Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari Reja


Download 366 Kb.
Sana11.06.2020
Hajmi366 Kb.
#117307
Bog'liq
Dehqonchilik kurs ishi


Kurs ishi mavzusi: Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari

Reja:

Kirish

Asosiy qism



I bob Oziqaning o`simlik hayotidagi ahamiyati

    1. Azotli, fosforli, kaliyli o`g`itlar

    2. Mikroeelementlar

II bob Oziq moddalar balansi

2.1 Tuproq tasnifi

2.2 Ozuqa konsentratsiyasining o`simlik oziqlanishiga ta`siri

2.3 Tuproqda makro va mikroelementlar balansi



III bob Turoq oziqa rejimini boshqarish usullari

3.1 Havo orqali boshqarish

3.2 Namlik orqali boshqarish

3.3 Harorat orqali boshqarish

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati



Ilova

KIRISH


Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O‘simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog‘liq. O‘simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o‘simliklarning ham o‘sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq.
O‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o‘g‘itlarga
emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik
moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini
yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo‘llanishiga ham bog‘liqdir.
O‘simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo‘linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof
usullar. Avtotrof oziqlanishda o‘simliklar tuproqdan suvda yerib oksidlangan
mineral tuzlarni o‘zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o‘simliklar uchun asosiy
hisoblanadi.
Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo‘ladi. O‘simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi. Azot
tuproqdagi eng harakatchan va o‘simliklarning muhim oziq elementlaridan biri
hisoblanadi. O‘simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan
bo‘lgan nitratlar, (NO2, NO3 )dan va ammoniy tuzlari (NH4)dan o‘zlashtiradi.
Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish proqessi ammonifikaqiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib, nitrat va nitrat kislotalarga
aylanish proqessinitrofikaqiya deyiladi.
Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go‘ng bilan bir qatorda
oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko‘kat o‘g‘it sifatida dukkakli don
ekinlari ekish ayniqsa yaxshi ta’sir etadi. Tuproqning oziq rejimi va unumdorligi
unda sodir bo‘ladigan mikrobiologik jarayonlarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni
ayrim mikroorganizmlarning hayot faoliyati ta’sirida tuproqda o‘simliklar uchun
zarur bo‘lagan oziq moddalar to‘planadi.
Tuproqdagi turli mikroorganizmlar hayot faoliyati, ularni suv, havo va
issiqlik rejimlariga bog‘liq. Shuning uchun dehqonchilikda turli agrotexnik
tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish zarur. Bunda ayniqsa, yerlarga o‘z vaqtida
ishlov berish, organik-mineral o‘g‘itlar solish, almashlab ekish joriy qilish va
boshqa tadbirlar katta ahamiyatga ega.

I bob Oziqaning o`simlik hayotidagi ahamiyati

Dehqonchilikni kimyolashtirish — ekinlar hosildorligini oshirishning muhim vositasi, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirishning iqtisodiy jihatdan eng samarali yo‘lidir.
Jahon dehqonchiligi tajribasining ko‘rsatishicha, ekinlar hosildorligi tuproqqa kiritiladigan o‘g‘itlar miqdori bilan uzviy bog‘liqdir.

Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi (ba’zi hollarda 60—70% i) mineral o‘g‘itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o‘g‘it qo‘llash bilan bog‘liq
1 so‘mlik sarf-xarajat 2—3 so‘m bo‘lib hosil bilan qaytadi, g‘o‘zani o‘g‘itlashda esa bu ko‘rsatkich 8—9 so‘mni tashkil etadi.
O‘g‘itlardan olinadigan iqtisodiy samara tuproqiqlim sharoitlari, o‘g‘itlarni me’yori, muddati va yuksak agrotexnika tadbirlari asosida qo‘llash bilan uzviy bog‘liq. 1980 yilda dunyo bo‘yicha 111,7 mln. t mineral o‘g‘it
ishlatilgan bo‘lsa, XXI asrning boshlariga kelib, xalqaro amaliy tizimli tahlil instituti (IIASA) hisobi bo‘yicha 287 mln t, BMT qoshidagi Sanoat taraqqiyoti
tashkiloti (UNIDO) ma’lumoti bo‘yicha 307 mln. t mineral o‘g‘it tayyorlanadi. 2015—2020 yillarga kelib bu ko‘rsatkich 2—3 marta oshadi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga 145 kg, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 23 kg mineral o‘g‘it to‘g‘ri keladi.

Tuproq unumdorligi va suv bilan ta’minlanganligi o‘g‘itlar samaradorligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘orma dehqonchilik amalga oshiriladigan sharoitlarda azotli o‘g‘itlarning samaradorligi ancha yuqori. Azotning samaradorligiga tuproqning harakatchan fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi ham
ta’sir ko`rsatadi. Bu moddalar tuproqda kam bo`lgan holda azotning o‘zlashtirilishi keskin kamayadi. Tuproq harakatchan fosfor bilan qancha past darajada ta’minlansa (bo‘z tuproqdar ham shunday tuproqlar jumlasiga kiradi), qo‘llaniladigan fosforli o‘g‘itlar samaradorligining yuqori bo‘lishi kuzatiladi.
Kaliyli o‘g‘itlar mexanikaviy tarkibi yengil (qumli va qumloq) tuproqlarda yaxshi samara beradi. O‘rta va og‘ir qumoqli hamda soz tuproqlar kaliy bilan yuqori darajada ta’minlanganligi sababli ularda kaliyli o‘g‘itlardan olinadigan iqtisodiy samara bir muncha kuchsiz namoyon bo‘ladi.
Mahalliy o‘g‘itlar, xususan go‘ng, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tuproq harorati yuqori, namlik yetarli bo‘lgan sharoitlarda go‘ng yaxshi samara beradi. O`g‘itlardan foydalanishda joriy yil bilan bir qatorda o‘tgan yillardagi iqlim sharoitlarini ham hisobga olish lozim. Kuz faslida yog‘in-sochin kam bo‘lsa, azotli o‘g‘itlarning samaradorligi kamayadi va aksincha, fosforli o‘g‘itlarning samaradorligi oshadi. O‘g‘itlar, ayniqsa mahalliy o‘g‘itlar, tuproqdagi suv sarfini 10—20 % ga kamaytiradi. O‘z navbatida sug‘orish ham o‘g‘itlar samaradorligini oshiradi. O‘suv davrining ilk bosqichlaridagi past harorat o‘simliklarning azot va fosfor bilan me’yorida oziqlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Haddan tashqari yuqori haroratlarda ham o‘simliklarning me’yorida oziqlanish jarayoni buziladi.

O‘g‘itlarning samaradorligiga tuproqlarning mikrobiologik faoliyati ham o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi.

    1. Azotli, fosforli, kaliyli o`g`itlar

Azot

Azot o`simliklar uchun zarur oziq elementlardan biridir. U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar (RNK va DNK), xlorofill, fosfatidlar,
alkaloidlar, ayrim darmondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi. O‘simliklar oziklanishida azot manbai bo’lib ammoniy (NH+4) va nitrat (NO-3) tuzlari xizmat qiladi. O`simliklar tomonidan azotning o‘zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar ketoguruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalardan sintezlanadigan oqsil
molekulasiga birikishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayonga aminlanish deyiladi.

Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish asosida ammiak sintezi yotadi. Ammiak faqat ammoniyli tuzlarni emas, balki turli-tuman azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda
xom ashyo vazifasini o’taydi.
Sintetik ammiak quyidagi usulda olinadi:
N2+3H2=2NH3
Bu jarayon maxsus moslamalarda yuqori bosim va harorat (400— 500°C)da amalga oshiriladi. Ammiak olishda ishlatiladigan azot va vodorod turli aralashmalar (H2S, CO va boshqalar)dan xoli bo`lishi kerak.
Ammiakni oksidlab nitrat kislota olinadi. Zavodlarda nitrat kislota olish uchun sintetik ammiak hamda kislorod yuqori haroratda qizdirilgan katalizator ustidan o`tkaziladi va bunda quyidagi reaksiyalar sodir bo`ladi:
4NH3+ 502=4N0+6H20;
2NH3+ 302 = 2 HN02+2H20;
NH3+ 202 = HN03+H20;
4NH3+ 3 0 = 2 N 2+6H20.
Hosil bo‘lgan nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qayta haydalib, 96-98%li nitrat kislotaga aylantiriladi. Undan nitratli va ammiakli-nitratli o‘g‘itlar olishda foydalaniladi.
Hozirgi kunda quyidagi turdagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda:
1. Ammiakli-nitratli o‘g‘itlar — ammiakli selitra, ammoniy-sulfat-nitrat.
2. Ammiakli o‘g‘itlar — ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy karbonat, suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammiakatlar.
3. Nitratli o‘g‘itlar — natriyli selitra, kalsiyli selitra, kaliyli selitra.
4. Amidli o’g`itlar — mochevina, kalsiy sianamid,
mochevina-formaldegidli o‘g‘itlar (MFO‘).
Oson eruvchan ammiakli selitra tuproq namligi ta’sirida to‘la eriydi. D.N. Pryanishnikov laboratoryasida o`simliklar tomonidan ammiakli selitra eritmasidan nitrat (N03) anioniga qaraganda ammoniy (NH4) kationini tezroq o‘zlashtirishi aniqlangan, shu sababli u fiziologik jihatdan nordon o‘g‘it hisoblanadi.
Ammiakli selitra tuproqning singdirish kompleksi (TSK) bilan o’zaro ta’sirlashganda, NH4 kationi tuproq kolloidlariga yutiladi, N03 anioni esa tuproq
eritmasida qolib, o‘z harakatchanligini saqlaydi. Serkarbonat tuproqlar uchun ammiakli selitra eng yaxshi azotli o‘g‘itlardan biri hisoblanadi.
Tarkibida N+ ionlari mavjud nordon tuproqlar (masalan, chimli podzol tuproq) eritmasida esa HN03 hosil bo‘ladi, natijada ularning nordonligi yanada
ortadi.
Nordonlikning ortishi vaqtinchalik mavqega ega, lekin tuproqqa muttasil yuqori me’yorda ammiakli selitra kiritilsa, nordonlik oshib boradi va o‘g‘itning samaradorligi sezilarli darajada kamayadi.
Nishonlangan atomlar usuli asosida azotli o‘g’itlar tarkibidagi azotning 40-50% i o`simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi aniqlangan. Nitratli o‘g‘itlar tarkibidagi azotning 10-20% i, ammiakli o‘g‘itlar tarkibidagi azotning 20-40% i organik holatga o‘tishi va mos ravishda 20-30 va 15-20% i tuproqdan gazsimon
holatda yo‘qolishi aniqlangan.

Sintetik ammoniy sulfat oq rangli, koks-kimyoviy ammoniy sulfat esa, tarkibida organik aralashmalar bo‘lgani sababli kulrang, ko‘kimtir yoki qizg’ish tusda bo`lishi mumkin. Ammoniy sulfat kuchsiz gigroskopik, sochiluvchan, tarkibida 24% atrofida oltingugurt tutadi, qaysiki, o`simliklarning oziqlanishida o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Ammoniy sulfatning fiziologik nordon o‘g‘itligini quyidagicha izohlash mumkin. Birinchidan, o‘g’it tuproqqa tushgach, nitrifikaqiya jarayoniga uchraydi,
Tarkibidagi azot nitrat shakliga o‘tadi. Natijada nitrat kislota hosil bo‘ladi va sulfat kislota ajralib chiqadi.
Ikkinchidan, tuproqqa tushgan ammoniy sulfat tezda erib, ionlarga ajraladi. O‘simliklar S04anioniga qaraganda NH4 kationini tez va ko‘p miqdorda o‘zlashtiradi, natijada anionlar to‘planib, tuproqning nordonlashishiga sabab bo‘ladi.

Ammoniy-natriy sulfat(NH4)2SO4*Na2S04.

Tarkibida 16 % azot va 2,5% atrofida organik qo‘shilmalari mavjud bo‘lgan, sariq tusli zarrabin modda. Kaprolaktam ishlab chiqarishda chiqindi mahsulot.
Tarkibida natriy tutgani uchun qandlavlagi va butgullilar oilasiga mansub ekinlarni yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.


Ammoniy xlorid — NH4C1

Ammoniy xlorid soda ishlab chiqarishda oraliq mahsulot sifatida olinadi:
NH3+CO2+H2O+NaCl =NaHCO3+NH4Cl4
Ammoniy xlorid suvda oson eriydigan oq zarrabin modda. Tarkibida 24—25% gacha azot tutadi. Yaxshi fizikaviy xossalarga ega. Ammoniy xlorid tuproqqa tushgach, uning singdirish kompleksi (TSK) bilan almashinish reaksiyasiga
kirishadi.

Fosfor

O`simliklar tarkibida fosfor mineral va organik holatda uchraydi. Mineral holatdagi fosfor ortofosfat kislotaning kalsiyli, magniyli va kaliyli tuzlari ko‘rinishida bo‘lib, miqdoran juda kamdir. Organik birikmalar shaklidagi fosfor o`simliklarda nuklein kislotalar, fosfoproteidlar, fosfolipidlar, fitin, shakarning fosforli iforlari ko‘rinishda uchrab, nuklein kislotalar (RNK va DNK)
alohida o‘rin tutadi. Ular oqsil sintezi, o‘sish va
rivojlanish, nasl tashish kabi muhim hayotiy jarayonlarda faol ishtirok etadi.

Yer qobig‘i tarkibida fosforning miqdori 0,12% ga teng. Ishlov berilmaydigan (qo‘riq) tuproqlardagi fosforning miqdori asosan ona jins tarkibiga bog‘liq bo‘lib, otqindi tog‘ jinslari taxminan 0,275% fosfor tutgani holda, ularda
shakllanadigan tuproqlar tarkibidagi fosfor miqdori 0,14% dan oshmaydi.

Fosforli o‘g‘itlarni eruvchanligi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishiga qarab uchta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Suvda yaxshi eriydigan fosforli o‘g‘itlar — oddiy superfosfat va qo‘sh superfosfat.
2. Suvda kamroq, lekin kuchsiz kislotalarda yaxshi eriydigan o‘g‘itlar — preqipitat, tomasshlak, ftorsizlantirilgan fosfat, termofosfatlar.
3. Suvda umuman erimaydigan, kuchsiz kislotalarda ham kam miqdorda eriydigan fosforli ugitlar — fosforit uni, suyak talqoni.
Fosforli o‘g‘itlar xom ashyoga kislota bilan yoki termik ta’sir etish orqali ishlab chiqariladi. Ayrim murakkab fosforli o‘g‘itlar polifosfat kislotalar asosida olinadi.

Superfosfat. 1 t xom ashyoga 1 t sulfat kislota bilan ta’sir etib, 2 t mahsulot olinadi. Tayyor mahsulot tarkibidagi fosfor miqdori xom ashyoga nisbatan ikki marta kam. Hosil bo‘ladigan gips o‘g‘it massasining 40%ini tashkil qiladi. Apatit konsentratidan tarkibida 19%gacha, qoratov fosforitidan esa 14%gacha
o‘zlashtiriladigan fosfor (R205) tutgan o‘g‘it olish mumkin. Donador superfosfatni urug‘, kartoshka tugunaklari va ko‘chatlarning ildizi atrofiga solish yaxshi samara beradi. 1 t donador superfosfat 3 t kukunsimon superfosf atning o‘rnini bosadi.


Qo`sh superfosfat. Qo‘sh superfosfat oddiy superfosfatdan tarkibida gips bo‘lmasligi va shu bois R205 miqdorining ko‘pligi (42—49%) bilan farqlanadi. Qo‘sh superfosfat donador holda tayyorlanadi. Konsentrlangan va tashish oson bo‘lgan bu o‘g‘it ayniqsa zavodlardan uzoqda joylashgan viloyatlar tuproqlari
uchun ahamiyatlidir.
Qo‘sh superfosfatning kimyoviy va fizikaviy xossalari, ishlatilishi va samaradorligi oddiy superfosfatga yaqin. Faqat uni oltingugurtga o‘ta talabchan ekinlar (masalan, butguldoshlar va dukkaklilar)ga muntazam ravishda qo‘llab bo‘lmaydi. Lozim bo‘lsa, qo‘sh superfosfatni tarkibida oltingugurt mavjud o‘gitlar bilan birga qo`llash yoki tuproqqa qo‘shimcha gips kiritish kerak.


Kalsiy metafosfat. Tarkibida faqat fosfor tutgan oddiy o‘g‘it, AQShda olingan. Suvda erimaydi, lekin ammoniyning limon kislota bilan
hosil qiladigan mo`tadil tuzi eritmasida eriydi.

Preqipitat tarkibidagi fosfor suvda yaxshi eri maydi, lekin ammoniy nitratda eriydi va uni o`simliklar yaxshi o‘zlashtiradi.
Fizikaviy xossalari yaxshi: mushtlashib qolmaydi, sochiluvchan, har qanday o‘git bilan aralashtirish mumkin. Tarkibidagi fosfor (R205)ning miqdori xom ashyoga bog‘liq ravishda 25-27% dan 30-35% gacha o‘zgarib turadi. Preqipitatni barcha tuproqdarda turli ekinlarga asosiy o‘g‘it sifatida ishlatish mumkin. U tuproqda
superfosfatga nisbatan kamroq bog‘lanadi, shu sababli tarkibida uch valentli metall oksidlari ko‘p bo‘lgan nordon tuproqlarda, shuningdek, serkarbonat bo‘z tuproqlarda ham yaxshi samara beradi.


Ftorsizlantirilgan fosfat. Apatit yoki fosforitni 1400— 1450°C haroratda suv bug‘lari ishtirokida kuydirish va 2-3% qum (Si02) qo‘shish yo‘li bilan olinadi.
Bunda apatitning kristall panjarasi buziladi va tarkibidagi ftorning 90%ga yaqini chiqib ketadi, fosfor esa o‘zlashtiriladigan shaklga o‘tadi. Apatit asosida olinadigan ftorsiz fosfat 30-32%, fosforit asosida olinadigani esa 20-22% fosfor (R205) tutadi. Mazkur mikdorlarning 70-90% i 2%li limon kislotada eriydi. Ftorsizlantirilgan
fosfatdan chorva mollarini mineral oziqlantirishda ham foydalanish mumkin.

Tomasshlak. Fosforga boy temir rudalarini Tomas usulida eritish jarayonida hosil bo‘ladigan oraliq mahsulot. Metall eritiladigan konvertorga kuydirilgan ohak solinadi. U erish jarayonida hosil bo‘ladigan fosfat angidrid bilan reaksiyaga kirishib, to‘rtta kalsiy tutgan fosfatni hosil qiladi. O‘g‘it tarkibida temir, alyuminiy, vanadiy, magniy birikmalari va mikroelementlar ham bo‘lgani uchun tuproqqa tomasshlak kiritilganda mikroo‘g‘it ishlatishga hojat qolmaydi.

Kaliy


O‘simliklardagi kaliyning asosiy qismi sitoplazma va vakuolalarda bo‘lgani holda, yadroda uchramaydi. Yalpi kaliyning 20%ga yaqini o‘simlik hujayralarining sitoplazma kolloidlari tomonidan almashinuvchan shaklda, 1%i mitoxondriyalar tomonidan almashinmaydigan shaklda yutiladi. 80%ga yaqin kaliy hujayra shirasida ion shaklida bo‘lib, organik birikmalar tarkibiga kirmaydi.
Ma’lumki, kaliy hujayradagi boshqa kationlar miqdorining ko‘payishiga va atrof eritmalarda kaliy konsentraqiyaning ortishiga ijobiy ta’sir kursatadi.
Hujayradagi kaliy mikdori va o‘sish jarayoni jadalligi o‘rtasida uzviy bog‘likdik mavjud. Shu bois kaliy tanqisligida hujayralarning bo‘linishi, cho‘zilishi va o‘sishi sustlashadi deb taxmin qilinadi.
Hozirgi kunda o‘simliklarda oqsil sintezi va kaliy mikdori o‘rtasida ijobiy munosabat borligi to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar to‘plangan. Kaliy yetishmaganda fotosintez mahsulotlarining barglardan boshqa organlarga oqib o‘tishi sekinlashadi, mahsuldorligi pasayadi.

Eruvchanligi va o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishiga ko‘ra tuproqdagi kaliyni quyidagicha tasnif qilish mumkin:
1) suvda eriydigan kaliy (o‘simliklar tomonidan oson o‘zlashtiriladi);
2) almashinuvchan kaliy (o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi);
3) harakatchan kaliy (suvda oson eriydigan va almashinuvchan kaliylar yig‘indisi);
4) almashinmaydigan-gidrolizlanadigan yoki qiyin eriydigan kaliy;
5) kislotada eriydigan kaliy — yuqorida aytilgan to‘rt xil kaliyni o‘z ichiga olib, kuchli kislotaning qaynoq eritmasi (0,2n yoki 10% li HCL) yordamida
ajratib olinadi;
6) almashinmaydigan kaliy (yalpi va kislotada eriydigan kaliylar o‘rtasidagi ayirma asosida topiladi).

Kaliyli tuzni natriyga talabchan va xlorga chidamli ekinlarga (qandlavlagi, xashaki va xo‘raki ildizmevalilar) qo‘llash yaxshi samara beradi. Bu o‘g‘it xlorga
ta’sirchan ekinlar uchun unchalik yaroqli emas. Lekin kuzgi shudgor ostiga kiritilganda, tarkibidagi xlorning asosiy qismi yuvilib ketadi va ekinlarga kursatadi gan salbiy ta’siri yo‘qoladi. Kaliy sulfatni turli tuproq tiplarida barcha qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlatish mumkin, ayniqsa, xlorga sezgir ekinlar (tamaki, tok, zig‘ir, kartoshka
va boshqalar)ga qo‘llash yaxshi samara beradi.

    1. Mikroelementlar

Tarkibida mikroelementlar tutadigan va o`simliklarning me’yorida o‘sib rivojlanishi uchun kam miqdorda ishlatiladigan moddalarga mikroo‘g‘itlar deyiladi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘simliklar tarkibida mikroelementlar miqdori 0,00001—0,01% ni tashkil qiladi. Masalan, qandlavlagi hosildorligi
gektariga 300 s ni tashkil qilganda, mahsulot tarkibidagi mikroelementlar miqdori quyidagicha buladi:
bo‘r — 160 g; marganes — 500 g; mis 50 g; rux — 190 g; kobalt — 2 g.
Mikroelementlarni o‘rganish va qo‘llash borasida K. A. Timiryazev, D. N. Pryanishnikov, Ye. V. Bobko, M. V. Kataaimov, M. Ya. Shkolnik kabi olimlar katta ishlarni amalga oshirganlar. O‘zbekiston tuproqlaridagi mikroelementlarni o‘rganish va paxtachilikda mikroo‘g‘itlar me’yorini belgilashda Ye. Kruglova, B. Isayev, M.Aliyeva hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining hissasi katta.
Shu davrgacha mikroelementlardan bo‘r, marganes, mis, molibden, rux va kobalt yaxshi o‘rganilgan.
Bo‘r
Bo‘r elementi (bo‘r arabcha oq va zarrabin modda)
farangistonlik olimlar
Jozef Gey-Lyussak va Lui Tener (1808)lar tomonidan kashf qilingan. O‘simliklar
tarkibida bo‘r mavjudligi oradan 50 yil o‘tgach ma’lum bo‘ldi. Bo‘r tanqisligida gullar soni keskin kamayadi, shona va tugunchalar to‘kiladi, poya va ildizning o‘sish nuqtalari shikastlanadi. Bu hol ildizmevalilarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bo‘r guldagi chang naychalarning o‘sishi va hayot faoliyatini kuchaytiradi, urug‘
va mevalarning pishib yetilishini jadallashtiradi. U hujayradagi suv miqdorini ko‘paytiradi, oqsil va uglevod almashinish jarayonini tezlashtiradi. Bo‘r
qand moddalarni o‘sish nuqtalari va mevaga borishini tartibga soladi. O`simliklarning qurg‘oqchilikka bardoshini oshiradi. Bo‘r yetishmasa, fotosintez jarayoni sekinlashadi, shuningdek, o`simliklarning ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi. Bu mikroelement usimliklarda kaliy va azotni jadal o‘zlashtirilishiga yordam bergani holda, fosforning yutilishiga qarshilik qiladi.


Mis
O‘simliklar tarkibida mis mavjudligi 1816 yilda aniqlangan. 1931 yildan buyon misning o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri o‘rganilmoqda.
Mis yetishmagan o‘simliklarda ochiqishning quyidagi belgilari namoyon bo‘ladi: --barglarning uchi oqaradi va quriydi;

-donli ekinlar boshoq tortadi, lekin pishmasdan yashilligicha qoladi;

-o‘simliklar o‘sishdan to‘xtaydi, xloroz va so‘lish kasalliklarining belgilari kuzatiladi;
Tuprokda mis tanqisligiga javdar, arpa, kuzgi va bahori bug‘doy ancha chidamli, suli umuman chidamsizdir. Zig‘ir, ekinbop nasha, qandlavlagi, xantal, vika, lyupin, tamaki, paxta va sabzavot ekinlari ham mis taqchil tuproqdarda kasalliklarga oson chalinadi.

Marganes
Marganeqning o`simliklar tarkibida uchrashi 1872 yilda, o`simliklar hayotidagi ahamiyati esa 1897 yilda aniqdangan. Bu mikroelementga barcha qishloq xo‘jalik
ekinlari talabchan bo‘lib, uni ayniqsa donli ekinlar, don-dukkaklilar, qandlavlagi, ildizmevalilar, kartoshka va mevali daraxtlar ko‘p talab kiladi. Barglarning oqarishi va sarg‘ish dog‘larning paydo bo`lishi, dukkakli ekinlar bargining yoppasiga xlorozga chalinishi, bodring barg plastinkasining buralib qolishi — marganes tanqisligining asosiy belgilaridan hisoblanadi.
Marganes yuqori oksidlash-qaytarish potensialiga ega, shu bois u o`simliklar tanasida sodir bo‘ladigan
biologik oksidlash reaksiyalarida faol qatnashadi. Marganes fotosintez jarayonida muhim o‘rin tutadi, qand moddalar va xlorofill mikdorini ko‘paytiradi, askorbin kislota sintezida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi.

Molibden
Molibden ko‘proq dukkakli ekinlar tarkibida (0,5—20,0 mg/kg) uchraydi. Boshoqli don ekinlari 0,2—1,0 mg/kg atrofida molibden tutadi.
Molibden o‘simliklarga boshqa mikroelementlarga nisbatan kamroq yutiladi. O‘simlik barglarida molibden boshqa a’zolarga nisbatan ko‘proq to‘planadi. Aksariyat o`simliklarda molibden miqdorining quyi chegarasi 1 kg quruq moddada 0,1 mg hisoblanadi.
Dukkakli ekinlarda bu ko‘rsatkich 0,4 mg/kg ni tashkil qiladi.
Molibden o‘simliklardagi nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi. Umuman olganda, molibdenni o‘simliklardagi «azot almashinish jarayoni mikroelement»
deb atash mumkin. Molibden fotosintez, nafas olish, vitamin va fermentlar sintezida faol ishtirok etadi. Tuprokdarda molibdenning yalpi miqdori 0,2—2,4
mg/kg ni tashkil eqada, harakatchan shakli 0,1—0,27 mg/kgdan oshmaydi. Gumusga boy tuproqlar o‘z tarkibida molibden yalpi miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi.

Rux
Rux ekinlarning issiq va sovuqqa chidamliligini
oshiradi, fosforni ko‘proq o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Rux tanqisligida noorganik fosforning organik shaklga o‘tishi sekinlashadi, shuningdek, usimliklar tanasida saxaroza va kraxmal miqqori kamayadi, azotning nooqsil shakldagi birikmalari to‘planishi

kuzatiladi. Hozircha o‘z tarkibida rux elementi tutgan 30 dan ortiq ferment aniqlangan.
Rux yetishmaganda, o‘simlik hujayralarining bo‘linishi sekinlashadi, barglar och yashil (ba’zan oq) tusga kiradi, shakli uzgaradi, poyadagi bo‘g‘im oralari qisqaradi, mevalar burishib qoladi.
O‘rta Osiyoning mo‘tadil va kuchsiz ishqoriy tuproqlarida rux tanqisligi kuzatiladi.
Mintaqamiz tuproqdarida rux miqdori 1,4—1,8 mg/kg dan kam bo‘lganda, ruxli o‘g‘itlar qo‘llashga ehtiyoj seziladi.

Kobalt
O‘simliklarning 1kg quruq massasi tarkibida o‘rtacha 0,021 mgkobalt mavjud. Ayrim usimliklarda bu ko‘rsatkich 11,6 mg/kg ni tashkil etadi. Kobalt ko‘proq dukkakli ekinlarning tuganaklarida uchraydi. Shuningdek, o`simliklarning generativ organlari (masalan gul) ham ma’lum miqdor kobalt tutadi.
O‘simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% i ion, 20% i vitamin B12 va qolgan 30% i barqaror organik birikmalar shaklidadir.
O‘simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 marta kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir kursatadi. Kobalt ta’sirida qandlavlagi hosildorligi gektariga 30—35 q, shakar miqdori 0,8% oshishi kuzatilgan.

2.1 Tuproqning oziq moddalar ta`minlanganligi bo`yicha tasniflash

Tuproq tasnifi — tuproqlarni muayyan belgilar asosida taksonomik birliklarga boʻlish. Hozirgi zamon genetik Tuproq tasnifi tuproq hosil boʻlishi, rivojlanishi, evolyuqiyasi jarayonlari va xususiyatlarini oʻzida aks ettirgan tuproq profilining tuzilishiga asoslangan. Asosiy tasniflash birligi — tuproq genetik tipidir. Hozirgi zamon tasnifida 100 dan ortiq tuproq tiplari ajratilgan boʻlib, ular oʻz navbatida tipchalar, turkum, tur va xillarga boʻlinadi. Tuproq diagnostikasi, yaʼni obʼyektiv belgilar sistemasi tasnifning eng muhim qismi boʻlib, tuproqni tasnifning barcha taksonomik darajalarida ajratishga imkon beradi. Tuproqni amaliy (agrar, ishlab chiqarish., meliorativ, oʻrmonchilik va boshqalar) jihatdan gurugʻlarga ajratish katta ahamiyatga ega. Yagona xalqaro Tuproq tasnifi ishlab chiqilmagan. FAO, YUNESKO tomonidan (1968—74) dunyo tuproq xaritasini tuzishda birinchi dunyo tuproq sistemasini yaratishga urinib koʻrildi.

Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalari tuproqlari sugʻoriladigan tuproqlar tarzida tasniflanadi. Yangi Tuproq tasnifida sugʻorish taʼsirida tuproq jarayonlari xarakterining tubdan oʻzgarganligini hisobga olib, ular alohida tuproq tipi sifatida ajratilgan. Bunda tuproqning zonal joylanish holati, sugʻorish taʼsirida oʻzgarganlik darajasi, avtomorflik va gidromorflik sharoitlari eʼtiborga olinadi. Zonal joylanish holati sugʻoriladigan tuproqning maʼlum kenglik zonasi yoki balandlik mintaqasiga mansubligini koʻrsatadi. Shunga koʻra, Oʻrta Osiyoning tekislik qismi sur tusli qoʻngʻir, qumli choʻl, taqirli va taqir, shuningdek, gidromorf sharoitda ularga yoʻldosh oʻtloqi, botqoqioʻtloqi va botqoqi tuproqlar tarqalgan cho`l zonasi sifatida qaraladi. Balandlik mintaqasi sistemasining quyi qismi — togʻ oldi va togʻ etagi tekisliklarida och tusli tipik va toʻq tusli sur tuproqlar, daryo vodiylari hamda sazlarda esa sur tuproq mintaqasining gidromorf, oʻtloqi, botqoqioʻtloqi va botqoqi tuproqdari rivojlangan. Bu zona va mintaqachar sharoitida rivojlangan sugʻoriladigan tuproqlar profilida tabiiy zonal tuproqning baʼzi belgi va xususiyatlari saklanadi. Shu asosda sugʻoriladigan tuproqlarning quyidagi tiplari ajratilgan (1974): choʻl zonasining oʻtloqi voha, botqoqi voha va taqirli voha; sur tuproqlar mintaqasining oʻtloqi voha; botqoqi voha, sur voha tuproqdari.



Voha tuproqlarining rivojlanish etapi yoki bosqichlari tipchalar bilan ifodalanadi. Tuproqlar oʻzining tabiiy tuproq belgilarini saqlagan holda, yaʼni tip darajasida sugoriladigan sur tuproqlar, sugʻoriladigan sur tusli qoʻngʻir tuproqlar va shu kabi deb, agar tuproqda yangi sharoitga xos boʻlgan belgilar paydo boʻlsa, tipcha darajasiga boʻzvoha, taqirli voha tuproqlar va shu kabi deb ataladi. Bundan ham kichik taksonomik birlikka, yaʼni turkum va xillarga shoʻrlanish, shoʻrtoblanish, tuproq hosil qiluvchi ona jins, granulometrik tarkibiga qarab ajratiladi.

Tuproqda o‘zaro chambarchas bog‘langan qattiq, suyuq va gazsimon fazalar farqlanadi.
Tuproq havosi. Tuproq mikroorganizmlari tomonidan kislorodning o‘zlashtirilishi, organik moddalarning parchalanishi va ildiz tizimining nafas olishi natijasida karbonat angidrid hosil bo‘ladi. Shu sababdan atmosfera havosida karbonat angidrid miqdori 0,03% bo‘lgani holda, tuproq havosida bir foiz atrofida, ba’zan 2—3%ga yetadi.
Tuproqdagi karbonat angidrid miqdori atmosfera va tuproqdagi havo almashinuvi (aeraqiya) jadalligiga monand o‘zgaradi. Hosil bo‘ladigan karbonat angidridning bir qismi atmosferaga tarqaladi, bir qismi esa tuproqdagi namlik ta’sirida erib, karbonat kislotaga aylanadi. Atmosferaga uchib chiqadigan
CO2 o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilib, hosil miqdorini oshirishga xizmat qilsa, karbonat kislota tuproq eritmasining nordonligini oshiradi.
Tuproqda karbonat angidrid miqdorining ko‘payishi ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yaxshi tomoni shundaki, hosil bo‘ladigan karbonat kislota tuproqdagi mineral birikmalar (fosfatlar, kalsiy karbonat va b.)ning eruvchanligini oshiradi va ularni o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan
shaklga o‘tkazadi. Ikkinchi tomondan, tuproqda namlik ko‘p, aeraqiya susg bo‘lsa, karbonat angidrid mikdorining ortishi va kislorodning yetishmasligi oqibatida
o‘simlik va mikroorganizmlarning me’yorida rivojlanishi buziladi. Kislorod tanqisligida ildizning o‘sishi va nafas olishi susayadi, o‘simlik tomonidan oziq
moddalarning o‘zlashtirilishi sekinlashadi. Tuproqda anaerob-qaytarilish jarayoni kuchayadi.
Tuproq eritmasi. Tuproqning eng harakatchan va
faol qismi bo‘lib, unda o‘simliklarning oziqlanishi uchun bevosita xizmat qiladigan turli-tuman jarayonlar sodir bo‘ladi. Tuproq eritmasida anionlar, kationlar va suvda eruvchan organik moddalar mavjud.
Unda kislorod, karbonat angidrid, ammiak kabi gazlar ham erigan bo‘ladi. Tuproq, eritmasi konsentraqiyasining ortishi asosan minerallarning nurashi va
parchalanishi, mikroorganizmlar ta’sirida organik moddalarning minerallashishi, mahalliy va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash asosida sodir bo‘ladi.
O`simliklarning oziqlanishi uchun tuproq eritmasida K+ , Ca2+, NH4+ , NO-3 , S042+, H2PO-4 kabi ionlarning bo‘lishi va doimiy ravishda to`ldirilib turilishi muhimdir. Tuproq eritmasidagi tuzlar miqdori %ning yuzdan bir ulushidan bir necha % gacha o`zgaradi.
Odatda tuproq eritmasidagi tuzlar miqdori 0,05% atrofida bo‘lib, konsentraqiyaning 2%dan oshib ketishi o‘simliklarga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Tuproq eritmasining konsentraqiyasi o‘g‘it qo‘llash, tuproq namligining kamayishi, organik moddalarning minerallashishi natijasida oshadigan bo‘lsa, o‘simliklarning oziqlanishi, oson eriydigan moddalarning tuproqni quyi
qatlamlariga yuvilishi yoki erimaydigan shaklga o`tishi natijasida kamayadi.
Tuproqning qattiq fazasi. Tuproqning qattiq fazasi o‘simliklar uchun asosiy zaxira moddalarni tutadi. Tuproq qattiq fazasining 90—99%ini mineral moddalar,
faqat bir necha %ini organik moddalar tashkil qiladi.
A. P. Vinogradov ma’lumotiga ko‘ra tuproq qattiq fazasining deyarli yarimini kislorod, uchdan bir qismini kremniy, 10% dan ko‘prog‘ini alyuminiy va temir tashkil qiladi. Atigi 7%ga yaqini boshsa elmentlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur elementlar tuproqning mineral qismida, turli mineral birikmalar tarkibida uchraydi. Uglerod, vodorod, kislorod, fosfor, oltingugurt tuproqning ham mineral va ham organik qismi tarkibida uchrasa, azot faqat organik moddalar tarkibiga kiradi.

2.2 Ozuqa konsentratsiyasining o`simlik oziqlanishiga ta`siri



Tuproq eritmasining konsentratsiyasi kichik bo‘lgan hollarda usimliklar sust rivojlanadi, ularda oziq, elementlar tanqisligi kuzatiladi. Konsentratsiyaning
juda yuqori bo‘lishi ham o`simliklar oziqlanishida salbiy oqibatlarga olib keladi.
Tuproq eritmasining maqbul konsentratsiyasi ekin turi va naviga bog‘liq ravishda o‘simliklar rivojlanishining turli davrlarida (ontogenezda) keng ko‘lamda
o`zgaradi.
O`simliklarning ildiz tizimi juda suyuq eritmalardan ham (0,01—0,05%) oziq moddalarni o‘zlashtirish xususiyatiga ega. Tabiiy sharoitlarda sho‘rlanmagan
tuproqlar eritmasining konsentratsiyasi 0,020,2%ni tashkil qiladi. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi bir muncha yuqori bo‘lganda ionlar o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, suv esa ildiz tomonidan tuproqning o‘g‘it kiritilmagan qatlamlaridan yaxshi shimiladi. Bu o‘g‘itlardan foydalanishda albatta hisobga olinishi lozim.
Tuzlar konsentratsiyasining yuqori bo‘lishi eritma osmotik bosimini oshiradi va tabiiyki, o‘simliklarga suv va oziq moddalar yutilishini qiyinlashtiradi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari rivojlaiishning ilk davrlarida eritma konsentratsiyasining yuqori bo‘lishini talab qiladi.


Keltirilgan ma’lumotlardan eritma konsentratsiyasi 25,9 mmol/g bo‘lganda bodringdan yuqori hosil olinishi kuzatiladi. Konsentratsiyaning yanada oshirilishi barg chekkalarining qurishi, tomirlarining qo‘ng‘ir tus olishi va hosilning kamayishi bilan yakunlanadi.

2.3 Tuproqda makro va mikroelementlar balansi



Oziq muhitidagi elementlar nisbatini hisobga olish usimliklar mineral oziqlanishini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ekinlar rivojlaiishning turli davrlarida turli nisbatdagi oziq elementlarni talab qiladi.
Oziq elementlarning ildizga yutilishi ko‘p jixatdan gidratlangan ionlar diametriga bog‘liq bo‘lib, diametri kichik elementlar ko‘proq yutiladi. Ayrim
elementlar bundan mustasno: masalan, diametri katta bo‘lsada, K+ ioni rubidiy va seziyga, Cl- esa boshqa galogenlarga nisbatan tezroq yutiladi.
O‘simlik tanasi faoliyatining me’yorida bo`lishi bevosita tashqi muhitdagi kation va anionlarning o‘zaro
nisbatiga bog‘liq. Bundan oziq aralashmalarini tayyorlash va oziqlanish jarayonida ro‘y beradigan ionlar antagonizmini tushuntirishda foydalanish mumkin.
Oziq eritmasining fiziologik jihatdan muvozanatlashganligi o‘simliklarni rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Oziq elementlarni o`simliklar oson va samarali o‘zlashtiradigan nisbatlarda tutadigan eritmalar fiziologik jihatdan muvozanatlashtirilgan eritmalardir.

Faqat bitta tuz eritmasida o‘simliklar yaxshi rivojlanmasligini quyidagi misolda ko‘rsatish mumkin



Tajribalar asosida azot bilan yaxshi ta’minlangan o‘simliklar K, Ca, Mg, Cu, Fe, Mn va Zn kabi elementlarni yaxshi o‘zlashtirishi, fosforning ortiqcha
miqdori Cu, Fe va Mn elementlari yutilishini cheklashi aniqdangan.

Kaliy ta’sirida o‘simlik tanasiga Ca, Mg va yana bir qator elementlar kamroq yutiladi.
Oziqlanish muhitidagi bironta elementning boshqa
elementlarni yutilishiga qarshilik qilishi ionlar an­tagonizmi aksincha, koproq yutilishiga yordam berishi ionlar sinergizmi iboralari bilan yuritiladi. Agar
tuzlar aralashmasining tasiri alohida olingan komponentlar tasiriga teng bolsa, ionlar additivligi deyi­ladi.
Antagonizm hodisasi koproq Fe va Ca; A1 va Na; Fe va Zn; Mn va Zn; Cu va Zn; Zn va Fe, Mn, Cu, Mo ortasida yaqqol namoyon boladi. Ionlar sinergizmi esa Cu va Co, B; Mo va Cu; Cu va Mn; Ca va Co o‘rtasida kuzatiladi.
Azot fosfor va kaliy yetarli bo`lgan sharoitlarda o`simliklarning mikroelementlarga talabchanligi ortadi. Masalan, tuproqda Fe, Mn va Zn taqchil bo‘lsa, o‘simliklarga azotning yutilishi sezilarli kamayadi.
Cu, Zn, Mo kabi mikroelementlar fosforning yutilishiga ijobiy, kaliyning o‘zlashtirilishiga salbiy ta’sir qiladi.
Anionlar o‘rtasida antagonizm kuchsiz namoyon bo‘ladi (masalan, SO2-4 va Se02-4) yoki umuman kuzatilmaydi.
Galogenlarning ildiz tizimiga yutilishi antagonizm asosida sodir bo‘ladi.
O`simliklarning ildiz tizimi oziq moddalarni tanlab ma’lum miqdor va nisbatlarda yutish qobiliyatiga ega.
Ekinlarining rivojlanishi va hosilini shakllanishida oziq elementlarning reutilizatsiyasi (qayta foydalanilishi) muhim ahamiyatga ega. Reutilizatsiya
oziq elementlarning o‘simlikdagi qari barglardan yosh
barglarga, o‘suv qismlaridan urug‘ va mevaga oqib o‘tishidir. Ca, Fe, Mn, B, Zn kabi elementlar reutilizatsiyalanmaydi, oltingugurt qisman, azot, fosfor, kaliy
va magniy ko‘p marotaba reutilizatsiyaga uchraydi.
Tashqi muhit omillari (harorat, namlik, yorug‘lik va havo) ionlar antagonizmi, sinergizmi va reutilizatsiyasiga kuchli ta’sir kursatadi. Masalan, issiqxonalarda yorug‘likning kam bo‘lishi, tuproqqa yuqori me’yorda azotli o‘g‘itlar kiritilishi sabzavot va poliz mahsulotlari tarkibida nitratlar miqdorini keskin
ortishiga olib keladi.

III bob Turoq oziqa rejimini boshqarish usullari

Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha tadbirlarni quyidagi
guruhlarga bo’lish mumkin:
1.tuproqni oziq moddalar bilan boyitish;
2.tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan oziq elementlarini
o’zlashtiradigan holatga o’tkazish;
3.oziq moddalarni o’simliklar oson o’zlashtirishi uchun sharoit yaratish;
4.tuproqda oziq moddalar kamayishiga qarshi kurash.
Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simliklarning ham o’sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o’sayotgan sharoitga bog’liq.
G’o’za azot, fosfor va kaliyga nihoyatda talabchan o’simlik. Masalan: 1t paxta etishtirish uchun taxminan 56 kg azot, 23 kg fosfor va 53 kg kaliy talab qilinadi. Kungaboqar azot va fosforga qaraganda kaliyni ko’proq o’zlashtiradi. 1t kungaboqar hosili uchun tuproqdan 228 kg kaliy, 50 kg azot va 27 kg fosfor
sarflanadi. Ildizmevalilar va tugunakmevalilar ham fosfor va azotga qaraganda
kaliyga ko’proq talabchan. Odatda oziq elementlarning umumiy miqdori har gektar
yerda bir necha tonna atrofida bo’ladi. Masalan: kuzatishlarga qaraganda,
qadimdan deyarli 100 yildan ortiq sug’orilib dehqonchilik qilayotgan bir gektar
tipik bo’z tuproqli yerning 28 sm haydalma qatlamida o’rtacha 59,1 t chirindi, 4 t
azot, 8 t fosfor va undan keyingi 28-100 sm qatlamda esa yuqoridagilarga muvofiq
73,5; 4,97 va 16 t oziq elementlari bo’lar ekan.
O’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o’g’itlarga
emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik
moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini
yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo’llanishiga ham bog’liqdir.
O’simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo’linadi: avtotrof, mikrotrof va baktyeriotrof
usullar. Avtotrof oziqlanishda o’simliklar tuproqdan suvda erib oksidlangan
mineral tuzlarni o’zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o’simliklar uchun asosiy
hisoblanadi.
Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo’ladi. O’simliklarning
bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi. Azot
tuproqdagi eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlaridan biri
hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan
bo’lgan nitratlar, (NO2, NO3 )dan va ammoniy tuzlari (NH4)dan o’zlashtiradi.
Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish protsessi
ammonifikatsiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib, nitrat va nitrat kislotalarga
aylanish protsessinitrofikatsiya deyiladi.
O’simliklarga fosfor etishmasa, bargi va tanasida qizg’ish va qo’ng’ir tusli
dog’lar paydo bo’ladi, pastki barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va
tushib ketadi. Kaliy o’simliklarda fotosintez protsessini, uglevodlar hosil bo’lishini
va harakatini aktivlashtiradi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiradi
va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.
Go’ng solinganda yerlarda tuproqning tabiiy xossalari yaxshilanadi, ya’ni
mexanik tarkibi og’ir tuproqlarni yumshatadi, mexanik tarkibi engil tuproqlarning
yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.
Yerga mineral va organik o’g’itlar solish, kislotali tuproqlarni ohaklash,
ishqoriylarni gipslash, almashlab ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani
yaxshilash, etarli namlikni saqlash, oziq rejimini boshqarishda asosiy tadbirlardan
hisoblanadi.
Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda
oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it sifatida dukkakli don
ekinlari ekish ayniqsa yaxshi ta’sir etadi. Tuproqning oziq rejimi va unumdorligi
unda sodir bo’ladigan mikrobiologik jarayonlarga bevosita bog’liq bo’ladi. Ya’ni
ayrim mikroorganizmlarning hayot faoliyati ta’sirida tuproqda o’simliklar uchun
zarur bo’lagan oziq moddalar to’planadi.
Tuproqdagi turli mikroorganizmlar hayot faoliyati, ularni suv, havo va issiqlik rejimlariga bog’liq. Shuning uchun dehqonchilikda turli agrotexnik
tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish zarur. Bunda ayniqsa, yerlarga o’z vaqtida
ishlov berish, organik-mineral o’g’itlar solish, almashlab ekish joriy qilish va
boshqa tadbirlar katta ahamiyatga ega.

3.1 Havo orqali boshqarish



Har qanday tuproqda hamma vaqt ma’lum miqdorda havo bo’lib, undagi bo’shliqlarni to’ldirib turadi. Ma’lum vaqt ichida tuproqqa havo kirishi va uning miqdori hamda tarkibini o’zgarishi havo rejimi deyiladi.
Tuproqda atmosfyeradan kirgan havo va tuproqdagi har xil biokimyoviy
protsesslar natijasida hosil bo’lgan gazlar uchraydi. Atmosfera havosining tarkibi
tuproq havosining tarkibidan anchagina farq qiladi. Atmosfyera havosida N (azot)
78,8 % , O2 (kislorod) 20,95 %, CO2 (korbonat angidrid) 0,03 %, tuproq havosida esa N-78-80 %, O2-91-21 %, CO2 0,1-1,0 % bo’ladi.

Tuproq havosi unda yashaydigan ayrim mikroorganizmlar uchun zarur, chunki tuproqda havo etishmasa, aerob mikroorganizmlar hayot kechira olmaydi. Natijada organik qoldiqlar yaxshi chirimasdan, o’simliklar o’zlashtira oladigan oziq moddalar hosil bo’lishi uchun sharoit bo’lmaydi.

Tuproq havosi tarkibidagi kislorod tuproqdagi har xil mineral va organik moddalarni oksidlaydi. Natijada oksidlangan ba’zi elementlar eruvchan holatga o’tsa, ayrimlari aksincha, havo etarli bo’lmagan tuproqda o’simliklar hayoti uchun zararli bo’lgan har xil kimyoviy birikmalar hosil qiladi. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun zarur hisoblangan azot anaerob sharoitda gaz holdagi barikmalarga o’tib, tuproqdan atmosferaga erkin holda chiqib ketadi. Demak tuproqning unгmdorligi uchun havoning ahamiyati ham muhim hisoblanadi.
O’simliklar hayotida havo boshqa omillar bilan teng ahamiyatga ega. Chunki
o’simliklar korbonat angidridni o’zlashtirganda nafas olish jarayoni sodir bo’lib,
bunda kislorodni ham singdiradi va ma’lum miqdorda issiqlik ajralib chiqadi.
O’simliklar ildizi nafas olganda ajralib chiqadigan CO2 bir qancha mineral
moddalarning eruvchanligini oshiradi. Bu o’simliklarning yaxshi oziqlanishiga
yordam beradi.
O’simliklarda nafas olishga qaraganda fotosintez jarayoni bir necha bor
faolroq o’tadi, shuning uchun ham o’simliklarda organik moddalar to’planadi.
Fotosintez jarayonida o’simliklar atmosferadan 1t uglerod o’zlashtirsa, ayni vaqtda 2 t erkin kislorod ajralib chiqadi.
Tuproq havosining tarkibi vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, tuproq havosi
tarkibidagi CO2 miqdorining ortishi bilan O2 miqdori kamayadi. Kislorod tuproq
tipiga qarab, 2-3 % gacha kamayadi, CO2 miqdori esa 10 % gacha ortadi.
Tuproq havosining tarkibi va miqdori ekinlar turiga, haroratga, namlikka va
uning aeratsiyasiga bog’liq. Atmosfera va tuproq havosining almashinishi tezligiga
ekinlarni parvarish qilish agrotexnikasi ta’sir etadi. Yerlarni o’z vaqtida haydash,
sug’orish, ekin qator oralarini ishlash tuproqda havo almashinishini tezlashtiradi.
O’simlik ildizining nafas olishida va aerob mikroorganizmlar faoliyatida tuproq
havosidagi kislorod nihoyatda zarur.
Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, tuproq umumiy g’ovakligini 25-40 % i havo va 75-60 % i suv bilan band bo’lganda, madaniy o’simliklar yaxshi o’sadi.
O’simliklarning normal o’sishi va rivojlanishiga tuproq havosining tarkibi ham ta’sir etadi. Masalan, tuproq havosida kislorod etishmay, korbonat angidrid miqdori ortiqroq bo’lsa, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi sustlashadi, ayrim vaqtda esa quriydi.
Tajriba ma’lumotlariga qaraganda, tuproqqa kislorod bemalol kirib turgandagina
nitrofikatsiya jarayoni aktiv kechadi va azotobakteriyalarning tuproqda azot to’plashi uchun sharoit vujudga keladi. Kislorod mikroorganizmlar uchun juda zarur.
Tuproqning havo o’tkazuvchanligi uning mexanik tarkibiga, donadorligiga va tuzilishiga bog’liq. Donador g’ovaksimon va yumshoq tuzilishga ega bo’lgan
tuproqlar havoni yaxshi o’tkazadi. Strukturasiz, zich tuproqlar havoni yomon
o’tkazadi. Tuproqning o’zida ma’lum miqdorda havo ushlab turish qobiliyati uning
havo sig’imi deyiladi. U asosan tuproqning g’ovakligiga va namlanish darajasiga
bog’liq bo’ladi.
Tuproq bilan atmosfyera o’rtasidagi havo almashinuviga quyidagi tabiiy
hodisalar ta’sir etadi:
1.Doimiy o’zgarib turuvchi atmosfyera bosimi.
2.Doimiy bo’lib turuvchi duffuziya hodisasi.
3.Tuproq haroratsiningo’zgarib turuvchanligi.
4.Yog’in-sochinlar ta’sirida tuproqdan havo siqib chiqariladi va havo
almashinuvi bo’ladi.
Ekinlardan yuqori hosil olishda tuproqda qulay havo rejimini yaratish zarur
tadbirlardan biri hisoblanadi. Buning uchun yerni chuqur va sifatli shudgorlash,
chizellash, boronalash va kultivatsiyalash kabi agrotexnik tadbirlardan keng
foydalanish, tuproqdagi namlikni me’yoridan oshiq bo’lib ketishiga yo’l qo’ymaslik zarur.
Yerni chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning haydalma qatlami tuzilishini
tubdan o’zgartiradi, umumiy va nokapillyar kovaklikni oshirib, kapillyar kovaklikni kamaytiradi. Yerning haydalma qatlami qancha qalin va madaniylashgan bo’lsa, tuproqning havo rejimi shuncha qulay bo’ladi.
Tuproq havo rejimining bir me’yorda bo’lishida ekinzorlarda ko’chatlar normal qalinlikda bo’lishining ham ahamiyati bor. O’simlik qoplami tuproq
temperaturasi o’zgarib turishiga va gaz almashinishiga ta’sir qiladi.

Masalan, har xil qalinlikda joylashtirilgan g’o’za, fotositez uchun CO2 dan turli miqdorda foydalanadi. I.N. Antipov, Karataev va L.P. Belyakova ma’lumotiga ko’ra, organik va ko’kat o’g’itlar tuproq havosidagi CO2 kontsentratsiyasini 2 g l gacha oshiradi. Bu ekinlarning assimlatsion mahsuldorligini oshirishga yordam beradi. Organik moddalar bilan tuproqni boyitish, vaqti-vaqti bilan dalalargi ko’p yillik dukkakli o’tlar o’stirish va ularni ko’kat o’g’it (sidyeratlar) sifatida haydab yuborish tuproqdagi havo rejimini yaxshilashdani asosiy omillardan hisoblanadi. Asoslar bilan to’yinmagan kislotali tuproqlarni ohaklashda kalloid kompleksidagi singdirilgan vodorod kal’tsiy bilan almashinadi, natijada tuproqning mikroagregat tuzilishi va rejimi yaxshilanadi.
Sho’rtob tuproqlarni gipslash (bunda gips kal’tsiy kolloid kopleksida bir valentli
natriy o’rnini bosadi) tuproqning mayda kesakchali stukturasi hosil bo’lish sharoiti va aeratsiyasini yaxshilaydi.
Yerni chimqirli plug bilan chuqur (40-50 sm) haydash tuproqning umumiy
kovakligini oshiradi, uning asosiy qismi havo bilan to’ladi.
Egat olib va yomg’irlatib sug’orish yoppasiga va bostirib sug’orishga qaraganda
tuproqning havo rejimini kamroq buzadi.

3.2 Namlik orqali boshqarish



Tuproqda va o’simlikda bo’ladigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar suvli muhitda kechadi. O’simlik suv bilan etarli ta’minlangandagina unda o’sish, rivojlanishi va barcha fizologik jarayonlar normal o’tadi. Har qanday madaniy o’simlik urug’i unib chiqishidan oldin ma’lum miqdorda suv shimadi. O’simliklar tarkibida 80-90 % gacha suv bo’ladi. O’suv davrida o’simliklar bu suvning asosiy qismini bug’lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda, o’simliklar butun vegetatsiya davomida o’zlashtirgan suvning atigi 0,01-0,03 %ni o’z organizmini
shakllanishi uchun sarflaydi.

Suv o’simlikda fotosintez hodisasini o’tishida aktiv ishtirok etadi. Suv o’simlik tanasida ozuqa moddalarni tashib etkazib berish vazifasini bajaradi. Suv o’simlik tanasidagi harorat holatini tartibga solib turadi. Tashqarida haroratning o’zgarishiga qaramay, o’simlik tanasidagi harorat o’zgarmaydi. O’simliklar o’zlarining ko’p yillik evolyutsion davrlarini o’tash bilan suvga bo’lgan talabini aniqlaganlar, ya’ni qurg’oqchilikka chidamli va nam sevuvchi o’simliklarga bo’linganlar.
M: donli o’simliklar boshqa o’simliklarga nisbatan ancha qirg’oqchilikka chidamli, igna bargli daraxtlar, katta bargli daraxtlarga nisbatan ancha qirg’oqchilikka chidamli.
O’simliklarning suvga bo’lgan talabi ularning rivojlanish fazalariga qarab
turlicha bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida,
makkajo’xori gullash va doni sut pishiqligi fazasida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha hosil qilish fazasida, g’o’za gullash va meva tugish davrida suvni ko’p talab qiladi, qo’p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo’ladi.
O’simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o’zlashtirib, uni organizmi orqali atmosferaga bug’latib turishi transpiratsiya, 1 gramm quruq modda hosil qilishi uchun sarflagan suv miqdori esa transpiratsiya koeffitsienti deyiladi.
Tuproqning suv rejimini o’rganish va boshqarish yo’llarini bilish ekinlaridan
yuqori va sifatli hosil olishda katta ahamiyatga ega.
Tuproqqa keladigan suv manbalari:
1.Yog’in-sochin bilan keladigan suv
2.Yer osti grunt suvlari
3.Sun’iy sug’orish bilan beriluvchi suv
Yog’in - sochin bilan keladigan suv Hamdo’stlik mamlakatlari bo’yicha juda
xalma-xildir. M: Uzoq Sharq o’lkalarida o’rtacha yillik yog’in-sochin 1500-2500 mm ga teng. Hamdo’stlik mamlakatlarining g’arbiy markaziy rayonlarida 500-800 mm, O’rta Osiyo va Qozog’iston cho’l rayonlarida ayrim yillari 100 mm ga teng bo’ladi xolos. Shuning uchun, ham O’rta Osiyo o’lkalari nam suv etishmaydigan voha bo’lib hisoblanadi. Yog’in-sochin hajmidan tashqari yog’in muddati miqdori ham, kata ahamiyatga egadir, eng ahamiyatlisi kuzda va qishda yog’ishidir.
O’rta Osiyoning sug’oriladigan zonalarida asosiy suv manbai daryolar
hisoblanadi. O’zbekistonni Sirdaryo, Amudaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq,
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa daryo suvlari ta’minlaydi. Bu
daryolar suvining paydo bo’lishiga qarab (V.I. Shults fikricha) to’rt tipga: muzlili,
qor-muzlikli, qorli, qor- yomg’irli tipga bo’linadi.

Sizot suvlar ham tuproqda nam zapasini to’ldiruvchi manbalardan hisoblanadi. Dunyo bo’yicha sug’oriladigan maydonlarning 12%i sizot suvlar bilan sug’oriladi. Chirchiq-Angren vodiysi va Mirzacho’lda sizot suvlarining katta zapasi bor, ulardan foydalanib, bir necha o’n ming gektar yerni qo’shimcha o’zlashtirish mumkin. Agar yer osti gurunt suvi 2-3 m chuqurlikda joylashgan bo’lsa, o’simlik talab etgan umumiy suvga nisbatan 15 %gacha foydalanishi mumkin. Agar yer osti suvi 1,5-2 m chuqurlikda joylashgan bo’lsa 30-35%, 1-1,5 m chuqurlikda joylashgan bo’lsa o’simlik talab etgan suvga nisbatan 60 %gacha
foydalanish mumkin. Agar 3 mdan uzoq joylashgan bo’lsa uni foydali qismi deyarli yo’qdir.
Tuproqning suv rejimi uning agrofizik va suv xossalariga bog’liq bo’ladi.
Tuproqning suv xossalariga suv o’tkazuvchanligi, tuproqning suv ko’tarish xususiyati, nam sig’imi kabilar kiradi.
Tuproqning ma’lum miqdorda o’ziga suv singdirib ushlab turish qobiliyati
uning nam sig’imi deyiladi. Tuproqning nam sig’imi maksimal gigroskopik, kapillyar, dala va to’liq nam sig’imlariga bo’linadi. Dehqonchilik nuqtai nazaridan kapillyar, to’liq va dala nam sig’imlari ahamiyatli hisoblanadi.
Kapillyar nam sig’imi deganda tuproqning kapillyar g’ovaklarida ushlanib
turgan suv miqdori tushiniladi. Kapillyar nam sig’imi kapillyar g’ovakliklar hajmiga va shu kapillyarlarga namlikni kelib turishiga bog’liq bo’ladi. Hamma g’ovakliklarni suv bilan to’lishi to’liq nam sig’imi deyiladi. Gravitatsion suv yuqoridan quyi qatlamga oqib ketgandan so’ng tuproqda ushlanib qolgan suv miqdoriga tuproqning maksimal dala nam sig’imi deyiladi.
Tuproqning mexanik tarkibi va strukturasiga bog’liq holda nam sig’imi
o’zgarib turadi. Loyqa va organik moddalar ko’p miqdorda bo’lgan og’ir tuproqlar
nam sig’imli va aksincha; organik moddalari kam engil tuproqlar esa kam nam
sig’imli hisoblanadi. Bundan tashqari, tuproq nam sig’imining miqdoriga sizot
suvlarining joylashish chuqurligi ham ta’sir etadi. Mexanik tarkibiga ko’ra og’ir
tuproqlar 1 m gacha chuqurlikda 1 ga yerda 3000-3500 m3 nacha, engil tuproqlar esa 1500-1800 m3 suv saqlay oladi.

Sug’oriladigan dehqonchilikda tuproqning suv rejimini yaxshilash muhim
tadbirlardan biri hisoblanadi. Tuproqda maksimal darajada nam to’plash va foydasiz sarflanishini, quyi qatlamlarga sizib ketishini, yog’in suvlarining pastlikka, jarliklarga oqib ketishi va boshqalarni iloji boricha kamaytirish zarur. Ekilgan urug’ni birinchi navbatda tuproqning tabiiy namida undirib olish va undagi mavjud namni saqlagan holda oqilona foydalanish tadbirlarini ko’rish lozim.
Almashlab ekish dalalariga ekinlarni to’g’ri navbatlab ekish, yerga organik o’g’itlar solish, yerni ekishga sifatli tayyorlash va urug’ni o’z vaqtida ekish,
o’simliklarni yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish, dalalarda ixota daraxtlarini o’tkazish, o’simliklar uchun mo’tadil sharoitlar yaratadi.
Lalmikor (sug’orilmaydigan tog’ oldi) yerlarda donli o’simliklarni o’rib olish bilan ang’izni tirmalash, qora shudgor o’tkazish (haydab qo’yib, hech narsa
ekmasdan dam berib qo’yilgan shudgordir) namlikni saqlashga sababchi bo’ladi.
Nami ko’p, botqoqliroq yerlarda zovurlar orqali namni qochirib, namlik holatini
mo’tadillashtirish kabilar tuproqning suv rejimiga ta’sir etuvchi eng muhim omillar
hisoblanadi.

3.3 Harorat orqali boshqarish



Dehqonchilikda har bir zonaning tuproq-iqlim sharoitiga qarab issiqlik
rejimini boshqarish tuproq unumdorligini oshirishda va ekinlardan mo‟l hosil
olishda muhim tadbir hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashga
qaratilgan tadbirlardan biri organik o‟g‟itlardan yetarli miqdorda samarali
foydalanishdir. Yerni sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli shudgorlash
tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda ijobiy natija beradi. Sizot suvlari yuza
joylashgan yerlarda ularning sathini pasaytirish tuproq issiqlik rejimini
yaxshilanishiga yordam beradi.
Umuman olganda, tuproqning issiqlik rejimi suv va havo rejimi bilan
chambarchas bog`liq bo`lib, oziq rejimiga kuchli tasir etadi.

O’simliklarning urug’dan unib chiqishi, normal o’sib rivojlanishi va tuproqdagi turli mikroorganizmlarning hayoti bevosita tuproqdagi issiqlikka bog’liq.
Ekilgan urug’larga ularning unib chiqishi va keyingi o’sishi uchun tuproqda
ma’lum harorat bo’lishi kerak. Urug’lar muayan haroratda unib chiqadi. Agar
harorat urug’ning unib chiqishi uchun etarli bo’lsa, minimal, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lsa, optimal, agar undan yuqori bo’lsa, maksimal harorat deyiladi. Maksimal harorat o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.
O’simlik urug’ining unib chiqishi uchun zarur harorat, ya’ni minimal harorat
bilan o’rtacha sutkalik harorat orasidagi farq foydali ya’ni effektiv harorat deyiladi.
O’simliklar masalan, ulardan ba’zilari yuqori haroratda (g’o’za, suli, makkajo’xori
va boshqalar) normal o’sib rivojlansa, boshqalari bahori don ekinlari nisbatan
pastroq haroratni talab etadi. Kuzgi don ekinlari qishni engil o’tkazadi, bahordagilari esa qishki past haroratda nobud bo’ladi.

Issiqlik rejimini boshqarish tuproq unimdorligini oshirishda va ekinlardan
mo’l hosil etishtirishda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ekinlarning turiga qarab
urug’ini unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishi uchun har xil miqdorda issiqlik talab
etiladi.
Yerga solingan chirimagan go’ng, organik o’g’itlar tuproqning issiqlik
rejimini yaxshilaydi, chunki 1 t go’ng chiriganda 4-5 mln. kkal issiqlik ajralib
chiqadi. Yerga barqaror sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli Shudgorlash
tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda samarali tadbir hisoblanadi. Egat va
pushtalardagi qulay harorat rejimi tuproqning fizikaviy xossalari bilan bog’liq holda chigitning barvaqt va qiyg’os unib chiqishiga imkon byeradi. Bunday yerlarda chigit tekis yerdagiga nisbatan 5-6 kun oldin unib chiqadi.
Tuproq haroratini oshirishni va rejimini tartibga solishning yana bir asosiy
omili chigit yoki boshqa ekinlar urug’i ekilgandan keyin yerlarni mulchalashdir.
Mulcha sifatida chirigan go’ng, ko’mir kukuni, qora qog’oz va plyonka kabi
materiallardan foydalanish mumkin.

Xulosa

Tuproq ozuqa rejimini yetarli miqdorini ta'minlash uchun tuproqning ozuqaviy rejimini, ozuqa moddalarining tanqis bo'lmagan balansini hisobga olish kerak. Tuproqda oziqaning kamayishiga begona o'tlar tomonidan ozuqa moddalarini iste'mol qilish bilan bog'liq yo'qotishlar ham kiradi.

Qishloq xo'jaligida tuproq oziqa rejimini tartibga solish faqat mineral o`g`it qo`llash bilan cheklanib qolmay, tuproq unumdorligini oshirish uchun sharoit yaratish kerak. Zamonaviy qishloq xo'jaligida oziqa rejimi tegishli ekinlar ekish va to`g`ri mexanik ishlov berish bilan tartibga solinadi.

Almashlab ekishning ahamiyati:

• ko'p yillik dukkakli o'simliklar (beda va boshqalar) va mos ravishda 100-150 va 40-50 kg / ga azot yig'adigan bir yillik dukkakli ekinlarni ekish;

• yuqori assimilyatsiya qilish qobiliyatiga ega ekinlarni (lupin, xantal) ekish, tuproqni ozuqaviy moddalar bilan boyitish;

• tuproqning pastki qatlamlaridagi ozuqalardan foydalana oladigan chuqur ildizli ekinlarni (ko'p yillik o'tlar, kungaboqar) ekish;



Tuproqni qayta ishlashning roli:

• tuproqdagi havo, namlik, issiqlik rejimlarini rostlash;

• namlikning etarli bo'lmagan zonasida namlikning to'planishini ko'paytirish va mikrobiologik jarayonlarni kuchaytirish orqali tuproqning tabiiy unumdorligini safarbar etish bo'yicha chora-tadbirlardan foydalanish;

• begona o'tlar, zararkunandalar va kasallik qo'zg'atuvchilarni kamaytirish;



• tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish.
Download 366 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling