Uyushiq, ajratilgan bo`laklar, kiritma, undalma, bir bosh bo`lakli gaplar
Download 91.5 Kb.
|
Uyush, aj bir bosh bo`lak test
Uyushiq, ajratilgan bo`laklar, kiritma, undalma, bir bosh bo`lakli gaplar 1. Undalma qatnashgan gapning kesimi ko'pincha qanday shaklda bo'ladi? A) birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida C) birinchi va uchinchi shaxs-son shakllarida B) birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs-son shakllarida D) ikkinchi va uchinchi shaxs-son shakllarida 2. Bilan qanday hollarda ko'makchi vazifasini bajaradi? A) uyushiq bo'laklarni bog'lab kelganda C) o'zaro tobe bog'lanuvchi so'zlarni bog'lab kelganda B) uyushiq bo'laklar va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'laganda D) bosh kelishikdagi so'zlarni boshqa kelishikdagi otlar bilan bog'lab kelganda 3. Quyidagi gapda ostiga chizilgan so'z to'g'ri izohlangan javobni belgilang. Ha, mayli, buni hozircha ochiq qoldiramiz. A) undov so'z B) tasdiq so'z C) kirish so'z D) modal so'z 4. / B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta 5. Qaysi gapda zidlov bog`lovchisi uyushiq bo'laklarni bog`lab kelgan? A) U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo'lar edi. B) Dunyoda kasblar ko'p, biroq odamiylik kasbi hammasidan ulug'dir. C) U turmushidan, o'tgan kunidan rozi, lekin ana shu roziligini tushuntirib berolmas edi. D) Hamma gullarning hidi bor, ammo rayhonning hidi bo'lakcha. 6. Polvonlar epchillikda bir-biridan o'tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. Ushbu gapdagi ayiruv bog'lovchisi nimaga xizmat qilgan? A) qo'shma gap qismlarini bog'lash uchun C) qo'shma gap qismlari va uyushiq bo'laklarni bog'lash uchun B) uyushgan bo'laklarni bog'lash uchun D) o'zaro tobe bo'laklarni bog'lash uchun 7. Kiritmalar haqida bildirilgan qaysi fikr noto'g'ri? A) kiritmalar sodda va murakkab bo'ladi C) murakkab kiritmalar so'z-gaplar bilan ifodalanadi B) sodda kiritmalar so'zlar bilan ifodalanadi D) murakkab kiritmalar so'z birikmalari bilan ifodalanadi 8. Berilgan gapda nechta so'z mavjud? Tebranib yonayotgan sham zo'r mo'jizaday hammaning diqqatini jalb qilgandi. A) 9 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 6 ta 9. Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she'rga solaman. Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to'ti bo`lib qolaman. She'riy parchada gap bo`laklari bilan aloqaga kirishmaydigan nechta bo`lak qatnashgan? A) 2 B) 3 C) 4 D) she'rda bunday bo'lak ishtirok etmagan 10. Biz ajdodlar jasoratidan ruhlanib, bebaho madaniy - ma'naviy merosdan kuch olib, g'ayrat-shijoat va sabr-toqat bilan mehnat qilib, ushbu murakkab va sharafli tarixiy jarayonda yangi davlat barpo etish yo`lida o'z qalbimizni, tafakkurimizni, ruhiy dunyomizni namoyon etayotgan xalqmiz. (I.Karimov) Ushbu gapda qanday gap bo`laklari uyushib kelgan va ularning soni nechta? A) 2 ta kesim, 5 ta to'ldiruvchi, 2 ta hol C) 3 ta kesim, 3 ta to'ldiruvchi, 2 ta aniqlovchi, 2 ta hol B) 3 ta kesim, 5 ta to'ldiruvchi, 2 ta aniqlovchi D) 2 ta kesim, 5 ta to'ldiruvchi, 3 ta aniqlovchi, 2 ta hol 11. Kampir Tolibjonni bag'ridan bo'shatib hovli tomonga qichqirdi: - Nima qilib turibsanlar, ayangni chaqirmaysanlarmi? Dadalaringga xabar qilmaysanlarmi? Yugur, pochchangga chop, tog'am keldi, deb ayt. Berilgan matnda nechta shaxs oti bor va ular qanday sintaktik vazifani bajargan? A) 4 ta; to'ldinivchi B) 6 ta; ega, hol, to'ldinivchi C) 6 ta; ega va to'ldinivchi D) 5 ta; ega va to'ldinivchi 12. Hunari va odobi bo'lmagan kishidan baxt va omad ketadi. Berilgan gapda ismlar qanday sintaktik vazifani bajargan? A) to'ldirivchi, ega B) aniqlovchi, to'ldiruvchi, ega C) to'ldiruvchi, hol, ega D) ega, aniqlovchi, hol 13. Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, darkor, shart so'zlari bo'lganda, ega bilan kesim moslashsa... A) harakat nomi tarkibida shaxs-son qo'shimchalari bo'ladi B) harakat nomi tarkibida shaxs-son qo'shimchalari bo'lmaydi C) harakat nomiga shaxs-son qo'shimchasi qo'shilsa, ega vazifasini bajaradi D) kerak. lozim. darkor. shart so'zlari alohida ot-kesim sanaladi 14. Qaysi qatorda egasi yashiringan gap berilgan? A) Xonaga kirgan avval salom beradi. C) Topshiriqni o'z vaqtida bajarish kerak. B) Manzilga mana shu yo`ldan boriladi. D) Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan. 15. Qaysi qatorda egasiz gap berilgan? A) Murojaat matni yozildi, imzolar chekildi. C) Dam olish kuni kitobxonlar yig'iniga borish kerak. B) Eshik ochiq bo'lsa ham so'rab kir. D) Bugun to'garakka borishimiz lozim edi. 16. Qaysi gapda uyushiq aniqlovchi qo'llangan? A) Ba'zilari qayroqtoshday uzunchoq va silliq edi. C) Bu–issiq, jizzali non. B) Ko'lning atrofi o'siq tollar, qalin qamishlar bilan o'ralgan. D) Hulkar kulib, quvnab o'yinga tushdi. 17. Ayiruv bog'lovchisi bilan birikkan uyushiq to'ldiruvchili gapni toping. A) Goh oyim, goh buvim kehb turadi. C) Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib, hovli aylanishdi. B) Ortiq ishongisi kelmay, avval Avazga, so'ng Turdiga qaradi. D) Dam yig`laydi, dam otasining bo'yniga osiladi. 18. Ajratilgan bo'laklar haqidagi qaysi hukm noto'g'ri? A) Ajratilgan bo'lak o'zi izohlayotgan bo'lakdan oldin yoki keyin keladi. B) Ajratilgan bo'lak mantiqiy urg'u oladi. C) Ajratilgan bo'laklar yozuvda vergul, tire yoki qavs bilan ajratiladi. D) Barcha hukmlar to'g'ri. 19. Ajratilgan izohlovchili gapni toping. A) Bizning, o'quvchi yoshlarning, o'zimizga yarasha or-nomusimiz bor. C) O'g'lim, qo'zichog'im, orom olib uxlayapti. B) Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam! D) Fabrikada qizlar, ijodkor, ozod mehnat qiladi. 20. Kiritma gaplar nutqning qaysi ko'rinishida ko'proq qo'llanadi? A) she'riy nutqda B) nasriy nutqda C) dramatik nutqda D) barcha javoblar to'g'ri 21. Qaysi gapda ikkita gap bo'lagi uyushib kelgan? A) Olgan bilim va tajribangiz, odob-axloq, kasb-hunar bobidagi kamolingiz faqat yaxshilikka, bunyodkorlikka buyursin. B) Bevaning, ayniqsa, tirnoqqa zor bevaning zorli, g'amli ohlariga u qanday chidar ekan? C) "Avesto"da yigitlar kurash tushishni, chavandoz bo'lishni, mol boqa olishni, chorvani yirtqichlardan muhofaza qila bilishni o'rganishlari shartligi aytilgan. D) Ona Vatanga muhabbat, millat birligi, uning kelajak istiqboli, hayot faravonligi va tinchligini dildan jo'shib kuyladilar. 22. Qaysi qatorda ritorik so'roq gap berilmagan? A) Xo`sh, sen o'tkazadigan tajriba nimani isbot qilishi kerak? C) Nahotki Alimardonning mebnatlari besamar ketsa? B) Bilmayman, bu ijod kishilarisiz qaydan olar edim qalbimga o'tni? D) Onang nahotki shu umid bilan o`stirgan bo'lsa? 23. Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo'ladi. Ushbu gap qanday gap bo'laklaridan tuzilgan? A) kiritma, ega, ega, to'ldiruvchi, aniqlovchi, kesim C) undalma, to'ldiruvchi, ega, to'ldiruvchi, aniqlovchi, keshn B) kiritma, ega, to'ldiruvchi, to'ldiruvchi, kesim D) undalma, ega, to'ldiruvchi, to'ldiruvchi, aniqlovchi, kesim 24. Egasi mavjud gapni toping. A) Inim, kitoblarni sandiqqa joylashtiravering. B) Sobir, eski oshnalaringni topib keldim. C) Bu tepalikka chiqish orqada qolgan yo'lning azobidan ham ortiqroq bo'ladi. D) Xayriyat, vaqtida yetib keldik. 25. Qaysi gapda ega uyushgan? A) Jamilovning egnida oq shohi kitel, sariq koverkot shim, oyog'ida kavkazcha etik, boshida chust do'ppi edi. B) Bola qoshida ota-onaning so'zi bilan ishi bir bo'lmasligi ularning o'z izzat-hurmatlari ildiziga o'z qo'llari bilan urilgan boltadir. C) Munaqqash devorlarning oltin, kumush, ko`k, qizil, oq, pushti, sariq, qora gullari yulduzlardek yasanib, uyga bir hayotiylik berar edi. D) Mana shu o'yin-kulgilar, qo'shiqlar va kuylar, yoshlar va keksalarning diliga orom va quvonch bag'ishlagan lola sayli yaqindagina bo'lgan edi. 26. O'ylamasdan berilgan topshiriqni bajarish shart emas. Ushbu gap ... A) egasi ma'lum gap. B) egasi umumlashgan gap. C) egasi noma'lum gap. D) atov gap. 27. Yoyiq atov gapni toping. A) Hovli zim-ziyo. Ariqdagi suv sharqirab oqadi. B)Butun sinf jimjit. Bolalar goh Akramga qarashadi, goh Muhabbatga. C) Subhidam. Quyosh yotog'idan bosh ko'tardi. D) Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib nur socha boshladi. 28. – Odam kimdan hazar qilishi lozim? – Maqtanchoqdan, chaqimchidan hamda xasis boydan. To'liqsiz gap tarkibida qaysi gap bo'lagi tushib qolgan? A) kesim B) ega va kesim C) hol va kesim D) aniqlovchi va ot kesim 29. Berilgan dialoglarning qaysi birida to'liqsiz gap ishtirok etgan? A) - Sizning bunday yo'qolganingizni Mahmud akangiz ham bilmasmidilar? -Yo'q. B) - Qaytganlaringdan keyin sheriklaringni ko'rdilaringmi? –Ko`rdik. C) - Kimga bog'lanish kerakhgini aytishdimi? -Ha. D) Barchasida to'liqsiz gap mavjud. 30. Shuni bilingki, kitob bolani ham aqlan, ham ma'nan boyitadi. Istiqlol davri bolalari g'ayratli va shijoatlidir. Biz mana shu shijoat va shiddatni to'g'ri yo'lga yo'naltira olishimiz kerak. Shundagina o'z maqsadimizga erishamiz va farovon hayot bizga muyassar bo'ladi. Ushbu matnda sodda gaplar tarkibida qaysi gap bo'laklari uyushib kelgan? A) hol va to'ldiruvchi B) hol va kesim C) hol, to'ldiruvchi va kesim D) to'ldiruvchi va kesim 31. Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar, Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar. Boshing bukma sira, xokisor banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. Ushbu she'riy parchada nechta undalmali gap mavjud? A) l B)2 C)3 D) undalmali gap qatnashmagan 32. Baxtim shuki, seni uchratdim. Ushbu gapda gap bo'laklari to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang. A) ega, kesim, ega, kesim C) ega, kesim, to'ldiruvchi, kesim B) ega, kesim, kesim D) to'ldiruvchi, kesim, to'ldiruvchi, kesim 33. Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar, Sukutdan uzilgay gulduros bonglar. Boshing bukma sira, xokisor banda, Erta ruhing topgay oliy ohang`ar. (A.Oripov) Ushbu she'riy parchada gap bo'lagi vazifasini bajargan so'zlar miqdorini aniqlang. A) 14 ta B) 17 ta C) 16 ta D) 15 ta 34. Qaysi qatorda keltirilgan fikr undalma uchun xos emas? A) so'zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildiradi B) grammatik jihatdan gap bo'laklari bilan bog'lanadi C) undalmali gapning kesimi ko'pincha I va II shaxs-son shakllarida bo'ladi D) undalmaning gapdagi o'rni erkindir 35. Qaysi qatordagi gapda yoyiq undalmalar uyushiq holda kelgan? A) Muhtaram otalar, munis onaxonlarimiz bizni duo qilib o'tiribdi. B) Qadrli ustozlar, aziz talabalarni bayram bilan muborakbod etaman! C) Seni unutolmas yuragim aslo, Ey O'rta Osiyo, O'rta Osiyo. D) Salom, yashil vodiylar, ko'm-ko'k o'rmonlar! 36. Hamma gap tadbirni uyushqoqlik bilan tashkil etishda qoldi. Berilgan gapdagi yasama so'z qanday sintaktik vazifani bajargan? A) hol B) to'ldiruvchi C) aniqlovchi D) kesim 37. Quyida berilgan gaplarning qaysisida ohang o'zgarishi orqali farqli fikr hosil qilish mumkin? A) Tog' qushlarining sayrashi qo'ylarning ma'ragan ovozlariga jo'r bo'hnoqda. B) Haligi sumka ko'targan qizini chaqirdi. C) Gulchehra mo'ysafidga nima javob qilishni bilmay, o'zini tramvayga otdi. D) - Nima bo'ldi, qizim, nega yig'layapsan? 38. Qaysi gapda gapning o'zgargan tartibi ega va kesimga tegishli? A) Shovulladi tun bo’yi shamol. C) Men nechun sevaman O'zbekistonni?! B) Qaldiroqlar ko'chdi larzakor. D) Arra tortar, Nosirning Boshi egik, ko'zi nam. 39. Qaysi qatorda uyushiq bo`lakli gap va qo'shma gap juftligi berilgan? A) Tig' yarasi tuzaladi, lekin til yarasi tuzalmaydi. Hamma chuqur xo'rsindi, Anorxon piq-piq yig'ladi. B) Pulemyot, miltiqlarning ovoziga xotin-xalaj, bola chaqalarning yig'isi, dod-voyi qo'shilib ketdi. Turg'unoy birinchi tovushni eshitganda seskandi, so'nggilari esa uni vahimaga soldi. C) Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi edi. Biz harbiy uchuvchi va Vatan posbonlari bo'lamiz. D) Bog'chada yosh-yosh qizchalar va o'g'il bolalar davra qurib o'ynashmoqda. Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. 40. Qaysi qatordagi gapda uyushiq hol ot va fe'l so'z turkumlari bilan ifodalangan? A) U hayajon bilan, tez-tez va bo'g'ihb so'zlar edi. C) Saida goh afsuslanib, goh kuyib, goh kulib gapirib berdi. B) Podsho goh kulib, goh jiddiy o'y bilan quloq soldi. D) Ufqqa tutashib ketgan polizlar va tokzorlar qizg'ish, qahrabo tusda tovlanadi. 41. Qaysi qatorda sodda gap berilgan? A) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog'ing tabarruk. B) Ayol kishiga, avvalo, ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi. C) Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o'quvchilarning faoliyatiga ham zarar keltiradi. D) Yigit-qizlarimiz O'zbekistonning, insoniyatning bolasi bo'lsa, hamma faxrlanadi. 42. Qaysi gapda ham bog'lovchisi uyushiq kesimlarni bog'lagan? A) Qalam ham daftar bo'lsin yo'ldoshing. C) Haftalar o'tdi ham tugadi savdo. B) Husayn Boyqaro hazratlari ham shoir,ham ilmparvar emishlar D) Ishim to'g'rilanib ketdi ham yerim o'zimga qoldi. 43. Qaysi qatorda atov gap berilmagan? A) Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib, saxovat bilan nur socha boshladi. B) Mehnat. Mehnatning tagi rohat. C) Hamon yodimdadir: gul chog'i erdi. D) Sovuq qattiq. Izg'irin ko'z ochirgani qo'ymaydi. 44. Eganing ishtirokiga ko'ra sodda gaplarning turlari haqida berilgan noto'g'ri hukmni aniqlang. A) Ega ishtirok etmagan gaplar shaxs tushunchasi ifodasiga ko'ra ikkiga bo'linadi: egasi yashiringan va egasiz gaplar. B) Egasiz gaplarning uch ko'rinishi bor, ya'ni shaxsi noma'lum gaplar, atov gaplar, so'z-gaplar. C) Egasi umumlashgan gaplar o'z ichida ikkiga bo'linadi, ya'ni egasi ma'lum va egasi yashiringan gaplar. D) Berilgan hukmlarning barchasi to'g'ri. 45. Qaysi qatorda shaxsi noma'lum gap berilgan? 1. Yo'lda biroz to'xtashga to'g'ri kelib qoldi. 2. Ko'nglida armon qolmasligi uchun chilyosin qildirishga to'g'ri keldi. 3. Yo'lda ukam menga to'g'ri kelib qoldi. 4. To'garakka barvaqt borishga to'g'ri keldi. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 4 46. Hammani kuldirish uchun ataylab shunday kiyindi. Ushbu gapda holning ma'no turlariga to'g'ri izoh berilgan qatorni toping. A) 1 ta sabab, 1 ta maqsad, 1 ta vaziyat holi C) 1 ta maqsad, 2 ta vaziyat holi B) 2 ta maqsad, 1 ta vaziyat holi D) 2 ta sabab, 1 ta vaziyat holi 47. Qaysi gapda ajratilgan bo'lak qo'llangan? A) Bosh turmushim to'ri, ko'ng`imning jo'ri — bularning hammasi sensan, Vatanim. B) Uyda ko'p ish qildi — supurdi, kir yuvdi, tozaladi. C) Gulzorning narigi tomonida daroyi, husayni, yakdona, chaws, kishmish — turli uzum ishkomlari bor edi. D) Berilgan gaplarda ajratilgan bo'lak qo'llanmagan. 48. Beva ayol farzandlarini mashaqqat bilan – uning eri frontda halok bo'lgan edi – qattiq qiyinchiliklarni ko'rib voyaga yetkazdi. Ushbu gapga qaysi qatorda to'g'ri tavsif berilgan? A) tarkibida kiritma gap mavjud bo'lgan gap B) tarkibida ajratilgan bo'lak va murakkab kiritma mavjud bo'lgan gap C) tarkibida vositasiz to'ldiruvchi, ravish holi va murakkab kiritma mavjud bo'lgan gap D) tarkibida murakkab kiritma va uyushiq hollar mavjud bo'lgan gap 49. Bugun soat 2 da – buni sizga aytish yodimdan chiqayozibdi – tushlikdan keyin yozuvchilar bilan uchrashuv bo'lar ekan. Berilgan gap qaysi qatorda to'g'ri tasvirlangan? A) tarkibida kiritma mavjud bo'lgan sodda gap B) tarkibida ajratilgan bo'lak va murakkab kiritma mavjud bo'lgan gap C) tarkibida murakkab kiritma va uyushiq bo'laklar mavjud bo'lgan gap D) tarkibida sodda kiritma va uyushiq bo'laklar mavjud bo'lgan gap 50. Shaxsi noma'lum gap qaysi javobda berilgan? A) Eshik ochiq bo'lsa ham so'rab kir. C) Ko'p o'tmay tandir kabobni ochish marosimi boshlanadi. B) Bu yerda o'rtoq Ergashevning hushyorhgiga tan berish kerak. D) Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan. 51. So'zlovchining o'z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasini bildiruvchi kiritma qaysi gapda mavjud? A) Demak, ertalab uchrashamiz. C) Birinchidan, bu borada siz nohaqsiz. B) Yaxshi hamki, vaqtida yetib keldik. D) Yaxshi kunlarga yetib keldik, inshoolloh. 52. Gapning fikriy mundarijasi nimada ifodalanadi? A) gapdan anglashilgan ma'noda C) fe'l kesimning zamon ma'nosida B) grammatik asosda D) fe'l kesimning lug'aviy ma'nosida 53. Suhbat asnosida uning hech narsaga tushunmayotgani, men bog'dan kelsam, u tog'dan kelayotgani, birdaniga sezilib qoldi. Berilgan gapdagi ibora qanday vazifani bajargan? A) uyushiq ega B) ajratilgan izohlovchi C) sifatdosh D) kiritma gap 54. Majlis ishtirokchilaridan biri – ularning soni uncha ko'p emas edi – ko'zoynakli kishi qo'l ko'tarib so'z so'radi. Berilgan gap qaysi javobda to'g'ri izohlangan? A) tarkibida murakkab kiritma bo'lgan sodda gap C) tarkibida ajratilgan va uyushiq bo'lak mavjud bo'lgan sodda gap B) tarkibida ajratilgan bo'lak va murakkab kiritma bo'lgan sodda gap D) aralash murakkab qo'shma gap 55. Bu — sen uchun katta sinovdir. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini aniqlang. A) ega ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangani uchun C) gapda tire ishlatilmaydi, chunki ot kesim tarkibida bog'lama bor B) izohlash munosabati ifodalangani uchun D) shart munosabati ifodalangani uchun 56. Qaysi hukm noto'g'ri? A) So'z birikmalari ham so'zlar kabi narsa, belgi, harakat haqidagi tushunchani ifodalashga xizmat qiladi. B) So'z- leksik hodisa, so'z birikmasi grammatik hodisadir. C) So'z - tushuncha, so'z birikmasi esa fikr ifodalaydi. D) Lug'atlarda so'zning ma'nos'mi ochib berishda so'z birikmalaridan foydalaniladi. 57. Qaysi qatorda gap bo'laklarining me'yoriy tartibi ko'rsatilgan? A) hol va to'ldiruvchi kesimdan keyin, aniqlovchi egadan keyin keladi B) hol va to'ldiruvchi kesimdan oldin, aniqlovchi egadan oldin joylashadi C) hol, to'ldiruvchi va aniqlovchi kesimdan keyin joylashadi D) ega kesimdan oldin, to'ldiruvchi kesimdan keyin joylashadi 58. Istadim sayr aylamoqni men g'azal bo'stonida gapida qaysi bo'laklar o'z o'rniga nisbatan oldinga o'tib qolgan? A) ega, kesim B) kesim, to'ldiruvchi C) ega, to'ldiruvchi, hol D) barcha bo'laklarning o'rni o'zgargan 59. Istadim sayr aylamoqni men g'azal bo'stonida gapida o'rin holi me'yoriy tartibga ko'ra qaysi bo'lakdan oldin, qaysi bo'lakdan keyin joylashishi lozim? A) to'ldiruvchidan oldin, kesimdan keyin C) egadan keyin, to'ldiruvchidan oldin B) to'ldiruvchidan keyin, egadan oldin D) o'rin holi gapda me'yoriy tartibga ko'ra joylashgan 60. Bu ayyomda gina-kuduratlar va araz unutiladi, xalqlar, insonlar murosaga keladi, ahillik, birdamlik, mehribonlik qaror topadi. Ushbu gap ... A) uyushiq bo'lakli sodda gap C) uyushiq kesimli sodda gap B) qismlari uyushgan murakkab qo'shma gap D) yoyiq sodda gap 61. Bilingki, jim turib salomat bo'lish gapirib malomatga qolishdan afzal. Ushbu gapning turini aniqlang. A) kirish so'zli sodda gap C) kesim ergash gapli qo'shma gap B) ega ergash gapli qo'shma gap D) to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap 62. Qaysi gapda tire noto'g'ri qo'yilgan? A) Men - sakkizinchi sinf o'quvchilaridan biriman. C) Yulduz - a'lochilarimizdan. B) Hosilning otasi - suv, onasi - yer. D) Bu - siz uchun katta sinov. 63. Ajratilgan bo'lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin qanday tinish belgisi qo'yiladi? A) tire B) vergul C) nuqtali vergul D) ikki nuqta 64. Vatanimiz — kelgusida buyuk davlat bo`ladi. Nima uchun egadan so'ng tire qo'yilgan? A) ega va kesim ot so'z turkumi bilan ifodalangani uchun C) ega tarkibida egalik qo'shimchasi bo'lgani uchun B) ega mantiqiy urg'u olgani uchun D) gapning kesimi murakkab ot-kesim bo'lgani uchun 65. U oppoq soqoli bilan farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo'shni o'g'il-qizlarni ham, ko'cha-ko'ydagi begona bolalarni ham xullas barchani sizlab gapirardi. Ushbu gapda umumlashtiruvchi so'zdan oldin qanday tinish belgisi qo'yilishi kerak? A) tire B) ikki nuqta C) vergul D) hech qanday tinish belgisi qo'yilmaydi 66. Quyidagi gapda qaysi so'zlardan keyin vergul qo'yilishi kerak? Yo'q faqat meni bilishmaydi lekin boshqalarni jumladan seni ham yaxshi bilishadi. A) yo'q, bilishmaydi, lekin, ham C) yo'q, bilishmaydi, boshqalarni, jumladan, ham B) yo'q, bilishmaydi, boshqalarni, jumladan D) yo'q, meni, bilishmaydi, jumladan 67. Urush — quyon ovi emas. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini aniqlang. A) izohlash munosabati bo'lgani uchun C) bu gapda tire ishlatilmaydi, chunki ot kesim tarkibida bog'lama bor B) ega ma'nosi ta'kidlangani uchun D) o'xshatish munosabati ifodalangani uchim 68. Qaysi gapda vositasiz to'ldiruvchini qaratqich aniqlovchi o'rnida qo'llash orqali uslubiy xatoga yo'l qo'yilgan? A) Amir bizning holimizdan shunchalar bexabar ekanki, ko'rib hayrat barmog'ini tishladim. B) Ammo siyosiy ishlarni to'qson foizini kengashga qo'yib, bir ulushini qilichga qoldirishga o'rgangan Temurbek boshqacha o'ylardi. C) Yurtning daxlsizligini ta'minlaydigan bu qonunlar mamlakat hukmdorining o'ng qo'lidir. D) Berilgan gaplarda vositasiz to'ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi o'z o'rnida to'g'ri ishlatilgan. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling