University of business and science


Download 42.75 Kb.
bet1/5
Sana11.05.2023
Hajmi42.75 Kb.
#1451602
  1   2   3   4   5
Bog'liq
yang


UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE”
_______________________________________YO`NALISHI
____________________________________GURUH TALABASI
___________________________________________NING
___________________________________________
__________________________________________FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

QABUL QILDI: ___________________


TOPSHIRDI: ___________________

MAVZU: FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING YEMIRILISH DAVRIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR

Reja:



  1. Arab mamlakatlaridagi dastlabki iqtisodiy g`oyalar.



  1. Islomdagi iqtisodiy qarashlar. Ibn Xaldun.



3. G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnifi.

Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V asridan


G’arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish usuli bilan almashdi. Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik, qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865 yillardagi fuqarolik urushidan keyin to`la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan Turkistondagi qullik davri ham shu davrda, ya'ni o`lka Rossiya tomonidan bosib olingach, qonun yo`li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga ko`ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan Rossiyada qulchilik ishlab chiqarish usuli dara-jasiga yetmadi, feodalizmga o`tildi. Tuzumda yerga xususiy mulkchilik mavjud bo`lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo`lgan, rasman ozod dehqonlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari - feodallar yoki davlat dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural (mahsulot) yoki pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarning hamkorligiga asoslangan.
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan hiyla manfa-atdor bo`lgan, o`zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo`jalik mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish kuchlari ancha o`sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo, bu davrda hali ham qoloq texnika mavjud bo`lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji sekin borgan.
G’arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi) dan burjua inqiloblari (XVII-XVIII asrlar), aniqrog`i sanoat to`ntarilishi davrigacha yashadi. Ko`pgina mamlakatlarda (masalan, O`rta Osiyo, jumladan O`zbekistonda) bu davr undan ham uzoq vaqtni o`z ichiga oladi (III-XX asrlar).
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli bo`lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko`rsatish, tovar-pul munosabatlari muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga qaratilgan. O`sha davrdagi iqtisodiy g`oyalarda tovar-pul munosabatlari (sudxo`rlikdan tashqari) qo`llab-quvvatlanadi va shu bilan birga feodal jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi.
Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarga ko`ra, o`sha davrdagi iqtisodiy g`oyalarda diniy-axloqiy yo`nalish kuchli bo`lgan. Bozor iqtisodiyoti bilan bog`liq fikrlarda ikki tomonlama qarash mavjud (tovar ishlab chiqarish, sudxurlik va b.). Davlat va dinning iqtisodiyotdagi roli yuqori qo`yiladi. O`rta asrlar oxirida, yer egaligi tuzimi yemirilishi bilan yangi iqtisodiy g`oyalar vujudga keldi.
Daryo bo`yida tahorat qilsalaringiz ham, suvni isrof qilmang.
Hadis

Download 42.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling