Urinaman ôylamaslikka Sening haqda sôylamaslikka


Download 20.94 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi20.94 Kb.
#1458615
Bog'liq
She\'rlar


1
Urinaman ôylamaslikka
Sening haqda sôylamaslikka
Yuragimni qiynamaslikka
Iloji yôq, hech imkoni yôq.

Bemor bôlib, qaralmadim,


Ahvolimdan sôralmadim,
Shirin sôzga ôralmadim,
Sendan boshqa toqati yôq.

Yuragimga g'amlik chôkkan,


Kôzlarimga namlik chôkkan,
Menman ôsha jabring chekkan,
Savolim bor, javobi yôq.

Ohu kôzing môltiradi,


Keyin nedir yaltiradi,
Dudoqlaring qaltiradi,
Taqdir bor-u, insofi yôq.

Yetmay qoldi chôzgan qôlim,


Keldiyov ishqimga ôlim,
Olis - olis ketar yôlim,
Oshiq ketar, yôldoshi yôq.

Sôzing Ne'mat qil qisqaroq,


Shundog'am bu holing chatoq,
Ôzingni ham ôyla bundoq,
Bu hasratning davosi yôq.

2
Ôtgan axir qancha vaqtlar,


Sengga yor bôb bôgan baxtlar,
Man telbaman bugun qayta,
Eslay seni isming ayta.

Unutdim deb ôylovdim-a,


Hech bundayin kuymovdim-a,
Kezayapti xotiralar,
Ezayapti xotimalar.

Tôzib ketyapti fikrlarim,


Qolib ketyapti zikrlarim,
Erta indin qolsam ôlib,
Yig'laysanmi tôlib-tôlib?

Birga kechgan kunlarimiz,


Suhbatlar-la tunlarimiz,
Unutolmay ôrtanaman,
G'am-qayg'ular - ôrtada man.

Seni eslash endi xato,


Sog'inish - gunoh hatto,
Endi sen uylik-joylik,
Yangi jon nechi oylik?

Kim sezadi? Kim biladi?


Ichim kôrgani kuladi,
Tushunmaydi senga ôxshab,
Dardim aytsam qolar uxlab.

Yasha baxtli bag'ring tôlib,


Ishq gulimiz qolgan sôlib,
Tuqqaningda bitta qôchqor sôy,
Gar ôg'il bôlsa, ismimni qôy.

Bugun yomon og'ridi yurak,


Sendayin yor topmasam kerak...
N.Xudoybergan. 29-dekabr
3
Ko'zi malla edi, yoki tim qora,
Mana asl ahvol, unutayabman.
O'shandagi holim yomg'irdan so'ra,
So'rmassan bilaman, unutayabsan.

Qo'limizdan kelgani xayr demoqlik,


Loaqal bir tomchi yosh ham to'kmadik.
Nasibamiz taqdir zarbin yemoqlik,
Ajralsak-da xotira ipin so'kmadik.

Sukunat, sokinlik, qorong'u bir tun,


Bedorman, uyqu ham bevafo senday.
Ezma yomg'ir sen ham, kel endi bir tin,
Shundog'am yurgandir ezilib menday.

Unutadi, yo'qdir boshqa iloji,


Sevib quchajakdir endi beshikni.
Jajji farishtaga ochar qulochin,
Ochaman ilojsiz g'amga eshikni.

4
Toshkentning kôchasin kezib dar-badar,


Onamning holidan olmabman xabar,
Ich-ichimdan ôtib ketdi shu bugun,
Sog'inch alamlari jonimga xatar.

Siqilganim bu dunyoning molimi?


Alloh bilur, kôrguvchidir holimi,
Kunda bir bor yaxshimisan demagan,
Menman ôsha zolimlarning zolimi.

Yaxshi odam hisoblarlar bolangni,


Menmi yaxshi?! eshitmagan nolangni,
Sog'insang-u, uchib qônib bormagan,
Oqartirgan boshda har bir tolangni.

Tosh shaharda biroz mehring yetmaydi,


Kôngildagi g'ashlik hamon ketmaydi,
Onaginam, mehribonim, beozorim,
Yegan luqmam tomog'imdan ôtmaydi.

Ôylaysan-a ôzingdan ham kôproq meni,


Men-chi men, mexringa oqibatim qani?!
Siqilganda eslab qôysam ôzi bir bir,
Aytinglar-chi, ey, endi men ham odammi?

Yôq, yetar!


Yonib ketsin bôldi endi kuysin bari,
Dunyo g'amin sekingina suray nari,
Tosh bôlmasdan ôzim ham bu Toshkentlarda,
Boray uyga munisgina onam sari.
Xudoyberganov N. (21.05.22)

5
O'zing yo'qda nokaslarning g'iybat so'zlar sochmog'in ko'r,


Tikka borsang quyon rasmin chizib turib qochmog'in ko'r.

Neki jabr kôrma hargiz ko'ngil qoldirguvchi bôlma,


Mexr bersang mazlumlarning senga yurak ochmog'in kôr.

Alloh degil, Rasul degil, diling dunyoga berma,


Mahzun bôlma Robbing sevsa, saodating quchmog'in kôr
Xudoyberganov N. (26.05.22)
Haqiqat!
Yaxshi odam emasdirman men,
Sirtim bilan ichim bir emas.
Savobimdan gunohlarim kôp,
Dunyo dilimchalik kir emas.

Alloh Alloh deyman ming bora,


Shu til ila g'iybat sôzlayman.
Namozimda qoyim bôlmasdan,
Jannatning qasrini kôzlayman.

Qusurlarim bisyor-u lekin,


Izlayman birovning aybini.
Uh tortib qôyaman ôzimcha,
Totib kôrmay hayot zarbini.

Eh qandayin mômin bôldim-a?!


Nopok sôzdan tiymay tilimni.
Sarf qilaman vaqtimni bekor,
Ôrganmasdan Qur'on ilmini.

Cheksiz Alloh ne'matlariga,


Ôrganmabman shukur qilmoqni.
Tinglaymanu turfa qôshiqlar,
Tilovatga bermay quloqni.

Yaxshi odam emasdirman men,


Tilim bilan dilim bir emas.
Robbim ôzing kechirgin meni,
Axir qalbim senga sir emas.

Yig'la bu holingga ey Ne'mat,


Tavbalar qil, ayt istig'forlar.
Kechikmasdan isloh qil ôzni,
Saqlamay kôngilda g'uborlar.

✍️ Xudoyberganov N. 04.06.2022

Tiya olsin erkak zoti ko'zini-yu xirsini,
Ko'paymasin jamiyatda bevalar-u yetimlar.
Qul bo'lmasdan shaxvatiga oilasin asrasin,
Tiyilsa bas, axtarmanglar bundan ortiq yechimlar

Xudoyberganov. 25.06.2022

Dildor ôzing gôzalsan biroq,
Ôzimni hech ravo kôrmayman.
Dilim biroz sevgidan yiroq,
Kôzi emas qalbi kôrdayman.

Fe'lim yomon, fe'lim tor mening,


Seni asrab avaylolmayman.
Toshdan bir yuragim bor mening,
Muhabbatni eplayolmayman.

Turishlaring beg'ubor sodda,


Borib bir sôz ayta olmayman.
Pand yegan bu yôllarim yodda,
Takror takror qayta olmayman.

Sen soliha, pokiza qizsan,


Ôzimni hech ravo kôrmayman.
Kapalaklar maqtagan qiz - san,
Vaqti kelsa qôling sôrayman.


✍️Yôlovchi. 29.11.2022
Download 20.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling