6. Tanlovni oʻtkazish tartibi va shartlari.
6.1. Tanlovning umumiy muddati arizalar qabul qilingan kundan boshlab tanlov tugaguniga qadar 5 oy (2023yil aprel oyidan 2023yil avgustgacha)
6.2. Tanlovning birinchi bosqichida 1 oy muddatda arizalar qabul qilinadi (Tashkilotchilar qaroriga asosan muddat uzaytirilishi mumkin).
6.3. Ishtirokchilarni saralash va baholash jarayonlari ikki hafta muddatda Soha ekspertlaridan tashkil topgan Komissiya aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi hamda akseleratsiya bosqichi uchun 150 ta eng yaxshi loyihalarni (150 mln. soʻmlik grant mablagʻlari uchun Qashqadaryo 20 nafar, Samarqand 20 nafar, Toshkent viloyatidan 20 nafar jami 60 nafar), ($100 000 lik venchur investitsiya uchun Respublika boʻylab jami 90 nafar) tanlaydi va Tashkiliy qoʻmitaga yuboradi.
6.4. Tanlovning ikkinchi bosqichida 150 ta loyiha uchun Tashkiliy qoʻmita va soha mutaxassislari tomonidan bir oy davomida akseleratsiya jarayonlari (onlayn taʼlim jarayonlari) oʻtkaziladi.
6.5.Tanlovning uchinchi bosqichida akseleratsiya jarayoniga faol ishtirok etgan 60 nafar startap loyiha (150 mln. soʻmlik grant mablagʻlari uchun Qashqadaryo viloyatidan 10 nafar, Samarqand viloyatidan 10 nafar, Toshkent viloyatidan 10 nafar jami 30 nafar), ($100 000 gacha venchur investitsiya (Investorlarning qaroriga asosan startap loyiha istiqbolli deb topilsa investitsiya kiritiladi, aks holda investitsiya kiritilmaydi) uchun Respublika boʻylab 30 nafar) ekspertlar ishtirokidagi oflayn taqdimot jarayoni uchun tanlab olinadi.
6.6. Tanlovning toʻrtinchi bosqichida tanlov gʻoliblarini aniqlash uchun 2 kunlik taqdimot jarayoni (ekspertlar oldida loyihalar taqdimoti) oʻtkaziladi. Taqdimot jarayoni uchun har bir loyihaga umumiy 8 daqiqa (4 daqiqa loyiha taqdimoti uchun, 4 daqiqa savol-javob uchun) vaqt ajratiladi. Tanlovda eng yuqori ball toʻplagan 15 ta (Samarqand viloyatidan 5 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 5 nafar va Toshkent viloyatidan 5 nafar) gʻoliblarning har biri 10 000 000 soʻm grant mablagʻlariga ega boʻladilar va Respublika boʻylab investorlarga maʼqul kelgan startap loyihalarga $100 000 gacha investitsiya kiritiladi (Investorlarning qaroriga asosan startap loyiha istiqbolli deb topilsa investitsiya kiritiladi, aks holda investitsiya kiritilmaydi).
6.7. Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlar press klubida tashkil etiladi.
6.8. Ishtirokchilar Tashkilotchilarga oʻz chiqishlarining foto va video materiallaridan, shu jumladan yuzlarini yaqindan suratga olish, Tashkilotchilar rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish, videoroliklarni yaratish, shuningdek, Tanlovni ommalashtirish va targʻib qilishga qaratilgan materiallardan foydalanish huquqini beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |