“Unicorns” tanlovi nizomi umumiy qoidalar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana04.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1425177
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Unicorns tanlovi nizomi.doc - Google Docs



 “Unicorns” tanlovi 
 NIZOMI 
 1.Umumiy qoidalar 
1.1. Ushbu nizom Respublika boʻylab 18-30 oraligʻidagi yoshlar oʻrtasida 
tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ijtimoiy innovatsion gʻoya va loyihalar tanlovi 
“  Unicorns  ”ni (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibi va reglamentini 
belgilaydi. 
1.2. Respublikadagi startap egalari oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish 
boʻyicha ijtimoiy innovatsion gʻoya va loyihalar tanlovi doirasida Oʻzbekiston 
Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi 
huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini 
qoʻllabquvvatlash markazi (keyingi oʻrinlarda – tashkilotchilar) tanlovga 
tayyorgarlik koʻradi va uni oʻtkazadi. 
1.3. Tashkilotchilar qarori bilan tanlovning tashkiliy qoʻmitasi muvaffaqiyatli 
yoshlar vakillari, startap sohasining koʻzga koʻringan arboblari, koʻrik-tanlovning 
maqsad va vazifalariga sherik boʻlgan hamda oʻz hissasini qoʻshish istagini 
bildirgan tashkilot rahbarlari va faxriy xodimlardan tuzilishi mumkin. 
1.4. Tanlov tashkiliy qoʻmitasining vazifalariga quyidagi masalalar kirishi 
mumkin: 
- tayyorgarlik faoliyatini umumiy boshqarish va muvofiqlashtirish va 
tanlovning barcha bosqichlarini oʻtkazish; 
- tanlov dasturini tasdiqlash; 
- tanlov finalida ishtirokchilar tarkibini shakllantirish; 
- moliyalashtirish va byudjet nazorati (tanlov tadbirlarining maʼlum 
roʻyxatiga asosan); 
- tanlovga koʻmaklashish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari bilan 
oʻzaro hamkorlik qilish;
- tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa vazifalar. 
1.5. Tanlov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tanlov tashkilotchilarining ham 
ishtirokchi tomonlarning ham rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling