Unicorns” tanlovi nizomi umumiy qoidalar


 Tanlovni tashkil etish, asosiy bosqichlari, oʻtkazilish joyi va vaqti


Download 25.81 Kb.
bet2/6
Sana15.06.2023
Hajmi25.81 Kb.
#1481764
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Unicorns

3. Tanlovni tashkil etish, asosiy bosqichlari, oʻtkazilish joyi va vaqti.
3.1. Tanlov respublika boʻylab startap asoschilari oʻrtasida oʻtkaziladi. 
3.2. Tanlovni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tanlov boshlanishidan kamida 1 oy oldin ishtirokchilarga yetkaziladi.
3.3. Tanlov tegishli yoshlar tashkilotlari koʻmagida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda keng yoritilib boriladi.


4. Ishtirokchilar va mukofot jamgʻarmasi
4.1. Tanlovda tegishli tashkilotlar rahbarlarining qarori bilan Respublikaning 18 yoshdan oshgan startapchi yoshlari ishtirok etadi. 
4.2. Tanlovning mukofot jamgʻarmasi 150 000 000 soʻm (bir yuz ellik million soʻm) grant mablagʻlarini tashkil qiladi (Samarqand viloyatidan 5 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 5 nafar va Toshkent viloyatidan 5 nafar jami 15 nafar gʻolibga 10 000 000 soʻm (oʻn million soʻm) dan) va Respublika boʻylab startap egalari venchur jamgʻarmalar tomonidan $100 000 dollargacha boʻlgan investitsiya mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi (Agar loyiha investorlarga maʼqul kelsa (bozor qoidalariga asosan)).
4.3. Loyihalar grant va venchur investitsiyalar asosida moliyalashtiriladi (kelishuv asosida).
5. Ishtirok etish shartlari.
5.1. Loyihaning gʻoya yoki minimal mahsuloti (MVP) bosqichidan tortib to yakuniy bosqichigacha boʻlishidan qatʼi nazar, tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, ixtirochilar, oliy taʼlim muassasalarining talabalari va professor-oʻqituvchilari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilari dasturda ishtirok etishga taklif etiladi. Talabnoma beruvchilar jismoniy yoki yuridik shaxs, hamfikrlar guruhi, ilmiy jamoa yoki olim, tadbirkor yoki tadqiqotchi boʻlishi mumkin;
5.2. Tanlovda ishtirok etish bepul;
5.3. Tanlovda ishtirok etish uchun mazkur Nizom bilan hamda tanlovning www.unicorns.uz veb-saytida, shuningdek, tanlov tashkilotchilari va hamkor tashkilotlarining veb-saytida joylashtirilgan ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar hamda ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqishlari lozim.
5.4. Loyiha asoschisi/rahbari/jamoasi ariza formasini onlayn ravishda toʻldiradi (masalan www.unicorns.uz saytida) va qoʻllab-quvvatlash dasturining veb-sayti orqali loyihaning toʻliq taqdimotini taqdim etadi. Ariza shaklining majburiy toʻldirish uchun barcha maydonlari toʻldirilgan boʻlishi lozim, aks holda arizalar koʻrib chiqilmaydi va qabul qilinmaydi;
5.5. Taqdimotda loyiha toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan taklif etilayotgan mahsulot/yechim, u hal qiladigan muammo, bozor, jamoaning tarkibi va vakolatlari, maqomi va erishilgan yutuqlari, qoʻllab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun maqsadlar va ehtiyojlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim;
5.6. Arizada taqdim etilgan axborot toʻliq, aniq, ishonchli boʻlishi kerak;
5.7. Istiqbolli tanlash va qoʻllab-quvvatlash dasturida ishtirok etish bosqichida arizani rad etish yoki uning bekor qilinishi uchun asos – ushbu Nizomning 5.6. va 5.7.-bandlarining buzilishidir. Ushbu Nizomda qayd etilgan ishtirok etish qoidalarini buzuvchi jamoalar (masalan, onlayn tadbirlarga qatnashmaslik, vazifalarni tizimli bajarmaslik loyihani amalga oshirish jadvaliga rioya etilmasligi, tahdid qiluvchi, nafaqat bildirishi yoki boshqa sabablar bilan tahqirlashi mumkin boʻlgan harakat) dasturida qayta ishtirok etishdan chiqarib yuborilishi mumkin;
5.8. Arizalar oʻzbek tilida qabul qilinadi. Qoʻllab-quvvatlash dasturining ish tillari oʻzbek tili; 
5.9. Bitta ishtirokchi yoki jamoa tanlovga uchtadan koʻp boʻlmagan ariza (loyiha taklifi) topshirishi mumkin. Loyiha jamoasi uning aʼzolari tomonidan tuziladi va jamoa aʼzolari oʻz aʼzolari orasidan loyiha menejerini saylaydilar;
5.10. Jamoaga qoʻyiladigan asosiy talablar:
5.11.1. Loyiha bilan ishlash uchun haftasiga kamida 10 soat ajratish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak.
5.11.2. Loyiha jamoasida kamida 2 (ikki) kishi boʻlishi kerak.
5.12. Qoʻllab-quvvatlash dasturi ishtirokchilaridan ochiqlik talab qilinadi, raqobatbardosh mahsulotlarga va yangi biznes modellariga aylantirilishi kerak boʻlgan tadqiqot, yuqori ichki energiya, ilmiy bilim, barcha oflayn/onlayn tadbirlarda maksimal jalb qilish va faol ishtirok etish, loyihani amalga oshirish boʻyicha jadal va mustaqil ishlarga tayyor boʻlish, oʻzining harakatlariga javobgarlik, oʻz mahsulotiga nisbatan eʼtiborlilik, fikrlash ochiqligi va kreativ yondashuvga, natija va maqsadga erishishga tadbirkorlik yondashuviga qaratilgan boʻlishi kerak.
5.13. Ishtirokchilar oʻzlarini barqaror internet, onlayn videokonferensiyalar va dasturda toʻliq ishtirok etish uchun zarur gadjet/uskunalar (kompyuter, noutbuk, telefon va boshqalar) uchun yetarli tezlik bilan taʼminlashlari lozim. 
5.14. Loyiha ishtirokchilari ushbu qoidalarning 10-bandida koʻrsatilgan mezonlardagi talablarga javob berishi kerak.



Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling