Universiteti filologiya fakulteti


Download 127.43 Kb.
bet1/16
Sana08.03.2023
Hajmi127.43 Kb.
#1249001
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Metafora va uning polisemiyadagi o\'rni 1


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI TILSHUNOSLIK KAFEDRASI

NURIDDINOVA XALIMA


MAVZU: METAFORA VA UNING BADIIY MATNDA IFODALANISHI



ANDIJON – 2014


M U N D A R I J A


  1. Kirish 3

  2. 1. Badiiy matnda metaforaning ahamiyati 6

    1. Metaforaning lisoniy tahlili masalasi 6

    2. Metaforaning mohiyati 14

    3. Metaforaning turlari 21

  1. 2. Metaforaning badiiy matndagi vazifalari. 25

    1. Metaforaning uslubiy xususiyatlari 25

    2. Metafora va so‗z yasalishi 40

    3. Metafora va unga yondosh hodisalar 43

  1. X u l o s a 51

  2. Foydalangan adabiyotlar ro‗yxati 54

K I R I SH


Mavzuning dolzarbligi. O‗zbek tilshunosligi fani o‗tgan davr mobaynida ulkan yutuqlarni qo‗lga kiritdi. Buni tilning barcha sathlari bilan bog‗liq muammolarning o‗rtaga tashlanishi va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ham ko‗rsatib turibdi. Bunga ―matn tilshunosligi‖ deb ataluvchi tilshunoslik yo‗nalishining katta sur‘at bilan rivojlanib borayotganligini misol sifatida ko‗rsatish mumkin. Matn lingvistikasi tilshunoslikning alohida yo‗nalishi sifatida shakllandi va muttasil rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, "lingvopoetika" deb ataluvchi matn lingvistikasining mustaqil sohasi tadqiqotchilar e‘tiborini ko‗proq tortmoqda. Lingvopoetikaning asosiy o‗rganish obyekti - badiiy matn. Har qanday matnning mazmunini tushunish uchun til leksikasi va grammatikasini bilish yetarli bo‗lsa, badiiy matnning mazmunini idrok etish uchun badiiy matnning o‗ziga xos lisoniy-poetik qonuniyatlarini ham bilish lozim bo‗ladi.
Badiiy matnda leksik sathdagi ko‗chim (trop)lar nihoyatda katta ahamiyatga ega, ular badiiy mazmunni ifodalashda eng faol vositalardir. Ayniqsa, ko‗chimlar orasida metafora muhim va keng qo‗llanuvchi vosita sifatida tilimizda badiiy tasavvurlarining natijalari asosida yuzaga kelgan. Metaforalarning lisoniy, mazmuniy va uslubiy xususiyatlari o‗zbek tilshunosligida ancha keng o‗rganilgan.
Tilda ilgari mavjud bo‗lgan nomning muayyan o‗xshashlik asosida yangi ma‘no uchun qo‗llanishi oddiy nominatsiya vazifasinigina bajarmaydi, balki tinglovchiga ta‘sir etish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi hamda tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi. Ana shunday ko‗chimlardan biri metaforadir.
Metafora nominatsiya jarayonida muhim o‗rin tutishiga qaramay, ko‗proq badiiy vosita sifatida adabiyotshunoslarning diqqatini jalb qilib keldi. Lekin har qanday badiiy ifoda lingvistik vosita yordamida amalga oshiriladi. Shunday ekan, badiiy nutq tarkibidagi ko‗chimlar muayyan lingvistik qonuniyatlar asosida maydonga keladi. Shuning uchun ham ular faqat adabiyotshunoslikninggina emas, balki tilshunoslikning ham tekshirish obyekti sanaladi. Metafora va metaforiklik masalasi bugungi kunda nafaqat filologiya, balki falsafa, mantiq, germenevtika, psixologiya kabi qator gumanitar ilm sohalari tomonidan ham o‗rganilib, metaforaning mohiyati, strukturasi, xillari va ko‗rinishlari borasida yangi-yangi qarashlar paydo bo‗ldiki, natijada ular erishgan yutuqlar asosida tilshunoslikda ham bu masalani qayta ko‗rish zarurati yuzaga keladi. Ana shu masalalarni hal qilish bu mavzuning o‗zbek tilshunosligi uchun dolzarb ekanligini ko‗rsatadi.

Download 127.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling