Urg`u va uning turlari


Download 37.44 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi37.44 Kb.
#1472817
  1   2   3
Bog'liq
Abduvaliyeva Kamola - для слияния

Urg`u va uning turlari.


Maruza rejasi:
Kirish
1.Urg’u haqida tushuncha
2. Taqqoslanayotgan tillarda urg‘u
3.Urg’u so’z tarkibi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
So’z tarkibidagi bo’g’inlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilishi yoki ma‘lum bir butun so’z birikmasining gapda ma‘no yadrosi sifatida kuchliroq aytilishi urg‘udir.


Ko’pgina tillarning fonetikasida keng tarqalgan urg‘u - bu dinamik urg‘udir. U rus tiliga ham, ingliz tiliga ham xos. Bu tillarda urg‘uli bo‘g‘in urg‘usiz bo‘g‘inga nisbatan kuchliroq aytiladi.


1.Urg’u haqida tushuncha
Rus tilida unlining cho‘ziq yoki qisqa bo‘lishi urg‘uga bog‘liq bo‘ladi. Bunday xususiyat ingliz tiliga xos emas. Ingliz tilida cho‘ziq unlilar urg‘u tushgan yoki tushmaganligidan qat’iy nazar qisqa unlilarga qarama-qarshi qo‘yiladi (lekin urg‘uli bo‘g‘inda unli biroz cho‘ziqroq bo‘ladi). Tovush sifatining urg‘u tushganda o‘zgarishi borasida shuni aytish kerakki, ko‘pgina hollarda ular urg‘usiz vaziyatda reduktsiyaga uchrab, unlilar sifatining o‘zgarishi yuzaga keladi. Lekin unlilar o‘zlarining sifatini saqlab qolgan holatlari ham mavjud, masalan: import [΄impo:t], transport [΄trænspo:t], increase [΄inkri:s], blackboard [΄blækbo:d], meadow [΄medov].
Rus tilida unlilar urg‘usiz holatlarda kuchli reduktsiyaga uchraydi: вода [вда], водовоз [вдвос], несут [н΄исýт], красота [кръсата], постановили [пъстънав΄ил΄и].
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ingliz tili so‘z urg‘usi rus tili so‘z urg‘usidan urg‘usiz unlilar xarakteri bilan farq qilyapti. Ingliz tilida so‘zda ikki urg‘uli bo‘g‘inlarning ko‘pligi urg‘uning yana bir farq qiluvchi xususiyatlaridan biri hisoblanadi: ice-cream [΄ais΄kri:m], prewar [΄pri:wo], nevermore [΄nevә΄mo:], new-born [΄nju: ΄bo:n], hamda negotiation [nigoui΄ein], demonstration [demәn΄strein], peculiarity [pi΄kju:li΄æriti] va hokazo. Bunday holatlar rus tilida juda kamdan-kam uchraydi.
So‘z urg‘usi erkin (har joyda) yoki bog‘liq (muqim) bo‘lishi mumkin. Erkin urg‘uli tillarda urg‘u so‘zning istagan bo‘g‘iniga va turli morfologik unsurlariga tushishi mumkin. Rus tili ham, ingliz tili ham erkin urg‘uli tillardir. Muqim urg‘u polyak tiliga (oxiridan oldingi bo‘g‘in) chex tiliga (birinchi bo‘g‘inda) arman tiliga (oxirgi bo‘g‘inda) xos.
Hozirgi zamon rus va ingliz tillarida urg‘u istagan bo‘g‘inga, yani so‘z boshidagi, o‘rtasidagi va oxiridagi bo‘g‘inga tushishi mumkin. Masalan: ingliz. ΄evening, in΄vestigate, de΄fy; rus.дéвочка, делáми, молокó. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilida urg‘uning tushish o‘rniga nisbatan ba‘zi qonunlar saqlanib qolgan: ko‘pgina hollarda ildizning birinchi bo‘g‘iniga urg‘uning tushish prinsipi, ya’ni qadimgi ingliz tili (aniqrog‘i umumgerman) prinsipi saqlanib qolgan (΄mother, ΄husband, ΄children, ΄prison); ma‘lum bir suffiks va prefekslarning mavjudligi so‘z urg‘usining o‘zgarishiga olib keladi (be΄gin, o΄ccasion, sta΄bility, senti΄mental) (V.A.Vasilyev, 1962, 123-129 b.).

Download 37.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling