Tuproqqa ishlov berish va uning ilmiy asoslari. Guliston Davlat Universiteti Raxmonov Ikrom Abdukarimovich
Download 210.88 Kb.
|
1 2
Bog'liq2 sho\'ba GulDU Raxmonov Ikrom Tuproqqa ishlov berish
TUPROQQA ISHLOV BERISH VA UNING ILMIY ASOSLARI. Guliston Davlat Universiteti Raxmonov Ikrom Abdukarimovich. GulDU. Tuproqshunoslik kafedrasi, katta o’qituvchi. Samatqulova Durdona Xasan qizi. Eksperimental biologiya laboratoriyasi laboranti. O’zbekistonning bo’z tuproqlariga ishlov berish bir xil emas. Tuproqqa ishlov berish – unga mexanik ta’sir ko’rsatish bilan uning tabiiy holatini o’zgartirishdir. Tuproqqa ishlov berishning vazifalari quyidagilardan iborat: 1.Tuproqning zichlangan qatlamini yumshatish bilan uning fizik xususiyatlarini va kimyoviy xossalarini yaxshilash; 2.Tuproqni yumshatish orqali uning atmosfera bilan havo almashinishini yaxshilash, buning evaziga tuproq mikroorganizmlarining faoliyatini oshirish, organik moddalarning chirishini va o’simliklar uchun yetarli miqdorda mineral oziqa moddalari tayyorlanishini ta’minlash. 3.Tuproqning suv o’tkazuvchanligi, suv hamda issiqlik rejimlarini yaxshilash. 4.Begona o’tlarni qirib tashlash, xasharot va kasalliklarni yo’q qilish; 5.Yerga solinadigan mineral va mahalliy o’g’itlarni tuproqqa almashtirish ularni o’simlik ildizlari gavjum qatlamlariga yetkazib berish; 6.Tuproq yuzasini tekishlash; 7.Urug’ni ekish va uni undirib olish, qulay sharoitlar yaratish; 8.Tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish; 4 mln 300 ming gektar sug’orilagan yerlarning hozirgi davrda yarmidan ortig’ining meliorativ xolati buzilganligining sabablaridan biri ham ana shu tuproqqa ishlov berish sifatining yomonligidandir. Tuproqa ishlov berish usuli – bu ishlov beradigan mashinalar qurollar bilan tuproqqa bir marta ta’sir etishidir. Ishlov berish usullari 3 xil bo’ladi: 1.Asosiy; 2.Yuza; 3.Maxsus. Asosiy ishlov berishda tuproq chuqur ishlanadi. Tuproqqa asosiy ishlov berish ham o’z navbatida 2 xil: 1.Shudgor; 2. Chuqur yumshatish; Yuza ishlash shudgorlangan yoki chuqur yumshatilgan tuproq har xil qurollar yordamida 12-14 sm gacha yuza yumshatiladi, lekin yuza yumshatish ko’p marta takrorlanadi. Yuza yumshatishga kultivasiya, chizellash, diskalash, boronalash, kotok bostirish, shleyflash va molalash kabilar kiradi. Maxsus ishlov berish – bu maxsus sharoitlarda, alohida maqsadlar bilan bajariladi. Masalan qor to’plash, yog’in suvlarini tutib qolish, tuproqning “shox”, gipsli va saqich qatlamlarini yumshatish va hokazo. Tuproqqa ishlov berish tizimi-bu ma’lum maqsadni amalga oshirish uchun tuproqni ishlash usullarining umumiy yig’indisidir. Masalan, yerni ekishga tayyorlash maqsadida tuproqqa ishlov berish usullari. Shularni bajarish muddatlariga ko’ra tuproqqa ishlov berish quyidagi tizimlarga bo’linadi: 1.Tuproqqa asosiy ishlov berish; 2. Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish tizimi; 3.Tuproqqa ekin ekilgandan keyin ishlov berish tizimi. Ekinlarni ekish muddatiga ko’ra ishlov berish tizimi yana 2 xil bo’ladi: 1.Tuproqni kuzgi ekinlar ekishga tayyorlash tizimi; 2. Tuproqni bahorgi ekinlar ekishga tayyorlash tizimi; Shurtob yerlarda tuproqning to’planuvchi (ilyuvial) qatlamining ustida karbonatlar (B1), asosan soda, pastida esa gips (B2) to’planadi. Odatda, shurtob yerlarning meliorativ xolatini yaxshilashda gipslash usuli qo’llaniladi. Bunda har 5-7 yilda bir marta gektariga 500-600 kg dan gips solinadi. Gips tarkibidagi kalsiy tuproqning singduruvchi kompleksidan natriyni siqib chiqaradi va shu tariqa tuproq eritmasining reaksiyasini kuchli ishqorlikdan neytralga yaqinlashtiradi. Keyingi yillarda olimlar tuproqni o’z-o’zini meliorasiyalash yo’lini topishdi. Buning uchun maxsus PTH-3-40 markali plug yordamida yerning qatlamlari almashtiriladi, yani uning ustki A qatlami og’darib haydaladi va o’z joyida qoldiriladi, yani uning ustki A qatlami agdarib haydaladi va o’z joyida qoldiriladi, ostki qatlamdagi B1 va B2 qavatlar o’rin almashinadi va B2 yuqoriga , B1 pastga tushiriladi. Natijada gipsli (B2) qatlam karbonatli (B1) ustiga chiqadi. Yog’in-sochinlar ta’sirida gips suvda erib, karbonatli qatlamga tushadi, u yerda soda bilan reaksiyaga kirishib, natriy kationini singdiruvchi komplekasdan eritmaga tushiriladi. Bu jarayon quyidagicha kechadi: [TCK]NaNa+CaSO4=[TCK]Ca2++Na2SO4 Reaksiya natijasida hosil bo’lgan natriy sulfat qor-yomg’ir yoki sho’r yuvish suvlarida erib tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib tushadi. Demak, shurtob yerlarga maxsus pluglar bilan (otvali qirqilgan) ishlov berish natijasida tuproq o’z-o’zini meliorasiyalaydi va unumdorligini oshiradi. Tuproq strukturasini tiklash va mustahkamlashda uning fizik – kimyoviy singdirish xossasining ahamiyati katta. Nordonligi va ishqoriyligi katta yerlarni ohaklash, gipslash, tuproqlarning sho’rini yuvish, sizot suvlarining sathini pasaytirish kabi agromeliorativ tadbirlarni to’g’ri va sifatli bajarish bilan tuproq eritmasining reaksiyasini neytrallashga, tuproqning singdiruvchi kompleksidan bir valentli zararli kationlarni siqib chiqarib, ularni ikki va uch valentli foydali kationlar bilan almashtirishga erishish zarur. Tuproqning strukturalanish jarayoni chang va qum zarrachalarining tuproq kolloidlari (chirindi va loyqa) bilan birikib agregatlar hosil qilishidan boshlanadi.
Download 210.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling