Tuproqqa asosiy ishlov beruvshi mashinalar. Pluglar. Maruza savollari. Agrotexnik talablar


Download 1.66 Mb.
bet1/10
Sana19.10.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1710236
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Машины и орудия для основной обработки почвы

Tuproqqa asosiy ishlov beruvshi mashinalar. Pluglar.

Maruza savollari.

1. Agrotexnik talablar.

2. Tuproqqa ishlov berish usullari.

3. Plugning klassifikatsiyasi.

4. Ag’dargichli plugning ish jarayoni.

5. Ponaning hususiyatlari va ulardan foydalanish.

6. Korpus turlari.

7. Lemexlar.

8. Tirak taxta.

9. Plugning sudrashga qarshiligi.

Kalit so’zlar.

1. Ikki yonli pona.

2. Uch yenli pona.

3. Plugning klassifikatsiyasi.

4. Plug pichogi.

5. Plug korpusi.

6. Lemex.

7. Dala taxtasi.

8. Tirak taxta.

9. Plugning qarshiligi.

10. Agrotexnik talab.

Agrotexnik talablar

  • Har yili ekin ekiladigan yerlarni kuzgi shudgorlashda hamda quruq yerlarni birlamchi shudgorlashda chimqirqar (yoki burchakqirqar) bilan jihozlangan plugdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
  • Shudgorlangan yerni takroriy haydashda hamda sochilgan go‘ngni ko‘mishda chimkirkarsiz plug ishlatiladi. Serildiz joylarda palaxsani ag‘darib, kesaklarni maydalashga intilmasdan shudgorlash kerak (kesaklar boshqa qurollar yordamida keyinchalik maydalanadi). Sertosh yerlar saqlagichli plug bilan haydaladi.
  • Tuproq eng qulay namlikka (16...18 %) ega bo‘lgan agrotexnik muddatlarda, kamida 20 sm (makkajo‘hori va paxta uchun kamida 30 sm) chuqurlikda shudgorlanishi lozim.
  • Har yili bir xil chuqurlikda haydash natijasida shudgor tubi zichlanib “plugtovoni” hosil bo‘ladi va ekin ildizining rivojlanishiga salbiy taʼsir kursatadi. “Tovon”ni buzish uchun har 2...3 yilda chuqurlatkich bilan ishlov berish talab qilinadi.
  • Shudgorlash chuqurligining amaldagi o‘zgarishi agronom tayinlagan miqdordan ±5 % dan oshmasligi kerak. Plugning ishchi qamrov kengligi konstruktiv kengligidan ± 10 % dan ortiq farq qilmasdigi lozim.
  • Shudgorlash natijasida o‘simlik qoldiqlari va sochilgan go‘ng to‘liq ko‘milishi kerak. Har bir korpus ag‘dargan palaxsalardan paydo bo‘ladigan do‘ngchalar balanlligi 5 sm dan oshmasligi talab kilinadi. Shudgorlangan joylarda baland tuproq uyumlari va o‘ta keng ochilgan juyaklar bo‘lmasligi kerak.
  • Dala chetida plugli agregatning burilishi uchun haydalmasdan qoldirilgan yo‘lakchalar ko‘ndalangiga to‘liq chuqurlikda shudgorlanishi kerak. Shudgorlash natijasida o‘lchamlari 1...10 mm bo‘lgan kesakchalar hosil qilishga erishish kerak. O‘lchamlari 0,25 mm dan maydaroq zarrachalar tuproq eroziyasini kuchaytirishi sababli, ularning paydo bo‘lishiga yo‘l kuymaslik kerak.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling