Umumiy pisixologiya


Download 1.33 Mb.
Sana08.05.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1441664
Bog'liq
UMUMIY PSIXOLOGIYA NIGMATULLAYEVA.O B


UMUMIY PISIXOLOGIYA
BAJARDI: NIGMATULLAYEVA_O_B
TEKSHIRDI: _____________ ______________________
Sezgi va uning turlari.
Sezgilar xilma-xil bo’ladi. Turli-tuman sezgini qaysi sezgi organlari yordami bilan hosil qilsak, ularni o'sha organlarga qarab odatda, quyidagi turlarga, ya’ni ko'rish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, ta’m (maza) bilish sezgilari, teri sezgilari, muskul-harakat sezgilari va organik sezgilarga ajratiladi.
Eksteroretseptorlar organizm ning sirtida bo’ladi — ko'rish, eshitish, hid bilish, ta ’m (m aza) bilish, teri sezgisi, muskul harakat sezgisi va organik sezgi organlari shu jum ladandir. Bu a’zolar tashqi sezgi a’zolari deb ataladi. Organizmimizdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari ana shu a’zolar yordami bilan aks ettiriladi. Shu a’zolar orqali kelib chiqadigan sezgilar (ko'rish, eshitish sezgilari va hokazo) eksterioretseptiv sezgilar deb ataladi.
Proprioretseptorlar muskul, pay va boylamlarda bo’ladi. Organizmimiz va undagi ayrim a’zolaming turli harakatlarini va vaziyatini ana shu a’zolar yordami bilan sezamiz. Bu a’zolar proprioretseptiv sezgilar deb ataladi. Muskul harakat sezgilari (knestetik sezgilar) va m uvozanat sezgilari (statik sezgilar) shular jum lasidandir
Interoretseptorlar gavdamiz ichidagi organlar — teri, m e’da, ichak, jigar, o'pkada bo’ladi. Ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish organlari va shunga o'xshash ichki organlardagi jarayonlar (qo'zg'alishlar) vujudga keltiradigan sezgilar shu retseptorlar yordami bilan belgilanadi. Bu sezgilar interoretseptiv sezgilar deb ataladi. Organ sezgilar degan sezgilar shu jumladandir
Ko‘rish sezgilari Rang va yorug'likni sezish ko'rish sezgilariga kiradi. Biz sezadigan ranglar xrom atik va axrom atik ranglarga bo'linadi. Yorug’lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o'tib, singanda hosil bo’ladigan ranglar xromatik ranglar deb ataladi. Xromatik ranglar kamalak ranglari bo'lib, bunga qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k va binafsha ranglar kiradi. Bu ranglarning turlari nihoyatda xilma-xil bo'lib, juda ko'pdir.
Oq rang bilan qora rang, shuningdek, xilma-xil hamma kulranglar axromatik ranglar deb ataladi. Ko‘rish sezgilarining organi — ko'zdir. Bu organ ko'z soqqasi bilan undan chiqadigan ko'ruv nervidan iborat. Ko'z soqqasida uchta parda, ya’ni: tashqi, tomirli va to'r parda bor. Tashqi pardaning tiniqmas (oq) qismi sklera (qotgan yoki qattiq parda) deb ataladi. Tashqi pardaning oldingi birm uncha qavariq qismi tiniq (muguz) parda deb ataladi.
Eshitish sezgilari tovushlarni sezishdan iboratdir. Tovushlar musiqiy tovushlarga (ashula tovushi, cholg'u asboblarining tovushi) va shovqinli tovushlarga (taraq-turuq, tars-turs, sharaq-shuruq, taqir-tuqur va boshqa shu kabi tovushlarga) bo'linadi.
Tovushlar oddiy va m urakkab tovushlarga ham bo'linadi. Oddiy to ­ vushlar tonlar (yoki mikrotovushlar) deb ataladi, masalan, kam ertonni jaranglatganim izda tonni sezamiz. Ohangli tovushlar murakkab tovush bo'lib, ular bir necha tondan tarkib topadi. Shu toniardan biri asosiy ton bo'lib, tovushning balandligini va kuchini belgilab beradi, boshqalari birga qo'shiluvchi tovushlar bo'lib, obertonlar deb ataladi.
O bertonlar turli asboblardan, masalan, royal, skripka, gitaradan chiqadigan bir xil balandlikdagi tovushlarning o‘ziga xosligini belgilaydi. Tovushlarning ana shu tariqa o‘ziga xosligi tembr deb ataladi. Nutq tovushlari ohangli tovushlar (asosan, unli tovushlar) bilan shovqinlardan iborat (shovqinlarda undosh tovushlar ko‘proq bo'ladi). Eshitish sezgilari organi quloq bo'lib, u uch qismdan: tashqi quloq, o‘rta quloq va ichki quloqdan iboratdir.
Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi. Hidlar nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘ladi. Hidlarni klassifikatsiya qilish uchun um um iy bir mezon yo‘q. Hidlar odatda hidli narsalarning nomi bilan ataladi, masalan, rayhon hidi, non hidi, olma hidi va hokazo. Hidlar odatda, xush va noxush deb ikkiga bo‘linadi, lekin bu taqsim ot hidlarning m ohiyatini ko‘rsatib berm aydi, balki o‘sha hidlarga qanday qarashimizni ko'rsatadi.
Hid bilish sezgilarining organi burun kovagining yuqori tomoni bo'lib, bu yerda hid bilish hujayralari va sezuvchi nervning tarmoqlari bor, sezuvchi nervning tarmoqlari «hid bilish sohasining shilliq pardasiga botib turadi.
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo‘zg‘aydi, bu qo‘zg‘alish bosh miyaga o‘tadi, natijada biz turli hidlarni sezamiz. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida deb faraz qilinadi.
Ta’m bilish sezgilariga shirin-achchiq, nordon-shirin his qilish kiradi. Shu asosiy ta’m bilish sezgilaridan tashqari, umumiy klassifikatsiyasi bo’lmagan juda ko‘p va xilma-xil ta’m bilish sezgilari ham bor.
Hid bilish sezgilari kabi ta’m bilish sezgilari ham, muayyan ta’mli narsa yoki moddalarning nomi bilan ataladi. Masalan, sutning mazasi, yog'ning mazasi, go'shtning mazasi, nonning mazasi va hokazo deb ataymiz
Ta’m bilish sezgilarining organi — tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidir. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish so‘rg‘ichlari bor. Ularning ichida tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish «kurtaklari» yoki «sugonlari» bor. Har bir ta’m bilish sezgisining o‘ziga xos tuzilgan «sugoni» bo’ladi. Spetsifik sifatlari bilan farq qiladigan bu ta’m bilish sugonlari til yuzasida bir tekisda taqsim langan emas.
Teri sezgilariga tuyush va harorat sezgilari kiradi, bu sezgilaming teri sezgilari deb atalishiga sabab shuki, bu sezgilaming chekka nerv apparatlari (retseptorlar) terida va organizmimizning tashqi shilliq pardalarida bo'ladi. Tuyush sezgilari — tegish, tarqalishni tuyush sezgilari yoki tuyush tanachalari.
Taktil sezgilar, shuningdek, silliq yoki g'adir-budurni tuyush sezgilaridir. Biror narsaning tegishini sezish tashqi ta’sir (qo'zg'alish) kuchayganda siqiq sezishga aylanadi. Qo'zg'alish yanada kuchayganda siqiq og'riq sezgisiga aylanishi mumkin. Ammo terida seziladigan har qanday ortiq teriga ta’sir etadigan tashqi qo'zg'alishga bog'liq bo'laverm aydi, albatta.
Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling