Ushbu masalani yechmini topishga harakat qilib, paxtazorga gʼalla ekish moslamasini yaratdik


Download 16.19 Kb.
Sana23.06.2023
Hajmi16.19 Kb.
#1651043
Bog'liq
kuzgi bug\'doy

Don va dukakli ekinlarni ekish ,undan samarali hosil olish xalqimiz toʼkin dasturxonini butlaydi. Buning uchun saralangan istiqbolli ekin navlarini Buxoro iqlimiga mosini tanlab, oʼz vaqtida sifatli qilib ekish,parvarishlash,sugʼorish kabi agrotexnik jarayonlar talab darajasida boʼlishi kerak.


Hozirgi paytda gʼoʼza qator oralariga gʼallani ekish jarayoniga nazar soladigan boʼlsak; birinchidan yetishtirilgan paxta hosilini kamida bir-ikki marta terib olingan boʼlishi kerak, qator orasini yumshatgan paytda nami yetarli darajada boʼlmasa haydalgan yer kerakli tuproqni bermaydi.Yuqorida koʼrib oʼtilgan muammolar ekish muddatini uzaytiradi.
Dala –dehqonchiligidagi bu kabi qiyinchiliklarni oldini olish, muddatida ekinni ekib undirib olish hosil choʼgʼini samarali boʼlishga olib keladi. Koʼzlangan hosilni olish esa har tomonlama iqtisodiy jihatdan oʼsishga olib keladi.
Ushbu masalani yechmini topishga harakat qilib, paxtazorga gʼalla ekish moslamasini yaratdik.
Qurilmaning tuzilishi. Gʼoʼza qator oralarida kuzgi bugʼdoyni ekish agregati asosiy rama, unga oʼrnatilgan besh qatorga ishlov beruvchi ishchi uskuna, ishchi uskunaga harakat beruvchi reduktor, urugʼ uchun moʼljallangan don bunkeri,urugʼ oʼtkazuvchi va tuproq bilan urugʼni aralashtiruvchi tirmadan iborat boʼladi. Kuzgi bugʼdoyni paxta qator oralariga ekishda, paxta qator oralariga ishlov beruvchi oddiy KXU-2.4 kultivatorida yer yumshatilib,don urugʼi esa oʼgʼit sepgich RMU- 0.75 agregatidan foydalanib sepilgan. Taklif qilinayotgan foydali modelь esa, ekishga tayyorlangan yerga bugʼdoyni sepish bilan birga urugʼni tuproqqa aralashtiradi.
Taklif etilayotgan foydali model qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash sohasiga xususan paxta qator oralariga kuzgi bugʼdoyni ekishni yengillashtiradi. Maʼlumki, mamlakatimizning asosiy boyliklaridan biri boʼlgan gʼallachilikda kuzgi bugʼdoyni sifatli qilib ekish,toʼliq koʼchat undirib olishga tabiat injiqliklari bir muncha noqulayliklarni tugʼdirishi bu kabi qulay va yenergiya tejamkor qurilmalarni taqazo etadi. Dehqonlarimizni qoʼl mehnatini mexanizatsiyaga yuklab,oʼz vaqtida koʼchatni toʼliq undirib olish muammosini yechishda paxta qator oralari KXU-2.4 kultivatorida ishlov berilib ekishga tayyorlanib kelinishi. Ekishga tayyorlanilgan paxtazorga NRU-0,75,NRU-0,50 rusumidagi oʼgʼit sepgichlarda donni sepishda qator kamchiliklar mavjuddir. Ekish mavsumida tabiat injiqliklari,aynan kuz faslining oʼziga xos boʼlgan oʼzgaruvchanlik har bir soniya vaqtdan yutib ishlash insonlarni oldiga katta vazifa va masʼuliyat qoʼyadi. Kuzgi bugʼdoyni paxta qator oralariga ekish texnologiyasini takomillashtirish, yetishtirilgan paxta hosilini nobudgarchiligiga yoʼl qoʼymaslik, barvaqti bugʼdoyni undirib olish maqsadida foydali modelь ishlab chiqildi.
Download 16.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling