Urta asr Evropasi tarixida XI asr. Ilk o’rta asr davrida hunarmandchilik va mol ayirboshlash


Download 74 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi74 Kb.
#1293200
  1   2   3
Bog'liq
XI asrda Yevropaning iqtisodiy taraqqiyoti G’arbiy Yevropa o’rta asr shaharining vujudga kelishi va uning ilk rivoji


XI asrda Yevropaning iqtisodiy taraqqiyoti G’arbiy Yevropa o’rta asr shaharining vujudga kelishi va uning ilk rivoji
Reja:



  1. Urta asr Evropasi tarixida XI asr.

  2. Ilk o’rta asr davrida hunarmandchilik va mol ayirboshlash

  3. Hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi

Urta asr Evropasi tarixida XI asr. G’arbiy Evropa tarixi-da XI asr burilish asri bo’ldi. Bu asrda Evropaning juda ko’p mamlakatlarida feodal munosabatlar uzil-kesil rasmiylash-di. Hatto feodalizm xiyla sekin sur’atlar bilan rivojlan-gan mamlakatlarda (Angliya, Germaniya, Skandinaviya va g’ar­biy slavyan mamlakatlari) ham XI asrda feodallashish jara-«ni chuqur ijtimoiy o’zgarishlarga olib keldi. Shu sababli bu mamlakatlarda ishlab chiqarishning feodal usuli, bir tomon-dan, jamiyatning feodal katta er egalartsga va, ikkinchi tomon-dan, ularga qaram bo’lgan krepostnoylar va yarim krepostnoy-larga bo’linishi hukmron ijtimoiy hodisalarga aylandi. Ammo XI asrda feodal Evropasi taraqqiyotida yana boshqa mu-him bir jarayon ham boshlandi. Bu esa hunarmandchilik va savdo-sotiqning markazi sifatida, xususiy mulkchilikning va qishloqdagidan tamomila boshqacha ishlab chiqarish munosabat-larining ligi formalari to’plangan manzilgoh sifatida sha-harlarning paydo bo’lishidir. Bu esa ko’pgina shaharlarning vujudga kelishida va o’sha damgacha, asosan, ma’muriy yoki sof ^arbiy manzil vazifasini o’tab kelgan ko’hna markazlarning jonlanishida namoyon bo’ldi. Shu paytdan e’tiboran shahar ij­timoiy taraqqiyotnigag muhim omili bo’lib qoldi. XI asr oxiriga kelib Evropada Sharqqa tomon salib yurishlari boshlandi. Sa-lib yurishlari G’arbiy Evropani tanholik holatidan chiqarib, uning iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyotini tezlashtirishga ancha ta’sir ko’rsatdi.
Ilk o’rta asr davrida hunarmandchilik va mol ayirboshlash. Ilk o’rta asr biqiq natur al xo’jalik hukmronligi bilan farq qilardi. F. Engels «Anti-Dyuring» nom li asarida biqiq na-tural xo’jalikni mana bunday deb ta’riflaydi: «Urta asr jamiyatida, ayniqsa uning birinchi asrlarida, ishlab chyqarish asosan shaxsiy iste’molga qaratilgan edi. Ishlab chiqarish .asosan faqat ishlab chiqaruvchining o’zining va oilasining eh-tiyojlarini qondirar edi. Qishlo;qda bo’lgani singari, shaxsiy esa ishlab chiqarish feodalning ehtiyojlarini ham qondirar edi. Demak, bunda ayirboshlash yo’q edi va mahsulotlar tovar xarakterno’y olmas edi. Dehqrn oilasi o’z extiyojiga kerak bo’lgan narsalar-ning deyarli hammasini: qurol-asboblarni, kiyim-kechakni, shu­ningdek, tirikchilik vositalarini ishlab chiqarar edi»1.
Darhaqiqat,. ilk o’rta asr zamonidagi G’arbiy Evropa ekono-mikasini tasvirlovchi eng yaqqol hujjatlar (Karolinglar davri yodgorliklari) o’sha ilk o’rta asr qishlog’ini xuddi ana shunday xususiyatlar bilan ko’rgsatadi. Dehqonlar pomeshchik-feodal foydasiga barshchina o’taydilar, unga obrokni ko’proq natura bilan to’laydilar. Dehqon xo’jaligi etishtirgan mahsulotlar,. odatda, senor qo’rasining ehtiyojlaryga sarflanardi. Buyuk. Karl o’zining «Pomeste (er-mulk)lar to’g’risidagi kapitulya-riy»sida buni juda yaxshi ifodalab bergan edi. Dehqonlar ozuqa mahsulotlaridan tashqari, feodalga hunarmandchilik buyumlari ham etkazib berishlari kerak edi. Sen-Jermen mo-nastirining IX asrdagi poliptikasida dehqenlar temirchilikg to’quvchilik va boshqa hunarmandchilik yo’l'i bilan ishlab chi-qargan buyumlarini monastirga berishga majburdirlar, deyi-ladi. Karolinglarning yodgornomalarida ko’rsatilishicha, hu­narmandchilik qishloq xo’jaligidan hali ajralib chiqmagan. Bu erda dehqon bilan hunarmandning har ikkalasi hali bir odamday bo’lgan.
BiroQ Buyuk Karl zamonidayoq mohir hunarmandlar mavjud bo’lib, ular endi qishloq xo’jaligida band qilinmagan, ular-dan faqat mutaxassislar sifatida foydalanilgan. Har bir korollikning pomestesida kerakli bo’lgan yigirmalab ana shunday hunarmandlar (temirchilar, zargarlar, duradgorlar, ko’nchilar, chilangarlar va boshqalar) «Pomeste to’g’risidagi ka-pitulyariy»da sanab ko’rsatiladi. Ammo qo’ralarda mehnag qiluvchi ana shunday hunarmandlarning mavjudligi hal» hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan batamom ajralib. chiqqanligini ko’rsatmaydi. Hunarmandlar pomestega birlashti-rilgan, unga bog’lab qo’yilgan, ular ishlab chiqargan mahsulot­lar esa feodalning ehtiyojini qondirishga ketadi va shuning uchuy u tovar sifatida bozorga chiqarib sotilmaydi. Shunday qilib, qo’ra hunarmandchiligi natural xo’jalik turlaridan bi-riga aylanib qoldi. G’arbiy Evropada doimiy suratda shug’ul-lanuvchi shahar hunarmandchiligi paydo bo’lishidan oldin, bu hunarmandchilik o’tkinchi bir davrni boshidan kechirgan, ya’ni G’arbiy Evropaning elma-el kezib yuruvchi sayyor hunarmandlarv (duradgorlar, tosh teruvchilar, kosiblar, mashinachilar va bosh­qalar) bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurib, pomeshchiklarga va qisman dehqonlarga xizmat ko’rsatganlar. Sayyor hunar­mandlar ko’pincha aslida dehqonlar bo’lib, ular yig’im-terim paytida qishloqqa qaytib kelib, dalada o’z oila a’zolari bilan birgalikda ishlardilar. Bu hunarmandlar ko’pincha Ita-liyadan yoki Yaqin Sharqdan kelgan ajnabiylar (yunonlar, su-riyaliklar, arablar, yahudiylar va boshqalar)dan iborat bo’­lardi.
Ilk o’rta asr zamonidagi mol ayirboshlash (savdo qilish) pomestelarning yoki dehqonlarning ehtiyojlarini qondirgan-dan keyin ortib qolgan mahsulotlarni bozorga chiqarib sotish-dan iborat bo’lardi. «Pomestelar to’g’risidagi kapitulyariy»da va Karolinglar davrining boshqa ba’zi hujjatlarida bozor-lar bo’lganligi ko’proq eslatib o’tiladi. Ilk o’rta asr davrida cherkov va monastirlar huzurida an’anaviy yarmarkalar bo’lar­di. Ammo bu savdo joylarida, har holda, mahalliy sotuvchilar kam bo’lardi. Asosiy savdogarlar: lombardiyaliklar, yahudiy­lar, suriyaliklar, arablar, vizantiyaliklardan iborat kelgin-di savdogarlar edi. Bu ajnabiy savdogarlar odatda feodal qasrlari va qo’rg’onlariga doimo tashrif buyurib, ular bu qasr va qo’rg’onlarda ziynat buyumlari (xususan oltin va kumush be-zaklar, qimmatbaho toshlar), ipak gazlamalar, qo’lda otadigan qurol-yarog’ va Sharq hunarmandchiligining boshqa ba’zi buyum­lari, shuningdek Sharq shirinliklari va dorivorlarini olib kelib sotardilar. Bunday ayirboshlash ishlab chiqarishning tub mohiyatiga hali sira qo’l tegizmagan edi. Pomeste va deh­qon qishlog’i o’z xo’jaligining maqsad va vazifalariga ko’ra hali, asosan, natural xo’jalikligicha qolib kelmoqda edi. May-da er-mulk-qishloq «jamoalari»n«ng biqiq holda yashashi ilk o’rta asr ekonomikasining eng xarakterli va o’ziga xos xusu-siyatlaridan biri edi.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling