V – Ma’ruza. Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat
Download 227.39 Kb. Pdf ko'rish
|
Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar.
- Adabiyotlar.
V – Ma’ruza . Kimyoviy kinеtika va kimyoviy muvozanat. Rеja: 1. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi. 2. Reaksiyaning molekulyarligi va tartibi. 3. Massalar ta`siri qonuni. 4. Reaksiya tezligiga ta`sir etuvchi omillar. 5. Kimyoviy reaksiyalarning mexanizm bo`yicha turlari. 6. Kimyoviy muvozanat haqida tushuncha. Qaytar reaksiyalar. 7. Kimyoviy muvozanatning siljishiga ta`sir etuvchi omillar. 8. Kimyoviy muvozanat doimiysi. Le-Shatele prinsipi. Tayanch iboralar. Kimyoviy kinetika, kimyoviy reaksiya tezligi, reaksiyaning molekulyarligi, tartibi, tezlik doimiysi, o`rtacha tezlik, reaksiya tezligiga ta`sir etuvchi omillar, moddalar massasi ta`siri qonuni, Vant-Goff qoidasi, aktivlanish energiyasi, katalizator, kataliz, katalitik reaksiyalar, zanjir reaksiyalar, qaytar va qaytmas reaksiyalar, kimyoviy muvozanat, muvozanat doimiysi, muvozanatning siljishi, Le-SHatele prinsipi. Adabiyotlar. 1. H. R. Rahimov "Anorganik kimyo", Toshkent "O`qituvchi", 1981., 89-101 betlar. 2. N. S. Axmetov "Neorganicheskaya ximiya", Moskva "Visshaya shkola", 1969 g., 172-175, 184-188 betlar. 3. T.M. Mirkomilov, H.H.Muhitdinov "Umumiy kimyo", Toshkent "O`qituvchi", 1987 y., 70-77 betlar. 4. H.R. Rahimov va boshqalar."Anorganik kimyodan praktikum", Toshkent "O`qituvchi", 1980 y., 79-90 betlar. 5. N.X. Maqsudov "Umumiy kimyodan praktikum", Toshkent "O`qituvchi", 1979 y., 72-79 betlar. 6. Z.Q. Kodirov, Sh.K. Norov, A.G. Muftaxov "Anorganik kimyodan amaliy mashg`ulotlar", Toshkent "O`qituvchi", 1996 y., 34-36, 39-40 betlar. Avvalgi mavzularda kimyoviy jarayonlar (reaksiya) lar borish ehtimolligini va ularning energetik effektlarini o`rgandik. Lekin bu tushunchalar reaksiyalar qanday tezlikda boradi va ularning tezligi qanday faktorlar (omillar)ga bog`likligini tushuntirib bera olmadi. Shu boisdan har bir murakkab reaksiyalarning haqiqiy mexanizmi, bu reaksiyalarni boshqarish istiqbollarini, texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish, optimallashtirish, avtomatlashtirish kabi asosiy muammolarni hal etish kimyoviy reaksiya tezligini chuqurroq bilishni talab etadi. Kimyoviy reaksiya tezligi va unga ta`sir etuvchi faktorlarni o`rganuvchi kimyo fanining bo`limi kimyoviy kinetikadeyiladi. Download 227.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling