Uch fazali uch cho‘lg‘amli transformatorlar va avtotransformatorlar


Download 51.37 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi51.37 Kb.
#1343998
Bog'liq
avtotransformatorlar uz-assistant.uz



Uch fazali uch cho‘lg‘amli transformatorlar va avtotransformatorlar

Reja:



  1. Uch faza uch cho‘lg‘amli transformatorlarning elektr tarmoqda ishlatish extiyoji.

  2. Uch cho‘lg‘amli transformatorlarning almashtirish sxemasi, va quvvat isroflari.

  3. Avtotransformatorlar va ikkilamchi chulgomlarining parchalanishi.



Uch fazali uch cho‘lg‘amli transformatorlar va avtotransformatorlar
Elektr tarmoqlarning bir nuqtasidan elektr energiyasining har xil masofaga uzatish zaruriyati tug‘ilganda, uch cho‘lg‘amli uch fazali transformatorlar qo‘llanadi. hozirgi vaqtda yuqori kuchlanishli (YU.K), o‘rta kuchlanishli (U.K) va past kuchlanishli (P.K) cho‘lg‘amlarning quvvatlari barovar transformatorlar ishlab chiqariladi. Maʼlumotnomalarda har bir juft cho‘lg‘amlarning qisqa tutash kuchlanishlari beriladi.
Uch cho‘lg‘amli transformatorlarning bir chiziqli tarmoq sxemasiga ko‘rsatiladigan shartli belgisi va almashtirish sxemasi 11-rasmda ko‘rsatilgan.
Bu sxemaning parametrlari quyidagicha aniqlanadi:
Agar cho‘lg‘amlarning quvvatlari 100/100/100
R1=R2=R2=0,5  Rum
har bir juft reaktiv kuchlanish pasayishlarining nisbiy qiymatlarning qisqa tutash kuchlanishi Uk-ge tenglashtirib quyidagicha yozamiz:



Bu tenglamalardan ifodalaymiz:



Rasm-11da ko‘rsatilgan uch cho‘lg‘amli transformatorning almashtirish sxemasidagi Xt1, Xt2, Xt3, reaktiv qarshiliklar, mos ravishda, nisbiy kattaliklarda berilgan cho‘lg‘amlarning qisqa tutash kuchlanishlariga tenglashtirib olish mumkin:
Xt1 = ; Xt2 = ; Xt =
Bu reaktiv qarshiliklarning nomlangan kattaliklarda, yaʼni «om” o‘lchash birligida quyidagi formulalar orqali hisoblanadi
Xt1 = Xt2 = Xt3 =
Bu formulada Un - uch kuchlanishning xoxlaganicha kiritish mumkin. Ko‘pincha yuqori kuchlanish olinadi.
Transformatorning cho‘lg‘amlarining aktiv va reaktiv quvvat isroflarining yuqorida ko‘rsatilgan umumiy isrof asosida aniqlanadi:
;
hozirgi vaqtda uch cho‘lg‘amli transformatorlar deyarli qo‘llanilmaydi. Tarmoqning bir nuqtasida uch xil kuchlanish olish uchun, ko‘pincha avtotransformatorlar qo‘llaniladi. Avtotransformatorlarda, o‘rta kuchlanish, yuqori yaʼni birlamchi cho‘lg‘amning bir qismidan alohida sim ulanib qutb chiqariladi. Past kuchlanish esa o‘zak orqali alohida cho‘lg‘amga transformalanib, yaʼni o‘zgartirib olinadi. RASM 12-da avtotransformatorning sxemasi va bir chiziqli tarmoqlarda shartli belgisi ko‘rsatilgan. Ko‘rib chiqqan uch cho‘lg‘amning transformatorlarday. Avtotransformatorning nominal quvvati yuqori kuchlanishli cho‘lg‘amning quvvati olinadi.

Rasm-12
Elektr tarmoqlarda qo‘llanadigan avtotransformatorlar ko‘pincha 100/35/10 kv li bo‘lib, yuqori va o‘rta quvvatlari baravardir, yaʼni:

Avtotransformatorlarning almashtirish sxemasining parametrlari va quvvat isrofi yuqorida, uch cho‘lg‘amli transformator uchun keltirilgan formulalar asosida hisoblanadi.
Uch cho‘lg‘amli transformtorlarning yana biri ko‘rinishi ikkilamchi cho‘lg‘amlari parchalangan, yaʼni ikkilamchi cho‘lg‘amlari ikki bir kuchlanishli transformtorlardir. Ikkilamchi cho‘lg‘ami parchalangan transformatorlar, qisqa tutash toklari, bexad katta bo‘lgan tarmoqlarda qo‘llanadi, chunkim bu transformatorlar tarmoqning qisqa tutash tokining (2-3) marotaba kamaytiradi.

Foydalanilgan adabiyetlar:



  1. Borovikov V.A.i drugiye «Elektricheskiye seti energeticheskix систем» uchebnik dlya texnikumov. L.Energiya, 1992g

  2. Melshikov N.A. Elektricheskiye seti i sistemы uchebnik dlya vuzov M. Energiya, 1983g

Download 51.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling