Uzinfocom pdf plugin


Download 23.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.09.2017
Hajmi23.13 Kb.
#16645

Uzinfocom PDF plugin

1

O’zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasining xalqaro ilmiy-texnik

hamkorligi

O’zR Fanlar akademiyasining xalqaro ilmiy-texnik hamkorligi hamkorlik to’g’risidagi akademiyalararo va

institutlararo  to’g’ridan-to’g’ri  ikki  tomonlama  shartnomalar  asosida  xalqaro  va  xorijiy  ilmiy  grantlar

bo’yicha tadqiqotlar olib borish, xalqaro va ikki tomonlama dasturlar bo’yicha qo’shma konkursli ilmiy

loyihalarni bajarish, turli xalqaro forumlar, konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish, shuningdek,

xalqaro  ilmiy  konferensiyalarni  tashkil  etish,  olimlar  delegatsiyasi,  shu  jumladan,  turli  davlat  fanlar

akademiyalari olimlari bilan almashish, olimlarning o’zaro ilmiy stajirovkalarini tashkil etish va boshqa

hamkorlikdagi tadbirlar orqali amalga oshirilmoqda.

O’zR Fanlar akademiyasi 1993-yildan buyon Xalqaro fanlar akademiyasi assotsiatsiyasi (XFAA, shtab-

kvartirasi  Kiev  shahrida,  Ukraina)  ahzosi  bo’lib,  XFAA  tadbirlarida  faol  ishtirok  etib  kelmoqda.  XFAA

tarkibiga Sharqiy Yevropa va Osiyoning 15 ta fanlar akademiyasi kiradi.

O’zR Fanlar akademiyasining MDH mamlakatlari fanlar akademiyalari va Shanxay hamkorlik tashkiloti,

shuningdek,  rivojlanayotgan  davlatlar  fanlar  akademiyalari  bilan  ko’p  tomonlama  asosdagi  xalqaro

hamkorligi yanada rivojlanmoqda. 

Fanlar akademiyasining xalqaro ilmiy-texnik aloqalari ancha kengaydi: dolzarb ilmiy loyihalarni birgalikda

bajarish  sohasi  bo’yicha;  qardosh  fanlar  akademiyalari  va  ilmiy  tashkilotlar  bilan  shartnoma  tuzish

orqali;  MDH,  ShHT  mamlakatlari  ilmiy  texnik  hamkorligi;  yirik  xalqaro  ilmiy  forumlar  o’tkazish

orqali; qo’shma tadqiqotlarni o’tkazish va xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashish uchun xorijga ilmiy

safarlar uyushtirish; dissertatsion tadqiqotlar olib borish va h.k.

Akademik muassasalar olimlari xalqaro ilmiy texnik dasturlar va xalkaro va xorijiy fondlar, universitetlar,

tashkilotlar, shuningdek, hamkorlik shartnomalari grantlari bo’yicha xorijiy davlatlardagi hamkasblari bilan

qo’shma  tadqiqotlar  olib  borganlar.  Shu  jumladan,  Fanlar  akademiyasi  olimlari  turli  xalqaro  fondlari

INTAS  –  YeI  fondi,  NATO,  CRDF  –fuqarolik  tadqiqotlarini  qo’llab-quvvatlash  Amerika  fondi,  Yadro

markazlarini qo’llab-quvvatlash Britaniya dasturi, SHveytsariya ilmiy fondi va boshqa xalqaro fond va

tashkilotlarning grantlari bo’yicha ilmiy loyihalarni bajardilar. 

 2006-2014 yillar mobaynida O’zR Fanlar akademiyasi  ikki tomonlama ilmiy hamkorlik to’g’risidagi 

15 ta xalqaro shartnoma, shuningdek, Misr ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalar ijro dasturini imzoladi va

ularni bajarmoqda, O’zR FA esa qardosh ilmiy tashkilotlar, markazlar, universitetlar va dunyoning turli

davlatlaridagi  muzeylar  bilan  ilmiy  va  ilmiy-texnik  hamkorlik  to’g’risidagi  45  dan  ziyod  xalqaro

shartnomalar imzoladilar. 

Biz ITI va O’zR FA olimlarining xalqaro hamkorligi borasidagi ayrim misollar bilan cheklandik xolos. 

Masalan, O’zR Astronomiya instituti – Markaziy osiyo hududidagi eng qadimgi institut so’nggi yillarda yirik

halqaro  dasturlar  doirasida  dunyoning  turli  mamlakatlaridagi  ilg’or  astronomik  rasadxonalar:  Seul

universitetlari  konsortsiumi  (Janubiy  Koreya);  Yaponiya  Milliy  astronomiya  rasadxonasi;  Stenford  va

Pittsburg universitetlari (AQSH); Yevropa janubiy rasadxonasi; Yerni o’rganish bo’yicha Potsdam markazi,

Moskva universiteti qoshidagi ShDAI (Rossiya) va boshqalar bilan 20dan ortiq ikki tomonlama ko’p yillik

shartnomani imzoladi va ularni bajarmoqda. 

O’zR  FAning  Arxeologiya  instituti  ham  an’anaga  ko’ra  O’rta  Osiyo  tarixiy  madaniy  merosi  qadimiy

yodgorliklarini o’rganish sohasida Fransiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Polshaning ilg’or ilmiy arxeologiya

markazlari mutaxassislari bilan qo’shma loyihalar bo’yicha keng ikki tomonlama aloqalarga ega. Oman

sultonligida O’zR FA Sharqshunoslik institutining Qadimgi sharq qo’lyozmalari kutubxonasi qurilishining



Uzinfocom PDF plugin

2

eskiz loyihalari uchun tender e’lon qilindi. 

1996-yildagi  XXR  Fanlar  akademiyasi  bilan  va  1999-yildagi  XXR  Fanlar  akademiyasi  Sinszyan  filiali  bilan

ilmiy-texnik hamkorlik to’g’risidagi shartnoma va 2007-yildagi XXR Fanlar akademiyasi Sinszyan filiali bilan

o’zaro tushunish to’g’risidagi memorandum doirasida O’zR FA ITI lari biotexnologiyaning ustuvor ilmiy

yo’nalishlari,  dori  vositalarni  yaratish,  ekologiya,  paxta  seleksiyasi,  seysmik  bashoratlash  va  boshqa

sohalar bo’yicha qo’shma tadqiqotlarni olib bormoqdalar. 

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Hamkorlik loyihasi doirasida, 2013-yilda O’zR FA Geologiya va

geofizika institutiga umumiy qiymati 77,4 ming AQSH dollariga teng GIS texnologiyalari bilan ishlash uchun

zamonaviy kompyuter qurilmalari va dasturiy tahminot, shu jumladan, yuqori tezlikdagi kompyuterlar va

keng  formatli  nashrlar  va  xaritalar,  chizmalar  va  h.k.larni  skanerlash  uchun  ko’p  vazifali  printer,

shuningdek,  sistematik xatarlarni tahlil qilish va seysmik va sel xavf-xatarlarini baholash jarayonlari va

usullarini  takomillashtirish  uchun  GIS  texnologiyalarni  qo’llab  quvvatlash  ma’lumotlar  bazasini  ishlab

chiqish uchun dasturiy ta’minotni taqdim etdi. 

2011-2013 yillarda O’zR FA Tarix instituti O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi va Martin Lyuter

nomidagi universitet (Germaniya) bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar an’analarini rivojlantirish va fors

hamda eski o’zbek tillaridagi o’rta asrlarga oid hujjatlarni qayta ishlashga qaratilgan “Arxivlar sadosi:

sho’ro davrigacha bo’lgan Markaziy Osiyo ijtimoiy tarixi” nomli ilmiy loyihani bajarmoqda.

2013-yilda BMBF (Germaniya) va O’zbekiston o’rtasida tabiiy fanlarning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha

birgalikdagi ko’rik tanlovi o’tkazildi, ularda O’zR Fanlar akademiyasi ITI lari Germaniya hamkorlari bilan

birgalikda 8 ta qo’shma loyihalarni taqdim etdilar.  

O’zR FA yosh olimlarni xalqaro hamkorlikka jalb etish, ularning ilmiy-tadqiqot loyihalari, dasturlar va ham

xorij, ham O’zbekiston hududidagi ko’rik tanlovlarda faol ishtirok etishiga katta ahamiyat qaratmoqda.

Masalan, DAAD loyihasi bo’yicha 2012-2013 yillarda O’zR FAning 19 dan ziyod yosh olimlari Germaniya

ilmiy markazlariga stajirovka uchun jo’natildi.   

O’zR FA boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 2006-2014 yillarda 150 dan ortiq yirik xalqaro va respublika

ilmiy va ilmiy-amaliy forumlarni o’tkazdi. 

O’zR  Fanlar  akademiyasi  olimlari  ishida  muhim  tarixiy  voqealar  va  Qadimgi  sharqning  ulug’  davlat

arboblari,  mutafakkirlari,  adabiyot  vakillari  va  olimlari  hayotini  o’rganish  va  bayon  qilishga  ahamiyat

qaratdilar, 2014 yilning 16-17 mayida esa Samarqandda mana shu mavzuda yirik xalqaro konferensiya

o’tkazildi, unda dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi sharqshunos olimlar,

tarixchilar, astronomlar ishtirok etdilar. 

2001-yilda  xalqimizning  tarixiy  va  madaniy  merosi  bo’yicha  eng  qadimiy  manbalardan  biri  bo’lmish

“Avesto”ning 2700 yilligi va buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiyning 560 yilligiga bag’ishlangan yubiley

sanalar nishonlandi va tadbirlar o’tkazildi.

O’zR Fanlar akademiyasining faol ishtirokida buyuk hukmdor, davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning

660 yilligi (1996-yil) ga bag’ishlangan, shuningdek “Xo’ja Ahror Valiy va uning Markaziy Osiyo tarixidagi

roli” (Samarqand, 2004-yil) mavzuidagi yirik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazildi. 

O’zR FA va boshqa tashkilotlar va respublika hokimiyatlari bilan hamkorligida YuNESKO ko’magi ostida

ko’hna shahar va ulug’ allomalarning yubiley sanalariga bag’ishlangan qator yirik xalqaro konferensiyalar

o’tkazildi: shu jumladan, Qarshi shahrining 2700 yilligi (2006-yil), Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000

yilligi (2006-yil), Termiz shahrining 2500 yilligi (2001-yil), Marg’ilon shahrining 2000 yilligi (2007-yil),

Samarqand shahrining 2750 yilligi (2007-yil), Toshkent shahrining 2200 yilligi (2009-yil). Samarqandda

2009-yilda  “Mirzo  Ulug’bek  va  uning  jahon  fani  rivojiga  qo’shgan  xissasi”  mavzuida  xalqaro  ilmiy

konferensiya bo’lib o’tdi. Barcha xalqaro konferentsiyalar mashhur xorijiy va malakatimiz olimlari, davlat

va jamoat arboblari, shuningdek, YuNESKO vakillarining keng ishtirokida bo’lib o’tdi.



Uzinfocom PDF plugin

3

 

O’z R FA yosh olimlari xalqaro dasturlar va xorijiy ilmiy markaz va universitetlar tomonidan taqdim etilgan



grantlar  hisobiga  dunyoning  ilg’or  ilmiy  markazlari  va  universitetlarida  o’z  ilmiy  malakasini  oshirib,

mavzuiy maktab va kurslar ishida faol ishtirok etmoqdalar.



Download 23.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling