Ularning ishlash prinsiplari
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
1-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTRON HISOBLASH MASHINALAR DAVRI.
- ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARINING AVLODLARI.
- TEXNIKA XAVFSIZLIGI HAQIDA
- STOL VA STULLARGA TALABLAR
KOMPYUTER TEXNIKASINING RIVOJLANISH TARIXI. KOMPYUTERNING ASOSIY VA QO’SHIMCHA QURILMALARI, ULARNING ISHLASH PRINSIPLARI REJA
1. Kompyuter texnikasining Rivojlanish tarixi 2. Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari, ularning ishlash prinsiplari
ELEKTRON HISOBLASH MASHINALAR DAVRI. Elektromexanik mashinalar ham o'z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko'p vaqt talab qilishi, ya'ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug'ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi. Shu
maqsad yo'lida
1942-45 yillarda
birinchi bo'lib
AQShdagi Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bolgan electron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna( ba'zi manbalarda 70 tonna) o'girlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega bo'lgan ulkan hisoblash mashinasi "ENIAK" deb nom oldi. 1946 yili amerika olimi Djon Fon Neyman (1903-1957) shunday elektron hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu hil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki boMdi. Keyinroq, AQShda va Buyuk Britaniyada "ADVAK", "EDSAK", "SEAK", "BINAK", "UNIVAK" va boshqa mashinalar yaratildi. Umuman, 1950 yilelektron hisoblash mashinalarining taraqqiyotining boshlanishi bo'ldi. ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARINING AVLODLARI. Tarixan qisqa vaqt mobaynida (35-40 yil orasida) EHMning to'rt avlodi yaratilib, beshinchi avlod mashinlari loyihalashtirilmoqda. EHMlarning avlodlarga ajratish ularni yaratishda nimalarga asoslanganligi, qanday tuzilganligi, texnik xarakteristikalari, foydalanuvchilar uchun qulayligi va boshqa tomonlari bilan farqlanadi. EHMlarning birinchi avlodi EHMlarning birinchi avlodi.(50-villar boshlarigacha) qatoriga MESM, BESM-1, BESM-2, Strela, M-3, Minsk-1, Ural-1, Ural-2 ba boshqalar kiradi. Bu mashinalarning hammasi elektron lampalar asosida qurilgan. Ularning o'lchamlari katta, elektr quwatini ko'p iste'mol qiladi, amallarninh bajarilishi tezligi past, katta miqdorda axborotlarni saqlay olmaydi va ishonchsizligi bilan ajralib turadi. Bu toifa mashinalar sekundiga o'rtacha 10000 amal bajaradi. Xotirasiga faqat 2047 tahacha son sig'adi. EHMlarning ikkinchi avlodi EHMlarning ikkinchi avlodi.(1960 yillarning boshlari) tranzistorlar (yarimo'tkazgich va magnit elementlar)dan tuzilgan. Bu avlodga mansub mshinalarning o'ziga hos xususiyatlaridan biri, ular qo'llanish sohasi bo'vicha ixtisoslashtinlgandir. Ikkinchi avlod EHMlarida oldingilariga qaraganda tezroq va ishonchliligi ko'proq ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniyati yaratildi. EHMning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalar kiradi: Minsk-2, Minsk-22, Razdan-3, M-220, BESm-6,'MIR, Nairi, Minsk-32, Ural-14 va boshqalar. Bu mashinalarda qo'yilgan masalani tez yechish imkoniyatini yaratadigan dasturdan, masalani yechishda EHM bajarishi lozim bo'lgan amallar ketma-ketligidan foydalanish mumkin. Bunday EHMlarning o'rtacha tezligi 100000 amal/sekund, xotirasiga 10000 tagacha so'z sig'adi. Elektron hisoblash mashinalarining keyingi murakkablashuvi turli vazifalarni bajaruvchi moslamalarning o'sishiga olib keldi, bu esa o'z navbatida element va sxemalarni kichraytirishni va ularning ishlashdagi ishonchlilikni oshirishni, xotira sig'imini kattalashtirishni, ishlash tezligini yana ham tezlatishni talab etdi. Shunga asosan mikroelektronikada tez orada lkub santimetr hajmli kristalda eng kamida 5 dona elektronika elementini birlashtirgan electron qurilma, ya'ni mitti integral sxemalar paydo bo'la boshladi. Bunday sxemalar ikkinchi avlod mashinalarida mavjud bo'lgan barcha kamchiliklarning ko'p qismini yo'q qilingan yangi hisoblash mashinalarining paydo bo'lishiga zamin yaratdi. Integral sxema, avvalo yasalayotgan moslamalarni miniaturalash (juda kichiklashtirish)ga olib keldi.
EHMlarning Uchunchi avlodi EHMlarning uchinchi avlodi.(60-villarning oxiri) kopchilik tranzistorlar va turli xil ehtiyot qismlar o'rniga integral sxemalardan keng ko'lamda foydalanish bilan harakterlanadi. Integral sxemalarni ishlatish tufayli mashinalarning texnik va ishlatish xarakteristikalarini ancha yaxshilashga, jumladan, ixchamlashishi va ishlash tezligining oshishini ta'minlashga erishildi. Bunday mashinalarning samarali va ishonchli ishlashiga ta'minlandi. Xotira sig'imi 2048 Kbaytgacha bordi. Bu avlod mashinalarini birgalikda ishlab chiqargan yagona sistema turidagi mashinalar tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi mashinalarning nomi ES dan boshlanadi. Bu mashinalar turiga qarab, sekundiga 2 milliongacha turli arifmetik amal bajarishi mumkin bo'ldi. Fan va texnikaning rivojlanishi odam bilan EHM o'rtasida muloqot qilish mumkin bo'lgan hisoblash mashinalari yaratish zarurati tug'dirdi. Ba vazifa yangi paydo bo'layotgan to'rtinchi avlod mashinalarida amalgam oshirildi. EHMlarning Turtinchi avlodi EHMlarning to'rtinchi avlodi. 1970 yillardan etiboran paydo bo'la boshladi. Ularda element bazasi sifatida katta integral sxemalar. Ya'ni Ism kub hajmda 100 minggacha elementni birlashtirgan mikrosxema qo'llanildi. Bunday EHMlardan jamoa ravishda foydalanish EHMlar tarmog'ini va shaxsiy kompyuterlar yaratish imkonini tug'dirdi. Hozirhi kunda ko'pgina o'rta maktablarga o'rnatilgan IBM, Yamaxa, Pravets-8A, AGAT, Osiyo, Toshkent, Yoshlik kompyuterlari shu turdagi lardir. SHAXSIY KOMPYUTER avlodlari almashuvi hakida ma'lumotnoma 1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroklar. ShAXSIY KOMPYuTER katta hajmi, kup elektr kuvvati iste'mol etishi, kam ?arakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan. 2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim utkazgichli elementlar. Oldingi avlod ShAXSIY KOMPYuTERga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan. 3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza-integral chizmalar. ShAXSIY KOMPYuTER hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi. Ma'lum masofadagi terminallardan alo?ida bulish. 4-avlod (1970 yillar urtalaridan). Element bazasi- mikroprosessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chikarilishi. Rivojlanish yunalishi; yukori ishlab chikarish kuvvatiga ega kudratli kup prosessorli hisoblash tizimlari arzon mikro ShAXSIY KOMPYuTERlarni yaratish. 5-Avlod (1980 yillar urtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chikarila boshlandi.
TEXNIKA XAVFSIZLIGI HAQIDA Kompyuter o'rnatiladigan xonaga kompyuterlar soniga qarab turib, quyidagi talablar qo'yiladi: ta’limni axborotlashtirish bu tinglovchilarni kompyuterda nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazish bilan bajariladi. Shuning uchun kompyuter xonasida 5 tadan
20 tagacha kompyuter o'rnatilishi mumkin. Bizning sharoitimizda uning soni 5 taga teng. Shuning uchun kompyuter xonasini o'lchamlari quyidagicha bo'lishi kerak: 6x10x2,8 metr.
STOL VA STULLARGA TALABLAR Kompyuter xonasida stol va stullarga talablar mavjud bo'lib, stol balandligi yerdan 68-77 sm bo'lib, stullar esa aylanuvchan bo'lishi kerak va albatta orqasida suyanchig'i bo'lishi kerak. Chunki stol-stullar o'z gabariti bilan to'g'ri kelmasa, foydalanuvchi tezda charchab qoladi. Stol va stullar shunday joylashtirilishi kerakki, ular insonlarga turib yurishga xalaqit bermasligi kerak. Bundan tashqari, o'qituvchi bemalol har bitta tinglovchini oldiga borib, uni qilgan xatolarini Kompyuterda bemalol ko'rsata olishi kerak. MONITORDAN INSONNING KO'ZIGACHA BO'LGAN OPTIMAL MASOFA Monitor ko'zdan ozgina pastroqda va 50 smdan kam bo'lmagan masofada joylashishi kerak. Monitor va ko'z orasidagi masofa 60-70 sm bo'lishi tavsiya qilinadi, bu masofa kichik bo'lsa, insonni ko'zi tezroq charchaydi. Monitorni dizayni va rangi o'ziga e'tiborni jalb qilmasligi kerak. Shuning uchun monitorning sirt tomonida har xil reklama yopishtirgichlarini olib tashlash kerak. Monitorning ekrani zangori va ko'k ranglarga bo'yalishi shart. Chunki bu ranglar inson ko'ziga eng yaxshi ranglardan hisoblanadi. KOMPYUTERDA ISHLASH VAQTIDA INSONNING CHARCHASH SABABLARI Kompyuter bilan ishlash vaqtida inson quyidagi faktorlardan charchaydi: - ekranni yorug'ligi; - kontrast va fon o'rtasidagi aniqligi; - Kompyuterda ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi; - Kompyuterda nurlanishning insonga ta'siri; - Kompyuter buzuqligi. Kompyuter xonasiga talablar Xonaning shifti oq-ko'k fon balan oqlanishi, devorlari esa yashil rangga oqlanishi kerak. Bu ranglar va oftob nurlanishi bizga kerakli rang iqlimini yaratib beradi. Elektr xavfsizligi Kompyuter xonasida hamma jihozlar elektrotokda ishlaydi, shuning uchun elektr shikastlanishiga uchrash mumkin.
KOMPYUTERNING ASOSIY VA QO’SHIMCHA QURILMALARI - sistemalar bloki – ichki qurilmalar joylashadi.
- Klaviatura – belgini kompyuterga kiritadi. - Monitor (displey) – ma’lumotlarni matnli va tasvirli tasvirlash imkonini beradi.
Kompyuterlar imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Sichqoncha – ma’lumotlar kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator. Printer – ma’lumotlarni qog`ozga chiqaradi. Skaner – qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga tasvirli yoki matnli ravishda kiritadi. Modem – telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini va internet tarmog`iga ulanishga yordam beradi. Kompyuterlar imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Plotter – turli tasvirni va grafiklarni bosmaga chiqarish qurilmasi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling