Mavzu: Oʻzga gap. Oʻzgalar nutqini ifodalash usullari. Koʻchirma gap. Reja


Download 20.61 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi20.61 Kb.
#1615437
  1   2   3
Bog'liq
16-MAVZU Oʻzga gap. Oʻzgalar nutqini ifodalash usullari. Koʻchirma gap


16-MAVZU: Oʻzga gap. Oʻzgalar nutqini ifodalash usullari. Koʻchirma gap.
Reja:
1. Oʻzgalar nutqini ifodalash usullari.
2. Koʻchirma gap.
3. Oʻzlashtirma gap.
Tayanch tushunchalar: koʻchirma gap, oʻzlashtirma gap, muallif gapi dialog, monolog.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari:

t/r

Mustaqil ta’lim mavzulari

Bajarilish shakli

1

Koʻchirma gapli qoʻshma gap va o‘zlashtirma gap

Badiiy asarlardan 30 ta misol topib yozish



Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.M.Hamroyev,
D.Muhamedova, D.Shodmonqulova,X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. - 300 bet.
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar toʻplami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. - 240 bet.
3. E.Qilichev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti.
4. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. M.Hamroyev. Ona tili. Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2013. 25-40


Oʻzgalarning nutqini ifodalash usullari
Muallif oʻz nutqida boshqalar ifodalagan fikrlardan ham foydalanishi mumkin. Bunday fikrlar koʻchirma gap, oʻzlashtirma gap, dialog va koʻchirma shaklida beriladi.Koʻchirma gap. Oʻzgalarning hech oʻzgarishsiz berilgan gapi koʻchirma gap deyiladi. Koʻchirma gapda ikki xil gap boʻladi: koʻchirilgan gap va muallif gapi. Ikkalasi birgalikda koʻchirma gapli qoʻshma gapni hosil qiladi (20; 66). Muallif gapining kesimi dedi, deb soʻradi, deb javob berdi, gapirdi, soʻzladi, aytdi kabi fe’llar bilan ifodalandi. Koʻchirma gaplar soʻzlashuv va badiiy uslublarda koʻp ishlatiladi. Koʻchirilgan gap muallif gapidan avval, undan keyin, uning ichida, uning ikki tomonida kelishi mumkin: "Mehnat ishtaha ochar", - deydi bobom. Choʻpondan soʻradik: "Bu qoʻylar kimning qoʻyi?" “Men, - dedi u, - ertaga kelaman”. Bosh injener nihoyatda bosiqlik bilan: - Bu gapga Xudoyqulovning aloqasi yoʻq, - dedi.(J.Abd.)
Matndagi har bir yangi fikr, yangi axborot xatboshi bilan beriladi

Download 20.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling