni
tilning struktural tomonlari tilning asosiy aspekti hisoblanadi. XX asrning 30-
yillarida Amerika tilshunosligida yuzaga kelgan struktural yo‘nalish juda ko‘p
yangi metodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Distributiv tahlil, bevosita
ishtirokchilarga ajratish va transformatsion tahlil metodlari hozirgi kunda butun
jahon tilshunosligida ham keng qo‘llanib kelayotgan metodlar hisoblanadi. BEVOSITA ISHTIROKChILAR
METODI
Ushbu metodda nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday
qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganadi.
Bevosita ishtirokchilar – BI metodiga muvofiq avval gapdagi tayanch nuqta –
konstruksiya, so‘ngra mazkur konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita
ishtirokchilar ajratiladi. Konstruksiya bu ma’noli qismlarning ketma-ket
munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, kattaroq konstuksiya tarkibiga
kirgan barcha so‘z va morfemalar ishtirokchilar, mazkur konstuksiyaning bevosita
shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilar esa bevosita
ishtirokchilar deyiladi.
Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini misrasida
olib ketdi gulning totini BI (bevosita ishtirokchilar), qolgan so‘zlar esa
ishtirokchilar sanaladi. Bu gapda bir nechta konstruksiya mavjud bo‘lib, har bir

konstruksiya qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish o‘zaro graduallik –darajalanish

xususiyatiga ega bo‘ladi. Demak, BI tahlilida, avvalo, so‘z birikmalari ajratiladi va
ular quyidagi qoidalarga amal qilgan holda birlashtiriladi:
bir vaqtning o‘zida 2tadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi;
o‘zaro bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas;
BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi. Shu xususiyatlardan
kelib chiqib, ushbu metod birlashtirish metodi deb ham ataladi.
TRANSFORMATSION TAHLIL METODI
Transformatsion tahlil metodida sintaktik qurilmalar - konstruksiyalarning
muayyan qoidalar asosida boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi – ya’ni
transformatsiyalanishi tushuniladi. Transformatsiya – qayta tuzish, o‘zgartirish
ma’nosini bildirib, “transformatsion tahlil” va “transformatsion metod”
tushunchalarini sinonim sifatida ishlatish mumkin. Ushbu metod yordamida
transformatsiyaga uchragan har bir sintaktik qurilmaning tarkibi, bunda namoyon
bo‘lgan o‘ziga xos semantik jihatlari ham chuqur o‘rganiladi. Demak transformatsion tahlil metodi til
sistemasining ichki mikrosistemalarni – yadro
gaplar va ulardan hosil bo‘lgan transformalarni, to‘g‘rirog‘i, yadro gaplardan
transformalarning hosil bo‘lish jarayonini o‘rganadi.
Masalan, Talaba kitob oldi gapining transformatsion shakllari (talaba olgan
kitob, talabala tomonidan olingan kitob, kitob olgan talaba, talabaning kitobi)
nutqiy variantlaridan iborat bo‘lib, transformatsion tahlil metodi asos - yadro gap
(talaba kitob oldi)dan transformatsiyalashgan sintaktik modellarni, ya’ni
transformatsiyalanish qoidalari, mexanizmini o‘rganadi. Transformatsion tahlil
metodining asosiy vazifasi muayyan tilda mavjud bo‘lgan yadro gaplarni aniqlash,
uning sintaktik mohiyati va maqsadga ko‘ra turlicha namoyon bo‘lish
imkoniyatlarini ochishdir. Bu metod lingvistik eksperimentlarning bir turi bo‘lib,
hozirgi zamon tilshunosligida, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda
qo‘llanilayotgan muhim metodlardan biri hisoblanadi va hozirgi kunda mashina
tarjimasi, injener va matematik lingvistikasi sohalarida keng qo‘llanadi.
STATISTIK TAHLIL METODI
Ushbu metod lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi
qo‘llanish miqdorini tadqiq qiladi. Mazkur metod til sathlarining barchasiga

nisbatan qo‘llanishi mumkin. Biroq uning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi

leksikologiya va leksikografiya hisoblanadi. Statistik tahlil asosida qo‘lga kiritilgan
ma’lumotlar yordamida eng faol va eng passiv so‘zlar, so‘zlarning me’yoriy va
me’yoriy bo‘lmagan qo‘llanishi belgilanmoqda, tarqalish chegarasi, ko‘lami
aniqlanmoqda. Bu metod nazariy va amaliy tilshunoslik uchun qimmatli
ma’lumotlar beradigan chastotali lug‘atlar tuzish, lug‘at minimumlari yaratishda
qo‘llanadi.
Shuningdek, so‘z shakllari, fonema, morfemalarning qanday taqsimlanishi,
o‘zaro birikuvda qanday faollikka egaligini ham aniqlashga yordam beradi. AVTOMATIK TAHLIL METODI
Ushbu metod davr talabi bilan yaratilgan zamonaviy tahlil metodlaridan biri
bo‘lib, uning o‘ziga xosligi elektron-hisoblash mashinalari (EHM), kompyuterlar
yordamida tilni muayyan, bo‘laklar, lisoniy birliklar, formal qismlarga ajratish
orqali bir tildagi lisoniy birliklar mazmuni boshqa tilga ko‘chiriladi, ya’ni
kompyuter vositasida avtomatik tarjima qilinadi. Buning uchun avval matnni
tarjima qilish imkoniyatini beradigan qoidalar tizimi yaratiladi, so‘ngra mazkur
qoidalarni mashina tilida yozish, ya’ni mazkur qoidalarni amalga oshirish uchun
dastur yaratiladi. Dastur va lug‘at maxsus shartli belgilar bilan yoziladi va
mashinaga kiritiladi.
Asosiy tushunchalar glossariysi:
Qiyosiy-tarixiy metod – tillar va ularning tarixini qiyoslab o‘rganish
Substansiya – biror tovushni boshqa tovush bosishi
Distributsiya – tildagi unsurlarning gap tarkibida joylashish o‘rni, bir
elementning boshqa element bilan birikish qobiliyati
Bevosita tahlil metodi - nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi,
qanday qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni
o‘rganish.
Transformatsion tahlil – konstruksiyalarning muayyan qoidalar asosida
boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi, ya’ni transformatsiyalanishi.
Avtomatik tahlil metodi - EHM, kompyuterlar yordamida tilni lisoniy
birliklar, formal qismlarga ajratish orqali bir tildagi lisoniy birliklar
mazmunini boshqa tilga ko‘chirish
Statistik tahlil metodi – lisoniy birliklarning nutq faoliyatidaga, asosan.

Tavsifiy metod.

Tavsifiy metod. Tavsifiy metod tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa bu metod til o’qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega.

Tavsifiy metodning o’ziga xos jihati shundan iboratki, u ob’ektni bevosita sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asoslanib o’rganadi. Xususan, tilshunoslikda o’rganish ob’ekti matn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so’zlar, so’zlardan morfemalar, morfemalardan tovushlar ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi.

Tavsifiy metod ma’lumotlari boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi. Xususan, struktur metod tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko’radi. Yoki qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan ob’ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. Demak, u ham tavsifiy metod xulosalari asosida ish ko’radi.
Qiyosiy tarixiy metod.
Qiyosiy-tarixiy metod. Olamni bilishda o’rganilayotgan ob’ektni qiyoslash katta rolь o’ynaydi. Oldin o’rganilgan ob’ektni yangi o’rganilayotgan ob’ektga qiyoslash bilishning eng asosiy usullaridan biridir. Qiyoslash natijasida qiyoslanayotgan ob’ektlarning umumiy va o’ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bunday usul tilshunoslikda ham qardosh va qardosh bo’lmagan tillarning umumiy va o’ziga xos jihatlarini yoritishda keng qo’llaniladi. Shuning uchun ham qiyoslash umumilmiy tafakkur jarayoni sifatida lingvistik tahlilning barcha metodlarida uchraydi.

Strüktür metod VA uning yo'nalishlari.

Struktur metod va uning yo’nalishlari. Tilshunoslik tarixida strukturalizm XIX asrning 70-yillaridan boshlab hukm surgan yosh grammatikachilarning pozitivistik qarashlariga qarshi maydonga chiqa boshladi. Ularning yosh grammatikachilarga qarshi chiqishiga frantsuz “sotsiologik maktabi” va Fosslerning “nemis neofilologik maktabi” qarashlari ma’lum darajada zamin yaratdi. Garchi bu maktablar yosh grammatikachilar qarashlaridan tamoman uzilmagan bo’lsa ham, lekin tilni, bir tomondan “sotsial fakt”, ikkinchi tomondan, psixologizm deb tushunish strukturalizmning maydonga kelishiga turtki bo’ldi.

Har qanday ilmiy oqim kabi strukturalizm ham o’z g’oyaviy asoslariga ega. Struktur tilshunoslikning paydo bo’lishiga I.A.Boduen de Kurtene va F.de Sossyur qarashlari asos bo’lib xizmat qildi..Boduen de Kurtene tilshunoslikka funksionallik tamoyilini olib kirdi. Uning ma’nosi shuki, lingvistik vositalar nutq jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab belgilanadi. Bunday tamoyil fonetika sohasida fonema tushunchasining tug’ilishiga olib keldi.

U nutqiy jarayondagi fiziologik tavsifi bilan teng bo’lmagan tovush haqida fikr yuritdi. Natijada fonema tushunchasiga asos soldi.

SHveytsariya tilshunosi F.de Sossyurning tilshunoslik oldidagi buyuk xizmati shundaki, u sinxroniya bilan diaxroniyani aniq farqladi. Shuningdek, sinxron nuqtai nazar ma’lum bir tilning muayyan bir davrida mavjud bo’lgan elementlarning o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan sistemani hosil qiladi, degan fikrga kelishiga imkon tug’dirdi. Uning fikricha, til qismlari sinxron munosabatda o’rganilishi mumkin bo’lgan sistemadir.

Garchi sinxroniya va diaxroniya o’rtasidagi munosabat, tilning sinxron holatiga xos sistemaviylik dastlab Boduen tomonidan olg’a tashlangan bo’lsa ham, lekin Sossyur tomonidan aniq ifodasini topdi va uning bu ikki bosh g’oyasi, ya’ni tilning sinxron tahlili, til sistemasi hamda til strukturasi va til funktsiyasi haqidagi g’oyalar yangi tilshunoslikning shakllanishida tayanch nuqta bo’lib xizmat qildi.
recommended by

UROPRO
Mana prostatitning yagona yechimi! Erkaklar buni o'qishlari kerak

BATAFSIL O'QISH

11-13 ma`ruza

11-13--mavzular. Lisoniy tadqiq metodlari

Reja

1. Bilish. Hissiy bilish va ilmiy bilish. Bilish bosqichlari. Bilish usullari. Bilish usullari va tilshunoslik metodlari.

2. Metod va metodologiya.

3. Tilni bilish metodlari. Qiyosiy metod. Qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-chog`ishtirma metod.

4. Struktur metod va uning yo`nalishlari.

5. Glossematika. Funktsional lingvistika.

6. Deskriptiv tilshunoslik. Distributsiya.

7. Bevosita ishtirokchilar metodi. Transformatsiya.
Har qanday fan asosida kishilarning olamni bevosita kuzatishi yotadi. Inson o’zini qurshab turgan olam uzvlarini sezgi organlari yordamida his qiladi, boshqalariga solishtiradi, farqli va o’xshash belgilarini aniqlaydi, so’ngra muayyan xulosaga keladi. Demak, har bir fan insonlarning olamni kuzatishi, bilishi jarayonida, uning natijasida paydo bo’ladi.

Fanning asosi bo’lgan bilish uzoq vaqtlardan buyon mutafakkirlarni qiziqtirib keladi. Jumladan, bizning bobokalonlarimiz ham bu sohada o’zlarining qimmatli fikrlarini bayon qilganlar.

Dunyo allomalari ichida ikkinchi muallim nomi bilan mashhur bo’lgan Forobiy bilishning ikki darajasini ajratadi. Xususan, u “Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida» («Ixso al-ulum») asarida ilmning kelib chiqish sabablari haqida fikr yuritib, quyidagilarni bayon qiladi: Olamda substantsiya (javhar) va aktsidentsiya (oraz) hamda substantsiya va aktsidentsiyani yaratuvchi Marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo’qdir”.

Forobiyning tilga olgan javhar va oraz haqidagi bu fikri bilish nazariyasida buyuk inqilob edi. Chunki bizni qurshab turgan olam va uning unsurlari javhar va orazlarning o’zaro dialektik munosabatidan tashkil topgandir.

Forobiy tilga olgan javhar va oraz tushunchalari ostida nima yotadi? Har qanday narsa dastlab bizning sezgi organlarimizga ta’sir qiladi. Ana shu sezgi organlarimiz yordamida his qilish mumkin bo’lgan belgilar oraz sanaladi. Oraz Aristotel falsafasidagi aktsidentsiyani bildiradi.

Forobiyning tushuntirishicha, orazni besh sezgi organlari yordamida his etamiz.

Xususan, rang ko’rish sezgi organi orqali; ovoz eshitish organi orqali; maza-ta’m – maza sezgi organi orqali; predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-yumshoqligi tana sezgisi orqali, hid hidlash organi orqali xis etiladi.

Bu sezgi organlari insondan tashqari hayvonlarda ham mavjuddir. Demak, yuqoridagi sezgi organlari barcha jonzotlarga xos. Ular orqali har qanday jonzot o’zini qurshab turgan olamni amaliy biladi, unga moslashadi.

Har qanday fan amaliy bilish ustiga qo’yilgan nazariy bilimga asoslanadi. Bilish esa falsafa fanining asosi sanaladi. Nazariy falsafa asoschisi I.Kant uning o’rganish predmeti narsalar (tabiat va jamiyat) emas, balki insonning bilish faoliyatini ilmiy tekshirishdan, inson aqliy faoliyatini aniqlashdan iborat ekanligini ta’kidlagan edi.

Falsafa insonning o’z mohiyatini anglashi, borliqning turli sohalariga oid bo’lgan hodisa va voqealar haqida, ularning tub mohiyatini ifodalaydigan umumiy xulosalar chiqarishi demakdir. Falsafiy tafakkur olamidagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, o’zaro bog’liqlikda va rivojlanishda o’rganish, ularning mohiyatini chuqurroq va to’laroq bilishdir. Falsafa markazida borliq va uni bilish muammosi yotadi.

I.Kantning ta’kidlashicha, bizning ongimizdan tashqarida, unga bog’liq bo’lmagan holda «narsalar olami» mavjud. Bunday narsalarni u «narsa o’zida» deb nomlaydi. Bilish ana shu «narsa o’zida»ning sezgi organlarimizga ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Uning fikricha, sezgi organlarimizga ta’sir qiladigan «narsa o’zida»ning sir-asrorlarini bilish mumkin emas.

Gegelning fikricha, dastlab olam va tafakkur ayniyati bo’lgan va bu ayniyat dunyoning substantsional (zotiy) asosini tashkil etgan. Tafakkur faqat sub’ektiv inson faoliyatigina emas, balki ob’ektiv mohiyat, barcha mavjudotning birlamchi manbai bo’lgan. Tafakkur modda, tabiat holida o’zini «begonalashtiradi». «Absolyut g’oya»ning oliy taraqqiyot bosqichi «absolyut ruh», ya’ni insoniyat, insoniyat tarixi sanaladi.

Gegelь tarixiy jarayonning dialektik Harakterini tadqiq qilar ekan, til taraqqiyotiga alohida ahamiyat beradi. U tilni nazariy aqlning yaratuvchisi hisoblaydi, Chunki til uning tashqi ifodasi sanaladi.

Insonning sezgi organlari yordamida hosil bo’lgan bilimi hissiy yoki amaliy bilish sanaladi. Bulardan tashqari, inson xayol surish, nutq yordamida ham bilimga ega bo’lishi mumkin. Bilishning bu yo’li quvvai notiqa va quvvai mutahayyila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning (sezgilarning) yetakchisidir.

Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa ham, lekin u ko’pincha aldab qo’yishi mumkin. Masalan, Quyosh yer atrofida aylanayotganday ko’rinadi, aslida esa aksincha.

Shuning uchun bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar. Idrokiy bilish hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy bilimlarning hosil bo’lishiga asos bo’lgan orazlar (aktsidentsiyalar) zamirida yashiringan mohiyatni – javharni aniqlash orqali hosil qilinadi. Masalan, tanada isitmaning ko’tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi. Lekin har qanday harorat o’z-o’zidan ko’tarilmaydi. Uning ma’lum ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitmaga o’xshash, u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning alomati ekanligi aniqlanadi.

Solishtirish, qiyoslash, mantiqiy umumlashtirish orqali hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim sanaladi. Bu bilim orqali orazlar zamiridagi javhar belgilanadi. Har qanday fan ana shu belgilarni keltirib chiqaradi.

Bundan ko’rinadiki, hissiy (faxmiy) bilim tajriba, amaliyot, bevosita kuzatish bosqichi sanalib, haqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o’zaro munosabatini o’rganish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi va bu bilimga ega bo’lish har qanday fanning bosh maqsadidir. Bilishning bu ikki bosqichi hozirgi davrdan barcha fan vakillari tomonidan e’tirof qilinadi. Jumladan, tilshunoslikda ham bu ikki usulga amal qilinadi. Qaysi usulga tayanishga ko’ra tilshunoslik amaliy va nazariy tilshunoslikka bo’linadi.

Tilni o’rganish metodologiyasi va metodlari

Ob’ektni bilish jarayonida tadqiqotchi unga muayyan metodologiya va tekshirish metodi asosida yondashadi. O’rganilayotgan ob’ektni qay darajada ob’ektiv izohlash tadqiqotchining qanday metodologiya va tadqiqot metodiga tayanishiga bog’liq. Shuning uchun har qanday fanda metodologiya va metod tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi.
Metod yunoncha methodos so’zidan olingan bo’lib, tadqiqot usuli demakdir. Metodologiya esa yunoncha methodos “tadqiqot usuli” va logos “ta’limot” so’zlaridan olingan bo’lib, fanning tadqiqot usullari haqidagi ta’limotdir.

Metodologiya umuman ilmiy metod haqidagi ta’limot hamda xususiy fanlar metodlari haqidagi ta’limot, ya’ni bilish faoliyati yo’llari haqidagi ta’limot sifatida har qanday fan nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega.[1]

Ko’rinadiki, metodologiya va metod tushunchalari o’zaro uzviy bog’liqdir. Xususiy fan metodlari bilan umumiy ilmiy metod bir-biri bilan munosabatdadir.

Bilish usullari umumiy va xususiy bo’ladi. Shuning uchun u falsafiy metod, ya’ni umuman bilish usuli haqidagi metod va umumilmiy metodlarga bo’linadi. Birinchi holatda metodologiya u yoki bu falsafiy sistemaga xos bilish metodi tamoyillariga muvofiqligi sifatida tushunilsa, ikkinchi holatda esa metodologiya u yoki bu fan tarmog’iga xos tadqiqot metodlari haqidagi ta’limot sifatida tushuniladi.

Fan metodologiyasi bilishning falsafiy metodining muayyan fan doirasida o’rganilayotgan ob’ekt xususiyatlaridan kelib chiqqan holda konkret qo’llanilishidir.

Falsafiy metod, ya’ni bilish metodi tabiat, jamiyat va tafakkurning umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot sanaladi.

Umummetodologik tamoyillar turli fanlar bergan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.

Har qanday fan maxsus tadqiqot metodlarini ishlab chiqadi. Bu ilmiy tadqiqot metodlari falsafiy va mantiqiy metodlar bilan umumilmiy metodlar orqali muvofiqlashadi.

Xususan, tilshunoslikda qo’llaniladigan metodlar matematika yoki fizikada qo’llaniladigan metodlardan farq qiladi. Fizikada asboblar yordamidagi eksperiment metodi ustuvorlik qilsa, tilshunos matn tahlili va uni umumlashtirish usulidan ko’proq foydalanadi.

Tilshunoslikda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, struktur singari metodlar qo’llaniladi va ulardan qaysi birining ustuvor metodga aylanishiga ko’ra tilshunoslik tarixi ham turli bosqichlarga bo’linadi.

Metod atamasi bilan metodika atamasi ko’p hollarda sinonim sifatida ishlatiladi. Lekin metod va metodika bir-biridan farq qiladi. Metod bilish usuli bo’lsa, metodika bilish usulida qo’llaniladigan yo’l-yo’riqdir.

Tavsifiy metod. Tavsifiy metod tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa bu metod til o’qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega.

Tavsifiy metodning o’ziga xos jihati shundan iboratki, u ob’ektni bevosita sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asoslanib o’rganadi. Xususan, tilshunoslikda o’rganish ob’ekti matn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so’zlar, so’zlardan morfemalar, morfemalardan tovushlar ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi.

Tavsifiy metod ma’lumotlari boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo’lib xizmat qiladi. Xususan, struktur metod tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko’radi. Yoki qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan ob’ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. Demak, u ham tavsifiy metod xulosalari asosida ish ko’radi.

Qiyosiy-tarixiy metod. Olamni bilishda o’rganilayotgan ob’ektni qiyoslash katta rolь o’ynaydi. Oldin o’rganilgan ob’ektni yangi o’rganilayotgan ob’ektga qiyoslash bilishning eng asosiy usullaridan biridir. Qiyoslash natijasida qiyoslanayotgan ob’ektlarning umumiy va o’ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bunday usul tilshunoslikda ham qardosh va qardosh bo’lmagan tillarning umumiy va o’ziga xos jihatlarini yoritishda keng qo’llaniladi. Shuning uchun ham qiyoslash umumilmiy tafakkur jarayoni sifatida lingvistik tahlilning barcha metodlarida uchraydi.

Lekin lingvistik tadqiqot metodikasida bir tilning ichki tuzilishi bo’yicha qiyoslash va tillararo qiyoslash jiddiy farqlanadi. Bir tilning ichki tuzilishi bo’yicha qiyoslash shu tilning turli grammatik hodisalari va kategoriyalarini o’z ichiga oladi. Masalan, sifat bilan ravish qiyoslanadi va ularning umumiy hamda o’ziga xos jihatlari aniqlanadi.

Tillararo qiyoslashda turli tillar bir-biriga taqqoslanadi.

Tillararo qiyoslash, bir tomondan, qardosh tillarni, ikkinchi tomondan, noqardosh tillarni o’rganish va o’qitish tajribasi ta’sirida maydonga keldi.

Tillararo qiyoslash o’ziga xos tadqiqot usullari sistemasiga ega. U ikki xil tilshunoslik metodini vujudga keltirdi. Birinchisi, qardosh tillarni qiyoslash, ikkinchisi esa noqardosh tillarni qiyoslash.

Birinchi tipdagi qiyoslashda qardosh tillardan bittasini boshqasiga qiyoslash yo’li bilan ularning tarixiy taraqqiyoti, ular o’rtasidagi farqlanish jarayoni ochib beriladi. Bunday qiyoslash qiyosiy-tarixiy metod asosida olib boriladi. Bu metod tillarning genetik umumiyligiga asoslanadi.

Ikkinchi tipdagi qiyoslash turli sistemadagi tillar asosida olib boriladi va uning natijasida tipologik kategoriyalar aniqlanadi. Bunday metod qiyosiy-chog’ishtirma metod sanaladi.

Struktur metod va uning yo’nalishlari. Tilshunoslik tarixida strukturalizm XIX asrning 70-yillaridan boshlab hukm surgan yosh grammatikachilarning pozitivistik qarashlariga qarshi maydonga chiqa boshladi. Ularning yosh grammatikachilarga qarshi chiqishiga frantsuz “sotsiologik maktabi” va Fosslerning “nemis neofilologik maktabi” qarashlari ma’lum darajada zamin yaratdi. Garchi bu maktablar yosh grammatikachilar qarashlaridan tamoman uzilmagan bo’lsa ham, lekin tilni, bir tomondan “sotsial fakt”, ikkinchi tomondan, psixologizm deb tushunish strukturalizmning maydonga kelishiga turtki bo’ldi.

Har qanday ilmiy oqim kabi strukturalizm ham o’z g’oyaviy asoslariga ega. Struktur tilshunoslikning paydo bo’lishiga I.A.Boduen de Kurtene va F.de Sossyur qarashlari asos bo’lib xizmat qildi.
I.A.Boduen de Kurtene tilshunoslikka funksionallik tamoyilini olib kirdi. Uning ma’nosi shuki, lingvistik vositalar nutq jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab belgilanadi. Bunday tamoyil fonetika sohasida fonema tushunchasining tug’ilishiga olib keldi.

V.Matezius fikriga ko’ra, Boduen, Sossyur g’oyalariga asoslangan fuktsional va struktural nuqtai nazar hozirgi kunda tilshunoslik istiqboli uchun puxta zamin yaratuvchi yagona nazariyadir.

F.de Sossyurning tilga elementlar munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida yondashuvi, nutqiy faoliyatning til va nutq o’rtasidagi o’zaro munosabatdan tashkil topgan butunlik deb e’tirof etishi, tilning sinxron va diaxron holatini aniqlab berishi va uning belgilik tabiatini yoritishi struktur tilshunoslikning tug’ilishiga zamin yaratdi.

Shuning uchun A.A.Xolodovich F.de Sossyur kitobining tilshunoslik tarixidagi ahamiyati haqida fikr yuritar ekan, uning dunyoga kelishi tilshunoslik tarixida yangi davrning boshlanishiga olib keldi, deydi.

Bundan tashqari, struktur tilshunoslikning paydo bo’lishiga XX asrda tabiiy fanlar qo’lga kiritgan yutuqlar ham sabab bo’ldi. Xususan, XX asrning birinchi choragida fizika fanida eng kichik zarrachalar kashf etildi. Buning natijasida bevosita sezgi a’zolarimiz ta’siriga beriladigan har qanday hodisalar o’z ichida ichki tarkibiy qismlardan tashkil topishi va bu tarkibiy qismlarning o’zaro munosabati strukturani hosil qilishi haqida fikr yuritildi. Shunday qilib, struktura atamasi ostida muayyan butunlik tarkibida ishtirok etgan elementlar o’rtasidagi munosabatlar usuli, Harakteri, qonuni tushunila boshlandi.

Bu davrda struktura tushunchasi barcha fanlar uchun ommaviy tushunchaga aylandi. Bundan tilshunoslik ham istisno emas. Ana Shunday umumiy tendentsiya ta’sirida sistemaviy-struktur tilshunoslik maydonga keldi.

Barcha fanlarda struktura atamasi keng qo’llanayotgan bo’lsa ham, lekin bu atama talqinida xilma-xillik vujudga keldi. Ana Shunday xilma-xillik tilshunoslikka ham o’z ta’sirini ko’rsatdi.

Tilshunoslikda struktura atamasi turli ma’noda talqin qilinadi. Ulardan keng tarqalgani ikki xildir:

Birinchisida struktura deb o’zaro bog’langan va shartlangan munosabatda bo’lgan elementlardan tashkil topuvchi butunlik tushuniladi. Strukturaga bunday yondashuv o’rganilayotgan ob’ektni uni tashkil etgan elementlar o’rtasidagi ichki aloqa va bog’liqlikni yoritishni talab etadi.

Ikkinchi yo’nalishda esa struktura sof shakllar va sof munosabatlar sifatida tushuniladi. SHakl esa konkret qo’llanilishdan uzilgan holda talqin qilinadi.
Ana shundan kelib chiqqan holda struktur tilshunoslikning turli tarmoqlari dunyoga keldi. Ular funksional lingvistika, glossematika va deskriptiv lingvistika yo’nalishlaridir.

Glossematika. Struktur lingvistikaning muhim tarmog’i glossematikadir. Bu yo’nalish F.de Sossyur kontseptsiyasi asosida, lekin uning qarashlariga bir tomonlama yondashgan holda maydonga keldi.

Glossematika yunoncha glossa “til” so’zidan olingan bo’lib, bu yo’nalish tarafdorlarining e’tirof etishiga ko’ra, ob’ektni o’rganishda o’ta sub’ektivizmga yo’l qo’ygan va Shuning uchun noilmiy bo’lgan an’anaviy tilshunoslikka qarama-qarshi ravishda paydo bo’ldi.

Glossematikaning asosiy tamoyillari V.Brendalning “Struktural lingvistika”, L.Elmslevning “Til nazariyasi tezislari”, “Boshqaruv tushunchasi”, “Lingvistikada struktur tahlil metodi”, “Til va nutq” singari bir qator asarlarida bayon qilingan.

V.Brendal yuqorida ko’rsatilgan asarida struktural lingvistikaning paydo bo’lish sabablari haqida yozar ekan, bu yo’nalish maydonga kelgunga qadar bo’lgan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, yosh grammatikachilar qo’llagan tekshirish metodlariga baho beradi. Adabiy oqimlarning naturalizm va realizm davriga xos eng kichik faktlarni aniq va sinchkovlik bilan tahlil etish tamoyilidan ilhomlangan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sof pozitivistik xususiyatga ega bo’lgani, u bevosita kuzatishga beriluvchi hodisalarni, ya’ni tovushli nutqni o’rganish bilan cheklanganligiga tanqidiy baho beradi.

XX asrda ko’zga ko’ringan gnoseologlar pozitivistik nuqtai nazarning kuchsiz tomonlarini ochib tashladi. Bunday kontseptsiya hozirgi fanning ravnaqi uchun endi xizmat qilolmasligi aniq bo’lib qoldi.

Natijada barcha fanlarda, Shuningdek, lingvistikada ham antipozitivistik ruh kuchaydi.1 Ana Shunday sharoitda struktur tilshunoslik paydo bo’ldi.

Strukturalizm nomi bilan ma’lum bo’lgan yangi nuqtai nazarning Harakterli belgisi, uning fikricha, butunlik tushunchasiga ta’kid berishdir.

Glossematikaning asosiy tamoyillari uning yirik vakili bo’lgan L.Elьmslev asarlarida yorqin tarzda o’z ifodasini topgan.

Uning fikricha, struktura o’z ichki tartibiga asoslangan ierarxiya ekanligi va yagona tayanch nuqtaga egaligi bilan Harakterlanadi. Bu ierarxiyani faqat deduktiv yo’l bilan yoritish mumkin.

Xuddi Shunday ierarxiyani o’rganishga mo’ljallangan deduktiv metodni esa empirik yoki immanent-semiologik metod deb hisoblaydi.

Empirik yoki immanent-semiologik metod belgilar funktsiyasini lingvistik tadqiqotlarning asosiy predmeti deb hisoblaydi. Bu metod, L.Elmslev ta’biri bilan aytganda, semiologik hodisalar bilan semiologik bo’lmagan hodisalarni farqlamasdan, ularni aralashgan holda o’rganuvchi har qanday metoddan afzallikka ega. Empirik metod bu soddalik tamoyiliga asoslangan metoddir.

Struktural lingvistika tilshunoslikda yangi yo’nalish sanalib, uning metodi bir vaqtning o’zida deduktivlik va empirik tamoyilga asoslanishini bayon qiladi.

“Tilshunoslik va struktur tahlil metodi” asarida hozirgi tilshunoslikning asoschisi ko’p jihatdan F.de Sossyur hisoblanishi, Chunki u birinchilardan bo’lib, tilni struktur o’rganishga, ya’ni til birliklarini bevosita nutq jarayonida qanday voqelanishidan qat’i nazar, ular o’rtasidagi munosabatni o’rganishga da’vat etganini bayon qiladi.

Ana shundan kelib chiqqan holda, u real til birliklari tovush yoki harf va ma’nolar emas, balki tovush yoki harf va ma’nolar yordamida gavdalangan munosabat elementlaridir, degan xulosaga keladi. Muhim narsa tovush yoki harflardan iborat emas, balki nutq zanjirida va grammatikadagi paradigmalarda mavjud bo’lgan munosabatlardir. Xuddi ana shu munosabat til sistemasini tashkil etadi, ana shu ichki sistema ma’lum bir tilni boshqa bir tildan farqlab turuvchi Harakterli belgi sanaladi.

Shuning uchun munosabatlar tugunini o’rganish lingvistikaning bosh maqsadi bo’lishi kerakligini, bu munosabatlar tugunining konkret namoyon bo’lishi til uchun muhim emasligini bayon qiladi. Uning fikricha, ma’lum bir qiymat turli moneta, qog’oz pul, cheklar orqali namoyon bo’lishi mumkin. Lekin ular qanday gavdalanishidan qat’i nazar qiymat o’zgarmaydi.

Funksional lingvistika.

Funksional lingvistika. Praga strukturalizmi. Struktur tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishida Praga lingvistika maktabi alohida o’rin egallaydi. Bu maktab negizida 1926 yilda mashhur chex tilshunosi V.Matezius (1882-1945) tashabbusi bilan tashkil etilgan Praga lingvistik to’garagi a’zolarining qarashlari yotadi. Praga lingvistik to’garagining nazariy qarashlari 1929 yilda Pragada bo’lib o’tgan slavyanshunoslarning I xalqaro se’zdida tavsiya etilgan “Praga lingvistik to’garagi tezislari”da bayon qilingan.

Praga lingvistik maktabining o’ziga xos xususiyati strukturlik va funksionallikdadir. Bu maktab vakillari tilning strukturligiga tayanish bilan birga, til va uning birliklarining vazifasiga jiddiy e’tibor beradilar.

Praga maktabi lingvistik kontseptsiyasining ikki muhim jihati mavjud. Ularning har ikkisi Praga maktabining lingvistikaga olib kirgan yangiligi uchun bir xil qimmatga ega. Bu muhim ikki jihatning birinchisi strukturallikdir. Praga lingvistlari lingvistik muammolar qatoriga struktura muammosini, ya’ni tilning struktur Harakteri va uning qismlari o’rtasidagi munosabat muammosini olib kiradi.

Ikkinchi jihat shundan iboratki, Praga lingvistik maktabi funksionaldir. “Funktsiya” atamasi bu o’rinda tobelilik (“zavisimostь”) ma’nosida emas, balki vazifa ma’nosida qo’llaniladi.

Shunday qilib, strukturlik va funksionallik Praga lingvistik maktabining ikki muhim xususiyati hisoblanadi. Shuning uchun ham Praga lingvistik maktabi funksional lingvistika nomi bilan yuritiladi.

“Praga lingvistik to’garagi tezislari”da bayon qilinishicha, til inson faoliyatining hosilasi bo’lishi bilan birga, ma’lum maqsadga yo’naltirilganlik xususiyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun lingvistik tahlilga funksional nuqtai nazardan yondashmoq lozim. Ana shu jihatdan til muayyan maqsadga xizmat qiluvchi ifoda vositalari sistemasi hisoblanadi.1

Tezisda tildagi hech bir hodisa shu til mansub bo’lgan sistemani hisobga olmasdan turib to’g’ri tushunilishi mumkin emasligi, Shuning uchun tilga funksional sistema sifatida yondashish lozimligi ta’kidlanadi.

N.S.Trubetskoy til va nutq dixotomiyasini e’tirof etgani holda, nutqiy jarayonning bu ikki aspekti o’rtasida katta tafovut mavjudligini, Shuning uchun nutqiy jarayonning tovush tomonini turli fanlar o’rganishi lozimligini ko’rsatadi.

Ana shu asosda N.S.Trubetskoy til tovushlari va nutq tovushlarini ajratadi. Uning fikricha, nutq tovushlari haqidagi ta’limot konkret moddiy hodisalar bilan ish ko’rganligi tufayli tabiiy fanlarning tekshirish metodi bilan ishlash lozim bo’lsa, til tovushlari, aksincha, sof lingvistik metod bilan ish yuritadi. Shunga ko’ra, nutq tovushlari haqidagi ta’limotni fonetika, til tovushlari haqidagi ta’limotni esa fonologiya deb nomlanishini ta’kidlaydi.1

Funktsiya tushunchasini Praga lingvistlari tilni funksional sistema sifatida talqin etishda rivojlantirdilar.

Boduen de Kurtene tashqi va ichki lingvistikani bir-biridan ajratar ekan, tilni tildan tashqaridagi borliqdan ajratib o’rganishga qat’iy qarshi chiqadi. Shuning uchun u adabiy til bilan xalq shevalari o’rtasidagi munosabatni o’rganishga alohida ahamiyat beradi.

Praga lingvistlari Boduenning bu qarashlarini rivojlantirdilar. Ular hech qanday til bo’shliqda yashamasligi, uning til jamoasi o’rtasida mavjud bo’lishini, jamoaning kommunikativ va ekspressiv ehtiyojini qondirish uchun yashashini ta’kidlaydilar. Ana shundan kelib chiqib, Praga tilshunoslari nutqiy faoliyatni ikki asosiy funktsiya bajarishini ko’rsatadi: 1) sotsial funktsiya (individlar o’rtasidagi munosabat); 2) ekspressiv funktsiya (hayajon ifodalash, so’zlovchiga ta’sir etish).

Nutqiy faoliyatning sotsial funktsiyasi, o’z navbatida, yana ikki guruhga ajratiladi: 1) axborot funktsiyasi. Bunda so’zlovchining butun e’tibori ma’lum axborotni uzatishga qaratiladi; 2) poetik funktsiya. Bunda asosiy e’tibor axborotni uzatish shakliga qaratiladi, ya’ni nimani ifodalash bilan birga, qanday ifodalashga asosiy e’tibor qaratiladi.

Tildan kommunikativ funktsiyada foydalanish jarayonida unga tilga yondosh (ekstralingvistik) hodisalar ham yordamga keladi. Bunday hodisalar qatoriga imo-ishoralar, mimika, nutq vaziyati singari hodisalar kiradi.

Bunday tilni Praga tilshunoslari amaliy til deb hisoblaydilar va uni ma’lum nutqiy vaziyatdan holi bo’lgan sistemadan iborat nazariy tilga qarama-qarshi qo’yadilar. Nazariy til aniq va to’liq, ko’pincha grafik belgilar va simvollar orqali ifodalangan bo’ladi. Xususan, ilmiy uslub orqali namoyon bo’lgan til ana Shunday xususiyatga ega bo’ladi.

Praga tilshunoslari funktsiyaga alohida e’tibor berganliklari holda, nutqiy faoliyatning turli funktsiyalari mavjud ekanligi, ularning har biriga turli funksional tillar to’g’ri kelishi lozimligini ta’kidlaydilar.

Til funktsiyalari nazariyasi va u bilan bog’liq adabiy tilning funksional farqlanishi masalasi Praga lingvistik maktabi vakillarining ilmiy va amaliy faoliyatida muhim o’rinni egallaydi.

Praga tilshunoslari tilning barcha sath birliklarini funksional o’rganishga alohida ahamiyat berdilar.

Deskriptiv lingvistikaning tahlil metodları.
Deskriptiv lingvistika F.Boas (1808-1942), E.Sepir (1884-1939) va L.Blumfild(1887-1949)lar nomi bilan bog’liqdir.

V.A.Zvegintsevning ta’kidlashicha, Amerika strukturalizmi to’g’ridan-to’g’ri F.de Sossyur ta’limotidan kelib chiqqan emas. U Amerika induslarining tilini o’rganish jarayonidagi amaliy ehtiyoj zamirida vujudga keldi.1

Mashhur lingvist va antropolog F.Boas Amerika induslari tilini o’rganish bilan shug’ullanar ekan, barcha tillar uchun umumiy bo’lgan tekshirish tamoyillaridan voz kechish, uning o’rniga o’rganilayotgan konkret tilning ichki xususiyatiga asosiy e’tiborni qaratishga, deduktsiya asosida emas, balki induktiv usul bilan o’rganishga da’vat etadi.

Amerika induslari tilini o’rganish chog’idagi o’z tajribasiga suyangan holda, F.Boas Hind-Evropa tillari materiallari asosida maydonga kelgan tadqiq metodlarini bu tillarga qo’llash mutlaqo mumkin emasligini asoslashga harakat qildi.

Amerika induslari tili, birinchidan, Hind-Evropa tillaridan farq qiluvchi o’ziga xos kategoriyalarga ega. Ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotining oldingi davrlari haqida guvohlik beruvchi yozma manbalariga ega emas. Uchinchidan, ularning dunyodagi qaysi tillar bilan qarindoshligi hali noma’lum. Bu faktorlar esa, F.Boasning fikricha, Amerika induslari tilining tashqi, formal tomoniga asoslangan ob’ektiv tekshirish metodlarini ishlab chiqishga ehtiyoj tug’diradi. Ana Shunday tekshirish metodi sifatida deskriptiv (tavsifiy) metod paydo bo’ldi.

Deskriptiv metodni targ’ib qiluvchi tilshunoslarning fikriga ko’ra, tilshunoslikning bosh vazifasi tilni tavsiflash, ya’ni til faktlarini tushuntirish, izohlash emas, balki ro’yxatga olishdan iboratdir. Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda, bunday tadqiqot metodi deskriptiv (ingl.to dessribe-“tavsiflash”) metod nomini oldi.

Sepir til va madaniyat munosabati haqida fikr yuritar ekan, til qurilishi bilan madaniyatning to’g’ridan-to’g’ri muvofiqligini topish mumkin emasligi, xalq madaniyati uning tilidagi lug’at tarkibi bilan bog’liq ekanligini bayon qiladi. Uning til va madaniyat yuzasidan olib borgan kuzatishlari keyinchalik tilning xalq madaniyati, urf-odatlari bilan munosabatini o’rganuvchi alohida lingvistik yo’nalish -etnolingvistikaning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qildi.

Sepirning fikricha, inson ma’lum darajada o’zi mansub bo’lgan til hukmronligida yashaydi, «real borliq» ma’lum darajada shu jamiyatning til me’yorlarida o’z tuzilishini aks ettiradi. Natijada u tilning qaysi shaklda ekanligi ob’ektiv borliqning qanday bo’linishiga olib keladi, degan g’ayriilmiy xulosaga keladi. Xuddi ana shu g’oya «Sepir-Uorf gipotezasi» nomi bilan mashhur bo’lgan gipotezada ham o’z ifodasini topdi.

Bu gipotezaning Sepir va Uorf nomi bilan yuritilishining sababi shundaki, Sepir bayon qilgan yuqoridagi g’oya B.Uorf (1897-1941) tomonidan ham olg’a suriladi.

L.Blumfild deskriptiv lingvistika sistemasining bevosita yaratuvchisi sanaladi. Yu.D.Apresyanning ta’kidlashicha, Amerika lingvistik maktabining vujudga kelishi E.Sepir va L.Blumfildlar nomi bilan bog’liqdir. Ularning ta’limotlari asosida Amerika lingvistikasining ikki tarmog’i maydonga keldi. Ularning biri Sossyur strukturalizmining davomchilari bo’lib, L.Blumfild qarashlari, ikkinchisi esa E.Sepir qarashlari asosida shakllandi.1 L.Blumfild ta’limoti Sossyur strukturalizmining bir ko’rinishi sifatida maydonga keldi. E.Sepir qarashlari asosida maydonga kelgan ikkinchi tarmoq esa, Sossyur strukturalizmidan birmuncha chetga chiqadi. Chunki bu ta’limotda tilning struktur tahlili natijalari shu til egalari bo’lgan xalqning moddiy va ma’naviy madaniyati struktur tahlili natijalari bilan solishtiriladi.

Distributiv tahlil metodi.
Distributiv tahlil, bevosita
ishtirokchilarga ajratish va transformatsion tahlil metodlari hozirgi kunda butun
jahon tilshunosligida keng qo‘llanib kelayotgan metodlar hisoblanadi.
BEVOSITA ISHTIROKChILAR
METODI
Ushbu metodda nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday
qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganadi.
Bevosita ishtirokchilar – BI metodiga muvofiq avval gapdagi tayanch nuqta –
konstruksiya, so‘ngra mazkur konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita
ishtirokchilar ajratiladi. Konstruksiya bu ma’noli qismlarning ketma-ket
munosabatidan tashkil topgan butunlik bo‘lib, kattaroq konstuksiya tarkibiga
kirgan barcha so‘z va morfemalar ishtirokchilar, mazkur konstuksiyaning bevosita
shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir nechta ishtirokchilar esa bevosita
ishtirokchilar deyiladi.
Masalan, Shabboda qurg‘ur ilk sahar olib ketdi gulning totini misrasida
olib ketdi gulning totini BI (bevosita ishtirokchilar), qolgan so‘zlar esa
ishtirokchilar sanaladi. Bu gapda bir nechta konstruksiya mavjud bo‘lib, har bir
konstruksiya qismlarga bo‘linadi va bu bo‘linish o‘zaro graduallik –darajalanish

xususiyatiga ega bo‘ladi. Demak, BI tahlilida, avvalo, so‘z birikmalari ajratiladi va

ular quyidagi qoidalarga amal qilgan holda birlashtiriladi:
bir vaqtning o‘zida 2tadan ortiq bo‘lmagan elementlar birlashtiriladi;
o‘zaro bog‘lanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas;
BI tahlilini qo‘llash tartibi qat’iy belgilangan bo‘ladi. Shu xususiyatlardan
kelib chiqib, ushbu metod birlashtirish metodi deb ham ataladi.

Transformatsiya metodi.

TRANSFORMATSION TAHLIL METODI
Transformatsion tahlil metodida sintaktik qurilmalar - konstruksiyalarning

muayyan qoidalar asosida boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi – ya’ni

transformatsiyalanishi tushuniladi. Transformatsiya – qayta tuzish, o‘zgartirish
ma’nosini bildirib, “transformatsion tahlil” va “transformatsion metod”
tushunchalarini sinonim sifatida ishlatish mumkin. Ushbu metod yordamida
transformatsiyaga uchragan har bir sintaktik qurilmaning tarkibi, bunda namoyon
bo‘lgan o‘ziga xos semantik jihatlari ham chuqur o‘rganiladi. Demak transformatsion tahlil metodi til
sistemasining ichki mikrosistemalarni – yadro
gaplar va ulardan hosil bo‘lgan transformalarni, to‘g‘rirog‘i, yadro gaplardan
transformalarning hosil bo‘lish jarayonini o‘rganadi.
Masalan, Talaba kitob oldi gapining transformatsion shakllari (talaba olgan
kitob, talabala tomonidan olingan kitob, kitob olgan talaba, talabaning kitobi)
nutqiy variantlaridan iborat bo‘lib, transformatsion tahlil metodi asos - yadro gap
(talaba kitob oldi)dan transformatsiyalashgan sintaktik modellarni, ya’ni
transformatsiyalanish qoidalari, mexanizmini o‘rganadi. Transformatsion tahlil
metodining asosiy vazifasi muayyan tilda mavjud bo‘lgan yadro gaplarni aniqlash,
uning sintaktik mohiyati va maqsadga ko‘ra turlicha namoyon bo‘lish
imkoniyatlarini ochishdir. Bu metod lingvistik eksperimentlarning bir turi bo‘lib,
hozirgi zamon tilshunosligida, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda
qo‘llanilayotgan muhim metodlardan biri hisoblanadi va hozirgi kunda mashina
tarjimasi, injener va matematik lingvistikasi sohalarida keng qo‘llanadi.
Tasviriy metodning asosiy usullari.
Distributiv metodi (inglizcha distributsiya - taqsimot) yordamida tildagi birlik va elementlarning qo‘llanish o‘rinlari va holati tushuniladi. Tildagi biror unli tovushning distributsiyasi uning so‘zning boshi, o‘rtasi va oxirida, urғuli yoki urғusiz holatda, ochiq yoki yopiq bo‘ғinda bo‘lishini ko‘rsatadi. Biror elementning umumiy distributsiyasi deganda, uning barcha qo‘llanish holatlari va boshqa elnmentlar bilan birikib kelishi tushuniladi.

Odatda to‘rt turli distributsiya farqlanadi:

1. Ikki elementdan biri uchragan o‘rinda ikkinchisi uchramasa, ular bir-birlariga nisbatan to‘ldiruvchi distributsiyada bo‘ladi. Masalan, |p,t,k| undosh tovushlari unlilardan oldin, ikki unli o‘rtasida so‘z oxirida kelganda, aspiratsiyali, boshqa o‘riniarda, undoshlar biian yonma-yon kelsa, aspira-tsiyasiz tovushlar hisoblanadi. Demak, aspiratsiyali |ph,th,kh| tovushlar uchragan o‘rinda aspiratsiyasiz |p,t,k| tovushlari uchramaydi. SHu sababli bu tovushlar |p,t,k| fonemalarining ikki turli allofonlari hisoblanadi.

2. Kontrast distributsiya go‘yo zidlovni eslatadi. Bir o‘rinda qo‘llanib, ma`noni farqlashga xizmat qiluvchi elementlar kontrast distributsiya deyiladi: tok-pok-nok so‘zlari boshidagi undoshlar kontrast distributsiya bo‘lib, shu so‘zlarni farqlaydi. Bunday so‘zlar minimal juftlikdagi so‘zlar deyiladi. So‘z boshidagi |p,t,k| tovushlari fonemalarning allofonlaridir.

3. Erkin variatsiya. Bir xil o‘rinda uchrasa ham ma`noni farqlay olmaydigan elementlar erkin variatsiyada bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilida |e| unlisi so‘z boshida ochiq (eshik, echki kabi) va boshqa hoiatlarda yarim ochiq talaffuz etilishi uning turli variatsiyalarini ko‘rsatadi. Bu distributsiya ba`zan ekvivalent (muqobil) distributsiya deb ataladi.

4. Qisman ekvivalent distributsiya ikki turli element bir o‘rinda ba`zan ishlatilishi, lekin ma`noni farqlay olmasligi bilan izohlanadi. Masalan, "taroq" so‘zi |taroq| va |taroғ|, "cholғu" so‘zi |cholғu| va |chalғu| kabi talaffuz etilishi shu so‘zlarning ma`nolarini farqlamaydi. Aslida esa, talaffuzda almashilgan tovushlarning har biri turli fonemalarning allofonlaridir.

Paradigma usullari Va paradigmatik metodika.
Paradigma fan falsafasi va metodologiyaning tayanch tushunchalaridan bo‘lib, u (yunoncha "namuna", "andaza" ma’nolarini anglatadi) quyidagi ma’noda talqin etiladi: 1) ma’naviy va moddiy olam o‘rtasidagi munosabatni bildiruvchi tushuncha; 2) ilmiy tadqiqot muammolarini hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Fan falsafasida "paradigma" tushunchasi ilk marta G.Bergman tomonidan metodologiyaning normativligiga nisbatan qo‘llanilgan. F.de Sossyur esa paradigmani tilshunoslik termini sifatida so‘z shakllari tizimi (turlanish yoki tuslanish)ga, grammatik shakllar hosil qilish modeliga nisbatan ishlatgan. Lekin paradigma atamasining fan falsafasi termini sifatida keng ishlatilishi amerikalik olim T.Kun nomi bilan bog‘liq. Bu terminni birinchi marta "Ilmiy inqiloblar strukturasi" nomli asarida qo‘llagan: “Jamiyatda inqiloblar tez-tez yuz beradi. Fandagi inqilob ob’ektga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Muayyan fanning taraqqiyot bosqichida ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan, muammoning qo‘yilish va hal etilishi uchun modelь sifatida xizmat qilgan nazariya, qoidalar, metodlar tizimi, yondashuv va ilmiy qarashlar paradigma deb ataladi".
YU.V. YAkoveq paradigma deganda olamning ilmiy manzarasini tasvirlovchi ustuvor qarashlar va nazariyalar tizimini nazarda tutsa, YU.Xabermasga ko‘ra u ilmiy qiziqishlar demak. V.S.Stepin paradigma ratsionallikning bir ko‘rinishi bo‘lib, ideallar, me’yorlar, olam manzarasi, falsafiy talqinlarni o‘z ichiga oluvchi ilmiy strategiya desa3, T.Kisel ilmiy paradigmani keng va tor ma’noda tushunish mumkin deydi:

keng ma’noda paradigmalar - tadqiqot texnikasida qo‘llaniladigan qarashlar, mezon va me’yorlar majmui;

tor ma’noda paradigmalar - aniq masalani echish namunalari bo‘lib, ular keyinchalik boshqa muammolarning talqinida ham ishlatiladigan tadqiqot namunalari.

YUqoridagilardan kelib chiqqan holda lingvistik paradigmaga shunday ta’rif berish mumkin: "Lingvistik paradigma tilshunoslik fani amaliyotida hamma tomonidan e’tirof etilgan qoidalar, qarashlar namunasi bo‘lib, u tadqiqotlar olib borish jarayonida olimlar tayanuvchi modeldir". V.fon Gumbolьdtning "antinomiyalari" yoki F.de Sossyurning "til va nutq", "sinxroniya va diaxroniya", "paradigmatika va sintagmatika" haqidagi qarashlari lingvistik paradigmaga misol bo‘la oladi.

V.Z.Demьyankov lingvistik paradigma haqida shunday yozadi: "Paradigma termini muayyan sxema asosida aniq bir muammoning echilishida asos bo‘luvchi ("cho‘qqida turuvchi") mavhum g‘oya va tushunchalar uchun qo‘llaniladi. Xususan, tilshunoslikda deskriptivistik, generativistik, antropoqen-trik paradigmalar haqida gapirish mumkin, bunda til hodisalarini va til faktlarini tushuntirish va tavsiflash usullari majmui nazarda tutiladi". YU.N.Karaulov tilshunoslikda tarixiy, psixologik, sistem-struktur va so-qial paradigmalar mavjudligi haqida yozadi. Bunda olim soqial paradigma asosida sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulьtu-rologiya kabi yo‘nalishlar shakllanganligini alohida ta’kidlab o‘tadi6. Amerikalik olim D.SHifrin tilshunoslikda turli metod va tahlil usullarini o‘z ichiga oladigan ikki paradigmaning mavjudligini e’tirof etadi: formal (strukturalistik) hamda funksional (interaktiv) paradigma7. Lekin olim shuni alohida ta’kidlaydiki, diskursni o‘rganish jarayonida har ikki paradigmaning sinteziga - formal-funksional paradigmaga ehtiyoj seziladi. Ko‘rinib turibdiki, tilshunoslik tarixida paradigmalarning soni va nomlari haqida yakdil mulohaza mavjud emas. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikdagi paradigmal o‘zgarish-lar turlicha nomlar bilan ataldi: funksional, formal-funksional, kommunikativ, kognitiv, kommunikativ-kognitiv, kognitiv-diskursiv kabi.

E.S.Kubryakova tilshunoslik tarixida 4 asosiy paradigma mavjudligi haqida to‘xtaladi: an’anaviy, generativ, kognitiv va kommunikativ paradigma. Olima zamonaviy lingvistik paradigmalarga aloqador barcha yo‘nalishlar uchun xos bo‘lgan quyidagi asosiy metodologik tamoyillarni ajratib ko‘rsatadi.

Oppozitsiya usuli.
Oppozitsiya - qarama-qarshi qo‘yish, zidlov metodi tildagi birliklarning paradigmatik tasnifi uchun qo‘llaniladi. Tildagi barcha birliklar bir-birlariga qarama-qarshi bo‘lib, o‘zaro so‘z, morfema, so‘z birliklari, turli grammatik konstruktsiyalarni va gaplarni farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birliklar o‘rtasidagi turli qarama-qarshiliklarning umumiy turlarini aniqlash mumkin (bir o‘lchovli - a: b; ko‘p o‘lchovli- a: b:c:d: kabi). Bu zidlovlarning a`zolari o‘rtasidagi munosa-batlarni proportsional va vakkalangan. privativ (+, - belgisi bo‘yicha), poғonali (gradual) (masalan, |i-a|o‘rtada |e|ni "sakrab" o‘tiladi, yoki qaratqich kelishigi bilan chiqish kelishi-gi oppozitsiyasi o‘rtasidagi boshqa kelishiklarni tushirib qoldirishga asoslangan), teng huquqli (ekvipolent) oppozitsiya (masalan, jp-t||t-k|bir hil belgili: portlovchi, jarangsiz) sifatida qaraladi [Bu oppozitsiyalar lisoniy va mantiqiy jihatdan asoslangan.
Semantik maydon usuli.
qoʻllanishda metonimiya (yaqinligi boʻyicha: kiyimning manjetlari va yoqasi) va metafora (almashtirish boʻyicha: soch oʻrniga oltin, koʻz oʻrniga yoqut va boshqalar) muhim ahamiyatga ega.
Yaxshi yoki yomonroq: Masalan, “yomon” shahar aholisini bildirgan bo‘lsa, bugungi kunda bu asl ma’noga hech qanday aloqasi bo‘lmagan kamsituvchi ma’noga ega.
Tarixiy va ijtimoiy sabablar: kam yozgan qalam qalam favvoraga aloqasi bor, lekin ikkala iboraning birinchi so'zida atamalarning saqlanishi kuzatilgan. Yoki madaniyatlarga va vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadigan "tabu", ko'proq yoki kamroq taqiqlangan yoki haqoratli so'zlar. Masalan, avval “ko‘r” so‘zi keng tarqalgan bo‘lib, bugungi kunda “ko‘r” yoki “nogiron” so‘zi o‘rniga ishlatiladi; "qora" so'zi "rangli" so'zi bilan almashtiriladi va hokazo.
Evfemizm: bu so'zning ma'nosini o'rab olishning boshqa kamroq munozarali yoki yoqimliroq topish usulidir: masalan, "eshak" o'rniga "pastki" yoki oldingi epigraf semantikasining so'nggi namunalari.
Disfemiya: evfemizmga qarama-qarshidir; Bu holatda qattiqroq yoki noqulay iboralar qo'llaniladi: masalan, "oyoqni cho'zish" (o'lish uchun).
Statistik usullari.
Ushbu metod lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi qo‘llanish miqdorini tadqiq qiladi. Mazkur metod til sathlarining barchasiga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Biroq uning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi leksikologiya va leksikografiya hisoblanadi. Statistik tahlil asosida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar yordamida eng faol va eng passiv so‘zlar, so‘zlarning me’yoriy va me’yoriy bo‘lmagan qo‘llanishi belgilanmoqda, tarqalish chegarasi, ko‘lami aniqlanmoqda.
Bu metod nazariy va amaliy tilshunoslik uchun qimmatli ma’lumotlar beradigan chastotali lug‘atlar tuzish, lug‘at minimumlari yaratishda qo‘llanadi. Shuningdek, so‘z shakllari, fonema, morfemalarning qanday taqsimlanishi, o‘zaro birikuvda qanday faollikka egaligini ham aniqlashga yordam beradi.
AVTOMATIK TAHLIL METODI
Ushbu metod davr talabi bilan yaratilgan zamonaviy tahlil metodlaridan biri bo‘lib, uning o‘ziga xosligi elektron-hisoblash mashinalari (EHM), kompyuterlar yordamida tilni muayyan, bo‘laklar, lisoniy birliklar, formal qismlarga ajratish orqali bir tildagi lisoniy birliklar mazmuni boshqa tilga ko‘chiriladi, ya’ni kompyuter vositasida avtomatik tarjima qilinadi. Buning uchun avval matnni tarjima qilish imkoniyatini beradigan qoidalar tizimi yaratiladi, so‘ngra mazkur qoidalarni mashina tilida yozish, ya’ni mazkur qoidalarni amalga oshirish uchun dastur yaratiladi. Dastur va lug‘at maxsus shartli belgilar bilan yoziladi va mashinaga kiritiladi.
Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling