adabiyotlar 622452 ta hujjatlar tezislar" /> Uk-panel'}" data-uk-grid-margin="" > adabiyotlar 622452 ta div .uk-panel-WPS Office

Uk-panel'}" data-uk-grid-margin="" > adabiyotlar 622452 ta


Download 15.17 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi15.17 Kb.
#1110398
Bog'liq
div .uk-panel-WPS Office


div > .uk-panel'}" data-uk-grid-margin="" >

ADABIYOTLAR 622452 TA

VIDEODARS 982 TA

AUDIOKITOB 2205 TA

“YUKSAK MA’NAVIYAT – YENGILMAS KUCH” ASARI ISLOM KARIMOV ASARLARINING GULTOJI.


Reja:

1. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi dunyo nazarida.

2. Ma’naviyat – insonning ulg’ayish va kuch qudratining manbai.

3. Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori.

Ma’lumki, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi mamlakatimiz va dunyo jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish va e’tibor bilan kutib olindi. Ushbu kitob dunyoning bir necha tillariga tarjima qilinib, nashr etildi. Misr Arab Respublikasi, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn kabi mamlakatlarda kitobning taqdimot marosimlari o’tkazildi.



Yaqinda esa “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi Ozarboyjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida ozarboyjon tilida chop etildi.

Ushbu kitobda odamzot uchun hamma zamonlarda ham bebaho boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etiladi. Ayni paytda istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar, islohotlarning ma’naviy mezonlari haqida atroflicha fikr yuritiladi. Muallif haqli ravishda ta’kidlaganidek, “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi va ertangi hayotimiz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan g‘oyat muhim va hal qiluvchi masalalar o‘rtaga qo‘yilgan mazkur asar insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va kuchga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida har tomonlama mushohada yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratishga da’vat etishi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi. Kishilik jamiyati rivojining shaxs ma’naviy qiyofasiga ta’siri barcha zamonlarda turli mutafakkirlar va mutaxassislar tomonidan bisyor o‘rganib kelingan. Yangi asr arafasida jahon iqtisodiy xo‘jaligi tarkibi tubdan o‘zgardi. Ushbu jarayonlar shaxs ma’naviy qiyofasi xarakterining, hayotiy qadriyatlari va ideallarining, ijtimoiy mavqeining o‘zgarishiga, qator ijtimoiy illatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Buning ustiga, XXI asr boshlariga kelib shaxs ma’naviy qiyofasiga tahdid soluvchi omil va vositalar miqdori ko‘payib ketdi. Shaxs ma’naviy olami uchun kurash turli siyosiy kuchlar faoliyatining asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Shu munosabat bilan mamlakatimiz birinchi rahbari o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday deb yozadi: “Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumba-shariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.” Asar asosida mustaqillik yillaridagi ma’naviy yuksalish jarayonini tahlil qilish. Bugungi kunda yoshlarimizning ma’naviy tahdidlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish zaruriyati kuchayayotganligini anglab yetish. Asarning ma’naviy jasoratga undovchi omil ekanligini uqib olish. Asarning yuqoridagi metodologik pozitsiyadan mushohada qilinishi unda ilgari surilgan g‘oyalarni yanada mufassalroq ilg‘ab olish imkonini beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi biz uchun g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saq-lanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog‘liqdir. Shu boisdan ham, o‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barakamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylgndi.Ta’kidlash joizki, bu jarayon yurtimizda o‘ta murakkab sharoitda-mustabil sho‘ro tuzumi barbo bo‘lgan va yangicha ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan keskin bir vaziyatda yuz berdi. Mana shunday o‘ta qaltis va murakkab bir davrda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni asrab qolish, «Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalarni ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojlariga bevosita daxldor dolzarb masalalarni hal qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab tomonlari, milliy qadriyatlar, tarixiy an’analar, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak. Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bo‘lishi lozim? Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Bizning vazifamiz shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash, avaylash va yanada boyitish. So‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqod erkinligini ta’minlashimiz kerak. Biz odamlarning ma’naviy tarbiyasini o‘ylab, tinchlik va xayrli ishlarni ko‘zlab harakat qilayotgan har bir kishini qo‘llab-quvnatlaymiz, ular bilan hamkorlik qilamiz. Masalaning boshqa tomoni ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Insonning to‘laqonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo‘lgan maktablar, elektron kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o‘choqlarini ko‘paytirish, ularning sharoitini yaxshilash. Biz ko‘p yillar davomida ma’rifat va madaniyatga noto‘g‘ri munosabatda bo‘ldik. Unga sarflanayotgan mablag‘lar doim boshqa sohalardan kam bo‘ldi. Natijada biz bu masalada orqada qolib ketdik. Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma’rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim. “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”. Odamzod uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lgan ma’naviyat haqidagi bu fikrlar O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan o‘rin olgan. Kitobning ma’no-mazmuni, unda ilgari surilgan g‘oya va qarashlar bugungi va ertangi hayotimiz uchun beqiyos ahamiyatga ega. Muallifning ma’naviyat haqidagi, uning inson, jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni va ta’siri to‘g‘risidagi ko‘p yillik kuzatishlari, fikr-mulohazalarining mahsuli bo‘lgan bu asar har tomonlama teran ilmiy va hayotiy qarashlarga asoslangani bilan ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortadi. Kitobda ma’naviyat tushunchasining ilmiy-nazariy, tarixiy va zamonaviy tamoyillari har tomonlama chuqur ifodasini topgan, shu bilan birga, bugungi murakkab davrda ma’naviyatga qarshi qaratilgan tahdidlarning kuchayib borayotgani va bunday xatarlarning tub ildizlari ko‘rsatib berilgan. Ma’lumki, bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Bu haqiqat davlatimiz rahbarining oldingi asarlarida ham keng sharhlab berilgan edi. Mazkur kitobda bu masala yanada chuqurroq tahlil etiladi. Jamiyat hayotida, insonlar ongida g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lgan taqdirda uni begona mafkura va qadriyatlar bilan to‘ldirishga urinadiganlar albatta topilishi hayotiy misollar orqali isbotlab beriladi. Bu kitob bugun ostonamizga kirib kelayotgan ana shunday xavf-xatarlardan ogoh etib, barchamizni yana bir bor sezgirlik va hushyorlikka da’vat qiladi, el-yurtimiz, yoshlarimizni turli xil mafkuraviy xurujlardan asrash borasida oldimizda turgan vazifalarni aniq-ravshan belgilab beradi.

Insoniyat sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish tarixi har bir millat nafaqat o’z boyliklari, balki, birinchi navbatda, yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan kuchlidir, degan oddiy haqiqatni qayta-qayta isbotlab kelmoqda. Bu borada ko’hna o’zbek diyori jahon madaniyati, ilm-fani va ma’naviyati xazinasini boyitishga beqiyos hissa qo’shib kelayotgan qutlug’ zamindir, desam, o’ylaymanki, mubolag’a bo’lmaydi. Bu yurtda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Moturidiy, Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Bahouddin Naqshband, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar va mutaffakirlar tug’ilib, dunyo tamadduni tarixida o’chmas iz qoldirgani buning yorqin isbotidir. Bu buyuk zotlarning asarlari hozirgi kungacha ham o’zining ahamiyatini yo’qotmasdan, ulkan ilmiy hamda ma’naviy boylik sifatida yuksak qadrlanib kelmoqda. Boshqacha aytganda, bu bebaho meros dunyodagi manaman degan aql-zakovat sohiblari e’tirof etadigan va butun musulmon ummati faxrlanadigan boylikdir. Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha islom tashkiloti (AYSESKO) tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilinishi, hech shubhasiz, o’zbek xalqi va uning buyuk ajdodlarining jahon sivilizatsiyasi hamda madaniyati rivojiga nechog’lik katta hissa qo’shganining yorqin e’tirofi bo’ldi. Buni qarangki, 2009 yilda Boku shahri ma’naviy birligimiz va o’zaro tarixiy bog’liqligimizning ramzi sifatida Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qilindi. Bugungi murakkab davrda barchamiz deyarli butun dunyoni terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik singari balo-qazolar qamrab olishga urinayotganiga shohid bo’lib turibmiz. Qabih niyatli kuchlar islom dinini o’ziga niqob qilib olib, muqaddas dinimizni obro’sizlantirish, musulmonchilik yo’lidagi insonlarni kamsitish, ularga qandaydir g’araz ko’z bilan qarash kabi illatlarni ildiz ottirishga harakat qilmoqda. Bunday salbiy holatlar tez-tez uchrab turgan murakkab bir sharoitda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan yuritilayotgan, har tomonlama puxta o’ylangan, pragmatik va oqilona siyosat shu singari tagi puch qarashlar, sarqit va xurofotlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaydigan mustahkam to’siq, muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda, Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikka turli tahdidlar xavf solib turganiga qaramasdan, O’zbekistonda tinchlik-osoyishtalik, dinlararo bag’rikenglik mustahkam qaror topgani ana shu fikrimning yaqqol tasdig’i bo’la oladi. O’zbekiston o’z mustaqil taraqqiyotining tarixan qisqa davrida muhtaram O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich rahnamoligida milliy qadriyatlarni, ajdodlarning boy ilmiy va ma’naviy merosini, tarixiy obidalarni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgani yuksak tahsinga sazovordir. Shu yo’ldagi sa’y-harakatlar tufayli yuzlab me’moriy majmualar butunlay yangicha qiyofa, ko’rku tarovat kasb etdi. Bugungi kunda ular o’ziga xos ma’naviy-axloqiy tarbiya markazlariga aylangan. Tarixi necha ming yillar bilan o’lchanadigan qadimiy shaharlarning yubileylari keng nishonlanmoqda, o’zining go’zalligi, betakrorligi va mahobati bilan har qanday odamni hayratga soladigan yangi-yangi komplekslar barpo etilmoqda. Samarqanddagi Imom Buxoriy, Shohi Zinda, Buxorodagi Bahouddin Naqshband, Toshkentdagi Hazrati Imom kabi qayta tiklangan va obod etilgan muqaddas qadamjolar hamda boshqa me’moriy majmualar bugun mo’tabar ma’naviy tarbiya maskanlari, qutlug’ ziyoratgohlar sifatida nafaqat O’zbekistondagi, balki butun dunyodagi ming-minglab odamlarni o’ziga jalb etmoqda. Yana bir quvonchli jihati shundaki, yosh mustaqil O’zbekiston davlati istiqlolning birinchi yillaridan boshlab, dinga o’z madaniy-ma’naviy an’analarining uzviy bir qismi sifatida qarab, unga munosabatni tubdan o’zgartirdi. Qardosh O’zbekistonda ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash, bag’rikenglik davlat siyosati darajasiga ko’tarilganiga guvoh bo’lib turibmiz. Ma’lumki, 1999 yilda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoniga muvofiq Toshkent islom universiteti tashkil etildi. Mintaqadagi eng yirik ushbu oliy o’quv yurtida dunyoviy va diniy bilimlarni puxta egallagan, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Men O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohot va o’zgarishlarni kuzatar ekanman, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich beqiyos azmu shijoatga ega bo’lgan, uzoqni o’ylab ish tutadigan dono davlat arbobi ekaniga qayta-qayta ishonch hosil qilaman. O’zbekiston rahbari mamlakati erishgan yutuqlar bilan kifoyalanib qolmasdan, o’z xalqini doimo yangidan-yangi, yanada yuksak marralar sari boshlaydi.O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati har tomonlama chuqur ochib berilgan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”asarini, unda alohida urg’u berilgan o’ta muhim va dolzarb fikr va g’oyalarni bunga yorqin misol sifatida keltirish mumkin. Bu kitobda ma’naviyat sohasining hamma zamonlarda ham katta ahamiyatga molik bo’lgan jiddiy masalalari teran tahlil etib berilgani e’tiborlidir. Qadim-qadimdan bizga buyuk ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan boqiy qadriyatlarga amal qilib yashashga chorlaydigan, muqaddas kitoblarimizda o’zining chuqur ifodasini topgan ezgulik, olijanoblik, kamtarlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni yanada teranroq anglashga salmoqli hissa qo’shadigan bu asar nihoyatda qadrlidir.



Mazkur asarning yana bir muhim xususiyati shundaki, u bizni umumiy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo’lida yanada qat’iy harakat qilishga da’vat etadi. Muallif jamiyatni rivojlantirishda siyosiy, iqtisodiy va harbiy omillar bilan bir qatorda yuksak ma’naviyat alohida ustuvor ahamiyat kasb etishini ilmiy va nazariy nuqtai nazardan asoslab beradi. O’zbekistonning birinchi Prezidenti hozirgi kunda insoniyat hayotiga xavf solayotgan turli tahdidlarni bartaraf etish uchun milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash, ma’naviy yuksaklik, poklik va ezgulikka intilish zarurligi haqidagi g’oyalarni ilgari surardi. Shuningdek, kitob muallifi islom dinining pokligini saqlash, uni har xil g’arazli xuruj va bo’htonlardan himoya qilish, muqaddas dinimizning asl mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongiga singdirish hamda islom sivilizatsiyasi yutuqlarini keng targ’ib qilishga da’vat etadi. Bizning xalqlarimizni milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, tilimiz, madaniyatimiz va dinimizning mushtarakligi birlashtiradi. Shu bois kitobning mazmuni, unda muallif tomonidan ilgari surilgan dolzarb fikr va qarashlar, mening nazarimda, mamlakatlarimiz xalqlari uchun birdek tushunarlidir. Biz ham, Navoiy shahrida diniy bag’rikenglik va barcha din vakillarining hamjihatlikda faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, sivilizatsiyalararo muloqotni, shuningdek, asl islom dinining sofligini himoya qilish uchun ko’p ishlarni amalga oshirmoqdamiz. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlagan kelajak avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash vazifasi, Navoiyda yuqorida zikr etilgan xayrli ishlarni hisobga olib aytadigan bo’lsak, biz uchun ham hayotiy muhim ahamiyatga egadir. Yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, osoyishta va farovon hayotimizni qadrlash, ogohlik va hushyorlik, farzandlarimiz qalbi va ongini turli g‘oyaviy tahdidlardan himoyalash – biz uchun hamisha biz ustoz va murabbiylarning muhim vazifalardandir. Bu esa ota-onalar, o‘qituvchi va murabbiylar, keng jamoatchilik bilan birga ma’naviyat targ‘ibotchilari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Shunga qaramay, bugungi murakkab davr yoshlar ma’naviy dunyosini yuksaltirishda ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini doimiy, tizimli, samarali va ta’sirchan tarzda, yangi va ilg‘or targ‘ibot usullarini qo‘llagan holda, zamon ruhiga hamohang tashkil etishni talab etayotir. Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida bu yo‘nalishdagi asosiy tushuncha va tamoyillar mazmun-mohiyati ochib berilib, yoshlarning ma’naviy olamini asrash va mustahkamlash, boyitish, yosh avlod qalbi va ongini turli zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishning dolzarb vazifalari belgilangan. Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mohiyatini, qabul qilingan qonunlar va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha tushuntirish, aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ona yurtga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan.

So’zimning nihoyasida shuni qat’iy ishonch bilan aytmoqchimanki, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi nafaqat O’zbekiston xalqining farovonligi, balki butun insoniyatning yanada taraqqiy etishi yo’lida xizmat qiladi.


Foydalangan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat. 2008. 

2. I.Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xafsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Asarlar 6-jild. T. O`zbekiston 1998..

3. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin: (I.Karimovning “Tafakkur” jurnali Bosh muxarrirning savollariga javoblari). Asarlar 7-jild, -T.: “O`zbekiston” 1999.

4. S.Otamurodov va boshqalar. “Ma`naviyat asoslari” T.: “Meros”, 2002.

Read 4289 times

Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar

More in this category: « Юксак маънавият ва дахлдорлик ҳисси – фуқаролик жамияти аъзоларининг муҳим фазилати Yuksak manaviyat »

back to top

Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019



Powered by ATM


ИКС810
Download 15.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling