Unicorns” tanlovi nizomi umumiy qoidalar


Download 25.81 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1481764
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Unicorns


Unicorns” tanlovi
NIZOMI


1.Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu nizom Respublika boʻylab 18-30 oraligʻidagi yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ijtimoiy innovatsion gʻoya va loyihalar tanlovi “Unicorns”ni (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibi va reglamentini belgilaydi.
1.2. Respublikadagi startap egalari oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha ijtimoiy innovatsion gʻoya va loyihalar tanlovi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllabquvvatlash markazi (keyingi oʻrinlarda – tashkilotchilar) tanlovga tayyorgarlik koʻradi va uni oʻtkazadi.
1.3. Tashkilotchilar qarori bilan tanlovning tashkiliy qoʻmitasi muvaffaqiyatli yoshlar vakillari, startap sohasining koʻzga koʻringan arboblari, koʻrik-tanlovning maqsad va vazifalariga sherik boʻlgan hamda oʻz hissasini qoʻshish istagini bildirgan tashkilot rahbarlari va faxriy xodimlardan tuzilishi mumkin.
1.4. Tanlov tashkiliy qoʻmitasining vazifalariga quyidagi masalalar kirishi mumkin:
- tayyorgarlik faoliyatini umumiy boshqarish va muvofiqlashtirish va tanlovning barcha bosqichlarini oʻtkazish;
- tanlov dasturini tasdiqlash;
- tanlov finalida ishtirokchilar tarkibini shakllantirish;
- moliyalashtirish va byudjet nazorati (tanlov tadbirlarining maʼlum roʻyxatiga asosan);
- tanlovga koʻmaklashish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish
- tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa vazifalar.
1.5. Tanlov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tanlov tashkilotchilarining ham ishtirokchi tomonlarning ham rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.


2. Maqsad va vazifalar.
2.1. Tanlovning asosiy maqsadi:
- startap tanlovlariga keng auditoriyani jalb qilish;
- startap loyihalari faoliyatida faollik darajasini oshirish va yoshlarni faollashtirish;
- eng yaxshi startaperlar mahoratini namoyish etish;
- Startap egalari oʻrtasida tajriba almashish.
- Respublikada startap ekotizimini rivojlantirish.
- Startap egalarini moliyaviy va bilim jihatdan qoʻllab-quvvatlash.
2.2. Tanlovning asosiy vazifalari:
- Davlat tashkilotlari bilan startap egalari muloqotini mustahkamlash va faollashtirish;
- startapchilar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish va doʻstlik aloqalarini mustahkamlash.
- Respublikada Startap sohasini rivojlantirish. 



Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling