Ustoz-qadri buyuk muallim


Download 25.47 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi25.47 Kb.
#165010
Bog'liq
tadbir


1-oktabr kuniga bag’ishlab“Ustoz-qadri buyuk muallim” deb nomlangan tadbir

Maqsad:O’quvchilarga ustozlarni hurmat qilish,ularni e’zozlash tuyg’ularni tarbiyalash

Deydilar dunyoda asli kim aziz

Aytdilar, ustozdir,ustoz begumon,

Tag’in aytdilarki,aziz shubhasiz

Ustozin qadriga yetolgan Inson!



1 boshlovchi:Farida
Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq haqqim.
Bunchala buyuksiz, bunchalar zukko,
Umringiz mo’jiza-yetmaydi aqlim.

Assalomu-alaykum mehri daryo, qalbi quyosh, jonkuyar, fidoyi muallimlar, aziz ustozlar!! Har yili respublikamizda keng nishonlanadigan 1 oktabr - O`qituvchilar va murabbiylar quni umumxalq bayrami ham ta'lim sohasida mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga nisbatan davlatimiz va xalqimizning cheksiz hurmati va ehtiromi namunasidir.



2 boshlovchi:Parvina
Ustozni e’zozlash azaliy odat,
Shogirdning qamoli ustoz uchun baxt.
Millionlar qalbida so’nmas mayoqsiz
Bir duo tilamoq insoniy burchim.
Assalomu-alaykum ezguliq bunyodkori bo’lmish siz muhtaram ustozlaru, aziz mehmonlar! Qadrli memonlar-u vatanimizning qelajagi , yurt iftixori hisoblanmish o`quvchilar! Bugungi jonajon ustozlarimiz bayramiga bag`ishlangan “Ustoz-qadri buyuk muallim” deb nomlangan tantanamizga xush kelibsiz!

  Ведущий 1Nargiza. Добрый день, уважаемые учителя, ветераны педагогического труда, чья работа была связана со школой, учащиеся, гости. Сегодня у нас праздник, профессиональный праздник – День Учителя!



Ведущий 2.Samira. Сегодня мы дарим Вам не только цветы и улыбки. Мы говорим «Спасибо» за Ваш труд, за терпение и умение, которое вы проявляете к каждому из учеников.

Mijgona 3. В этот день, когда у порога

Задышали уже холода,

Школа празднует день педагога –

Праздник мудрости, знаний, труда.

Zebi

День учителя! Вслушайтесь сердцем
В эти звуки, что дороги нам
Всем, что связаны с юностью, детством,
Мы обязаны, учителям!


Moxiniso
3. Горечь первой досадной ошибки,
Сладость первых нелегких побед
-Пусть же все отразится в улыбке,
Излучающей мудрость и свет.
Sanjar
4. Вы душою - всегда молодые,
Труд и радости с нами деля.
Наши строгие, наши родные,
Терпеливые учителя!
Muxammadali
5. Сил вы нам отдаете немало
И любви - несмотря ни на что.
Как вы верите в нас! - и пожалуй,
Верить так не умеет никто.
Sh.Madina
6. Ни вчера, ни сегодня, ни завтра
Не погаснет той веры свеча
Без учителя - нет космонавта,
Инженера, поэта, врача.
Feruza
7. Жизнь велит вам учить, нам - учиться
Опыт ваш - это мудрости клад
Все, что взяли от вас, пригодится
И весомее станет в стократ.

Qo’shiq chemu uchat v shkolu



Boshlovchi Parvina. Ўқитувчилар куни: каерда, качон o’tkaziladi?

Jonibek.O’zbekistonda 1-oktabr-“O’qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.

Ushbu bayram boshqa davlatlarda qay tarzda nishonlanishini bilamizmi?Aytib o’tish kerakki,bu bayram o’zga davlatlarda turli sana va ko’rinishlarda nishonlanadi.Hatto shunday davlatlar borki,u yerlarda o’qituvchilar kuni umuman nishonlanmaydi yoki ustozlar BMT tomonidan belgilab qo’yilgan bilimlar kunidagina tabriklab o’tiladi.

Sh.Javohir. Qozog’istonda-o’qituvchilarning kasb bayramlari oktabrning ilk yakshanbasida nishonlanadi.Shu kuni o’qituvchilarni gul va shirinliklar bilan qutlashadi.

M.Abdujalil .Xuddi shunday Gruziya,Armaniston,Ukraina va Moldaviyada ham oktabrning birinchi yakshanbasi murabbiylar kuni sifatida nishonlanar ekan.

Muxtor.Rossiyada –o’qituvchilar bayrami 1994yil oktabrdagi qarorga muvofiq har yili 5 oktabrda nishonlanadi.

Muhammadyusuf.Ozarbayjonda esa 20 sentabr murabbiylar kunidir.

Ushbu sanada barcha o’qituvchilar maktabda uyushtirilgan bayram tadbiri mexmoni bo’ladilar.

Muhammad.Xitoyda -1989 yildan buyon 10 sentabr –o’qituvchilar kuni sifatida nishonlanadi.

S.Madina.Yaponiyada –o’qituvchilar kuni 1952 yilgacha diniy bayram sifatida nishonlanib,bahor oyida o’tkazilgan.Keyinchalik 4 may ustozlar kuni deb e’lon qilingan.

Feruza.Hindistonda –murabbiylar kuni yozning boshida 3 kun davomida nishonlanadi. Sabina. Turkiyada- 6 mart o’qituvchilar kuni sifatida Mustafo Kamol Otaturk tomonidan belgilangan.

Aziza.Indoneziya,Braziliya,Kuba,Amerika,Urugvay,Chili va bir nechta mamlakatlarda 8 sentabr BMT tomonidan o’qituvchilar kuni deya e’lon qilingan

2 boshlovchi:Farida. E’tiborli tomoni shundaki,hech bir davlatda o’qituvchilar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanmas ekan.

Ustozlar haqida hikmatli so’zlar!....



Abduraxmon «Ustoz otangdek ulug’»

Laziz. «Muallim –jamiyat ko’zgusi»
Muhammadyusuf. «Muallim –hayot yo’lining sarboni»
Sabina. «Ustoz ko’rgan xat tanir»
A,Mirfayz. «Ustozsiz shogird –jonsiz kesak»

M.Abdujalil «Odamzodning birinchi yakkayu yagona ustozi ollohdir»…

( hadislar ilmidan)
Sh.Javohir. « Ustoz bilimli bo’lsa ,shogird ilmli bo’lar »

Musiqa dars qilaman men

Zebiniso

Hayot charog’ondir ilm nuridan

Ustoz go’yo ziyo sochguvchi quyosh.

Nomingiz hamisha dillar to’rida

Siz ibrat,iroda,siz sabr-bardosh.

Samira

To dunyo bor ekan bor bo’ling bardam,

Sermashaqqat yo’lda engmasin charchoq.

Otash qalbingiz-la yorug’dir olam,

Ko’ngillar siz tutgan qog’ozdek oppoq.

Abdulhakim

Aziz ustozlarim,muallimlarim,

Bir umr sog’inchlik salomim sizga.

Qo’llarim ko’ksimda aylagum ta’zim,

Cheksiz hurmat ila kalomim sizga.

Sh.Madina: Ustoz yosh qalblarni olam-olam ziyoga yo’llaydigan zot! Ular tufayli biz “Vatan”so’zining teran mazmunini,jozibasini angladik.Eng go’zal tuyg’ularni,buyuk muhabbatni qalbimizga jo qilgan bu aziz zotlar bizlarni mustaqil O’zbekistonning haqiqiy farzandlari,barkamol avlodlar bo’lib kamil topishimiz uchun mehri, bor bilimini ayamagan qalbi daryo insonlardir. Shaxrizoda

Siz muallim inson uchun,

Har bir ilmu urfon uchun,

Rahnamosiz bizlar uchun,

Qalbi daryo muallimlar .

Moxiniso

Ko’klar sari parvozimiz,

Dong taratgan ovozimiz.

Siz tufayli qalblar osmon,

Dil guliston muallimlar.

Shuxrat

Navnihol bog’larning bog’boni,

Niholga fidodir ming joni.

Ilm talab karvonning sarboni,

O’zingiz mehribon ustozlar !

Kichik sahna ko’rinishi.

2 boshlovchi:Parvina — Qadim-qadim zamonda bir bog’bon bo`lgan ekan. U doimo daraxt ko`chatlarini ekib yangi-yangi bog`-bo`stonlar yaratarkan. Kunlarning birida uning yoniga bir kishi kelib debdi: yoshingiz anchaga borib qolibdi, bu nihollar qachon hosil beradiyu, ularning mevalaridan qachon bahramand bo`lasiz? Shunda mo`ysafid degan ekan: Men ko`chatlarimni faqat o`zim uchun ekkanim yo`q. Ularning mevasini barcha birdek baham ko`rsin. Men uchun muhimi o`stirgan daraxtlarimning keyingi avlodlarga naf keltirishi, foyrda berishidir. Ustozlarimiz ham xuddi bog`i chamanzorlar bunyod etuvchi beminnat bog`bonlarga o`xshaydi.

Jonibek: Ha , ustozlarimiz ham xuddi bog’u chamanzorlar bunyod etuvchi beminnat va saxiy bog’bonga o’xshaydilar.

Farida: Bizlarni kamol topishimizda ustozlarimiz kabi ota-onalarimizning ham o’rni beqiyosdir. Ustoz va ota –ona, ular biz uchun doim parvona.

Parvina:Hazrat Navoiydek ulug’ zot ham munis onalarimizga bo’lgan behad hurmatini quyidagicha tarannum etganlar:

Onalarning oyog’I ostidadir,

Ravzai jannatu jonon bog’i.

Ravza bog’ visolin istar esang,

Bo’l onaning oyog’in tuprog’i.

Farida: Bobomiz ustozlarni ham ko’klarga ko’tarib, ulug’laganlar:

Haq yo’lida kim senga bir harf o’rgatmish ranj ila,

Aylamak bo’lmas ado oning haqqing yuz ganj ila.

Muxtor

Umr chamanini bilimlar bezar,

Olamda zahmatla topmoqdasiz nom.

Ko’ngilning tubida tilaklar kezar,

Mo’tabar ustozim, sizga ehtirom!

Nozanin

Olimu fozillar,oqillar bo’lmas,

Agarchi dunyoda ustoz bo’lmasa.

Aziz avliyolar, shayx, mashoyixlar

Bo’lmasdi dunyoda ustoz bo’lmasa

Abduraxmon: Ilk maktabga qadam qo’ygan kunimizdan ustozlarimiz ko’magida buyuk bobolarimizni tanidik.Ularning ezgu ishlarini, xizmatlarini o’qib o’rgandik.

Nargiza

Muhtaram birinchi Prezidentimiz ham zahmatkash kasb egalari bo’lganustozlarimiz haqida o’zlarining “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”asarida shunday deganlar: "Maktab ulug’ dargoh, ustoz buyuk zot. Inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim va tarbiyadan boshlanadi. Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir!"

Abdujalil

Ota-ona vujud me’mori bo’lsa,

Muallim qalb me’moridir.

Ustoz qayda bo’lsa ulug’lik bo’lar,

Bilim qayda bo’lsa , buyuklik bo’lar.

Moxiniso :

Shoirga dedilar: Siz baxtli inson,

Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.

Shoir javob qildi:menda bir armon,

Muallim desalar,meni qaniydi.

1-boshlo`chi Parvina: Kulgi inson kayfiyatini chog’laydigan, huzur bag’ishlaydigan holatdir. Keling, maktab hayotidan lavhalar tomosha qilaylik va kulishaylik.

O’qituvchi birinchi sinf o’quvchisidan so’radi:
-Nega dars vaqtida ovqat yeyapsan?
-Tanaffusda bemalol o’ynay deyman-da…

O’qituvchi: ,,Qand” so’zi ishtirok etgan gap tuzing.


O’quvchi: Ertalab qahva ichdim.
O’qituvchi: Bu gapingda ,,qand” so’zi qayerda?
O’quvchi: Qahvaning ichida erib ketgan.

O’qituvchi: Qani, kim aytadi,elektr bilan quyosh o’rtasida


nima farq bor?
O’quvchi: Quyosh tekinga nur sochadi, elektrga esa pul to’lanadi.

Ota o’g’lidan:


-Menda o’nta olma bor. Ikkitasini yesam, nechta qoladi?
— Bilmayman, -dedi o’g’li. – Biz maktabda masalani apelsinda echamiz.

Sahnada qizlar raqsi

Moxinur:

Ko’ksimizda qo’limiz,

Qilamiz qulluq, ta’zim.

Ravon Hayot yo’limiz,

Raxmat , sizga, muallim!

Sh.Madina

Qo’limizga qalamni ushlatdi ilk bor,

Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.

Undan-da ulug’roq’,buyukroqkim bor,

Ustozim ,ustozim,sizga ming ta’zim!

S.Madina:

Barcha ilmlarning kaliti sizda,

Saxovat nuri bor bu qalbingizda.

Otasiz, onasiz har o’g’il-qizga,

Ustozim, ustozim, sizga ming ta’zim!

Laziz:

O’qishni o’rgatib, ko’zni ochdingiz, Sirlarini qalbga sochdingiz.

Otadek ulug’siz , kelajak sizsiz,

Ustozim,ustozim, sizga ming ta’zim! O’quvchilar ustozlarga tazim qilishadi .

Intizor

Ustoz, sizga mumay ajib guldasta,

Guldastaki, chamanzordan topilmas.

To’fonlarda so’lib qolmas bir pasda,

Bir g’unchaki, xazon uni yopolmas

Uni ekdim qalbimning eng to’riga,

Unga mehr bilan payvand berdingiz.

Yetaklabon ilm-fanning yo’liga,

Murg’ak dilga mehr solib qo’ydingiz.



1-бошловчи: Азиз меҳмонлар, шунинг билан, бугунги байрам тадбиримиз ўз поёнига етди. Шуни фахр билан айтамизки, устоз ва мураббийларимиз доимо қалбимиз ардоғида. Улар билан бу олам нурафшон, бу ҳаёт бўстон.

2-бошловчи: Қадрли устозлар, шуқисқа фурсат ичида сизга бўлган чексиз ҳурматимизни, меҳримизни оз бўлсада намоён эта олган бўлсак, биз нақадар бахтиёрмиз.

Sh.Madina

Қўлимга илк бора қалам тутқазган, Дилдаги меҳрини пайваста қилган, Онамдек меҳрибон, устозим билган, Сизсиз- муаллим, дилкаш муаллим !

Nargiza. Дорогие учителя! Дорогие ветераны! Пусть радость и удача сегодня, как и всегда, сопутствуют вам!

Mijgona. Пусть небо над нами будет особенно глубоким и чистым!

Samira. Пусть свежий ветер уносит тучи, грозящие тревогой и опасностью.

Nargiza. Пусть тепло, забота и внимание близких согревают вас у семейного очага!

Mijgona. Пусть все ваши желания сбудутся!

Samira. С праздником вас, дорогие учителя!
Гулларини устозларига тақдим этади.

Устозлар”қўшиғининг давоми янграйди ва тадбир якунланади.
Download 25.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling